Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SPORT

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–37-son Farmoniga muvofiq oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o'tkazish belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 26-aprel kuni Andijon davlat universitetida sportning bir necha turlari bo'yicha belgilangan yosh toifasi va nizomda ko'rsatilgan shartlar bo'yicha talabalar o'rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari olib borildi.

Talabalarni jismoniy faolligini oshirish, sog'lom turmush tarziga targ'ib qilish va sport to'garaklariga jalb qilish maqsadida o'tkazilgan ushbu mashg'ulotlarda oliygohimiz talabalari faol ishtirok etmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#premium_offline_kurs

👨🏻‍🏫
Andijon davlat universitetida bo'lib o'tadigan premium offline-kursimizga taklif etamiz!

May oyidagi "Scopus&Web_of_Science" nomli premium kursimizga qabul boshlandi!

📊Kursimizdan oladigan natijalar:

🔸O'zingiz mustaqil ravishda Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqolalar chop qilishni o'rganasiz;
🔸Scopus ma'lumotlar bazasi bilan ishlash texnologiyalarini o'rganib, sohangizga mos jurnallarni topish;
🔸Ilmiy maqolalar tayyorlash standartlarini va ilmiy maqolalar tayyorlaydigan dasturlarni o'zlashtirish;
🔸Yevropa nashriyotlarida o'zbek tilidagi kitob va monografiyalaringizni mutlaqo bepul chop qilish;

🕰Premium kurslarimiz 15 ta moduldan tashkil topgan va har bir dars mashg'ulotlari ikki soat davomida o'tkaziladi.

🎓Ishtirok etish istagida bo'lgan barcha talabalar, magistrantlar, doktorantlar hamda professor-o'qituvchilarni taklif qilamiz.

🪪 Qabul joriy yilning 4-may sanasiga qadar davom etadi.

Kurs texnik-spikerlari:
👨‍🏫Xudayberdiyev Akramjon – ITIIPKT bo‘limi muhandisi, “Scopus Academy” online kurs bitiruvchisi;
👨‍💻Abdugʻofurov Shohjahon – “Scopus Academy” online kurs bitiruvchisi.

Batafsil ma'lumot uchun:
@tadqiqotchi_PhD_DSc
@Shokhjakhonbek_Abdugofurov

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV

Andijon davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Andijon farzandi, shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan adiblar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#sorovnoma

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi 200-sonli Farmonida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha 2023-2024-yillarga mo'ljallangan davlat dasturining 19-bandida ko'rsatilgan anonim so'rovnoma o'tkazish yo'li bilan oliy ta'lim muassasalarining korrupsiyaga qarshi kurashish reytingini aniqlash amaliyotini o'tkazish belgilangan.

Mazkur farmonning ijrosini ta'minlash maqsadida bugun, 27-aprel kuni Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan ta'lim muassasamiz professor-o'qituvchilaridan anonim so'rovnomalar olindi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV

Andijon davlat universitetida "Umumjahon pul haftaligi" doirasida talaba-yoshlar ishtirokida moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish yo'nalishlarida mahorat darslari o'tkazildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Qutlov

🎓 Abduvaliyeva Zulfiya Latibovna dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi

Bugun, 27-aprel kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig'ilishida Abduvaliyeva Zulfiya Latibovna “Farg‘ona vodiysi viloyatlari rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy geografik jihatlari (Sog‘lomlashtirish maskanlari misolida)” mavzusidagi 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ixtisosligidan geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi o'tkazildi.

Tadqiqotchi rasmiy opponentlarning ishga taqrizlari hamda aʼzolarning ushbu dissertatsiya ishi boʻyicha savollariga ham javob berdi.

Kengash aʼzolarining bergan ovozlar natijasiga koʻra, dissertatsiya ishi 100% maʼqullandi va Zulfiyaxon Latibovna geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.

🎗Jamoamiz nomidan Abduvaliyeva Zulfiya Latibovnani ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz!

💐Universitetimiz olimlarining safi kengayaversin!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#taqdimot

Ayni damda Yoshlar ishlar agentligi tomonidan Yoshlar ijod saroyida “Qo‘rqma” filmi premyerasi hamda “Mutolaa” loyihasining taqdimoti bo’lib o’tmoqda.

Mazkur loyihaning taqdimotida respublikamizning barcha oliy talim muassasalari qatorida Andijon davlat universiteti birinchi prorektori boshchiligida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti hamda talaba-yoshlar zoom platformasi orqali ishtirok etmoqda.

Ushbu taqdimot Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida namoyish etilmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#hafta_dayjesti

📆 (22.04.2024 -27.04.2024).

🏃🏻‍♀️🏃🏻Talabalar o'rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o'tkazish va tashkil etishga qaratilgan o'quv seminari o'tkazildi

♻️Batafsil:https://www.tg-me.com/adu_uz/33701

📝"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Muhammmadyusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan shoir xonadoniga tashrif buyurildi

♻️Batafsil:https://www.tg-me.com/adu_uz/33714

📄O‘zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengashi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

♻️Batafsil:
https://www.tg-me.com/adu_uz/33757

🏛Universitetda “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

♻️Batafsil:https://www.tg-me.com/adu_uz/33773

🏢"O'zbekistonda uchinchi renessans va innovatsion jarayonlar" mavzusida xalqaro anjuman o'tkazildi

♻️Batafsil:https://www.tg-me.com/adu_uz/33785

🏅9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan universitetda uzoq yillar mehnat qilib, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar olindi

♻️Batafsil:
https://www.tg-me.com/adu_uz/33796

👨🏻‍🏫Xorijlik professor universitetimiz talabalariga amaliy dars mashg'ulotlarini olib bordi

♻️Batafsil:https://www.tg-me.com/adu_uz/33797

📖"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida adiblar bilan uchrashuv hamda adabiy kecha tashkil etildi

♻️Batafsil:https://www.tg-me.com/adu_uz/33848

Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi


♻️Batafsil:https://www.tg-me.com/adu_uz/33810

🎗Muhammad Yusuf tavalludiga bag'ishlangan tantanali bayram tadbiri o'tkazildi

♻️Batafsil:https://www.tg-me.com/adu_uz/33880

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/22 19:24:13
Back to Top
HTML Embed Code: