Telegram Web Link
IQ nima?

IQ (aql-idrok koeffitsiyenti) – inson aql-idroki darajasining miqdoriy bahosi, boshqacha aytganda, aqliy yoshning mazkur shaxsning haqiqiy xronologik yoshiga nisbatidir.

Inson IQ si qanday shakllanadi?

IQ darajasiga bir necha omillar taʼsir qiladi, masalan, irsiyat, atrof muhit (oila, maktab, insonning ijtimoiy mavqei). Shuningdek, ushbu test natijasiga ishtirokchining yoshi katta taʼsir ko‘rsatadi. 26 yoshda odatda inson idroki o‘zining yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi, undan keyin esa pasaya boshlaydi.

Kanalga ulanish:👉@TIBBIYOT_OLAMI
Tez-tez siydik ajratish tibbiyot tilida qanday nomlanadi?
Anonymous Quiz
15%
Oliguriya
22%
Anuriya
17%
Pollakiuriya
40%
Poliuriya
3%
Piuriya
4%
Nikturiya
Organizmingizda nima yetishmaydi?


🍫Shokolad xohlaysizmi?
Magniy yetishmaydi!
👨‍⚕Tavsiya qilinadi: yong'oqlar, pista, mevalar, dukkaklar.

🍞Non xohlaysizmi?
Azot yetishmaydi!
👨‍⚕Tavsiya qilinadi: oqsilga boy mahsulotlar (baliq, go'sht, yong'oqlar)

🍬Shirinlik xohlaysizmi?
Glyukoza yetishmaydi!
👨‍⚕Tavsiya qilinadi: asal, sabzavotlar, rezavorlar va mevalar.

🍜Yog'li ovqatlar xohlaysizmi?
Calsiy yetishmaydi!
👨‍⚕Tavsiya qilinadi: brokkoli, kunjut, pishloq, dukkaklar

🧈Pishloq xohlaysizmi?
Calsiy va fosfor yerishmaydi!
👨‍⚕Tavsiya qilinadi: brokkoli, sut, tvorog.

🍣Dudlangan mahsulotlar xohlaysizmi?
Xolesterin yetishmaydi!
👨‍⚕Tavsiya qilinadi: avokado, qizil baliq, yong'oqlar, zaytun.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozgina_yumor

Vaksinadan qo‘rqqanlarni majburiy emlaganda qanday bo‘lardi?

KANALGA ULANISH:👉 @TIBBIYOT_OLAMI
Eritrotsitlar disksimon (normal) shakli o'zgarib, turli shakllarda bo'lishi qanday ataladi?
Anonymous Quiz
35%
Eritrositoz
17%
Anizositoz
29%
Poykilositoz
19%
Eritropeniya
KO'P TERLASH SABABLARI😥

Organizmdan norma (sutkasiga 500ml suyuqlik) dan ortiqcha suyuqlik ajralishi (teri orqali) natijasida ko'p terlash vujudga keladi.

TERLASH - organizmni qizib ketishdan asrovchi, sovituvchi jarayon hisoblanadi.

Uning miqdori oshishi:
Fiziologik:
-atrof-muhit harorati yuqori bo'lganda:
-ayollarda homiladorlik va klimaks holatlarida.

Patologik:
-isitma bilan kechuvchi kasalliklarda
-semizlikda
-gipertireoz
-limfa tizimi o'smalari
-tuberkulyoz
-qandli diabet
-me'da osti bezi saratonida
-markaziy asab tizimi buzilishlari
-parkinson kasalligi
-akromegaliya
-infarkt

TER HIDIGA QARAB QAYSI ORGANDA PATOLOGIYALIGINI BILSA BO'LADIMI?
Aniq bo'lmasada, yuqori foizlarda taxminiy tashxislash mumkin!

Siydik hidli 👉 buyrak yetishmovchiligi;
Yangi jigar hidli 👉 jigar yetishmovchiligi;
Sichqon hidli 👉 fenilketonuriya;
Eskirgan pivo hidli 👉 tuberkulyoz;
Achigan meva hidli 👉 qandli diabet;
Yangi non hidli 👉 qorin tifi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
❗️Antiseptika maqsadida qachon yod, qachon brilliant yashili (зеленка) ?

Bilamizki, yod va brilliant yashili turli maqsadlarda, o'z ta'sir mexanizmiga ko'ra qo'llaniladi. Bugun ularning farqi to'g'risida biroz to'xtalamiz.

♻️YOD.
Ushbu mahsulot to'qimaga juda yaxshi "ishlov beradi". Lekin, yod bilan ishlashda juda ehtiyotkotlik bilan ishlash lozim (agar miqdor oshirib yuborilsa, u terini qizdirishi mumkin). Bunda, teridagi yaraga ishlatmoqchi bo'lsangiz, dezinfeksiya maqsadida qo'llaysiz. Yodni yaraga tushishidan saqlaning, aksincha uni yara atrofiga ishlov berishda foydalaning. Bundan tashqari yoddan to'qimaga qon quyilishida ham foydalansa bo'ladi, masalan lat yeganda, to'qima shikastlanganda "yodli setka" ko'rinishida.

♻️BRILLIANT YASHILI.
Ushbu mahsulot ham foydali antiseptik hisoblanib, yoddan farqli o'laroq yumshoq to'qimalar uchun ham foydalanish mumkin. Aynan yara o'chog'iga ishlatsa bo'ladi. Uning ko'p miqdori terini qizdirmaydi. Bundan tashqari brilliant yashilini o'ta sezuvchan to'qimalar uchun ham foydalanish mumkin.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
⚡️⚡️⚡️Rekord⚡️⚡️⚡️

Kuni kecha yurtimizda 585 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi; 462 nafar fuqaroda esa pnevmoniya aniqlandi, 5 nafar shaxs COVID-19 oqibatida vafot etdi - deya xabar bermoqda SSV.

❗️Ta'kidlash joizki, ushbu ko'rsatkich O'zbekiston uchun shu kungacha bo'lgan kasallanishlar ichida rekord ko'rsatkich hisoblandi!

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🌙Musulmon ahlining sevimli ayyomi Qurbon hayiti muborak bo'lsin!
🌸🌼🌸🌼🌸🌼🌸🌼🌸🌼🌸🌼🌸🌼🌸

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
#Bilasizmi?

Erlix - jahon tibbiyotida ximioterapiyaning asoschisi hisoblanadi. U fanga "ximioterapiya" atamasini olib kirgan. Bundan tashqari u:
1891-yilda ko'k metilen yordamida bezgakni davolashni;
1907-yilda mishyak moddasi - salvarsan yordamida esa zaxmni davolashni taklif etgan.

Ximioterapevtik moddalar guruhlari:
- Antibiotiklar;
- Sulfanilamidlar;
- Antibakterial moddalar;
- Zaxmga qarshi moddalar;
- Silga qarshi moddalar;
- Bezgakka, viruslarga, protozoylarga, mikozlarga qarshi qo'llaniluvchi moddalar.

P.S. Erlixdan oldin bobomiz Abu Ali ibn Sino zaxmni davolash uchun simobni tavsiya etgan. Bunga nima deysiz?😎


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Nima uchun shirinlik yoki sho'r mahsulotlar yegimiz keladi?🧐

Shirinliklarni asosan, jismoniy va aqliy faollikdan so'ng xohlaymiz, chunki ushbu vaziyatda glyukoza sarflanishi yuqori bo'ladi. Bundan tashqari tez-tez shokolad yeyishni xohlash zamirida undagi serotonin moddasi mavjudligi sabab bo'lishi mumkin. Chunki u "yaxshi kayfiyat" gormonidir.
Sizda ham ushbu holatlar kuzatilayotgan bo'lsa, buning ostidan biror patologiyani izlashga urinmang, barchasi fiziologikdir.😉

Muntazam sho'r mahsulotlar yeyishni xohlash orqali sizda xlor (Cl) defitsiti yoki buyrak usti bezlari bilan bog'liq muammo borligini tahmin qilish mumkin.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Arteriya qon tomir urishini yozib olish tibbiyotda qanday nomlanadi?
Anonymous Quiz
37%
Flebografiya
35%
Sfigmografiya
22%
Spirografiya
6%
Xolesistografiya
Nega mushak tirishish(tomir tortishishi)lari ko'pincha kechasi sodir bo'ladi?

Haqiqat shundaki, uxlash vaqtida ko'plab organlarning faoliyati kamayadi (lekin hammasi ham emas). Mushaklar ham dam oladi va bo'shashadi. Agar biron sababga ko'ra oyoq mushaklari(boldir) qon bilan ta'minlash yetarli bo'lmasa, gorizontal holatda yotganda kislorod yetishmovchiligi kuchayadi, bu esa tirishishga sabab bo‘ladi.


Safimizga qo'shiling ⤵️ @TIBBIYOT_OLAMI
Qondagi qand miqdori qanday ko'rsatkichlar orasida normal bo'ladi? (O'lcham diabetiklarga nisbatan emas)
Anonymous Quiz
14%
3,3-7,8
20%
5,5-7,8
62%
3,3-5,5
4%
3,3-15
Papilloma virusini qanday davolash mumkin?

Uni davolash kerak emas. Organizm unga qarshi o'zi kurashadi. Negaki, virusga qarshi preparatlar papilloma virusiga qarshi effektsizdir. Sizdan talab qilinadigani - immunitetingizni tushirib yubormang.

🩺Agar sizda papilloma virusi paydo bo'lsa, har yili ginekolog ko'rishiga borishingiz va pap-test topshirishingiz lozim.

❗️Papilloma virusi profilaktikasi - emlashdir!


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
📌Hozirda O'zbekistonda koronavirusga ko'proq bolalarda chalinmoqda...

Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari Elmira Basitxanova so'zlariga ko'ra, koronavirusning avvalgi shtami bolalar orasida kamroq, lekin hozirgi shtamm esa kattalarta nisbatan ko'proq uchramoqda.

❗️Bolalarni asrang❗️

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💉Ko'cha-kuyda majburiy vaksinaga nima deysiz?😁


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🔍Organizmga antibiotiklarning siz bilmagan ta'sirlari💊

📌Antibiotiklar qabuli boshqa infeksiyani qo'zg'atishi mumkin. Gap shundaki, antibiotik Sizdagi bakterial kasallikka davo bo'lishi bilan bir qatorda Sizning organizmingizdagi mikroflorani ham o'ldiradi, natijada bemor kasallikka chalinuvchan bo'lib qoladi. Antibiotiklar qabulidan so'ng, ko'pincha bemorlarda zamburug'li kasallik (og'izda, terida, tirnoqlar ostida) avj oladi.

📌Antibiotiklar xavfli allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin. Ular turli ko'rinishda namoyon bo'ladi: toshma, nafas qisishi, qizarish, lab shishi va h.k.

📌Antibiotiklar shuningdek, kuchli lekin uzoq davom etmaydigan bosh og'rig'iga sabab bo'lishi mumkin.


P.S. SIZ HAM ANTIBIOTIKLARDAN AZIYAT CHEKKANMISIZ?


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
2024/09/23 05:22:51
Back to Top
HTML Embed Code: