Telegram Web Link
#seminar_trening

Bugun, 20-may kuni Andijon davlat universitetida Osh texnologiya universiteti Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi professori Rahmon Mirzaibragimovich tomonidan "Statistik tahlil" mavzusida seminar trening tashkil qilindi.

Seminarda professor tomonidan universitetimizning Iqtisodiyot kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchi va tadqiqotchilari ishtirokida iqtisodiyot sohasiga doir statistik ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish, tarqatishning ishonchli tizimini joriy etish masalalarida master-klass mashg'ulotlari olib borildi.

Shuningdek, doktorlik dissertatsiyalarni rasmiylashtirishda iqtisodiy koʻrsatkichlardan foydalanish, iqtisodiy-matematik, logorifmik funksiyalar va boshqa metodlardan foydalangan holda tahlil hamda prognoz koʻrsatkichlarini zamonaviy usullarda hisoblash texnologiyasi boʻyicha ma'lumotlar berdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#rektor_va_yoshlar_uchrashuvi

Andijon davlat universiteti rektori o'ziga biriktirilgan yoshlar bilan tizimli ishlamoqda

Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev o'ziga biriktirilgan yoshlar bilan kelgusida individual ishlash, ularning muammolarini aniqlab, manzilli hal etish maqsadida, bugun 20-may kuni Qo’rg’ontepa tumanidagi Mustaqillik, Mustaqillikning 15 yilligi, Mirzo Ulug'bek MFY da istiqomat qilayotgan yoshlar universitetga taklif qilindi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2914

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#pazandachilik_to'garagi

Universitetda pazandachilik markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Andijon davlat universitetining 5-sonli talabalar turar joyida rektor tashabbusi bilan oliygoh talaba-yoshlarining darsdan tashqari bo'sh vaqtini mazmunli va tizimli tashkil etish maqsadida pazandachilik markazi tashkil etildi.

Bugun, 20-may kuni pazandachilik markazining ochilish marosimi o'tkazildi. Unda ishtirok etgan universitetimiz prorektorlari va professor-o'qituvchilar to'garak rahbari va o'quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan milliy taomlar va shirinliklarni e'tirof etib, faoliyatlariga omad tiladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rektor_va_yoshlar_uchrashuvi

Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev o'ziga biriktirilgan yoshlar bilan kelgusida individual ishlash, ularni muammolarini aniqlab, manzilli hal etish maqsadida, Qo’rg’ontepa tumanidagi Mustaqillik, Mustaqillikning 15 yilligi, Mirzo Ulug'bek MFY da istiqomat qilayotgan yoshlar universitetga taklif qilindi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xalqaro_forum

🧧Universitetimiz o’qituvchisi mintaqaviy Osiyo forumida ishtirok etdi

Joriy yilning 15-18-may kunlari Abay nomidagi Qozog'iston milliy pedagogika universiteti mezbonligida Yaponiya, Filippin, Indoneziya, Mo'g'uliston, Hindiston, Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston hamda O'zbekistonning yetakchi universitetlari ishtirokida "Будущее образования в области изменения климата: создание синергии между преподавателями и заинтересованными сторонами" mavzusida mintaqaviy Osiyo forumi o'tkazildi.

Forumda tomonlar o'zlarining tegishli vakolatlari va majburiyatlariga muvofiq, barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgari surish, ta'limda barqaror rivojlanish uchun sohada ilg'or tajriba almashishga hissa qo'shadigan qo'shma tadbirlarni amalga oshirishda hamkorlik qilish va bu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish bo'yicha muzokaralar olib borildi.

Forum doirasida oliygohlar o'rtasida o'zaro hamkorlik yuzasidan bir qancha memorandumlar imzolandi. Mazkur forumda, shuningdek, yuqorida keltirilgan davlatlarning oliy ta'lim muassasalari vakillari qatorida Andijon davlat universiteti geografiya kafedrasi katta o'qituvchisi Mahmudjon Gopirov ham ishtirok etdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/22 21:27:04
Back to Top
HTML Embed Code: