SMM granti g'oliblari bilan suhbat bo'lib o'tdi

Najot
Ta'lim markazi va Abutech Digital kompaniyasi hamkorligida tashkil qilingan SMM granti g'oliblari bilan, oldinda ularni kutib turgan 4 oy haqida qiziqarli suhbat bo'lib o'tdi.

Grant g'oliblari bilan bo'lib o'tgan birinchi yig'ilishda Najot Ta'lim markazi asoschisi Temurbek Adhamov, Abutech Digital kompaniyasi boshqaruv rahbari Jahongir Mamatqodirov va marketing bo'limi rahbari Nodirbek Alijonovlar ishtirok etishdi.

Suhbat davomida ushbu grant nima uchun ajratilgani va g'oliblaridan ilm olish uchun qanday kuch sarflashlari so'ralishi haqida alohida to'xtalib o'tildi.

πŸš€ 16 nafar grant g'oliblari umumiy hisobda 4 oy davomida bepul bilim olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

O'quvchilar birinchi 2 oy davomida nazariy bilimlarga ega bo'lgach, keyingi 2 oy davomida Abutech Digital kompaniyasida amaliy tarzda bilim olishadi.

Abutech digtal kompaniyasi jamoasi grant g'oliblariga manfaatli bilim olishlarini tilab qoladi.

πŸ‘‰πŸ» Fotogalereya sizni kutmoqda

πŸ§‘πŸ»β€πŸ’» Administratorga bog'lanish

πŸ“ž Tel: +998996080011

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
​O'zingizni tanishtirmasangiz ham sizni tanishadi

😎 Shaxsiy brend
β€” bu bilim, tajriba, taassurot yoki hayot tarzingiz haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqa insonlar bilan ulashib borishdir.

πŸ€“ Mutaxassislarning fikriga ko'ra, kelajakda insonlar kompaniyalarning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini emas, balki o'sha kompaniyalarning shaxsiy brendlarini kuzatishni ma'qul ko'rishadi.

πŸ“š Sababi, shaxsiy brend o'z mahsulotini reklama qilmaydi hamda o'z xizmatlaridan foydalanishni obunachilarga taklif qilmaydi. Obunachilarga esa ko'proq foydali va shu bilan birga original ma'lumotlar zarur.

πŸšͺ Shaxsiy brend yaratish biznes egasi uchun ham bir talay imkoniyatlar eshigini ochadi:

β€’ Mashhurlik;
β€’ Kompaniyaga bo'lgan ishonch;
β€’ Potensial mijozlar oqimini yaratish;
β€’ Yangi hamkorlarni osongina topish;

πŸš€ Shunday ekan, siz ham hoziroq ishga kirishing. Ishni nimadan boshlashni bilmayotgan bo'lsangiz, avvaliga, oddiygina shaxsiy blog ochib, foydali maslahatlarni ulashishdan boshlashingiz mumkin.

πŸ‘¨πŸ»β€πŸ’» Administratorga bog'lanish

πŸ“ž Tel: +998996080011

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
​Brendingiz uchun faqatgina chiroyli nomning o'zi yetarli emas

πŸš€ Ma'lumki, biznesda eng ko'p harakat uni boshlash uchun sarflanadi. Ana shu jarayonda biznes egalari "Brend uchun chiroyli nom bo'lsa kifoya va mijozlar brendni shu nom bilan yodga oladi" deb xato fikrlaydilar.

πŸ“ Biroq, brend uchun mos nom bilan birgalikda unga xos logotip ham bo'lishi zarur. Quyida sizlar uchun logotip brend uchun qanchalik muhimligi haqida asoslarni keltirib o'tamiz:

β€’ E'tiborni o'ziga jalb qila oladi:

Hozirda mushkul vazifalardan biri mijozlar e'tiborini jalb qilishdir. Yaxshi logotip esa bu ishni siz uchun amalga oshirishi mumkin.

β€’ Mijozlarda birinchi taassurot qoldiradi:

Bo'lajak mijozlaringiz ongida mahsulot haqidagi ilk tasavvur hamda taassurot aynan logotip orqali paydo bo'ladi.

β€’ Yodda saqlanib qoladi:

Aksariyat insonlar matnlarni emas sur'atlarni eslab qolish ehtimoli yuqori. Yaxshi tanlangan logotip esa mijozlar yodida hattoki kichik detallari bilan birga saqlanib qolishi mumkin.

β€’ Raqobatchilardan ajratib turadi
:

Sizni raqobatchilaringizdan ajrata oladigan va ustun qila oladigan ko'plab omillardan biri logotipning o'ziga xosligidir.

✍️ Ro'yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin edi ammo biz faqatgina logotipning eng asosiy afzalliklarini keltirib o'tdik xolos. Logotip brend uchun qanchalik muhimligi haqidagi xulosalarni esa sizga qoldiramiz😊

πŸ‘¨πŸ»β€πŸ’» Administratorga bog'lanish

πŸ“ž Tel: +998996080011

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
​Endi reklamalarni internet olamida berish vaqti keldi

🌐 Global tarmoq rivojlanishi barcha sohalarni qamrab olmoqda va endigi navbat marketingga yetib keldi. Endi marketologlar nafaqat an'anaviy marketing, balki raqamli marketingga ham e'tibor qaratishlari lozim.

πŸ”– Quyida fikrimizni asoslash uchun 5 ta faktni keltirib o'tamiz:

1. Internet olamida sarflangan 82% trafik videolar tomosha qilish uchun sarflanadi.

2. Dunyo bo'yicha marketing uchun ajratilgan byudjetning 75%i aynan raqamli marketingga ajratiladi.

3. Instagramdagi influenserlardan foydalanish uchun umumiy hisobda ularga taxminan 1 mlrd dollar to'langan.

4. YouTube platformasi Facebook va Twitter tarmoqlariga nisbatan ko'proq obunachilarni jalb qilib, ularni o'zida saqlab qolish imkoniga ega.

5. YouTube va TikTok tarmoqlari siz joylagan kontentlar sifatli bo'lsa, ularni mutlaqo bepul ravishda boshqa obunachilarga tavsiya qiladi.

πŸš€ Shunday ekan, biznesingizni ijtimoiy tarmoqlarda tanitish vaqti keldi. Bu ishni amalga oshirishni esa ortga surmang. Sababi, qulay vaqt hech qachon kelmaydi uni o'zingiz yaratasiz.

πŸ‘¨πŸ»β€πŸ’» Administratorga bog'lanish

πŸ“ž Tel: +998996080011

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
​Marketing va reklamaning farqlarini bilasizmi?

❎ Ba'zi tadbirkorlar marketing tushunchasini eshitganda, u faqat reklamadan iborat yoki ular bir xil funksiyani bajaradi deb o'ylaydilar. Bu esa noto'g'ri tushunchadir.

🎯 Marketing β€” bu sohaga ko'plab mutaxassislar turlicha ta'rif berishgan. Ulardan biri: Marketing yangi mijozlar topish hamda avvalgi mijozlarni saqlab qolishga qaratilgan faoliyat turidir. U faqatgina reklamada emas, balki kompaniyaning barcha bo'limlarida aks etishi kerak.

🎁 Reklama β€” Marketingning instrumentlaridan biri bo'lib, u mahsulotingiz haqida mijozlarga ma'lumot berish, ishontirish va eslatib turish vazifalarini bajaradi. Reklamaga qancha ko'p mablag' ajrata olsangiz, raqobatchilaringizdan o'zib ketish uchun imkoniyat shuncha ortadi.

βœ… Ha aytgancha, marketingda hech bir harakat to'g'ri yoki noto'g'ri bo'lmaydi, u samarali yoki samarasiz bo'lishi mumkin. Agar siz bu sohada tajribangiz oz bo'lsa, unda bu sohani hoziroq o'rganishni boshlang yoki mazkur faoliyatni o'z sohasining professionallariga topshiring😊

πŸ‘¨πŸ»β€πŸ’» Administratorga bog'lanish

πŸ“ž Tel: +998996080011

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Vip brand jamoasi Biznes SMM kursining ilk bitiruvchilariga aylandi

🏁 Yaqindagina Abutech digital kompaniyasi hamda Najot Ta'lim markazi tomonidan marketing borasida yangi bilimlarni egallashni istovchi biznes egalari uchun tashkil etilgan Biznes SMM kursining ilk ishtirokchilari bo'lgan "Vip brand" do'konlar tarmog'ining ahil jamoasi ushbu kursni muvaffaqiyatli yakunladilar.

πŸ‘‰πŸ» Fotogalereya sizga muntazir

πŸ€“ Mazkur kurs orqali bitiruvchilarimiz, marketing asoslari, SMM jamoasini boshqarish, vazifalarni to'g'ri taqsimlash va ulardan samarali foydalanish sirlarini bilib oldilar.

πŸŽ‰ Abutech digital kompaniyasi va Najot Ta'lim markazi jamoasi bitiruvchilarning kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qoladi!

😎 Kelgusi bitiruvchilarimiz qatorida bo'lish istagida bo'lgan, biznesini onlayn rivojlantirishni maqsad qilgan tadbirkorlar uchun qabul davom etmoqda.

Kurs haqida batafsil ma'lumot

πŸ“₯ Kursga ro'yxatdan o'tish

πŸ‘¨β€πŸ’» Administratorga yozish

πŸ“ž Tel: +998998260011

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
​Yangi mijozlar topishning zamonaviy uslubi

πŸ˜” Bugungi kunda onlayn bizneslar tobora rivojlanib bormoqda. Bu esa o'z navbatida faoliyatini onlayn shaklga o'tkaza olmagan tadbirkorlar uchun qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

πŸ’° Sababi, mijozlar onlayn xizmatlardan foydalanish hamda xaridlarni amalga oshirish qay darajada sodda va oson ekanligini anglab yetmoqda. Natijada esa faoliyatini bunday shaklda tashkil etgan tadbirkorlar katta foyda ko'rmoqda.

☝️Misol uchun, Amazon kompaniyasi ana shunday biznes orqali 2020-yilda 21 mlrd dollardan ortiq foyda ko'rgan.

🀩 Bundan tashqari, onlayn xizmatlar biznesingizni tizimlashtirishga va bu bilan qimmatli vaqtingizni tejashga yordam beradi.

βœ… Shu sababli, kompaniyamiz, biznesini onlayn shaklga o'tkazishni istagan biznes egalariga yaqindan ko'mak berish maqsadida quyidagilarni sifatli va professional tarzda tayyorlab beradi:

β€’ Onlayn do'kon;
β€’ Telegram bot;
β€’ O'quv platforma;
β€’ Veb sayt(Landing page);
β€’ Ichki chat;
β€’ Tashkilot saytlari;
β€’ SaaS projects.

🌐 Bil Geyts aytganidek, agar biznesingiz onlayn shaklda mavjud bo'lmasa, demak u umuman mavjud emas. Shunday ekan, hoziroq buyurtma berib, onlayn biznesingizni boshlash uchun ilk qadamlarni tashlang!

πŸ‘¨πŸ»β€πŸ’» Administratorga bog'lanish

πŸ“ž Tel: +998996080011

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz va qadri baland dindoshlar!

πŸŒ™ Ko'z ochib yumguncha Ramazon oyi ham yakunlandi. Ushbu xayr-barakaga to'la oyda qilgan toat-ibodatingiz hamda savobli amallaringizni Alloh taolo benuqson qabul etishini tilab qolamiz.

Sizlarni Ramazon hayiti bilan muborakbod etgan holda qalbingizdagi iymon nurlari hamisha charog'on bo'lishini yaratgandan so'rab qolamiz

Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Tadbirkorlar uchun navbatdagi Biznes SMM kursida darslar boshlandi

Xabaringiz bor kompaniyamiz Najot Ta'lim markazi bilan hamkorlikda biznes egalari uchun Biznes SMM kursini tashkil etgan edi.

Bugun ushbu kurs doirasida navbatdagi yangi guruhning darslariga start berildi. Ilk darsni Najot Ta'lim markazi asoschisi Temurbek Adhamov hamda marketing mutaxassisi Farrux Turg'unov boshlab berdilar.

Birinchi darsda tadbirkorlar: xodimlarni qanday qilib jamoaga aylantirish va buning biznesdagi ahamiyati hamda mazkur intensiv kurs davomida ular qanday yangi bilim va ko'nikmalarni o'rganishlari haqida batafsil ma'lumotga ega bo'ldilar.

Eslatib o'tamiz, Biznes SMM kursida marketing, auditoriyani to'g'ri tanlash, xodimlarni to'g'ri boshqarish, targeting, influenser marketing va boshqa ko'plab zaruriy ko'nikmalar o'rgatiladi.

πŸ‘‰πŸ» Fotogalereyani ko'rish

Biznesini onlayn rivojlantirishni istagida bo'lgan va xodimlarni to'g'ri boshqarish ko'nikmalariga ega bo'lishni maqsad qilgan tadbirkorlar uchun qabul davom etmoqda.

Kurs haqida batafsil ma'lumot

πŸ“₯ Kursga ro'yxatdan o'tish

πŸ‘¨β€πŸ’» Administratorga yozish

πŸ“ž Tel: +998998260011

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Mustaqilligimizning 30 yilligi muborak bo'lsin!

πŸŽ— Mustaqillik biz uchun hayotimizning ma’no-mazmunini butunlay oβ€˜zgartirgan, tariximizda yangi sahifa ochgan kundir. Xalqimiz tomonidan ushbu kun eng ulug', eng aziz bayram sifatida har yili nishonlanib kelinadi.

😊 Shu munosabat bilan Abutech jamoasi barchangizni mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

Ushbu qutlugΚ» ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, oilangizga fayz-baraka va tinchlik-xotirjamlik tilab qolamiz.

πŸ‡ΊπŸ‡Ώ Mustaqillik qadri boqiy, bayram shukuhi fayzli, istiqlolimiz abadiy bo'lsin!

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Sovg'a sifatida buglarni yechib yuborasizmi?

So'nggi vaqtlarda biz transport yoki tibbiyot, moliya yoki ta'limga qaraymizmi, dasturlash ularning barchasiga ta'sir qilishini anglab yetdik. Bugun ushbu soha vakillarining bayrami. πŸ₯³

⚑️ Xalqaro miqyosda dasturchilar bayrami yilning 256-kunida nishonlanib kelinadi. Nega aynan yilning 256-kunida nishonlanishining sababi bor. Ushbu raqam dasturchilar orasida mashhur bo'lgan 1 baytga 256 ta belgi sig'ishini ifodalaydi. Dasturchilarning bayramini aniqlash ham matematika bilan bog'liq. 😎

😊 Shu o'rinda jamoamizdagi dasturchi yigit-qizlarni xalqaro dasturchilar bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Bayram bayramdek bo'lsin deb, dasturchilarimizga ish vaqtidan 1 soat oldin ketishlariga ruxsat beramiz.

Barcha dasturchilarga kelgusi loyihalaringiz va ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Do'stlaringiz orasida dasturchilar ham bor bo'lsa, ularni bugungi bayram bilan tabriklashni unutmang!

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
​​Dasturchilar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tadi!

Abutech
kompaniyasi Najot Ta'lim markazi bilan hamkorlikda dasturlashni o'rganishga bel bog'lab, bir necha dovonlardan o'tib kelayotgan yoshlar uchun musobaqa tashkillashtirmoqda.

πŸš€ Musobaqa o'zgacha atmosferada bo'lib o'tishi uchun tayyorgarlik allaqachon boshlab yuborilgan. Ishtirokchilarga dasturlashning asosiy qismlaridan biri bo'lgan algoritmlash bo'yicha vazifalar beriladi.

πŸ“… Musobaqa 19-sentabr yakshanba kuni, soat 10:00 da Najot ta'lim markazining Xadra filialida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqada Najot ta'lim markazida dasturlash bo'yicha tahsil olayotgan o'quvchilar ishtirok eta oladilar.

πŸ˜‰ Aytgancha, musobaqada g'olib bo'lganlar uyga quruq qo'l bilan qaytishmaydi.

O'rgangan bilimlarimni qo'llab, o'z tajribamni oshirmoqchiman deyotgan bo'lsangiz, ushbu musobaqa aynan siz uchun.

πŸ”— Musobaqa uchun ro'yxatdan o'tish

πŸ‘¨β€πŸ’» Administratorga yozish

πŸ“ž Tel: +998998260011

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
​​Maqsad insonga shijoat beradi β€” Jahongir Pulatov bilan suhbat bo'lib o'tdi

Kuni kecha Abutech kompaniyasi Cambridge o'quv markazi asoschisi Jahongir Pulatov bilan suhbat tashkillashtirdi.

πŸš€ Suhbat davomida Jahongir Pulatov biror-bir ish boshlashdan oldin, maqsadlarni aniq qilib olish kerakligi, vaqtni to'g'ri taqsimlash, imkoniyatlardan foydalanish haqidagi mavzularga to'xtalib o'tdilar.

πŸ“ˆ Abutech jamoasi a'zolari kompaniyaning rivojlanishi, amalga oshiriladigan loyihalar borasida samimiy suhbatlashdilar.

Suhbat so'nggida Jahongir Pulatov jamoa a'zolari yanada rivojlanishi uchun katta-katta loyihalar ustida ishlab, tajribalarini oshirishlariga bor imkoniyatlarini qaratishlari kerakligi haqida o'z maslahatlari bilan o'rtoqlashdilar.

Abutech kompaniyasi manfaatli va maroqli suhbat uchun Jahongir Pulatovga o'z minnatdorchiligini bildiradi. Suhbatning yuqori tempda bo'lganligini rasm orqali bilishingiz mumkin. πŸ˜‰

πŸ§‘πŸ»β€πŸ’» Administratorga bog'lanish

πŸ“ž Tel: +998996080011

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
​​Musobaqaga bir kun qoldi

E'lon qilinishi bilanoq, dasturchilar o'rtasida ko'plab muhokamalarga sabab bo'lgan musobaqamizning start olishiga bir kundan kamroq vaqt qoldi.

Algoritmlash bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqa hackerrank.com sayti orqali ingliz tilida bo'ladi. Musobaqada Najot Ta'lim markazida dasturlash yo'nalishidagi istalgan kursda tahsil olayotgan barcha o'quvchilar ishtirok etishlari mumkin.

πŸ“ Musobaqa ertaga, 19-sentabr sanasida, soat 10:00 da Najot TaΚΌlim markazining Xadra filialida boΚ»lib oΚ»tadi.

Eslatma: Kech qolganlar musobaqaga kiritilmaydi. Ertaroq kelib, ish qurollaringizni tayyorlab turavering. πŸ˜‰

Agar hali ham ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz, hoziroq ro'yxatdan o'ting. Sizda hali ham imkoniyat bor.

πŸ‘‰ O'z o'rningizni band qiling

πŸ‘¨β€πŸ’» Administratorga bog'lanish

πŸ“ž Tel: +998996080011

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Bizda qanday xizmatlar mavjud?

Abutech
jamoasi o'z xizmatlariga biroz o'zgartirishlar kiritdi. Endilikda e'tiborimizni faqatgina dasturiy ta'minot ishlab chiqarishga qaratishni niyat qildik.

βœ… Bundan avval "Abutech digital company" deb nomlangan kompaniyamiz hozirda "Abutech software development"ga o'zgargan holda o'z ish faoliyatini davom ettirmoqda.

🎯 Keling, sizga nimalar ustida ish olib borayotganligimiz haqida qisqacha to'xtalib o'tsak. Kompaniyamiz quyidagi xizmatlar, ya'ni:
β€’ Onlayn do'kon;
β€’ Telegram bot;
β€’ O'quv platforma;
β€’ Veb sayt (Landing page);
β€’ Ichki chat;
β€’ Tashkilot saytlari;
β€’ SaaS projects'lar
ishlab chiqish bilan shug'ullanib kelmoqda.

😊 Abatta, kelajakda xizmatlarimiz sonini bundan-da ko'paytirib, sizlar uchun qulayliklar yaratib berishni o'z oldimizdagi maqsadlarimizdan biri, deb hisoblaymiz.

πŸ‘¨β€πŸ’» Administrator bilan bog'lanish

πŸ“ž Tel: +998998260011

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Akbarjon Tojiyevga baxt tilaymiz

πŸ’« Bugun, 17-oktabr kuni Abutech kompaniyasining qadrli xodimlaridan biri bo'lgan, Akbarjon Tojiyevning nikoh to'yi bo'lib o'tmoqda.

πŸ˜‡ Abutech jamoasi ushbu quvonchli kun munosabati bilan yangi oilaga baxt-saodat, uzoq umr, solih va soliha farzandlarni tilab qoladi.

Eslatib o'tamiz, Akbarjon Tojiyev Abutech kompaniyasida loyihalar boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib keladilar.

Telegram | Instagram | Facebook
CRM o'zi nima?

⚑️ Abutech kompaniyasi o'z mijozlariga CRM bo'yicha xizmat ko'rsatib kelishidan xabardorsiz. Obunachilarimiz orasidan "Nima o'zi u CRM?" degan savol tug'ilishi mumkin. Keling shunga oydinlik kiritib olamiz.

🎯 CRM β€” Customer Relationship Management so'zlarining bosh harflaridan tashkil topib, o'zbek tilida mijozlar bilan munosabatni boshqarish deyiladi. Bu mijozlar bilan ishlovchi qulay tizim hisoblanadi.

πŸ“Œ Bu tizim orqali siz mijozlaringizni birortasini ham esdan chiqarib yubormaysiz. Aytaylik, mijozlaringiz bilan o'zingiz gaplashasiz yoki administratoringiz bor. Agar qo'ng'iroq bo'lsa, qandaydir yumush bilan qo'ng'iroqni o'tkazib yuborsangiz, mijozimni yo'qotdim deb hisoblayvering. Ana shunday vaqtda CRM tizimi sizga juda qo'l keladi.

πŸ˜ƒ CRM orqali siz qo'ng'irog'i o'tkazib yuborilgan mijozlarni, mahsulotingizni qayta sotish uchun bir necha yillar oldin siz bilan ishlagan mijozlarni bir zumda aniqlab olishingiz mumkin. Qisqa qilib aytganda, ushbu tizimdan foydalansangiz, baraka topasiz.

Keyingi postlarimizda CRM'ning qulayliklari haqida batafsil gaplashamiz.

πŸ‘¨β€πŸ’» Administrator bilan bog'lanish

πŸ“ž Tel: +998998260011

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har bir muvaffaqiyatning ortida mehnat yotadi

Har bir jamoa a'zomizning kompaniyaga kelish tarixi bor. Ularning har birida turlicha imkoniyatlar, qiyinchiliklar, muvaffaqiyatlar va mag'lubiyatlar bo'lgani bor gap.

Kompaniyamiz ustunlaridan biri bo'lgan Shuhratbek Qobulovning aynan shu tarixi haqida bugun bilib olasiz.

Shuhratbek Najot Ta'lim markazining "Hammasi Najot Ta'limdan boshlanadi" nomli loyihasida mehmon sifatida ishtirok etib, suhbat davomida o'zining bolaligi, dasturlashga qanday kirib kelgani va eng muhimi kompaniyamizning tayanchlaridan biri bo'lish jarayonlari haqida batafsil so'zlab berdi.

πŸ“Œ Suhbat premyerasi bugun soat 20:00 da boshlanadi: https://youtu.be/4mEL5-CP3LI

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ustozim yo'qligi qimmatli vaqtimdan ayirgan

Inson umri davomida turli qiyinchiliklar, yo'qotishlar va muvaffaqiyatlar bilan yuzlashadi. Lekin hayot so'qmoqlarida ravon yurish uchun har birimiz ustozga muhtojmiz. Albatta barchamizning birinchi ustozimiz β€” ota-onamizdir.

Umrning keyingi pog'onalarida bizning kasbiy, ilmiy va ruhiy ustozlarga ehtiyojimiz bo'ladi. Ustozning yo'qligi esa vaqtni bebaraka qiladi.

Kompaniyamizning iqtidorlaridan biri bo'lgan Boburjon Mavlonov "Hammasi Najot Ta'limdan boshlanadi" loyihasining mehmoni bo'lgan edi. Aynan yuqoridagi mavzular atrofida Boburjonning hayot yoβ€˜li hikoyasini ko'rishni tavsiya qilamiz.

Suhbatni tomosha qiling: https://youtu.be/CLKjFYFVf1U

P.S. "Hechdan ko'ra kech", deganlaridek, biroz kech bo'lsa-da siz azizlarga suhbatni ilindik )

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Dasturlash sohasida boshlang'ich tushunchaga egamisiz?

Foundation bosqichini o'qimasdan birdaniga mutaxassislik bosqichda ta'lim olmoqchi bo'lgan insonlar uchun yangilik!

Agar siz dasturlash sohasida boshlang'ich tushunchalarga ega bo'lsangiz, Β«Najot Ta'limΒ» markazi bootcamp kurslari uchun 30-iyul kuni bo'ladigan kirish imtihonlarida qatnashishingizni tavsiya qilamiz.

Β«Najot Ta'limΒ» markazida Java, .NET (dotNET), Go, Flutter, Frontend va Full Stack kabi yo'nalishlardan birini o'z sohasi mutaxassislaridan o'rganing.

πŸ‘‰ Kirish imtihonlariga ro'yxatdan o'ting

Β«Najot Ta'limΒ» markazi Go va .NET bootcamp kursi o'quvchilari kursni tamomlamasdan 100% o'z ish o'rnilariga ega bo'lishdi.

Siz ham kursni tamomlamasdan o'z ish o'rnilarini topayotgan o'quvchilar safida bo'lishni xohlasangiz, vaqtni boy bermang.

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
2024/06/29 12:31:22
Back to Top
HTML Embed Code: