Telegram Web Link
#tadbir

Universitetimizda "Jaholatga qarshi — ma'rifat" mavzusida tadbir o'tkazildi

Bugun, 6-may kuni Andijon davlat universitetida Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor X.Xodjamberdiyev boshchiligida talaba-yoshlar ishtirokida "Jaholatga qarshi — ma'rifat" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda so'z olgan mas'ullar “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish,hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari hamda diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish borasida so'z yuritdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#festival

MSITF — 2024 Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali


Joriy yilning 2-4-may kunlari Mudofaa vazirligi tomonidan dasturlash bo‘yicha iqtidorli, qobiliyatli va iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida MSITF — 2024 Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.

Unda Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetining bir qator iqtidorli talaba-yoshlari munosib ishtirok etib, quyidagi nominatsiyalarni egalladi:
— "Tashabbuskor ta'lim muassasasi" (Andijon davlat universiteti);
"Eng faol ishtirokchi" nominatsiyasiga Isroiljon Kimsanboyev;
—"Dasturlash bo'yicha faol ishtirokchi" nominatsiyasiga Xusanboy Sobirjonov loyiq topildi.

Festivalda faollik ko'rsatgan iqtidorli talabalarni samimiy qutlab, ilm yo'lidagi kelgusi faoliyatlariga omad va zafarlar tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan ustozlar xotirasi yod etildi

Bugun, 7-may kuni Andijon davlat universitetining professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirokida 9-may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Andijon davlat universitetining sobiq rektori, marhum akademik Akmaljon Qosimovni ziyorat qilish uchun Buvasadin qabristoniga tashrif buyurdilar.

Tashrif chog'ida akademik faoliyati, universitetimiz ravnaqi yo'lidagi beminnat xizmatlari yod olindi va haqqiga quo o'qildi. Shuningdek, qabri obod etilib, hokiga guldasta qo'yildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/21 19:35:14
Back to Top
HTML Embed Code: