Telegram Web Link
#Rasmiy_munosabat

Bugun, 2-may kuni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal orqali berilgan murojaatga munosabat:

Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Andijon davlat universitetida professor-o'qituvchilar va boshqa toifadagi xodimlarni byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan moddiy rag'batlantirish hamda ustamalar universitetning Rag‘batlantirish komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Ushbu komissiya professor-o‘qituvchi va xodimlarning lavozimiga, qachon ishga kirganiga qaramaydi, balki ularning bugungi kundagi ish hajmiga va yuklatilgan qo'shimcha ishlar ko'lamiga qarab qaror qabul qiladi.

Oxirgi oylar davomida ushbu ustama belgilangan xodimlar kuchaytirilgan tartibda ishlayotganligi uchun yuqori miqdorda ustamalar ikki chorakka belgilangan. Shundan so'ng rag‘bat hamda ustamalar qayta ko‘rib chiqiladi va ish hajmiga qarab qayta belgilanadi.

Rag'batlantirish komissiyasi ochiq va shaffof tizimda ishlaydi, shuning uchun kimga, nima uchun, qancha ustama belgilanganligini bilshni istaganlar rag'batlantirish komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin. (X.Xodjamberdiyev +998936318656)

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#uchrashuv

“Yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish” mavzusida uchrashuv o'tkazildi


Bugun, 2-may kuni Andijon davlat universitetida Andijon vilayati ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamkorligida “Yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2893

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
🌍MDH volontyorlar forumi

Joriy yilning 3-4-may kunlari poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Mustaqil davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlarining volontyorlar forumi bo‘lib o‘tadi.

Forum doirasida MDH davlatlarining volontyorlik tashkilotlari rahbarlarining o’zaro tajriba almashinuvi, yurtimizdagi eng faol volontyorlik guruhlarining taqdimotlari, “Mo’jizalar davri” ko’rgazmasi va boshqa xayriya tadbirlar o’tkazilishi rejalashtirilgan.

🖐Yurtimiz volontyorlarini mazkur forumda ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

📚O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq respublikamizda o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha milliy tanlov bo'lib o'tdi.

Tanlovning kimyo fani bo'yicha Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi professorlari Ibrohimjon Asqarov, Mirjalol Mo'minjonov hamda Kamoldin G'opirovlar tomonidan tayyorlangan "Organik kimyo asoslari"nomli darsligi eng yuqori natija bilan milliy tanlovda faxrli 1-o'rinni egaladi va ustozlar 100 million so'm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilandi.

Universitetimiz professorlarini samarali mehnati, erishilgan yuksak natijalari bilan chin yurakdan samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz.

Oliygohimiz sizlar bilan faxrlanadi!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Kengash_yigilishi

Universitetimizda 2023/2024-o'quv yilidagi 11-sonli Kengash yig'ilishi o'tkazildi

Bugun, 2-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev raisligida 2023/2024-o'quv yilidagi 11-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2894

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/22 21:23:13
Back to Top
HTML Embed Code: