Telegram Web Link
#talabaga_qulaylik
#raqamlashtirish

📱Endi yotoqxona to‘lovini onlayn “Zoomrad” yoki “Click” mobil ilovasi orqali to'lash imkoniyatiga egasiz.

🔸Dastlab, mobil ilovadagi “To‘lovlar” sahifasiga kirib, “Davlat xizmatlari” bo‘limidan “OTM shartnoma to‘lovi”ni tanlaysiz.

🔸To‘lov turidan “Yotoqxona to‘lovi” bo'limiga JSHSHIR (PINFL) raqamingizni kiritib, to‘lovni amalga oshirasiz.

👩‍💻Agar sizning ma’lumotlaringiz to‘lov tizimlaridan topilmasa, universitetning “Talabalarni turar joy bilan ta’minlash” bo‘limiga murojaat qilishingiz so'raladi.

🏛Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV

Andijon davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Fakultetlararo chet tillar ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda iqtidorli talabalar tomonidan tillar festivali va Uilyam Shekspir tavalludiga bag’ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kun_hikmati

Yomon doʻst soyaga oʻxshaydi. Peshonangga kun tugʻsa, qochib qutula olmaysan, boshingda bulut toʻplansa, izlab topa olmaysan.

✍🏻Abay

👀
Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #kutubxonachilar_kuni

📚Andijon davlat universitetida 21-may – “Kutubxonachilar kuni” munosabati bilan ''Ma'rifat ulashib'' loyihasi doirasida oliygoh professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlarida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kitoblar ko‘rgazmasi” tashkil etildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
⚡️ Xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi
#abituriyent

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari lozim.

📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.

BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani o‘qishga kirdim, degani emas. Buning uchun siz yetarli darajada balandroq ball to‘plashingiz ham kerak. Ushbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo o‘qishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega bo‘ladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta o‘rindan biri orqali kontraktga o‘qishga kirishi mumkin.

Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda:
https://www.tg-me.com/xushnudbek/14477

Tasavvur hosil qilish uchun 2022-yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/xushnudbek/14934

❗️ESLATMA: 2022 hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.

ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
 
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kuzatish_marosimi

🚝"Talabalar ligasi"ning viloyat bosqichi gʻoliblari Namanganga yo'l oldi

Bugun, 23-may kuni Andijon davlat universitetining bir guruh sportchi talabalarini sportning voleybol turi bo'yicha "Talabalar ligasi"ning respublika bosqichiga kuzatish marosimi bo'lib o'tdi.

Tantanali kuzatish marosimida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida jamoamiz musobaqa qatnashchilari va ularning murabbiylariga omad va ulkan zafarlar tilab, Namangan viloyatida bo'lib o'tadigan "Talabalar ligasi"ning respublika bosqichiga tantanali kuzatdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kongress

"Oʻzbekiston – 2030" strategiyasi doirasida ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalar yaratish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash maqsadida Namanganning Ma’rifat markazida “Ilm-fan taraqqiyotini yoshlar yaratadi” mavzusida akademiklar va yoshlar kongressi bo'lib o'tdi.

Anjuman doirasida akademik va rektorlarning kun tartibidagi ma'ruzalari tinglanib, oʻzaro hamkorlik shartnomalarini imzolash, fizika fanini oʻqitish boʻyicha Namangan tajribasini ommaga keng tatbiq qilish bo'yicha ishlar amalga oshirildi.

Nufuzli anjumanda respublikamizning yetakchi oliy oʻquv yurtlari rektorlari, akademiklar, professorlar, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan 200 ga yaqin ilm-fan vakillari qatorida Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Iqboljon Karimjonov boshchiligida jamoamiz ham faol ishtirok etdi.

🏛Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/22 23:19:19
Back to Top
HTML Embed Code: