Telegram Web Link
#teatr

Universitetimiz "Humo" jamoasi tanlovning respublika bosqichida “Ufqqa intilib” nomli spektaklni ijro etdi


🎭Bugun, 6-iyun kuni Samarqand shahridagi musiqali drama teatrida oliy ta’lim muassasalarining talabalar teatr studiyalari oʻrtasida anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan “Eng faol talabalar teatr studiyasi” respublika koʻrik-tanlovining ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Mazkur tanlovda Andijon davlat universiteti “Humo” talabalar teatr studiyasi jamoasi yozuvchi Said Ahmadning “Ufq” romani asosida sahnalashtirilgan “Ufqqa intilib” nomli spektakli bilan ishtirok etdi.

Universitetimizning “Humo” talabalar teatr studiyasi jamoasi respublikada g'alaba qozonishiga ishonch bildiramiz va ularga tanlovda omad tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#teatr

🎭Bugun, 6-iyun kuni Samarqand shahridagi musiqali drama teatrida Andijon davlat universiteti “Humo” talabalar teatr studiyasi jamoasi yozuvchi Said Ahmadning “Ufq” romani asosida sahnalashtirilgan “Ufqqa intilib” nomli spektakli bilan ishtirok etdi.

Universitetimizning “Humo” talabalar teatr studiyasi jamoasi respublikada g'alaba qozonishiga ishonch bildiramiz va ularga tanlovda omad tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#teatr

Samarqand shahridagi musiqali drama teatrida Andijon davlat universitetining "Humo" talabalar teatr studiyasi jamoasi “Eng faol talabalar teatr studiyasi” tanlovning respublika bosqichida “Ufqqa intilib” nomli spektaklni ijro etdi.

Tanlov jarayonlaridan fotolavhalar

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi
#abituriyent

🌐 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

📆 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

👩‍🎓 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etil tushuniladi;

to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Ayrimlar tavsiyanoma faqat 2 ming kishiga beriladi, deb xato o’ylaydi. Aslida tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi. Ya’ni tavsiyanomalar soniga cheklov yo’q, necha kishi to’g’ri kelsa, barchasiga beriladi. 2 ming bu ajratilgan kvota. Ya’ni tavsiyanoma olgan xotin-qizlar jami 10 ming nafar bo’lsa, shularning orasidan 2 ming kishi qo’shimcha kvotaga talabalikka qabul qilinadi.

❗️Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi. Ko’pchilik tushunmasdan “meni tavsiyanomam bor edi, lekin nega o’qishga qabul qilinmadim” deb e’tiroz bildiradi.

Tavsiyanoma muddati qancha?

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi.

‼️ESLATMA: o’tgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar yana qayta ariza yuborishlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bo’lgani uchun joriy yilda o’tmaydi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: bir kishi ikkala tavsiyanomani olishi ham mumkin, shartlariga to’g’ri kelsa bo’ldi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

📅Bugun 7-iyun, juma.

🇺🇳 BMT
- Xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuni.
🇦🇷 Argentina - Jurnalistlar kuni.
🇪🇸 Ispaniya - Respublika kuni.
🇭🇷 Xorvatiya - Xorvat diplomatiyasi kuni.

Tarixiy voqealar:

🕌 1099 - Salib yurishlari: Quddus qamali.
⛵️ 1498 - Xristofor Kolumb o‘zining uchinchi sayohatiga yo‘l oldi.
🎙1977-yil - turk san'atkori Semiha Yanki "13-Xalqaro Oltin Orfe" qo'shiq tanlovida birinchi o'rinni egalladi.
2007-yil - turk "Daktilogiya (Qo'l barmoqlari yordamida gaplashish) bayrami" deb qabul qilindi.

🎊Tavallud ayyomlar:

👨‍💼1952-yil 7-iyun - zamonaviy turk yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi Orhan Pamuk.
🕵️‍♂️1957-yil 7-iyun - rus kino va teatr aktyori, Rossiya xalq artisti Vladimir Simonov.
👨1962-yil 7-iyun - amerikalik mashhur aktyor va musiqachi Lans Solomon Reddik.
👨‍⚖️1989-yil 7-iyun - huquqshunos va bloger, Kelajak bunyodkori medali sohibi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Qurbon hayiti bayramida necha kun dam olinadi?

JAVOB: ushbu savolga javob berishdan oldin, eng avvalo, hali Qurbon Hayiti kuni rasman belgilanmaganini hisobga olishimiz kerak.

Hozircha Qurbon hayiti kuni, ya’ni hijriy taqvim bo‘yicha zulhijja oyining o‘ninchi sanasi, joriy yilda 16-iyun yoki 17-iyunga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Agar shunday bo‘lsa, unda O‘zbekistonda olti kunliklar 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam olishadi. Qaysi kunga to’g’ri kelishining ahamiyati yo’q.

Keling, hayit 16-iyunga to’g’ri kelsa, dam olish kunlari qanday bo’lishini ko’rib chiqamiz:

15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun dam olish, 6 kunliklar uchun ish kuni;

16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;

17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/25 01:38:38
Back to Top
HTML Embed Code: