Telegram Web Link
SUBYEKTIV
SUBYEKTIV qaysi yoʻnalishlarda koʻproq video tayyorlashini xohlaysiz?
Doʻstlar! Qaysi yoʻnalishda mavzu tanlagan ma’qul, deyilgan postimizga koʻpchilik oʻz fikrini bildirgandi. “Oʻzingiz mavzu topolmay qoldingizmi?” deb yozganlar ham boʻldi. 😅👍

Bizga sizlarning qiziqishlaringiz muhim! Qanday izoh yozmang, biz uchun ajratayotgan qimmatli vaqtingiz hisobiga boʻladi. 🤝

Evaziga hammaning talab va takliflari asosida SUBYEKTIV yaqin kunlarda qiziq va ahamiyatli boʻlgan navbatdagi koʻrsatuvni taqdim qiladi. ⚡️

Koʻp intriga boʻlayotgandir, balki. Lekin uzoq tadqiqotlar, izlanishlar, ishtirokchilar sonining koʻpligi, tahlillar va tarjimalar vaqtimizni olib qoʻydi. Xullas, kuttirganga arziydi.

Bu safar ham jamiyatning yana bir nechta ogʻriqli mavzulari koʻtariladi. Vaqtingiz va e’tiboringizga arziydigan kontent boʻladi, degan umiddamiz. Tez orada “jonlanib” qolamiz. Oz qoldi… ⌛️

Post barcha uchun juda qiziq boʻladigan yana bir ma’lumot topilganidan ilhomlanib yozildi))

@subyektivuz
Oʻzbeklar! Tez kunda!
SUBYEKTIVda!


Toʻrtovlondan qaysilari haqiqiy oʻzbek millatiga oʻxshaydi yoki aksincha, deb oʻylaysiz? Fikrlarga SUBYEKTIV DNK aniqlik kiritadi.

Ular orasida Amerika hindularidan Andaman aborigenlarigacha genetik qarindoshlar bor)

@subyektivuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eshagimiz suvdan oʻtdi)

Chilonzor tumani, Novza koʻchasi

@subyektivuz
Tarqalamiz! Koʻchma skameykalar “Gʻafur Gʻulom” bogʻidan vaqtincha olib kelingan ekan. Ja oʻtirgingiz kelsa, oʻshayoqqa boraverasizlar)))
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SUBYEKTIV
Video message
Chilonzor tumani prokuroriga respect! Holatga oʻzi e’tibor qaratibdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Doʻstlar, SUBYEKTIVning navbatdagi soni nega kechikayotgani sababiga toʻxtalsak…

Tanlagan dolzarb mavzularimizda bir necha ogʻriqli muammolar koʻtarilgan. Gap shundaki, Oʻzbekistonda rasmiy faoliyat olib boruvchi taniqli diniy ulamolardan biri ham koʻrsatuvda intervyu bergan.

OAV faoliyatiga aralashmaslik boʻyicha konstitutsion huquqimiz, tegishli qonunlarga asoslanib, koʻrsatuvni shunchaki chiqarib yubormadik. Diniy munosabat borligi sabab ertaga bizga nisbatan “kutilmagan da’volar” boʻlmasligi uchun ulamoning fikrlarini diniy ekspertizaga topshirdik.

Lekin Din ishlari boʻyicha qoʻmita ekspertizasi qilgan rasmiy murojaatimizga javob bermayapti. Ertaga - ariza topshirganimizning 3-haftasi. Lekin bilishimizcha, mas’ul idora murojaatimizni koʻrib chiqmoqchi emas.

Biz ham millionlab auditoriya uchun qiziq boʻladigan katta bir mavzumiz tezroq chiqishini xohlaymiz. Yoki 1 soatlik koʻrsatuvning ruxsatga muhtoj qolayotgan 15 daqiqalik qismini shunchaki qop-qora fon qilib, oʻrniga mana shu postni yozib qoʻyib chiqaraveraylikmi? Nima deysizlar?

Hurmatli mas’ullar! Shu xatimizning toʻgʻrisini toʻgʻri, notoʻgʻrisini notoʻgʻri qilib koʻrib bersangizlar boʻldi. Sizlardan soʻrayotganimiz shu, xolos.

@subyektivuz
⚡️Yangi koʻrsatuv bugun chiqadi!

Tayyor boʻlsangiz, postga 🔥 larni bosib, qiziqayotgan, kutayotgan, kutmayotganlarga ham koʻrsatuvni yuborishga tayyorlanib turing!

😊

@subyektivuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Genetika: DNK, abort, qarindoshlar nikohi haqiqatlari

Bu koʻrsatuvni hamma koʻrishi kerak! SUBYEKTIVning bu galgi soni ko‘pchilikning xayolidan o‘tadigan turli savollarning javoblariga bag‘ishlanadi.

O‘zbeklar nega har xil irq va qiyofaga ega? Ularning DNKlaridan olingan deyarli 40 mingyillik genetik tarix bu savolga javob beradi. Ko‘rsatuvda ozolmayotgan, semirolmayotganlar genetikasidan tortib o‘g‘il bolalarning qizlardan ko‘payib ketayotgani sabablari va oqibatlarini o‘rganib chiqamiz.

Barcha insonlar aslida genetik jihatdan qarindosh ekanligi, abort va befarzandlik, qarindoshlar o’rtasidagi nikoh haqiqatlari ko‘rsatuvdagi alohida-alohida katta mavzular.

Bundan tashqari, Amir Temur va Boburiylarning bugungi davrda yashayotgan Hindistondagi avlodlaridan qo’lga kiritgan tarixiy ma’lumotlarimizni ham ochiqlaymiz. Xullas, bugun o‘zimiz va o‘zingiz haqingizda gaplashamiz.

Toʻliq koʻrsatuvni 👉mana shu yerda👈 tomosha qiling! Ketdik!!!

@subyektivuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi koʻrsatuvdagi eng ta’sirli syujet

Koʻrsatuvning shu qizaloqlar qatnashgan qismi koʻpchilikni ta’sirlantirdi. Eng koʻp izohlar shu “Suhbat” sahnasi haqida yozilyapti.

Alohida tarqatishimizniyam soʻrashgani uchun videoni kanalda joylayapmiz. Koʻring va xulosa qiling.

Xulosa qilishi kerak boʻlganlarga ham bu videoni yuborib qoʻying. Hali imkon bor…

Toʻliq video uchun 👉shu yerni bosing👈

@subyektivuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
16 yil kutilgan farzand

U toʻydan keyin bu kunni uzoq kutdi. Farzandli boʻlish dardida bormagan joyi, koʻrinmagan shifokor, tabiblari qolmadi. Topganini faqat shu orzuga tikdi. Foydasiz… U 15 yillik nikohni saqlab qolish uchun oxiri bola asrab olishga qaror qildi. Kutilmaganda ayoli homilador ekanligini aytdi va nihoyat ular farzandli boʻlishdi.

Xonanda Samandar Hamroqulovning ta’sirli va ibratli hayot hikoyasi. Dam olish kunida koʻrish uchun SUBYEKTIVdan foydali kontent. Albatta koʻring!

Toʻliq koʻrsatuv 👉shu yerda👈

@subyektivuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yuragi boʻshlar koʻrmasin, tosh yuraklar esa boʻshasin bu videoni koʻrib…

3-4 kun oldin Instagram’da jonli efir qilib, obunachilar bilan muloqot qilganimizda efirni 10 mingga yaqin odam koʻrdi. Yuzlab izohlar yozishdi. Mavzular boʻyicha takliflar berishdi. Ular orasida eng koʻp yozilgani - “radarlar” haqida edi.

Xafa boʻlganim: 10 ming odamdan, yuzlab izohlardan aqalli birortasi yuqori tezlik sabab bolalar oʻlimi haqida hech narsa yozmadi. Shu haqda mavzu ochsak ham, hech kim mavzuga reaksiya qilmadi.

Nega tezlikni bu qadar xohlaymiz? Agar Oʻzbekistonda radarlar mutlaq olib tashlansa, biz tartibli, tezlikka amal qiluvchi haydovchilarga aylana olamizmi? Bolalar oʻlimini kamaytiradimi bu “yengillik”? Men bilan sodir boʻlmaydi, demang. Oʻsha qotillar ham shunday oʻylashgan.

Radardan ham koʻra biz yuqori tezlik sabab yoʻllarda oʻlayotgan bolalar haqida bong urishimiz, jar solishimiz kerak. Bolalarning begonasi yoʻq. Tezlik esa hech kimga doʻst emas.

Yoʻllarda bolalarni - hammani asraylik!

@subyektivuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu odam qurilishni boshlamadimi hali? 😅

Uni eslaganlar bormi? SUBYEKTIVning noqonuniy qurilishlarga bagʻishlangan sonidan animatsion epizod.

Unda hozir istalgan odam qurilish qilishi mumkinligi kinoya (sarkazm) qilingan.

@subyektivuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Salom, subyektivchilar! 👋😊

Gaplashmaganimizga, yozmaganimizga ancha boʻlibdi. Oxirgi eng koʻp berilayotgan savollar: “Nega kontent chiqmayapti?” va “Yangi koʻrsatuv qachon chiqadi?

Javobimiz - shu kunlarda)

Yangi mavzu Oʻzbekistondagi suv tanqisligi va Orol fojiasiga bagʻishlanadi. Bu mavzuda koʻp gapirilgan, muammolar haqida yoritilgan. SUBYEKTIV esa mavzuni boshqacha rakursdan yoritadi.

Sizlardan shu koʻrsatuvimizga befarq boʻlmay, bizni qoʻllab-quvvatlab turishingizni soʻragan boʻlardik. Manfaatli bir hujjatli film uchun uzoq ijodiy mehnat qilyapmiz.

Oʻzbekistonni suvsiz kelajakdan faqat birgalashib qutqara olamiz. Birlashsak, hatto Orolni qaytarishimiz mumkin! Qolgan gaplarni yangi koʻrsatuvda gaplashamiz. Kutganingizga arziydi, deb oʻylaymiz. 😊

@subyektivuz
Ha, aytgancha!

Yuqoridagi post videosini Telegram, Instagram, Facebook, X platformalaringizga joylab, yaqinlaringiz, tanishlaringiz, obunachilaringiz, guruhdoshlaringizni ogohlantirib qoʻyaversangiz boʻladi. Hamma bilishi kerak boʻlgan koʻp ma’lumotlarni tayyorlayapmiz. 😊
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️ Bugun premyera!

SUBYEKTIVning Youtube kanalida, 7-sentyabr soat 18:00 da “Orol qaytadi, agar…” hujjatli filmimiz joylanadi.

Filmda Oʻzbekistondagi suv tanqisligi muammolari va Orol fojiasi haqida hali hech qayerda aytilmagan ma’lumotlar bilan boʻlishamiz.

Bu uchun jamoamiz 2 oydan ortiq vaqt, 5000 km masofa, har bir viloyatdan suv sifatini oʻrganish uchun xafsala, Orolning qurigan tubi va Amudaryoning oxiridan Tojikistondagi boshigacha borib, bor mehnatini sarfladi.

Shunchaki, barcha uchun manfaatli boʻlgan koʻrsatuvni koʻrib, layk va izohlarni ayamasdan, bu xabar bilan yaqinlaringizni xabardor qilib qoʻysangiz boʻldi. Barchamiz bilishimiz kerak boʻlgan gaplar koʻp.

Bu postga esa ⚡️ larni ayamang. Qani, qancha odam suv tejashga tayyor ekan. 😊

👆Videoda sun’iy intellekt Orol haqida kuylagan!

@subyektivuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SUBYEKTIV “Орол қайтади, агар...” филмини тақдим этди

Филмда Ўзбекистондаги сув танқислиги муаммолари ва Орол фожиаси ҳақида ҳали ҳеч қаерда айтилмаган фактлар таъсирли шаклда очиб берилган. 5 сентябр куни филмнинг ёпиқ премьераси бўлиб ўтди.

Жамоанинг 2 ойлик меҳнати сингган филм эса бугун, соат 18:00 да SUBYEKTIV'нинг YouTube-каналида эълон қилинади.

👇 SUBYEKTIV тармоқларда:
YouTube | Telegram | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Suvsiz Oʻzbekiston | SUBYEKTIV

O‘zbekiston suv yetishmovchiligi bo‘yicha dunyoda 25-o‘rinda, suv sarfi bo‘yicha 12-o‘rinda. Suvimizning 80 foizi o‘zimizniki emas, qo‘shni mamlakatlardan olinadi. Biz – butun boshli Orol dengizini quritganlarmiz. SUBYEKTIV navbatdagi og‘riqli muammo tahliliga qo‘l urdi. Eski mavzuning yangi tafsilotlaridan xabardor bo‘ling. Tasvirga olish davomida suv isrof qilinmagan!

👉HOZIROQ TOMOSHA QILING.👈

💸 Eng yaxshi izohlarni mukofotlaymiz!

Youtube’dagi videoga:
- eng mulohazali va koʻpchilik layk bosgan 3 ta;
- oʻzimiz eng yaxshi deb topgan yana 3 ta izoh egalarini 500 ming soʻmdan ragʻbatlantiramiz.


Maqsadimiz - eng ogʻriqli mavzuga koʻpchilikning e’tiborini jalb qilish va suvga mas’uliyatni oshirish. Ragʻbat egalarini 20-sentyabr kuni aniqlaymiz.

@subyektivuz
2024/09/29 04:29:37
Back to Top
HTML Embed Code: