Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hafta_dayjesti

📆 (29.04.2024 - 04.05.2024).

🧑🏻‍💻Raqamli ta’lim rivoji qulaylik va imkoniyatlarga yo‘l ochmoqda


♻️Batafsil:https://www.tg-me.com/adu_uz/33935

🧑🏻‍🎓Rektorga biriktirilgan yoshlar Andijon davlat universitetida

♻️Batafsil:https://www.tg-me.com/adu_uz/33947

👩🏻‍🏫Qo'shma ta'limda tahsil olayotgan talabalar xorijlik professorlardan sifatli ta'lim olmoqda

♻️Batafsil:
https://www.tg-me.com/adu_uz/33958

🏛Ta'lim bor joyda tarbiya bo'lishi shart

♻️Batafsil:https://www.tg-me.com/adu_uz/33987

🏢“Favvoralar kuni” munosabati bilan universitetda bayram tadbiri oʻtkazildi

♻️Batafsil:https://www.tg-me.com/adu_uz/34025

🇰🇬Qirg'izistonning Jalolobod universiteti bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi

♻️Batafsil:
https://www.tg-me.com/adu_uz/34046

🏛Universitetimizda 2023/2024-o'quv yilidagi 11-sonli Kengash yig'ilishi o'tkazildi

♻️Batafsil:https://www.tg-me.com/adu_uz/34072

📖"Ijodkor va Yoshlar uchrashuvi": ochiq muloqot dildan suhbat

♻️Batafsil:https://www.tg-me.com/adu_uz/34114

🇧🇾Andijon davlat universiteti bilan Polotsk davlat universiteti o'rtasida hamkorlik yanada mustahkamlandi


♻️Batafsil:https://www.tg-me.com/adu_uz/34132

🧑🏻‍🏫Universitetimiz ustozlari Germaniyaning Iogann Gutenberg nomidagi Mainz universitetida

♻️Batafsil:https://www.tg-me.com/adu_uz/34156

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Bugun_tugilgan_kun
#Tabrik

🎗Bugun, 5-may
Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, texnika fanlari doktori, dotsent To‘htaboyev Nozimjon Xoshimjonovichning tavallud ayyomi.

🏡Nozimjon To‘htaboyev 1971-yil 5-may kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tug'ilgan. Ko'p yillardan buyon universitetimiz ravnaqi yo'lida beminnat xizmat ko'rsatib kelayotgan ustozlardan biri hisoblanadi.

🎊Andijon davlat universiteti jamoasi To‘htaboyev Nozimjon Xoshimjonovichni tavallud ayyomi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam salomatlik hamda ezgu maqsad yo‘lidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Bugun_tugilgan_kun
#Tabrik

🎗Bugun, 5-may Andijon davlat universiteti Fizika fakulteti dekani, Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Mansurov Xotamjon Joʻrayevichning tavallud ayyomi.

🏡Xotamjon Mansurov 1973-yil 5-may kuni Andijon viloyati Andijon tumanida tug'ilgan. Ko'p yillardan buyon universitetimiz ravnaqi yo'lida beminnat xizmat ko'rsatib kelayotgan ustozlardan biri hisoblanadi.

🎊Andijon davlat universiteti jamoasi Mansurov Xotamjon Joʻrayevichni tavallud ayyomi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam salomatlik hamda ezgu maqsad yo‘lidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#test_jarayoni

🧑‍🏫Tyutorlarning bilim-malakalarini baholashga qaratilgan test jarayonlari shaffof o'tkazildi


Xabaringiz bor, Andijon davlat universitetida tyutorlar faoliyatini tizimli tashkil etish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish, bilim-malaka va ko'nikmalarini mustahkamlash, yoshlar siyosati, qonunchilikdagi, ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishdagi asosiy tamoyillar, shuningdek, talabalar bilan manzilli ishlash mexanizmlarini rivojlantirishga qaratilgan o'quv kurslari tashkil etilgan edi.

Shu munosabat bilan, bugun, 6-may kuni oliygohimizda faoliyat yuritayotgan tyutorlar ishtirokida egallagan bilim va malakalarini baholash maqsadida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tomonidan universitet ma'ruzalar zalida shaffof va adolatli, ochiq tarzda test sinovlari o'tkazildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#Maʼrifat_ulashib

Andijon davlat universitetida talabalarni kitob mutolaasiga jalb qilish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon viloyat raisi Xurshida Vahobjon qizi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#fakultet_yangiliklari

"Nomingiz dillarda mangu yashaydi" mavzusida dars mashg'uloti o'tkazildi

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir.

Shu munosabat bilan, bugun, 6-may kuni Andijon davlat universiteti Tarix fakultetida “9- may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari”to‘g‘risidagi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida "Nomingiz dillarda mangu yashaydi" mavzusida dars mashg'uloti olib borildi.

Mashg'ulotda fakultet o'qituvchisi tomonidan Ikkinchi Jahon urushi g‘alabasiga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasi, urish qahramonlari va front ortida xizmat qilgan fidoiy shaxslar haqida so'z yuritildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Xushxabar

🏆Badiiy gimnastika bo'yicha o'tkazilgan xalqaro olimpiadada universitetimiz talabalari yuqori shohsupani egalladi

Joriy yilning 4-5-may kunlari Andijon viloyati Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Badiiy gimnastika sport turi bo'yicha 15 ta yosh toifasida "A", "B", "C" kategoriyalar bo'yicha qizlar o'rtasida "Spring Holiday" Xalqaro turniri tashkil etildi.

Quvonarlisi, xalqaro turnirda Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetining ikki nafar talabasi Dilroz Abduvaliyeva hamda Sarvinoz Abdullayevalar ham munosib ishtirok etib, faxrli birinchi o'ringa loyiq deb topildi.

Andijon davlat universiteti jamoasi nomidan xalqaro olimpiadada yuqori shohsupani egallagan sportchi talabalarimizni samimiy qutlab, kelgusi musobaqalarda omad va zafarlar tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#abituriyent

Xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari lozim.

📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.

BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani o‘qishga kirdim, degani emas. Buning uchun siz yetarli darajada balandroq ball to‘plashingiz ham kerak. Ushbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo o‘qishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega bo‘ladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta o‘rindan biri orqali kontraktga o‘qishga kirishi mumkin.

Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda:
https://www.tg-me.com/xushnudbek/14477

Tasavvur hosil qilish uchun 2022-yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/xushnudbek/14934

❗️ESLATMA: 2022 hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.

ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
 
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#togarak_faoliyati

Andijon davlat universitetining 2-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni mustaqil hayotgan tayyorlash maqsadida "Happy cake" to'garak mashg'uloti tizimli ravishda olib borilmoqda.

Galdagi to'garak mashg'ulotida Geografiya fakulteti tyutori boshchiligida talaba-qizlar bilan birgalikda dasturxonimizni bezovchi, mazali "Burama chak-chak" shirinligini tayyorlash bo'yicha master-klass darslari olib borildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/21 23:14:50
Back to Top
HTML Embed Code: