Telegram Web Link
🟦🟦🟦 🟦🟦

Ish qidirayotgan talaba-yoshlar diqqatiga!


Ertaga, 28-avgust, soat 11:00da nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini oshirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish, ish topishga yordam beruvchi foydali platformalar va IT sohasida yuqori maoshli ish o‘rinlari haqida ma’lumot berishga bag‘ishlangan tadbir tadbir tashkil etilmoqda.

📍Tadbir o‘tkaziladigan joy: Raqamli texnologiyalar vazirligi (Toshkent).

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola

🧑‍💻Tadbirda onlayn ishtirok etish uchun havola

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
E'lon.pdf
443 KB
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

📄Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim (doktorantura) uchun hujjat topshirish boshlandi

2024-yil 1-chorak uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari bo‘yicha hujjatlar joriy yil 15-sentabridan 15-oktabriga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;

tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;

doktorantura — fan doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;

Andijon davlat unversitetida mavjud bo‘lgan ixtisosliklar hamda ularga talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro'yxati

Hujjat topshirish vaqtida tugʻiladigan savollarga +998916005152 telefon raqami orqali javob olish mumkin.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩

Universitet rektorining tegishli buyrug'i bilan Abdunazarov Jasurbek Abdurahmonovich Andijon davlat universiteti xodimlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jasurbek Abdunazarov 1983-yil Andijon viloyati Marxamat tumanida tug'ilgan.

Shu kunga qadar Andijon viloyati Marhamat tumani DSI soliq nazorat boʻlimi sayyor soliq  tekshiruvi shoʻbasi Davlat soliq bosh inspektori, Soliq qarzlarini undirishni tashkil etish boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan.

Universitet jamoasi Abdunazarov Jasurbek Abdurahmonovich mas'uliyatli lavozimga tayinlanganligi bilan samimiy qutlab, kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaydi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💜💜💜

🧑‍🎓Magistratura natijalari to‘liq tayyor holga keltirilgan. Bugun e’lon qilinishi kutilmoqda.

Izoh: 2 kun oldin texnik xatolik sabab saytda ayrim natijalar ko‘rinib qolgan. Ammo ushbu natijalar asliga to‘g‘ri emas va haqiqiy hisoblanmaydi. Bugun chiqadigan yakuniy natija 2 kun oldin saytda ko‘ringandan boshqacha bo‘lishi mumkin.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💚💚💚

Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi oliy ma’lumotli mutaxassislar uchun “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi” yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslariga shartnoma asosida o‘qishga taklif etadi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍🏫👩‍🏫 🟦🟦🟦🟦

🎓 Ergashev Sirojiddin Abdig‘affarovich dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi

Bugun, 28-avgust kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig'ilishida Sirojiddin Abdig‘affarovich “Andijon viloyatida paxta to‘qimachilik klasterlarini hududiy tashkil etishini takomillashtirish” mavzusidagi 11.00.02 – Iqtisodiy-ijtimoiy geografiya ixtisosligidan geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi o'tkazildi.

Tadqiqotchi rasmiy opponentlarning ishga taqrizlari hamda aʼzolarning ushbu dissertatsiya ishi boʻyicha savollariga ham javob berdi.

Kengash aʼzolarining bergan ovozlar natijasiga koʻra, dissertatsiya ishi 100% maʼqullandi va Ergashev Sirojiddin Abdig‘affarovich geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.

🎗Jamoamiz nomidan Sirojiddin Ergashevni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz!

💐Universitetimiz olimlarining safi kengayaversin!

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kengash_yigilishi

📃 Andijon davlat universitetida 2024/2025-o'quv yilidagi 1-sonli Kengash yig'ilishi o'tkazildi

Bugun, 28-avgust kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida 2024/2025-o'quv yilidagi 1-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

✍️Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/3002

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/24 05:20:49
Back to Top
HTML Embed Code: