Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Togarak

Kuni kecha Andijon davlat universitetining 5-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ularni kasb-hunarga yo'naltirish va mustaqil hayotga tayyorlash maqsadida navbatdagi to'garak mashg'ulotlari o'tkazildi.

To'garak rahbarlari tomonidan talaba-qizlarga milliyligimiz, milliy an'ana va urf-odatlarimiz ramzi bo'lmish atlas va adras matolaridan nimcha va ko'ylak tikish bo'yicha amaliy mashg'ulot darslari olib borildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
💥 #MatchDay Oʻyin kuni!

🏆 U-23 Osiyo kubogi | FINAL

🇯🇵 Yaponiya 🆚 Oʻzbekiston 🇺🇿
🗓 3-may | 20:30
🏟 “Jassim Bin Hamad” stadioni

💳 Uzcard | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maʼrifat_ulashib

"Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida adiblar bilan uchrashuvlar umumta'lim maktablaridan boshlandi

Ayni paytda Andijon shahridagi 43-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon viloyat raisi Xurshida Vahobjon qizi ishtirokida maktabning iqtidorli va isteʼdodli oʻquvchilari o'rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuvda ijodkor va shoirlar oʻz hayot yoʻllaridan misollar keltirgan holda yoshlarimizni ilmi-maʼrifatli va ona Vatanimizga muhabbatli insonlar boʻlishga chorlab, ular bilan samimiy suhbat o'tkazmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Maʼrifat_ulashib
#Kochat_ekish_marosimi

🌳Adiblar ishtirokida ko'chat ekish marosimi bo'lib o'tdi

Bugun, 3-may kuni Andijon davlat universitetida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida shoir yozuvchilar, adiblar ta'lim muassasasining iqtidorli talaba-yoshlari ishtirokida ko'chat ekish marosimi bo'lib o'tdi.

Jarayon davomida shoir, yozuvchi Muhammad Ali bu nihollar hayot daraxtlari, do‘stlik va o‘zaro ishonch, ma’naviyat va kelajak bog‘lari bo‘lib qad rostlashini ta’kidlab o'tdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/22 15:33:04
Back to Top
HTML Embed Code: