Telegram Web Link
Бuсмuллаҳ

Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ

Жума тонгига саломат уйғотган АЛЛОҲ АЗЗА ва ЖАЛЛАга битмас,туганмас ҳамдусанолар бўлсин!!!

Расулуллоҳ ﷺ
алайхиссаломга кўп саловоту дурудлар ва саломларимиз бўлсин.

АЛЛОҲУММА СОЛЛИ АЪЛАА САЙЙИДИНА МУҲАММАД

Барчамизга дунё ва охиратимизни саодатга боғлайдиган хайрли амаллар қилиш насиб этсин

Кўнгил поклиги, қалб ва руҳ хотиржамлиги, ақл соғломлиги,  танужон омонлиги доимий ҳамроҳимиз бўлсин

Яратган эгам ўзи мададкор бўлсин,

Қалбимиз ва дуоларимиздаги азиз инсонларимизни Аллоҳим паноҳида асрасин
Бугунги куни Хайру барокатини берсин
Bir kuni payg'ambarimiz Rosululloh
"Ali roziyallohu anhu dan so'radilar"
-Yo Ali, Allohni sevasanmi?
-Albatta, ey Allohning rasuli!
-Uning elchisi - Payg'ambarini sevasanmi?
-Ha, albatta, sizni sevaman!
-Ahli ayolingni sevasanmi?
-Sevaman, yo Rasululloh!
-Bolalaringni sevasanmi?
-Bolalarimni ham sevaman.
Shunda payg'ambarimiz yana savol berdilar: "Yo, Ali, qanday qilib bir qalbga 4 ta sevgini sig'dira olasan?" Bu savolga Ali roziyallohu anhu o'ylanib qoldilar va javob uchun muhlat so'radilar.
Uylariga borib ham o'ylanib o'tirdilar. Buni ko'rgan Fotima onamiz: "Agar dunyo yo'lida xomush bo'lsangiz, bu ishingiz yaxshi emas", deb hol so'radilar. Ali roziyallohu anhu bo'lgan voqeani aytib berdilar va Fotima onamizdan maslahat so'radilar. Fotima roziyallohu anho Onamiz shunday dedilar: "Har bir narsaning o'ngu so'li, orqa-oldi bo'lganidek, qalbning ham bo'laklari bo'ladi. Otamga quyidagicha javob bering: Allohni aqlim va idrokim bilan sevaman! Payg'ambar ni ruhim bilan sevaman! Ahli ayolimni nafsim bilan sevaman! Bolalarimni shafqatim bilan sevaman! Ertasi kuni Ali roziyallohu anhu payg'ambarimiz huzurlariga bordilar. Payg'ambarimiz javobni so'radilar. Shunda Rasululloh : -Yo, Ali, javobingdan nubuvvat gulining hidi kelyapti. Buni senga qizim Fotima aytgan dedilar, Ali roziyallohu anhu yuqoridagi javobni aytdilar. Subhanallah
◉ Banda Qiyomat kuni tog'lar qadar gunohlar bilan keladi. Shunda Allohni zikr qilgan tili ularni yakson qilib tashlaganini kóradi.

Bugun Allohni zikr qildingizmi
2024/09/27 04:24:19
Back to Top
HTML Embed Code: