Telegram Web Link
#Tanlov

Bugun, 28-aprel poytaxtimiz Toshkentda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining 3-mintaqaviy yarim final bosqichi boʻlib o‘tmoqda.

Mazkur tanlovda Andijon davlat universiteti “Humo” talabalar teatr studiyasi oʻzining “Ufqqa intilib” nomli spektakli bilan ishtirok etmoqda.

Bugungi tanlovda universitetimizning “Humo” talabalar teatr jamoasiga omad tilab, g’alaba qozonishiga ishonch bildiramiz.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Yangi_nafas_marafoni

🏃🏻‍♀️🏃🏻Viloyatimizda “Yangi nafas - Ekiden” yugurish marafoni o’tkazildi

Bugun, 28-aprel kuni Andijon shahrida “Yangi nafas - Ekiden” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o’tdi.

Mazkur o‘ziga xos aksiyada Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari qatorida Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev boshchiligidagi professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlar ham ishtirok etdi.

Marafonning g’olib va sovrindorlari viloyat hokimligining qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Xushxabar

Bugun, 28-aprel kuni O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining mintaqaviy yarim final bosqichida Andijon davlat universitetining “Humo” talabalar teatr jamoasi oʻzining “Ufqqa intilib” nomli spektakli bilan faxrli birinchi o'rinni egallab, respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

“Humo” talabalar teatr jamoasining barcha a'zolari hamda mas'ullarini ushbu ga'laba bilan universitetimiz jamoasi nomidan samimiy qutlab, kelgusi respublika bosqichida omad va zafarlar tilaymiz.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV

O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali bayram tadbirida Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Sultanmuradovichning fikr-mulohazalari ommaviy axborot vositalari nigohida.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Alisher Sadullaev
"Qo‘rqma" – Mutolaa'dan premyera

Ilmni yoyish uchun jadidlardan qanday namuna olsak bo‘ladi? Shu haqda ko‘p o‘yladik, izlandik. 1908-yilda Behbudiy Samarqandda mutolaaxona tashkil qilganiga e'tibor berdik.

Keyin shu yo‘lda bir zamonaviy yoshlarga mos loyihani ishga tushirdik. Uni yuritish uchun xuddi jadidlar kabi xorijda o‘qib, Vatanga hissa qo‘shishchun qaytgan, nufuzli Edinburg universiteti magistri Sirojiddin Olimovni taklif qildik.

Kecha, 27-aprel kuni, ushbu loyiha – audio, video, sun'iy idrok texnologiyalari orqali kitoblar o‘qishni, yangi bilim va g‘oyalarga ega bo‘lishni ommalashtirishni niyat qilgan Mutolaa taqdim etildi.

Mutolaa'ga, xususan, shu debyutning ilhom manbasi Javlon Jovliyev, bolalar yozuvchisi Sa'dullo Quronov, rejissor va aktyor Erkin Bozorov kabilarni jalb qilganimiz loyiha uchun katta yutuq. Bizga yana yosh rejissor va aktyorlar, dyublaj ustalarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ham bergani uchun kitoblar asosida filmlar yaratishga qaror qildik.

Mana, shu turkumdan birinchi film:
https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ

Katta salohiyatga ega jamoa shunday ijodiy namunalarni yaratishda davom etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_nafas_marafoni

🏃🏻‍♀️🏃🏻Bugun, 28-aprel kuni Andijon shahrida “Yangi nafas - Ekiden” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o’tdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/22 17:36:55
Back to Top
HTML Embed Code: