Telegram Web Link
Allohim barcha erkaklarni Ummu Abdu Jalil kabi soliha ayol bilan rizqlantirsin

Alloma shayx Muhammad ibn Ali ibn Adam al Utyubiy rohimahullohga Alloh soliha ayol bergan edi. Shayx  ayolidan 9ta o'g'il ko'rgan va bu ayol bolalarini tarbiyasini o'z zimmasiga olgan. Shayx deyarli barcha vaqtini ilm bilan o'tkizar edi. Tongda darul hadisda dars bersa, asrda so'ng kitob yozish bilan mashg'ul bo'ladi so'ngra shom va huftondan keyin yana dars berar edi. Har oyni oxirini esa erta-yu kech kitob yozishga bag'ishlar va har yili shavvol oyida 1 haftasini Madinayu munavvarada ilmiy ekskursiyada o'tkazar edi. Qaysi ayol bugungi kunda shunday holatga chiday oladi

Shayxni og'illaridan biri hikoya qiladi, shayx bir marta kasal bo'lib qoldi va ayoliga aytdi:

- Meni kechir senga faqirligim va bandligim bilan ko'p ozor berdim!

- Nimalar deyapsiz Siz meni Oxirat Jannatiga kirishimdan avval bu dunyo jannatiga kirgazdingiz-ku!

Alloh bunday ayollardan o'zi rozi bo'lsin!

Tolibi ilmlarni ahli ayollari, hojayiningizga xadeb: qachon kelasiz, uyda ko‘proq bo‘ling, vahokazo... demasdan balki siz unga dastak bering, ishtiyoq bering, ko‘p insonlar buzilib ketgan bu vaqtda sobit bo‘lishni yodiga soling, siz manashu fisqu fujurga botgan odamlarni isloh qilishingiz, islomni oliy qilishingiz, mazlumlarga nusrat qilishingiz kerak deb qiziqtiring, óz masuliyatini eslating, siz uni xizmatida bo‘lib, oldida dalda berib tursangiz, ajriga sherik bo‘lasiz in shaa Alloh, agar uni ilmdan bezdirsangiz, chalg'itsangiz, vaqtlarini din xizmatiga emas sizga sarflashini talab qilsangiz, manabu mazlum ummatni oldida javob berasiz!

Ishlab ertalab ketib kech keladiganlarni ayollariga qarang, sabr qilib erlarini kutishadi, nahot siz Alloh yo‘lida yurgan eringizga xursand bo‘lib sabr qilmaysiz
Ибн Таймия раҳимаҳуллоҳ айтади:

قال شيخ الإسلام ابن تيمية:
والمسلمون في مشارق الأرض ومغاربها قلوبهم واحدة موالية لله ولرسوله ولعباده المؤمِنينَ، مُعادِية لأعداء الله ورسوله وأعداء عباده المؤمنين وقُلُوبُهُم الصادقة وأدعِيتُهُم الصَّالِحَةُ هي العسكرُ الَّذِي لَا يَعْلَبُ وَالجُندُ الَّذِي لَا يُحْذَلُ.

مجموع الفتاوى ٢٨/ ٦٤٤.

«Ернинг машриқи-ю, мағрибидаги барча мусулмонларнинг қалблари бирдир. Улар Аллоҳни, Расулини ва мўмин бандаларини дўст тутадилар. Аллоҳнинг, Расулининг ва мўмин бандаларининг душманларини душман тутадилар. Уларнинг қалблари самимийдир. Солиҳ дуолари эса енгилмас аскар ва мағлуб бўлмас қўшиндир».

«Мажуъул фатаво», 28/644.
Biz kimni yahshi ko‘ramiz?
Biz Allohni yahshi ko‘ramiz.
Biz Muhammad Sollallohu Alayhi Vassallamni yahshi ko‘ramiz.
Biz Sahobalarni yahshi ko‘ramiz.
Tobe'inlarni yahshi ko‘ramiz.
Mo‘minlarni yahshi ko‘ramiz.
Va umid qilamiz, shu muhabbatimiz sharofatidan shular bilan qiyomatda birga turishlikka.
Garchi ular bilan birga turishlikka amallarimiz yetmasa ham, muhabbatimiz davosi bilan turishlikka umidimiz bor.
Allohni Izni Ila
2024/11/15 16:46:00
Back to Top
HTML Embed Code: