Telegram Web Link
​​Har doim va hammaga sota olmaysiz

Har bir tovar va mahsulot borki o'z auditoriyasiga ega. Har bir kompaniya mijozlarining esa o'z portreti bo'lishi darkor. Bu holat marketingning barcha yo'nalishlarida e'tibor berish kerak - SMM, influencer va hokazo.

Misol qilib keltiradigan bo'lsak:
🚲 Siz bolalar uchun mo'ljallangan, chet el brendi ostidagi, 3 g'ildirakli velosipedlarni O'zbekistonda sotish bilan shug'ullanmoqdasiz. Yoki shu biznesning marketing faoliyatini olib bormoqdasiz.
- Bolalar uchun mo'ljallangan velosipedni albatta bolalar haydaydi. Ammo uni sotib oluvchi va sizga haq to'lab mijoz bo'luvchi inson esa uning ota-onasi yoki katta yoshli qarindoshlari bo'ladi.

• Aha, demak sizning auditoriyangiz ota-onalar. Endi vaziyatga yanada chuqurroq yondashamiz. Farzandi 1-2 yoshga to'lgan yoki farzandi oliy ta'limda o'qiyotgan insonlar ham ota-ona hisoblanadi.
-Xo'sh, ular ham sizning auditoriyangizmi?

👨‍👩‍👦 Albatta yo'q, chunki ular sizning velosipedingizga ehtiyojmand emas. Demak, auditoriyamiz 3-7 yoshli farzandlari bo'lgan ota-onalar.
• Endi sizning chet eldan keltirilgan narxi 100$ dan ortiq bo'lgan velosipedni, oylik maoshi 200$ bo'lgan oila sotib oladimi? Nega ular chet elning mahsulotlarini sotib olishlari kerak?
Demak: mahsulotni sotishimizda auditoriyamizning oylik maoshi yoki ijtimoiy holati ham muhim hisoblanadi.

Yakunda yuqoridagi xislatlarni o'zida jamlagan inson portretini ishlab chiqamiz: 3-7 yoshli farzandlari bo'lgan, ijtimoiy holati o'rta va o'rtadan yuqori bo'lgan, chet el mahsulotlarini sotib olish uchun potensiali yuqori bo'lgan, sifat uchun pul ayamaydigan ota-onalar.

🏁 Xulosa
: agar biz yuqoridagi ma'lumotlarni inobatga olmagan holda tovar yoki xizmatimizni barcha uchun sotishga intiladigan bo'lsak, reklama va ketkazilgan resurslar havoga sovuriladi. Ma'lumot ehtiyojmand bo'lmagan insonlarga yetkazilgani uchun negativlar ko'payishiga olib keladi.

📌 Siz mijozlaringiz portretini hech tasvirlab ko'rganmisiz? Ular qanday xislatlarga ega?

Instagram | Facebook | Telegram
SMM bu reklama emas, bu mavjudlikdir

Ko'pchilik internet orqali brendni tanitish yoki sotuvni oshirish uchun social media marketingning o'zi kifoya deb o'ylaydi.

Hatto internet orqali reklama qilish deganda, faqatgina social media marketingni tushunuvchilar ham talaygina.

Ammo, SMM brendni tanitish va sotuvni oshirish yo'lidagi birinchi qadam xolos.

☝️ SMM asosan kompaniyada bor mahsulotlar va xizmatlarning ijtimoiy tarmoqlarda bor bo'lib turishini ta'minlaydi.
Obunachilar soni, qamrovi va traffikni effektiv o'sishini ta'minlovchi boshqa yechimlar mavjud.

🎯 Influencer marketing, PR, targeting va hokazo...

• Influencer marketing hamda PR orqali obunachilarga to'yingan akkauntlardan bizning auditoriyani jalb qilishimiz mumkin.
• Target esa bizga ijtimoiy tarmoqda suzib yurgan auditoriyamizga yo'naltirilgan reklamalar yuborish imkoniyatini yaratdi.

Effektiv natijalar uchun SMM'ni doimiy ravishda PR va targeting bilan siylab turish kerak :)

📞
Tel: +998996080011

Instagram | Facebook | Telegram
Biz mahsulotni emas, mahsulot natijasini ko'rsatib berdik

Ijtimoiy tarmoq shunday qiziq olamki, siz ko'rayotgan hamma narsa ham tasodif emas.

Hatto "Avengers: End game" filmidagi Toni Stark rolidagi Robert Dauni Audi rusumli mashina haydab kelishi ham😉

Effektiv marketing ham aynan shunday bo'lishi lozim. Biz ham mahsulot va xizmatlardagi marketing yechimlari tabiiy va o'z-o'zidan sodir bo'layotgandek bo'lishiga harakat qilamiz.

Pazandalar mazali taom va shirinliklar tayyorlayotganda ularning dasturxonida Turon unining ko'rinib turishi ham tasodif emas.

#bularning #bari #tasodif #emas

👨🏻‍💻 Administratorga bog'lanish

📞 Tel: +998996080011

Instagram | Facebook | Telegram
Bugun bosh qomusimiz qabul qilinganiga 28 yil toʻldi

🇺🇿 Mazkur qutlug' kun munosabati bilan, jamoamiz nomidan barcha vatandoshlarimizni 8-dekabr, Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun bilan muborakbod etamiz.

#konstitutsiya #tabrik #qomusimiz #konstitutsiya28

Instagram | Facebook | Telegram
Yarim oy, feruzarang va havorang uyg'unligi nimani anglatadi?

Bugun biror qimmatbaho buyum yoki maishiy texnikalarni olishda muammo yoʻq: banklar yoki qarz beruvchi tashkilotlar jonimizga oro kiradi. Ammo oyliklarni vaqtida toʻlolmasak, holimizga maymunlar yigʻlashi bor gap.

☝️ Ammo Nasiya Savdo oʻz mijozlariga bunday holatni ravo koʻrmaydi. Shu maqsadda insonlarga ribosiz nasiyaga mahsulot sotishni yoʻlga qoʻygan. Aytaylik, siz biror telefonni oylik boʻlib toʻlashga olib, maʼlum bir sabablarga ko'ra ushbu oylik to'lovni to'lay olmasangiz, keyingi oyda sizdan to'lanmagan summa uchun penya olinmaydi.

https://telegra.ph/Nasiya-Savdo-01-06

Kompaniya logosini tayyorlashda ana shu jihat alohida eʼtiborga olindi. Bilasiz, feruzarang soflik va ishonch ramzi. Logolarda aks etgan hilol esa poklik va yangi kunga umid, ishonchni bildiradi.

Maqsadimiz, logoni koʻrgan insonlarda kompaniya faoliyatiga qiziqish bilan birga iliqlik ham uygʻotishdir. Sababi, Nasiya Savdo oʻz tugʻishganingiz, yaqinlaringiz yoki doʻstlaringiz kabi ribosiz nasiyaga mahsulot beradi. Bu esa biz yuqorida keltirgan poklik, ishonch va umid ramzlarida aks etishi kerak edi.

😎 Grafik dizaynerlarimiz shularni tasavvur qilgancha eng soʻnggi uslubdagi logoni taqdim etishdi. Oʻylaymiz, ular oʻz tasavvurlarini chiroyli ifoda eta olishdi. Koʻring va baho bering!

🔹
Abutech kompaniyasi sizga original va eng yuqori sifatdagi logotiplarni yasashga yordam beradi. Professional logotipga ega bo'lishni istasangiz, albatta, biz bilan bog'laning!

👨🏻‍💻 Administratorga bog'lanish

📞 Tel: +998996080011

Instagram | Facebook | Telegram
​​Media bu — mafkura, mediani boshqarish mafkuraviy taʼsir demakdir

Kelajak sohasi degan gap ham ortda qoldi. Media, animatsiya, moushn grafika sohalari kelajak emas, hozirgi zamon talabi bo'lib ulgurdi.

Moushn grafikali videolar, animatsiyalar, 3D videolar sanoat va xizmat ko'rsatish sohalarining deyarli barchasi uchun dolzarb bo'lmoqda.

✔️ Endi mahsulot yoki xizmatni shunchaki bozorga olib kirish, shunchaki rastalarda joylab daromad ko'rish sizga kutilgan natijani olib kelmaydi.

Bozor o'zgachalik, yangilik, noodatiylik, ilg'orlikni talab qila boshladi, shunga mos ravishda esa, insonlar ham faqatgina mahsulotning o'zi uchun emas, yetkazilayotgan g'oya, fikr va hissiyotlar uchun pul to'lashmoqda.

Media va moushn grafikali videolar esa, mahsulot yoki xizmatni insonlar ongida saqlanib qolishi hamda ularga qisqa vaqtda aniqlik bilan ma'lumot yetkazishning eng optimal uslublaridan biridir.

🏓 Abutech kompaniyasi bizneslarni rivojlantirish hamda mahsulotlarni effektiv reklama qilish istagida bo'lganlar uchun moushn grafikali videolar xizmatini yo'lga qo'ygan.

👉 Biz ulashgan g'oyalar va hissiyotlar bilan tanishing

👨🏻‍💻 Administratorga bog'lanish

📞 Tel: +998996080011

Instagram | Facebook | Telegram
Abutech digital kompaniyasi Najot Ta'lim markazi bilan hamkorlikda yangi kursni yo'lga qo'yganini ma'lum qiladi!

🚀 O'z biznesini rivojlantirish yoki kengaytirish maqsadida SMM va marketing asoslarini puxta egallashni istagan tadbirkorlar uchun Abutech digital kompaniyasi Najot Ta'lim markazi bilan hamkorlikda Biznes SMM kursini yo'lga qo'ydi.

SMM "Social Media Marketing" yoxud "Sanoqsiz mijozlar manbai" bu o'z faoliyatingiz haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali mijozlarga ma'lumot berib borishdir. Hozirda mazkur sohaga talab yuqori va mutaxassislar ham talaygina. Ammo ularni saralash va ularga vazifalarni to'g'ri taqsimlash ham katta mas'uliyatni va bilimni talab etadi.

💡 Avvalo, ushbu sohada xodimlarni boshqarish va ularga topshiriqlarni to'g'ri taqsimlab berish uchun biznes egasidan yuqori bilim va tajriba talab etiladi. Agar bu jarayonda xatolikka yo'l qo'yilsa, yo qimmatli vaqtingiz havoga sovuriladi yoki sarflangan mo'maygina mablag'siz qolishingiz mumkin. Masalan, novvoyga loy tutqazib, kulolga esa non tayyorlashni buyursangiz, ko'ngildagidek natijaga yoki umuman natijaga erisholmaysiz.

♻️ Ba'zi tadbirkorlar bu sohada yetarlicha bilimlarga ega bo'lmaganligi sababli, ular mazkur sohadagi jarayonlar, qancha mablag' talab etilishi va bu sohada mehnat qiluvchi xodimlarni to'g'ri boshqarish borasida qiyinchiliklarga duch keladilar. Aynan mana shunday muammolarni bartaraf etish va ishbilarmon tadbirkorlarga ko'mak berish maqsadida ushbu intensiv kursni yo'lga qo'ydik.

🔅 Ushbu intensiv kurs marketing o'zi nima ekanligi, biznes uchun auditoriya qanday tanlanish kerakligi, biznesni og'rig'iga yechim sifatida tuziladigan strategiya va uni realizatsiya qilish ko'nikmalari, xodimlarni to'g'ri boshqarish, targeting, influnser marketing va boshqa ko'plab zaruriy ko'nikmalar asosida olib boriladi.

Qolaversa, Abutech digital kompaniyasining yuqori malakali va tajribali xodimlardan tashkil topgan jamoasi o'zining boy tajribasidan foydalangan holda, amaliy bilimlarga asoslanib darslarni olib borishi ushbu intensiv kursning o'ziga yarasha afzalliklaridan biri hisoblanadi.

Zamonaviy bilimlarni egallash, o'z biznesini rivojlantirish, uni kengaytirish, mazkur sohada xodimlarni samarali boshqarish va eng muhimi professionallardan bilim olishni istagan barcha tadbirkorlarni kursimizga taklif etamiz.

📌 Hoziroq ro'yxatdan o'tib, o'z joyingizni band qiling. Unutmang, rivojlanmagan yoki rivojlanishni istamagan biznes kelajakda inqirozga yuz tutadi.

Biznes SMM kursiga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

📞 Tel: +998998260011

🔴 YouTube sahifa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Abutech digital kompaniyasi Najot Ta'lim markazi bilan hamkorlikda Biznes SMM kursiga qabul boshlanganini e'lon qiladi

Kurs
orqali mijozlarga kerakli ma'lumotlarni, kerakli vaqtda, kerakli joylarda ko'rsatish, SMM va marketing jamoasiga vazifalarni to'g'ri taqsimlash va to'g'ri KPI'lar joriy qilish, reklama turlari va siyosatlariga oid bilimlarni o'zlashtira olasiz.

📅 Kurs 1 oy davom etib, haftada 3 kun, kuniga 3 soatdan davom etadi. Guruhda 10-12 nafar o'quvchi ta'lim olishi mumkin bo'ladi.

Kompaniyaning rivojlanishi va o'z pozitsiyasiga ega bo'lishi marketing uslublari va ularni aynan kim nazorat qilishiga bevosita bog'liqdir. Biznes SMM kursi esa, sizga ish samaradorligini o'sishi hamda yaxshi natijalarga erishishingiz uchun yordam beradi.

🤳🏻 Hoziroq ro'yxatdan o'tib o'z joyingizni band qiling!

Kurs haqida
👉Batafsil

Kursga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

📞 Tel: +998998260011

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biznes egasi SMM menejerdan o'zi nimani so'rashi kerak?

Nega SMM menejer postlar uchun dizaynni o'zi tayyorlab qo'ya qolmaydi? Raqobatchilardan ko'proq obunachiga ega bo'lish uchun, "накрутка" qilib qo'ya qolinsa bo'lmaydimi? Kim bilib o'tiribdi?

😏 Hozir mahsulotimni 100 kishiga sotyapman, SMM'ni yo'lga qo'ysak, bir haftadan keyin 150 - 200 ta sota olamanmi? Sota olmasam, SMM jamoa uchun nega pul to'layman o'zi?

Bu kabi savollardan biznes egasini ham, SMM menejer ham tashvish chekib kelmoqda.

Aynan mana shu savollarga javoblarni, Najot Ta'lim va Abutech hamkorligida tashkil etilayotgan "Biznes SMM" kursi taqdimoti sifatida havola qilinayotgan videoda batafsil ko'rishingiz mumkin.

👉 Videoni ko'rish: https://youtu.be/ocucvQ6XNbk

👨🏻‍💻 Administratorga bog'lanish

📞 Telefon raqam: +998998260011

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Rivojlanishni o'zingizdan boshlang

🚀 Har bir tadbirkor uchun kundan-kunga biznesini rivojlantirish muhim bo'lgani kabi o'z-o'zini shaxsiy rivojlantirish ham bundan mustasno emas.

📚 Buni esa albatta kitob mutolaa qilish orqali amalga oshirish mumkin. Ammo shu o'rinda bir muammo paydo bo'ladi: kitoblar ko'p, ulardan esa faqatgina keraklilarini tanlab olish zarur.

📝 Ushbu muammoni hal etish uchun sizga saralangan kitoblar ro'yxatini taqdim etmoqchimiz:

1. "Qanday qilib do'st orttirish va insonlarga ta'sir o'tkazish haqida" Deyl Karnegi

2. "Muvafafaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi" Steven Kovi

3. "O'yla va boy bo'l" Napeleon Hill

4. "Million dollarlik xatolar" Pavel Annenkov

5. "The Lean Startup" ya'ni "Boshlang'ich startap" Erik Rays

🤓 Bu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin. Ushbu vazifani esa sizga qoldiramiz.

👨🏻‍💻 Administratorga bog'lanish

📞 Tel: +998996080011

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Qalbi mehr va iymon nuriga to'lgan azizlar!

🌙 Sizlarni ABUTECH jamoasi nomidan kirib kelgan qutlug' va barakali oy bo'lgan Ramazon oyi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!

🤲 Ushbu oyda ko'zlagan barcha ezgu amallar va xayr-ehsonlarni benuqson bajarishingizda tilakdoshmiz.

Ramazon oyining fazli-karamidan Alloh taolo barchamizni nasibador aylasin

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
2024/07/01 15:33:44
Back to Top
HTML Embed Code: