Telegram Web Link
Sertifikatlar qaror.pdf
1.1 MB
Pedagoglar kutgan qaror qabul qilindi: TKT, TESOL, TEFL va TESL uchun ham ustama beriladi, ammo bir sharti bor

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklarining tegishli qarori bilan xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Pedagoglar uchun 2 ta katta yangilik bor:

1️⃣ Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi (60 balldan yuqori), boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi (46 balldan yuqori) sertifikat uchun ustama beriladigan bo‘ldi;

2️⃣ mazkur qaror loyihasi e’lon qilinganidan so‘ng 5 mingdan ortiq takliflar bildirilgan edi. Takliflarning ayrimlar inobatga olingan. Xususan, dastlabki loyihada pedagoglarga ustama beriladigan chet tili sertifikatlar roʻyxatidan chiqarib tashlangan TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari uchun ham ustama beriladigan bo'ldi. Ammo bir sharti bor. Ya'ni ushbu 4 ta sertifikatlar CEFR tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama to‘lanadi. Agar CEFR tizimining B2 sertifikati bo'lmasa, unda TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari uchun ustama berilmaydi.

Shuningdek, barcha TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#zakovat

Zakovat universitetning ilmga chanqoq yoshlarini bir davraga jamladi

Bugun, 3-iyun kuni Nodirabegim istirohat bog'ida ''Ma'rifat ulashib'' loyihasi doirasida Andijon davlat universiteti talabalarining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida zakovat intellektual o'yini o'tkazildi.

Qizg'in, bahs va munozaralarga boy bo'lgan intellektual o'yinda ta'lim muassasamizning turli fakultetlaridan talabalar ishtirok etib, o'zlarining bilimlarini sinovdan o'tkazdilar. O'yin yakunida g'olib jamoalar rahbariyat tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan munosib taqdirlandi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kun_tarixi

📆Bugun 4-iyun, seshanba.


🦷4-iyun - Xalqaro kariyesga qarshi kurashish kuni. Bu kun dunyo stomatologlari tashabbusi bilan 2013-yilda ta'sis etilgan.

Tarixiy voqealar:

🏝1878-yil - Usmonlilar imperiyasi kelishuvga muvofiq Buyuk Britaniyaga Kipr orolini berdi.
🧑‍✈️1916-yil - Birinchi jahon urushi: Brusilov qamalini yorib o'tish boshlandi.
🗺1920-yil - Trianon shartnomasiga ko'ra Vengriya (Mojariston) 72% hududi va 64% aholisini yo'qotdi.
🇨🇳1989-yil - Pekindagi talabalar qo'zg'oloni bostirildi.

🎊 Tug'ilgan kunlar:

🙎‍♀️1959-yil 4-iyun - mashhur qozoq opera xonandasi Nurjamol Usenbayeva.
👨‍🏫1963-yil 4-iyun - O'zbekiston FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Bobomurod Ahmedov.
🎙1984-yil 4-iyun - O'zbek milliy estrada xonandasi Bahrom Nazarov.
👩‍💼1986-yil 4-iyun - Turk kino yulduzi, aktrisa Faxriye Evchen.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Grantlar.uz
18-30 yoshdagi tadbirkorlik va biznesga qiziquvchilar uchun “Yosh tadbirkor” tanlovi

Bu tanlovda o‘z g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihasiga ega 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Mukofotlar:
– 1-3-oʻrinlar uchun 50 mln soʻmgacha pul mukofoti, xorijda malaka oshirish imkoniyati va kredit olishga tavsiyanoma
– Respublika bosqichi ishtirokchilariga kredit olishga tavsiyanoma va esdalik sovgʻalar

Arizalarni imkon qadar ertaroq topshirish tavsiya etiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/yosh-tadbirkor-tanlovi/

@grantlar
#iqtibos

🎩“Tanqid qilayotganda uning muallifini emas, fikrini tanqid qiling”.

✍🏻 Leonardo da Vinchi

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Bugun_tugilgan_kun
#Tabrik

Bugun, 4-iyun Andijon davlat universiteti o'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i o'rinbosari G'apporov Faxriddin Sharabiddinovichning tavallud ayyomi.

Ushbu sana munosabati bilan Faxriddin G'apporovni barcha hamkasblari, shogirdlari hamda universitet jamoasi nomidan uzoq umr, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, doimo shogirdlari ardog'ida bo'lib yurishlarini va yoshlarimizga ilm berishda kuch-quvvat tilab qolamiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #ilmiy_ijodiy_seminar

Andijon davlat universitetida Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi tomonidan "O'zbekiston tasviriy va amaliy san'atida Andijon maktabining o'rni" mavzusida ilmiy-ijodiy seminar o'tkazildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#abituriyent

‼️Qabul boshlanishiga 1 kun qoldi

Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Ovozli_chat
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat

📆
2024-yil 4-iyun (bugun) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va ishtirokchilarning savollariga batafsil javob beradi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024_2025
#Call_markaz

Andijon davlat universitetida fuqarolarning murojaatlariga javob berish va “Qabul-2024" bo'yicha "Call-markaz" o'z faoliyatini boshladi

2024-2025-o'quv yili uchun abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish 5-iyundan 25-iyungacha faqatgina onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Abituriyentlar oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarini qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti my.uzbmb.uz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali ro'yxatdan o'tkaziladi.

Abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazishlari uchun oliy oʻquv yurtiga borilmaydi.

Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali Andijon davlat universitetining murojaatlar markazi “Call-center” bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

📞 Murojaat uchun telefon:
+998742248187
+998742248189
+998742248194
+998742248197
+998742248195

“Call-center”ning ish rejimi:
Dushanbadan shanbagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/24 11:24:25
Back to Top
HTML Embed Code: