Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏦“O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” Aksiyadorlik Jamiyati Andijon viloyati (Marhamat) BXM va BXOlariga -  mutaxassis (stajyor) lavozimiga tanlov asosida ishga taklif etadi!
 
LAVOZIMGA QO’YILGAN TALABLAR:

🟠Tugallangan oliy (yoki bitiruvchi kurs ) Iqtisodiy ma’lumotga ega bo’lish;

🟠30 yoshgacha;

🟠MS office dasturlarida mukammal foydalanuvchi darajasida bilish.

 
🎁 Sizni munosib ish haqqi, xodimlar uchun ijtimoiy to’lovlar, respublikaning yetakchi bankida doimiy o’qish va karyera qurish istiqbollari kutmoqda.

🌺Imkoniyatdan foydalaning, bizga ma’lumotlaringizni yuboring va tanlovda ishtirok etib professionallar jamoasiga qo’shiling!

Rezyume yuborish uchun:

https://hmsg.me/u018fe216-5446-73e4-bbef-0845133e33d1

 
📌rezyumelar 2024 yil 07 iyun kunigacha qabul qilinadi !!!

Boshqa vakant lavozimlar to'g'risida:  https://www.tg-me.com/NBU_karyera
#muhim

⚖️ Soʻnggi yillarda ta'lim muassasamizda ham korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Agarda Siz, universitet hududida har qanday korrupsion holatga duch kelsangiz yoki professor-o'qituvchi va xodimlarning noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarga ega bo'lsangiz rahbariyatning quyidagi telefon raqami yoki telegram botlariga murojaat qilishingiz mumkin.

🔸Akramjon Yuldashev — Andijon davlat universiteti rektori, professor;
☎️ +998933318254
🌐 @anddu_rektori_bot

🔸Azizbek Yuldashev — rektor maslahatchisi;
☎️+998993996688

🔸Universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi.
☎️ +998742248191
🌐@adu_anticorruptionbot

❗️Inson o'zgarsa, jamiyat o'zgaradi, agar siz va biz, barchamiz korrupsiyaviy holatlarga befarq bo'lmay qarshi kurashar ekanmiz, jamiyatimiz ham bu kabi illatlardan holi bo'laveradi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Fanlar majmuasi 2023_2024.pdf
1.6 MB
#abituriyent_2024
#fanlar_majmuasi

🎓2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi


2024/2025-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Andijon davlat universiteti professori Salima Mirzayeva boshchiligida bir guruh professor-o'qituvchilar xalqaro hamkorlik doirasida ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish maqsadida Qirg'izistonda bo'lib turibdi.

Bugun, 7-iyun kuni Osh shahridagi Botirali Sadikov nomidagi Qirgʻiz-Oʻzbek xalqaro universitetida Salima Risbayeva Abilovnaning 70 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.

Xorijiy oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan anjumanda Rossiya, Qozog'iston, O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va boshqa davlatlarning taniqli olimlari, davlat arboblari, professorlar, tadqiqotchilar qatorida Andijon davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ECAMPUZ

Andijon davlat universiteti talabalari ECAMPUZ loyihasi doirasida Ispaniyadagi o'quv mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda


Ayni kunlarda Yevropa Ittifoqining ERASMUS-EDU-2022-CBHE dasturi "ECAMPUZ-O‘zbekiston olimlari uchun oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari bo‘yicha Yevropa jahon iste’dodlar lageri" loyihasi doirasida Andijon davlat universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i D.Nurmatov rahbarligida doktorant va talabalar Ispaniyaning nufuzli Exstremadura universitetida ikki haftalik o‘quv trening (CAMP-2)da ishtirok etmoqda.

Dastur doirasida loyiha a’zolari Ispaniyaning ilg‘or oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarida "Oziq-ovqat xavfsizligi va mikrobiologiyasi" bo'yicha nazariy, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarida faol qatnashib kelmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#qutlov

G'ayratbek Xolbutayev XXIV xalqaro Pushkin tanlovi g'oliblari qatoridan joy oldi

Joriy yilning aprel oyida buyuk rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan XXIV xalqaro Pushkin tanlovi bo'lib o'tdi.

Unda, 21 ta xorijiy mamlakatlardan 250 nafarga yaqin nomzodlar ishtirok etdi. Quvonarlisi, tanlovda Andijon davlat universiteti rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Xolbutayev G‘ayratbek Oybek o‘g‘li ham munosib ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritdi.

G'ayratbek Xolbutayevni ushbu yutuq bilan qutlab, kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaymiz.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Exclusive

Дунё юлдузлари Андижонда
••••••••••••••
Президентимиз ташаббуси билан 2023 йилда Андижонда ўтказилган “Дунё садолари” фестивали бу йилда ҳам кенг миқёсда ўтказилади.

Фестивал дорасида аҳолимиз учун бутунжаҳон юлдузлари иштирокида гала концертлар ташкил этилиши режалаштирилган.

Унда кимларни учратишингиз мумкин? Ушбу маълумотлар билан видеолавҳада танишиб ўтинг!

Июль ойида, Андижоннинг Хонобод шаҳрида кўришгунча!

Саҳифа: @andpress
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

📅Bugun 8-iyun, shanba.


🌊BMT - Butunjahon okeanlar kuni.
🇳🇫 Norfolk oroli - “Bounty” kuni (1856).
🇵🇪 Peru - Muhandislar kuni.
🇺🇸 AQSh - Inoq do‘stlar kuni.

Tarixiy voqealar:

🍨1786-yil - Nyu-York shahrida ilk muzqaymoqlar sotuvga chiqarildi.
🏢1946-yil - Xalqaro jurnalistlar tashkilotiga asos solindi.
📕1949-yil - Jorj Oruellning ''1984'' romani nashr etildi.
🔰 1824 - Kvebekda Noa Kashing kir yuvish mashinasiga patent oldi.

🎊Tavallud ayyomlar:

👨‍💼1800-yil 8-iyun - Tarixchi, diplomat, shoir Rizoqulixon Hidoyat.
👨‍🏫1916-yil 8-iyun - ingliz fizigi, molekulyar biologiya asoschilaridan biri, professor, Nobel mukofoti laureati Fransis Krik.
👨‍⚕️1937-yil 8-iyun - tibbiyot bo'yicha tarixchi, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Yakovlevich Yarovinskiy.
🕵️‍♂️1944-yil 8-iyun - me'mor, restavrator, san'atshunos, Rossiyada xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Viktor Kulakov.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#final2024 #Samarqand
#talabalar_teatr_studiyasi
#taqdirlash_marosimi

🎭 Kuni kecha Samarqand musiqali drama teatrida Respublika miqyosda o'tkazilgan ''Talabalar teatr studiyalari'' ko'rik tanlovining final bosqichi o'z nihoyasiga yetdi.

Ushbu tanlovda o'zining betakror chiqishlari bilan faol ishtirok etgan Andijon davlat universitetining 'Humo'' talabalar teatr jamoasi a'zosi Vazira Mahmudova ''Eng yaxshi ayol'' nominatsiyasida g'olib deb topildi.

Iqtidorli talabamiz Vaziraxonni erishgan natijasi bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#abituriyent

Abituriyentlar maksimal ball olishi uchun milliy sertifikat darajasi qanday bo‘lishi kerak?

Bilim va malakalarni baholash agentligi abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibini tushuntirdi.

Unga ko‘ra:

❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga:

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/24 23:23:48
Back to Top
HTML Embed Code: