Telegram Web Link
#9_may #Xotira_va_qadrlash
#tadbir

Yurtimizning azaliy va umrboqiy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan ayyom – Xotira va qadrlash bayrami munosabati bilan Andijon davlat universitetida Matematika fakulteti rahbariyati tomonidan universitetda ko'p yillik faoliyati bilan davlatimiz ravnaqiga hissa qo'shgan faxriy ustozlar uchun tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda uzoq yillar mobaynida mehnat qilgan nuroniylar, oliygoh rahbariyati, ustoz murabbiylar uchun fakultet tomonidan osh tayyorlanib, shirin noz-ne’matlar bilan dasturxonga tortildi.

Ustoz-faxriylar shirin diydor va iliq kayfiyatlar ta’sirida universitetning yuksak e’tibor va g‘amxo‘rligidan mamnun bo‘lishdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#zakovat

🎓 Talabalar o'rtasida "Sharq tafakkuri" mavzusida zakovat o'yini o'tkazildi

Bugun, 11-may kuni Andijon davlat universitetida talabalar o'rtasida sharq allomalarining ilmiy merosi fani kesimida "Sharq tafakkuri olami" mavzusida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2904

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Huquqiy axborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun_tugilgan_kun
#Tabrik

🎗
Bugun, 12-may Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Tursunov Yaxyo Bahodirovichning tavallud ayyomi.

Yaxyobek Tursunov ko'p yillardan buyon universitetimiz ravnaqi yo'lida beminnat xizmat ko'rsatib kelayotgan kadrlardan biri hisoblanadi.

Andijon davlat universiteti jamoasi Tursunov Yaxyo Bahodirovichni tavallud ayyomi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam salomatlik hamda ezgu maqsad yo‘lidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Grantlar.uz
Schwarzman Scholars: Dunyoning 12-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2024-yil 12-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
#Rasmiy_munosabat

Bugun, 12-may kuni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal orqali berilgan murojaatga munosabat:

Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Universitetda sirtqi bo'lim bir necha yillardan beri mavjud bo'lib, u tarqatilgan emas hamda sirtqi bo'lim boshlig'i lavozimi ham yo'qotilgan emas.Yani sirtqi bo'lim qayta tiklandi va uning rahbari qayta saylandi degan vajlar asossiz.

Haqiqatdan ham talabalar kontingenti kattaligi uchun vaqtincha Bog'ishamol daxasidagi Andijon axborot texnologiyalari texnikumini ijaraga olib, vaqtincha dars mashg'ulotlari o'sha binoda olib borilgan. Lekin kontingent kamaygandan keyin, 2024-yildan buyon darslar universitetning asosiy hududida o'tilyapti.

Bugungi kunda barcha auditoriyalarda kuzatuv kameralari mavjud bo'lib, davomat hamda ta'lim sifati to'liq nazorat qilinmoqda.

Sirtqi bo'lim tarqatilgani yo'q edi, faqat hujjatlardagi kamchiliklarni to'g'rilashga yordam berilsin deb tegishli fakultet dekanatlari biriktirilgan edi. Bu ishlar o'zi shundoq ham dekanatlarning vazifalaridan biri bo'lib, sirtqi bo'lim bilan hamkorlikda bajarilishi kerak bo'lgan ishlar hisoblanadi.

Darslar jadval bo'yicha qayerda ko'rsatilgan bo'lsa, osha yerda bo'lyapti. Uni hech kim o'zgartirgani yo'q. Dars mashg'ulotini kim o'tish kerak bo'lsa, shu o'qituvchi o'tyapti. Uni ham hech kim o'zgartira olmaydi. Ta'lim sifatiga har doim kafedra mudiri va o'qituvchi javob bergan. Shunday bo'lib qoladi.

Kafedra mudiri va kafedra o'qituvchilari hamisha fakultet dekanlari tomonidan nazorat qilinadi. Sirtqi bo'lim boshlig'i butun sirtqi bo'lim bo'yicha ishlarni muvofiqlashtiradi. Bu ishlar nizom bo'yicha to'g'ri tashkillashtirilgan.

Agarda qandaydir noqonuniy harakat yoki korrupsion holat bo'yicha aniq ma'lumot bo'lsa, universitet rahbariyati bunga qarshi murosasiz kurashadi va buning uchun hammani birga hamkorlikda ishlashga chaqiradi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Bilasizmi?

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati

🔸 Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich - Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri

🔸 Daliyev Shohrux Hojiakbarovich
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

🔸 Mahkamov Otabek Muxtorovich
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari

🔸 Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi?

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.

Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi.

Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi.

⚖️ Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

🔸 sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

🔸 boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.

🔸 Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:

🔸 sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

🔸 boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Xushnudbek.uz
Sertifikat loyiha matni (98472).pdf
239.3 KB
Pedagoglar kutayotgan qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi: B+ uchun ham ustama berilishi rejalashtirilmoqda

Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Yodingizda bo‘lsa, avvalroq o‘qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat bo‘yicha biroz tushunmovchilik yuzaga kelgani, Rash modeliga o‘tilishi ortidan qaysi darajadagi sertifikat ustama berilishi so‘roq ostida ekanligini aytgandik.

Bu bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qarori loyihasi ishlab chiqilgan.

E’tiborlisi, yangi loyihada dastlabki ishlab chiqilgan loyihaga qaraganda o‘qituvchilar tomon yengillik berilgan. Ya’ni dastlabki loyihada umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatdan Rash modeli bo‘yicha A va A+ daraja ko‘rsatgan o‘qituvchilarga, boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) uchun esa С+ va undan yuqori darajaga ustama berilishi nazarda tutilgan edi.

Ammo vazirlik bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olib, eski loyihani bekor qilgan hamda yangi loyihada talab etilgan minimal darajani bir pog‘onadan tushirgan holda, umumta’lim fanlari uchun B+ daraja (60 balldan yuqori), boshlang‘ich ta’lim uchun esa C daraja (46 balldan yuqori) talab etilishini belgilagan.

Loyiha 7-mayda e’lon qilingan bo‘lsa, bugungacha 3 mingdan ortiq izohlar qoldirilgan. Lekin regulation.gov.uz sayti serverlari javob bermayotgani uchun izohlarni o‘qish imkoni bo‘lmadi.

Loyiha muhokamasi 22-mayga qadar davom etadi.


👉 @xushnudbek 👈
2024/09/21 12:50:17
Back to Top
HTML Embed Code: