Telegram Web Link
Geparin va gistamin qaysi leykotsit protoplazmasida mavjud?
Anonymous Quiz
36%
Limfotsit
21%
Eozinofill
19%
Bazofill
13%
Neytrofill
10%
Monotsit
Pulmonolog-vrach qaysi organ kasalliklari mutaxassisi hisoblanadi?
Anonymous Quiz
4%
Jigar kasalliklari
87%
O'pka kasalliklari
5%
Yo'g'on ichak kasalliklari
4%
Oshqozon osti bezi kasalliklari
#dorixona

Tokoferol atsetat (VITAMIN E)

DORI SHAKLI: inyeksiya uchun moyli eritma
TA'SIR ETUVCHI MODDA: tokoferol atsetat
FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI: vitamin preparati

♻️QO'LLASH BO'YICHA KO'RSATMALAR:
E gipovitaminoz, ateroskleroz, hayz sikli buzilishi, amenoreya, jinsiy bezlar gipofunksiyasi, spermatogenezning buzilishi, homila tushish xavfi, ayollar va erkaklarda bepushtlikni majmuaviy davolash, kuyish, mushak distrofiyas, teri kasalliklari kabi holatlarda

QO'LLASH USULI VA DOZALARI: M/i. Sutka davomida 50-300 mg qabul qilinadi, har kun yoki kunora yuboriladi. 25°C li sharoitda saqlash lozim, lekin yuborishda avval 37°C gacha isitish tavsiya etiladi.

QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR:
Miokard infarkti o'tkir davri
Gipoprotombinemiya

🤰HOMILADORLIK VA LAKTATSIYA:
Ushbu davrda shifokor bilan maslahatlashgan holda qo'llash mumkin.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Ichayotgan suvingizni "to'g'ri vaqtda ichayapman" deb o'ylaysizmi?

♻️uyqudan oldin ichilgan 2 stakan suv ichki organlar faoliyatini faollashtiradi.

♻️ovqatdan 30 daqiqa oldin ichilgan 1 stakan suv ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.

♻️yuvinishdan oldin ichilgan 1 stakan suv qon bosimini tushiradi.

♻️ uyqudan 1 soat oldin ichilgan 1 stakan suv insultga "tutilmasligingiz"ga yordam beradi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
Qo'l va oyoq uchlari ko'karib qolish patologiyasi qanday nomlanadi?
Anonymous Quiz
16%
Assit
10%
Anuriya
64%
Akrosianoz
10%
Akromegaliya
📜Temir tanqis anemiya

– qonda eritrosit va gemoglobin miqdori kamayishi.

♻️SABABLARI

- Qonda eritrotsit yashash muddatini qisqarishi yoki parchalanishi (normada 4 oy); - Kop qon yo’qotish (otkir yoki surunkali); - Qonda temir moddasi kamayishi; - Homiladorlik davri, ayollarda xayz davri, osmirlik davri; - Odam temir moddasini ozlashtira olmasligi (gastritda); - Allergik reaksiyalar; - Tez-tez ORVI bilan kasallanish.

BELGILARI

- Tez charchash; - Umumiy holsizlik; - Asabiylashish; - Tez bosh aylanish; - Quloqda shovqin; - Xansirash; - Yurak tez urishi; - Sovuq oyoq-qo
llar; - Teri oqargan, kokimtir tusda; - Koz skleralari sargaygan; - Burun, milk, oshqozon-ichak yo’lidan qon ketish; - Siydik to’q rangga boyalishi; - Soch to’kilishi, tirnoqlar sinishi; - Tilda achishish va ogriq; - Hid va ta’m sezish buzilishi.

🔬DIAGNOSTIKA

- Qon umumiy tahlili; - Qon bioximiyasi. Parallel ravishda gastroenterolog ko
rigi va quyidagilar tavsiya etiladi: - Qizilongach, oshqozon, 12 barmoq ichak endoskopiyasi; - Ichak shilliq qavati biopsiyasi; - Kolonoskopiya; - Rektoromanoskopiya; - Yo’g’on ichak MRTsi.

💊DAVOLASH:

- Temir saqlovchi moddalar; - Kobalamin, B12 vitamin saqlovchi moddalar; - Glyukokortikosteroidlar; - Ichki qon ketish joylarini kuydirish; - Qon quyish.

✏️ASORATLARI

- Otit; - Pnevmoniya; - Tromboz; - To’g’ri ichak yallig
lanishi; - Anemik koma.

✏️PROFILAKTIKA

- Temirga boy moddalar qabul qilish; - Oshqozon-ichak yo’li kasalliklarini vaqtida davolash; - Sog`lom turmush tarzi.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Yangi tug'ilgan chaqaloqda EChT (СОЭ) normada nechiga teng?
Anonymous Quiz
25%
2-10 mm/soat
38%
10-15 mm/soat
20%
5-10 mm/soat
17%
0-2 mm/soat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O'zbekiston bugun eng issiq hudud❗️

Zarur yumushingiz bo'lmasa ko'chaga chiqmang!
Ko'proq suyuqlik iching!



Manba:TalabaUz

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI

Endokrin kasalligi mavjud bemorlar COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlanishlari mumkinmi?

‼️So'nggi vaqtlarda "menda ... kasalligi mavjud. Emlanishim mumkinmi?" degan savollar ko'paymoqda. Ularning ko'pchiligini endokrin sistemasida kasalligi mavjud bemorlar tashkil qilmoqda.


♻️Ularga javoban shunday deyish mumkin: "Har qanday endokrin kasalligi mavjud bemor emlanishi mumkin!"

🔅Sizda quyidagi patologiyalar mavjud bo'lsa-da, siz vaksina qabul qilishingiz mumkin:

Qandli diabet 1- va 2-tipida;
Semizlik;
Gipotireoz yoki tireotoksikoz (kompensatsiya va/yoki subkompensatsiya bosqichida);
Gipofiz adenomasi, buyrak usti bezi adenomasi;
kompensator gipoparatireoz;
shoshilinch operativ jarrohlik talab qilmaydigan gipoparatireoz;
Osteoporoz;
Buyrak usti bezi yetishmovchiligi (vaksinadan keyin temperatura ko'tarilishida glyukokortikoidlar miqdorini 2x oshirish kifoya);
Agarda, Siz qalqonsimon bez raki, gipofiz va buyrak usti bezi adenomasi bo'yicha operatsiya bo'lgan bo'lsangiz ham vaksina qabul qilishingiz mumkin.

P.S:Endokrinolog Marina Berkovskoy maslahatlari asosida tayyorlandi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Taloqning kattalashishi tibbiyot tilida qanday nomlanadi?
Anonymous Quiz
32%
Gepatomegaliya
9%
Nefroptoz
50%
Splenomegaliya
8%
Splenoektomiya
Hayot faoliyatining to'xtashi (o'lim).

Organizm o'limi quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:
⭕️Preagonal;
⭕️Terminal pauza;
⭕️Agonal;
⭕️Klinik o'lim
⭕️Biologik o'lim.


Yuqoridagi to'rttala bosqichda tibbiy chora-tadbirlar orqali bemorni hayotga qaytarish mumkin (qaytar jarayon hisoblanadi).


Biologik o'lim holatida esa hech qanday yo'l orqali bemor hayotini tiklab bo'lmaydi.


❗️Lekin biologik o'lim holatidagi bemorning ayrim organlari ishini qayta tiklash mumkin(masalan, yurak, buyrak, jigar va boshq).


Safimizga qo'shiling⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Qonning rang ko'rsatkichi normada?
Anonymous Quiz
14%
0,6-2,0
25%
0,75-1,5
48%
0,86-1,05
12%
1,0-1,75
Organizmingiz "komponent"larini qanday tekshirish mumkinligini bilasizmi?

🔹Bosh miya - MRT, shifokor ko'rsatmasiga binoan;
🔸Qalqonsimon bez - UZI, 1yilda 1marta;
🔹Sut bezlari - mammografiya, 1yilda 1marta;
🔸Jigar - KT(kompyuter tomografiya), MRT, qon tahlili, shifokor ko'rsatmasiga binoan;
🔹Oshqozon - gastroskopiya, yilda 1marta;
🔸Tuxumdonlar yoki bachadon - UTT, 1yilda 1marta;
🔹Bachadon bo'yni - Papanikolau testi, 1yilda 1marta;
🔸Teri - yangi hosilalarni muntazam ravishda;
🔹O'pka - flyurografiya yoki KT, 1yilda 1marta;
🔸Suyaklar - rentgen, shifokor ko'rsatmasiga binoan;
🔹Buyraklar, oshqozon osti bezi - UTT, 1yilda 1marta;
🔸Ichaklar - maxsus qondan axlat analizi, 1yilda 1marta;
🔹Prostata - PSA (prostatspetsifikantigen) uchun qon tahlili, 1yilda 1marta.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
#Fakt

Inson organizmining 60% ini suv tashkil qiladi!

Inson umri davomida o'rtacha 60 000 l suv iste'mol qiladi!

Kun davomida tana massasining 1kg i uchun muvofiq ravishda 35ml suv ichish tavsiya etiladi. Bunda:
-50kg uchun - 1,7l;
-60kg uchun - 2,1l;
-70kg uchun - 2,4l;
-80kg uchun - 2,8l to'g'ri keladi.

P.S. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, tana uchun ortiqcha suv zarar qilmaydi.

Hozirgi kunda necha litr suv iste'mol qilyapsiz?

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🤒🤒🤒🤒🤒🤒🤒🤒🤒
Harorat ko'tarilish sabablari, harorat oshganda qanday yordam berish lozim?


❗️Tana harorati normada: 36,5°C dan 37,2°C gacha.

Harorat oshishidagi eng ko'p sabablar:

SHAMOLLASH. Agar deyarli hech qanday sababsiz harorat ko'tarilsa hamda unga burun bitishi, yo'tal qo'shilsa, ko'p ehtimollik bilan bu ORVI.

GRIPP. Agar bemordagi haroratni termometr 40°Cgacha ko'rsatayotgan bo'lsa, unda muskul va bo'g'imlarida zirqirash va bosh og'rig'i paydo bo'lsa, bu gripp. Tezda shifokor chaqiring. O'zboshimchalik bilan qilingan davo xavfli holatga solib qo'yishi mumkin.

YAQINDA EMLANGAN BO'LSA. Agar yaqinda emlangan bo'lsangiz, 2kun davomida yuqori harorat bo'lishi mumkin. Bu immunitet reaksiyasidir.

ANGINA. Yuqori harorat, tomoqda og'riq, bodomsimon bezlarning shishishi, hiqildoqning oq nalet bilan qoplanishi anginaning belgilaridir.

ZOTILJAM. Siz gripp bilan kasallansangiz va xuddi tuzalgandan bo'lganingizda yuqori harorat yana qaytalansa, ko'krak qafasida og'riq, nafas qisishi, xirillash kuzatilishi - grippning pnevmoniya ko'rinishidagi asoratidir.

OTIT. Quloqda og'riq + yuqori harorat = otit.

ICHAKLAR INFEKSIYASI. Diareya(ich ketishi) vaqtida yuqori harorat, qayt qilosh, qorinda og'riq ichaklar infeksiyasi haqida axborot beradi.

YALLIG'LANISH. Harorat biroz yuqori va shu holda uzoq, boshqa simptomlarsiz kuzatilsa, bu yallig'lanish, gormonal buzilishdan darak berishi mumkin.

OVULYATSIYA. Ovulyatsiyadan so'ng ba'zi ayollarda harorat oshishi kuzatiladi.


HARORATNI QANDAY QILIB OSON TUSHIRISH MUMKIN?

Ko'p miqdorda suyuqlik. Sutkada 2,5l suv yoki iliq o'tlarda tayyorlangan choy iching.

Peshonaga salqin kompress

Yengil kiyim. Kiyimga o'ranmang, issiqlik chiqib ketishi kerak.

Toza havo. Tez-tez xonani shamollating.


QACHON SHIFOKOR CHAQIRISH LOZIM?

♨️Isitma 3kundan ortiq tushmasa yoki kasallikdan so'ng isitma qaytalasa;

♨️Isitma tomoqdagi, quloqdagi, ko'krak qafasidagi, qorin bo'shlig'idagi kuchli og'riq bilan aloqador bo'lsa;

♨️Ich ketish va qayt qilish hamda og'izda quruqlik, bosh aylanishi, darmonsizlik his qilsangiz;

♨️Isitma tanadagi uchuqqa aloqador bo'lsa;

♨️Siydik ajratishda og'riq his qilsangiz.

❗️ Yuqori harorat (isitma) ga befarq bo'lmang. U organizmdagi biror patologiya darakchisidir!


KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
Nevus nima

MELANOTSITLAR - neyrogen hujayralar bo'lib, ular asosan teri epidermisining bazal qavatida, ko'z rangli pardasida joylashgan va barcha ichki a'zolarda ham uchrashi mumkin.

❗️Nevus - melanotsitlardan o'sgan xavfsiz o'sma hisoblanadi.
Ko'pincha yuz terisida, tana terisida to'q rangli bo'rtmachalar ko'rinishida uchraydi.

🔺Nevusning shakllari:
•epidermis va derma chegarasi nevusi;
•derma ichi nevusi;
•aralash nevus;
•epitelioid hujayrali nevus;
•havorang nevus.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Reyno kasalligi🖐🏽

🧑‍⚕1862-yilda Moris Reyno aniqlagan. Qo'l-oyoqlarda arterial qon aylanishini buzilishi bilan kechuvchi kasallik.

❗️Ko'pincha asabiylashish, hayajonlanish yoki qishda qo'lqoplarsiz ko'chada yurish oqibatida (qo'l sovuq qotishi) natijasida xuruj qiladi.

📌-Xuruj vaqtida terida og'riq, barmoqlar va qo'l kafti birin-ketin rangi o'zgaradi.
-Birozdan so'ng ko'karadi va muzlaydi.
-Eng so'ngida soha qizarib, odam qo'lni qimirlata olmay qoladi.


Ko'pincha qo'l-oyoqda, ba'zan, quloq, burun va tizza qopqog'i terisi ustida kuzatiladi. Ba'zan og'iz ichida qon tomirlar zararlanib, xuruj vaqtida odam gapirolmay qoladi.


💉Agar kasallik vaqtida davolanmasa terida turli trofik o'zgarishlar (uzoq vaqt bitmaydigan yara), qo'l-oyoq terisi tortishib, ingichkalashib ketishi mumkin.
💊Davolashda alfa-adrenoblokatorlarga mansub preparatlar (masalan, fentolamin) buyuriladi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
💡Agar sizda quyidagi belgilar kuzatilayotgan bo'lsa:
Doimiy ochlik xissi;
Soch va tirnoqlarning noziklashishi va to'kilishi;
Jarohatning juda sekin bitishi;
Tez-tez infeksion kasalliklarga chalinish;
Tanadagi shishlar;
Tana vaznining kamayishi;
Tushkun kayfiyat

❗️Demak sizda oqsil yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Ratsioningizni oqsilga boy mahsulotlar bilan boyiting!

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
Gemiplegiya - gavdaning o'ng yoki chap yarmining to'liq falajlanishi.

Sabablari:
✓gipertoniya
✓ateroskleroz
✓revmatizm
✓qand kasalliklari
✓miyaga qon quyilishi
✓miya qon tomirlarining bekilib qolishi.

❗️Gemiplegiya miya o'smasi, yallig'lanish va jarohatlanishning alomati bo'lishi mumkin.

🩺Davolash:
1)Gemiplegiyaga sabab bo'lgan kasallik davolanadi.
2)Falajlangan oyoq-qo'l uqalanadi
3)Shifobaxsh badantarbiya buyuriladi
4)Fizioterapiya.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
2024/09/23 03:16:02
Back to Top
HTML Embed Code: