Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #xalqaro_anjuman

Andijon davlat universitetida “Zamonaviy dunyo ta’limi: yangi davr muammolari – yangi yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#ERASMUS #DEBSEUz

Professor-o'qituvchilarimiz Italiyaning Politecnico di Torino universitetida malaka oshirmoqda


Ayni kunlarda Andijon davlat universitetining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi a’zolaridan professor R.Aliyev va tayanch doktorantlar N.Abbosova, A.Eraliyevlar "Erasmus+" dasturi doirasida "DEBSEUz" loyihasining joriy yilda rejalashtirilgan topshiriqlarni bajarish va malakalarini oshirish maqsadida Italiyaning Politecnico di Torino universitetida bo'lib turibdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2917

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Nazm_va_navo

🎻Nazm va navo kechasi

Ayni paytda Andijon davlat universitetida professor-o'qituvchilar va talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazish maqsadida Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Andijon viloyat hududiy boʻlimining ustoz san’atkorlari hamda yosh ijrochilari ishtirokida "Nazm va navo" kechasi bo‘lib o‘tmoqda.

Nazm va navo kechasida badiiy jamoalar va xonandalar ishtirokida chin insoniy fazilatlar, ezgulik, odamiylik, mehr va sadoqatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar, jozibali raqslar ijro etilmoqda.

Nafosat, she’riyat, adabiyot, musiqa bayramiga aylangan kecha barchaga birdek manzur bo‘lmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kuzatish_marosimi

🚝 Rektor "Talabalar ligasi"ning respublika bosqichiga sportchi talabalarni tantanali kuzatdi

Bugun, 22-may kuni Andijon davlat universitetining bir guruh sportchi talaba-qizlarini sportning basketbol turi bo'yicha "Talabalar ligasi"ning respublika bosqichiga kuzatish marosimi bo'lib o'tdi.

Tantanali kuzatish marosimida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev musobaqa qatnashuvchilari va ularning murabbiylariga omad va ulkan zafarlar tilab, Navoiy viloyatida bo'lib o'tadigan "Talabalar ligasi"ning respublika bosqichiga mamnuniyat bilan kuzatdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/22 21:16:18
Back to Top
HTML Embed Code: