Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent

⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi?

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.

Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi.

Keyingi yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.

🤵🏻‍♂️Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman:
https://www.tg-me.com/xushnudbek/20721

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#folklor_ekspeditsiyasi

Kuni kecha Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti professori Salima Mirzayeva rahbarligida O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda talabalar folklor ekspeditsiyasini o'tash maqsadida Buloqboshi tumanining Shirmonbuloq qishlog'ida bo'ldilar.

Folklor ekspeditsiyasi davomida jamoa a'zolari xalq og'zaki ijodining barcha yo'nalishlari bo'yicha ma'lumotlar to'plab, ajdodlarimizdan qoldirilgan ma'naviy merosni bugungi kundagi ahamiyati bo'yicha muhim ko'nikmalarga ega bo'ldi.

Ekspeditsiyada jamlangan namunalar kelgusida folklorshunoslik bilan shug'ullanayotgan tadqiqotchilar va "Yosh folklorshunoslar" to'garagidagi iqtidorli talabalar uchun kerakli manba sifatida foydalanishga xizmat qiladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Bugun_tugilgan_kun
#Tabrik

Bugun, 22-iyun Andijon davlat universiteti Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Qo‘zibekov Shuxrat Shaxmuratovichning tavallud ayyomi.

Ushbu sana munosabati bilan Shuxratbek Qo‘zibekovni barcha hamkasblari, shogirdlari hamda universitet jamoasi nomidan uzoq umr, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, doimo shogirdlari ardog'ida bo'lib yurishlarini tilab qolamiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#elon

Andijonda Proper English Schoolning 6-filiali ochilishiga tashrif buyuring!!!

❗️25 - iyun tantanali kun munosabati bilan Ingliz tili kurslarimizga 1- oy uchun atigi 30 000 so‘m to‘lab o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.

Bundan tashqari ochilish marosimida, IELTS'dan 9 ballik natijaga ega teacherimiz Nurullokh Kamalkhujaev va boshqa o‘qituvchilarimiz tomonidan o'tiladigan master classlarimizda qatnashishingiz mumkin.

Qolaversa, barcha kelgan mehmonlarimiz uchun, o'quv markazimiz tomonidan salqin ichimliklar va qimmatbaho sovg'alarimiz ham mavjud.

Manzi: Yangi bozor hududi,
222 damaslar oxirida

👇🏽Online ro’yhatdan o’tish uchun👇🏽
https://forms.amocrm.ru/rtctmzl

Murojaat uchun
📲 70-200-70-70
Forwarded from Grantlar.uz
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2024-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taqiqlangan saytlar.pdf
634.3 KB
📌 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxati.

Yaqinlarga yuboring, ushbu sahifalarga kirish, layk bosish, tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Ogoh bo'ling!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kun_tarixi

📆Bugun 23-iyun, yakshanba.

🇵🇼Qozogʻiston - Politsiya kuni.
🇦🇩Moldaviya - Suverenitet eʼlon qilindi.
🇺🇦Ukraina - Davlat xizmati kuni.
🇪🇪Estoniya - Gʻalaba kuni.

Tarixiy voqealar:

📺1803-yil - Robert Fulton Sena daryosida 1-bug‘ kemasini ommaga namoyish qildi.
💵1846-yil - Adolf Saks saksofonni patentladi.
🏢1894-yil - Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tashkil topdi.
🗞1996-yil - O‘zbekiston Bruney davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.

🎊Tavallud ayyomlar:

🤵‍♂️1668-yil 23-iyun - italyan faylasufi, tarix falsafasi va etnik psixologiya asoschisi Jambattista Viko.
👩‍💼1855-yil 23-iyun - rossiyalik astronom ayol, 219 ta qo‘zg‘aluvchan yulduzlar kashfiyotchisi Lidiya Seraskaya.
🤵🏻‍♀️1889-yil 23-iyun - rus sovet shoirasi, tarjimon va adabiyotshunos Anna Axmatova.
🤵🏻1972-yil 23-iyun - jahon va Yevropa chempioni, dunyoning eng yaxshi futbolchisi, murabbiy Zayniddin Zidan.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Zakovat harakati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi Zakovatni tomosha qilib ham pul ishlash mumkin!

Zakovat teleo‘yini muxlislari uchun ajoyib yangilik! Yozgi mavsumdan boshlab har o‘yinda boshlovchi tomonidan muxlislar uchun alohida 2 ta savol o‘qib boriladi. Ushbu 2 savolga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob jo‘natgan tomoshabin 4 million so‘m pul mukofotiga ega bo‘ladi.

Muxlislar har ikkala savolning javobini bitta xabarda @zakovattanlov_bot telegram botiga jo‘natishlari talab etiladi. 2 ta savolga alohida jo‘natilgan javoblar qabul qilinmaydi.

Yozgi mavsum o‘yinlari tez kunda boshlanadi! Zakovat klubi kanalini kuzatib boring.

@zakovatharakati
Forwarded from Zakovat harakati
Diqqat, ajoyib e’lon! 🤩

#ZakovatYaqinlashtiradi
heshtegi ostida Zakovat tufayli do‘st, dugona, yor, jufti halol topganingiz haqida o‘z hikoyangizni yozing va bizni belgilang!

Eng qiziqarli hikoyalar bilan biz shu kabi roliklar tayyorlaymiz va barcha bilan bo‘lishamiz!

@zakovatharakati
2024/09/26 21:43:25
Back to Top
HTML Embed Code: