Telegram Web Link
#e'lon

To'lov-shartnoma asosida tahsil oluvchi talabalar hamda ularning ota-onalari diqqatiga!

Andijon davlat universitetida to'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talaba-yoshlar hamda ularning ota-onalariga respublikamizda shartnoma bilan bog'liq ma'lumotlar joylangan kontrakt.edu.uz sayti yana o'z faoliyatini boshlaganini ma'lum qilamiz.

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak. Ariza OTM tomonidan ko‘rib chiqib, tasdiqlangach, talaba shaxsiy profili orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Rasmiy_munosabat

Bugun, 23-may kuni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal orqali berilgan murojaatga munosabat:

Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Darhaqiqat, yangi "UzAsbo 2" tizimi ishga tushirilishi munosabati bilan ayrim turdagi to‘lovlarni amalga oshirishda tushunmovchilik va kamchiliklar kuzatildi.

Shu munosabat bilan stipendiyalarini olmagan talabalardan universitet kassasiga kelib stipendiyalarini olib ketishlari mumkinligini bildiramiz.

❗️Eslatma: Agar, shu kabi muammolarga duch kelsangiz yoki qo‘shimcha savollar bo‘lsa universitet rektorining @anddu_rektori_bot va
universitet axborot xizmatining @adu_uz_bot lariga murojaat qilishingizni so'raymiz.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#ijodiy_ishlar_ko'rgazmasi

Ayni paytda Andijon davlat universitetida talabalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, o'z iqtidorlarini to'la namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Umumtexnika fanlari va mehnat ta'limi kafedrasida faoliyat olib borayotgan to'garaklarning ijodiy ishlar ko'rgazmasi tashkil etildi.

Unda "Mohir qo'llar", "Munchoqli bezaklar", "Do'ppido'z'lik" "Kashtachilik" hamda "Yosh duradgorlik" turlaridan to'garak rahbarlari hamda iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan yaratilgan tabiiy ko'rinishga ega sun'iy gullar, zargarlik buyumlari va tikuvchilik, zardo'zlik turlari bo'yicha ijodiy ishlar ko’rgazmasi namoyish etilmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#muhim

⚖️ Soʻnggi yillarda ta'lim muassasamizda ham korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Agarda Siz, universitet hududida har qanday korrupsion holatga duch kelsangiz yoki professor-o'qituvchi va xodimlarning noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarga ega bo'lsangiz rahbariyatning quyidagi telefon raqami yoki telegram botlariga murojaat qilishingiz mumkin.

🔸Akramjon Yuldashev — Andijon davlat universiteti rektori, professor;
☎️ +998933318254
🌐 @anddu_rektori_bot

🔸Azizbek Yuldashev — rektor maslahatchisi;
☎️+998993996688

🔸Universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi.
☎️ +998742248191
🌐@adu_anticorruptionbot

❗️Inson o'zgarsa, jamiyat o'zgaradi, agar siz va biz, barchamiz korrupsiyaviy holatlarga befarq bo'lmay qarshi kurashar ekanmiz, jamiyatimiz ham bu kabi illatlardan holi bo'laveradi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/23 01:34:57
Back to Top
HTML Embed Code: