Telegram Web Link
Audio
Yangi hujjatli filmimizda sun’iy intellekt Orol haqida kuyladi

Izohlarda qoʻshiqni qayerdan topsak boʻladi, deb yozganlar bor ekan. Shunga kanalimizda yuklab qoʻyyapmiz.


Qoʻshiq soʻzlari shunday:

Oʻz dengizi bor diyor edik,
Siyosatning kasriga qoldik.
Paxta uchun suv tayyor edi,
Isrof qilib gʻaflatda qoldik.

Million yillar yashagan Orol,
Ellik yilga yetmay yoʻq boʻldi.
“Suv tekin” deb qildilar uvol -
Hayot oʻldi, tabiat oʻldi.

Bu yomon tush kimning rejasi,
Butun boshli dengiz endi yoʻq?
Yomonlarning boʻldik oʻljasi,
Dengiz mayli, suvimiz ham yoʻq.

Bizni kechir, ey, marhum Orol,
Paxta kerak edi, sen emas.
Sen yagona oʻtmish boʻlib qol,
Endi paxta emas - suv kerak…

Matn muallifi: Sardorbek Usmoniy
Bastakor va ijrochi: Sun’iy idrok

👉Filmni toʻliq koʻrish tugmasi👈

@subyektivuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kun odami!

📹 Backstage - lavha orti jarayonlardan

Hammani yigʻlatayotgan personaj: moʻynoqlik Ali bobo yarim asrdan beri kutayotgan oʻz Orol dengizi bilan koʻrishdi! Uning his-hayajonlari - SUBYEKTIVning navbatdagi dasturi kulminatsiyasi.

Bu lavhada ham qoʻshiq ijrochisi “erkak” sun’iy idrok! 🤖

@subyektivuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Virtual suvlar nimaligini bilasizmi?

Suv bugʻlanib, yana yerga qaytib tushadi” deydiganlarga shu videoni ulashib qoʻying. Chunki bunday fikr suv sarfida bemalolchilikka sabab boʻlishi mumkin.

@subyektivuz
Bir nafasda koʻrib tugatasiz!

Faktlar aniq va asosli. Suvga boʻlgan munosabatingiz 100% oʻzgaradi.

Koʻring va tarqating. Bu masalada qoʻlingizdan keladigan eng katta ish hozircha — shu!

➡️: https://youtu.be/rBmJZhbquyA?si=pMT1gItBU-GmaZRC
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yana qurilish, yana oʻzboshimchalik. Eng kulgulisi video oxirida)

Ofisimiz yonida xorijiy kompaniya qurayotgan koʻp qavatli turar-joy katlavani qazilayotganida yer oʻpirilib tushdi. Mahallaning asosiy kirish yoʻllaridan biri endi ancha paytlargacha yopiq boʻladi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi obyekt qurilishi tegishli tashkilotlarni ogohlantirmasdan boshlab yuborilganini yozdi.

Toshkent shahar hokimligi “Xayrli tong, aziz Toshkent” yoki “Toshkent Oʻzbekiston-24 kanali nigohida” kabi postlardan nariga oʻtmayotgan bir paytda, xorijlik bir investor, butun boshli mamlakat poytaxtida, Hukumat qarorini mensimasdan qurilish boshlab yuborgan.

Chilonzor tumani hokimligi mutasaddilari zudlik bilan hodisa joyiga yetib kelgan va obyekt yonidagi boshqa bir obyektning panjaralarini buzib, voqea joyini oʻrab qoʻygan. Mana sizga yechim!

Bunday holat Toshkent yoki boshqa shaharlarda yagona deb oʻylasizmi?

@subyektivuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Suv chiqmagan joyga soliq toʻlaymiz”…

Suvsiz hududdagilar shunday yashashadi: magʻzavalar tappi qilish uchun, yuvindi suvlari uy hayvonlari uchun 2-marta foydalaniladi. Sabab - suvsizlik, maqsad esa suvni tejash.

Hujjatli filmni toʻliq koʻrmaganlar bu yerga kirib tomosha qilishlari mumkin.

Mavzuga befarq boʻlmay, uni turli platformalarda, sahifa va guruhlarda ulashayotgan, muhokama qilayotgan, toʻgʻri xulosa chiqarayotgan yurtdoshlarimizdan esa xursandmiz!

@subyektivuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌊 Orol: avval va hozir

Orol dengizi bugungacha 10 baravarga qisqarib ketgan. Qanchalik quriganini vizual tasavvur qilish uchun uni turli davlat va shahar hududlari bilan taqqosladik.

Videoni koʻrib, oʻzingiz xulosa qilavering.

@subyektivuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Orol dengizi atay quritilganmi?

Bu haqda odamlar orasida turli gap-soʻzlar yuradi. Dengiz quriy boshlagach, uni toʻldirish rejasi ham boʻlgan. Buning uchun bugungi Rossiyaning turli hududlaridagi daryo oʻzanlarini Orol tomon burish rejasi boʻlgani aytiladi.

Lekin bu loyiha turli sabablarga koʻra amalga oshirilmagan. SUBYEKTIVning suv tanqisligi va Orol fojiasiga bagʻishlangan YANGI SONIDA bu ma’lumotlar ham keltirib oʻtilgan.

@subyektivuz
SUBYEKTIVda koʻtarilgan takliflar prezidentga yetib bordi

Bir necha oy oldin Oʻzbekistondagi noqonuniy qurilishlar, sohadagi turli gʻayriodatiy holatlar haqida koʻrsatuv tayyorlagan edik (koʻrmaganlar shu yerda tomosha qilishlari mumkin).

Toʻgʻri, soʻnggi oylarda shaxsan davlat rahbari qurilish sohasidagi shunday holatlarni bir necha marta tanqid qildi, tegishli vazirlik tuzilmasida rahbariyat lavozimlari almashdi.

Lekin yillarki, xaridorlarning uy-joy uchun toʻlovlari kafolatlanmay kelayotgan edi. Aldanishlar, sarsongarchiliklar, tushunmovchiliklar deyarli har bir qurilish kompaniyalari bilan munosabatlarda kuzatilardi.

Prezidentga koʻra, endi banklar toʻlovlar boʻyicha oʻrtada turadi. Bu tizim qanday ishlab chiqiladi, uy-joy narxlariga ta’sir qiladimi-yoʻqmi, qoʻshimcha noqulayliklar keltirib chiqarmaydimi - bular ham oʻylab koʻrilgan, deb umid qilamiz. Eng muhimi, bu qadam ham tashlandi.

@subyektivuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ertalabdan xavotirli xabar keldi

“Orol qaytadi, agar…” hujjatli filmimiz bosh qahramoni, hammani yigʻlatgan moʻynoqlik Ali ota jonlantirish boʻlimiga tushib qolibdilar. Duoda boʻlib turaylik, iltimos.

Ali otaning koʻz oldida Orol dengizi chekinib, qurib bordi. Uning ta’biri bilan aytganda “Orol odamlarni, odamlar Orolni tashlab qochdi”. Ota dengizning qaytishini kutdi, ishondi, bu orzu armonga aylanishidan qoʻrqib yashadi. 50 yillik sogʻinch barham topib, Orolning bugungi qolgan qismini biz bilan borib koʻrdi.

“Dengizni koʻrdim, endi armonim yoʻq”, - degan edilar. Tezroq tuzalib ketsinlar. Umrlari uzoq boʻlib, Orolning qaytishini ham koʻrsinlar.

@subyektivuz
Ali ota masalasida Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi bilan gaplashdik. Nazoratga olamiz, deyishdi.

Otaxon hozir ham jonlantirish boʻlimidalar. Hayotga qaytishlaridan umidvormiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 02:17:16
Back to Top
HTML Embed Code: