Telegram Web Link
#ochiq_muloqot

Xotin-qizlar ishtirokida "Ayollar biznesini qo'llab-quvvatlash" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi

Bugun, 20-may kuni Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayxo Baxriddinovna Andijon viloyati xotin-qizlari ishtirokida "Ayollar biznesini qo'llab-quvvatlash" mavzusida ochiq muloqot o'tkazdi.

Uchrashuvda Bosh vazir oʻrinbosari Zulayho Mahkamova tomonidan xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo'yicha respublikada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi. So'ng, viloyatdagi ayollarni tadbirkorlik faoliyatini yuritish va kengaytirishda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida ayollar bandligini taʼminlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish boʻyicha muhim ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#konsert

Kuni kecha Nodirabegim istirohat bog'ida ''Milliy qadriyatlar sayli'' va ''Ma'rifat ulashib'' loyihalari doirasida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining hisobot konsert dasturi bo'lib o'tdi.

Konser dasturi davomida Pedagogika va san'atshunoslik fakulteti professor-o'qituvchilari hamda iqtidorli talabalari tomonidan milliy va zamonaviy estrada qo'shiqlari ijro etilib, milliyligimizni tarannum etuvchi raqslar guldastasi tomoshabinlar e'tiboriga havola etildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/22 19:25:13
Back to Top
HTML Embed Code: