Telegram Web Link
#muhim

⚖️ Soʻnggi yillarda ta'lim muassasamizda ham korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Agarda Siz, universitet hududida har qanday korrupsion holatga duch kelsangiz yoki professor-o'qituvchi va xodimlarning noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarga ega bo'lsangiz rahbariyatning quyidagi telefon raqami yoki telegram botlariga murojaat qilishingiz mumkin.

🔸Akramjon Yuldashev — Andijon davlat universiteti rektori, professor;
☎️ +998933318254
🌐 @anddu_rektori_bot

🔸Azizbek Yuldashev — rektor maslahatchisi;
☎️+998993996688

🔸Universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi.
☎️ +998742248191
🌐@adu_anticorruptionbot

❗️Inson o'zgarsa, jamiyat o'zgaradi, agar siz va biz, barchamiz korrupsiyaviy holatlarga befarq bo'lmay qarshi kurashar ekanmiz, jamiyatimiz ham bu kabi illatlardan holi bo'laveradi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#oquv_seminar

Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, bugun, 13-may kuni Andijon davlat universitetida viloyatdagi oliy taʼlim, akademik litsey va professional taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan maʼnaviyatga masʼul xodimlar ishtirokida zoom dasturi orqali "Ma'rifiy targ'ibot" mavzusida o'quv kursi tashkil etildi.

Mazkur seminarda ma'ruzachilar A.Mamatqulov, Y.Jahongirov hamda D.Komilovlar tomonidan "Oliy taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish: muammo va yechimlar", "Bugungi dunyoning siyosiy mafkuraviy manzarasi va yoshlarda vatanparvarlik gʻoyalarini shakllantirish" mavzularida ma'ruzalar tinglandi va yakunda ishtirokchilar tomonidan muhokama qilindi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #munosabat

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha o'tkazilgan taqdimot yuzasidan Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashevning fikr-mulohazalari ommaviy axborot vositalari nigohida

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Intellektual haftalikni o‘tkazish Tashkiliy guruhi har bir hududga OTMlardan kelib tushgan arizalar soniga mos nisbatda respublika bosqichiga kvota ajratdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Forwarded from Adpi.uz | Rasmiy kanal
💠 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Andijon viloyati bo‘limi Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan onlayn viktorinaga start berdi!Tanlovning 1 bosqichi, 15 may kuni 23:59 ga qadar davom etadi.

🔅Tanlov shartlari:

🔹Tanlovda ishtirokchilarga Muhammad Yusuf  ijodi haqida 50 ta tеst savoli taqdim qilinadi. Har bir savol uchun esa 30 soniyadan vaqt ajratiladi. Javob bеrishni barcha ishtirokchilar bir xil vaqtda boshlashlari va bеlgilangan muddatda tugatishlari kеrak bo'ladi. Bеlgilangan muddatda tеst ishlamagan ishtirokchilarning natijalari inobatga olinmaydi

Tanlovning 2-bosqichi Rеspublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Andijon viloyati bo'limining hududiy bo'linmalarida bo'lib o'tadi.

🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin – Artel Smart TV 32 hamda bir donadan “Xamsa”,“Boburnoma” kitoblari;
🥈2-o‘rin – Duxovaya pеchi hamda bir donadan “Xamsa”,“Boburnoma” kitoblari;
🥉3-o‘rin – Tеrmopot hamda bir donadan “Xamsa”,“Boburnoma” kitoblari;
🎗4-10-o‘rinlar – Elketrochoynak hamda bir donadan “Xamsa”,“Boburnoma” kitoblari;
⌚️Tanlov targ'ibotida faol ishtirok etib eng ko'p rеfеral to'plagan 5 nafar ishtirokchi ham “Eng faol loyiha targ'ibotchisi” nominasiyasi g'olibi dеb topiladi va har biri “Tеrmos” va bir donadan “Xamsa”, “Boburnoma” kitoblari bilan taqdirlanadi.


Tanlov davomida har bir ishtirokchi faqat bitta akkauntdan qatnashishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq akkauntlar orqali ishtirok etish holatlari aniqlansa, o‘sha ishtirokchining natijasi bekor qilinadi va o‘zi tanlovdan chetlatiladi.

👉 Tanlov nizomini o‘qish

Tanlov yuzasidan savollaringiz bo‘lsa, @tanlovsorovnoma orqali javob olishingiz mumkin!

Tanlovda ishtirok etish 👇
https://www.tg-me.com/tanlovsorovnoma_bot?start=5935503528
#uchrashuv

Maktab bitiruvchilari bilan “Rektorlar va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi


Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan joriy yilning 13-may kuni Andijon viloyatidagi OTM rektorlari ishtirokida Andijon tumanida joylashgan 27-umumta'lim hamda Bo'taqara MFYda joylashgan 4 ta umumta'lim maktablari bitiruvchilari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2905

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/21 15:35:10
Back to Top
HTML Embed Code: