Telegram Web Link
Har holda quruq emas.
Oyning eng yaxshi kuni oylik tushadigan kun.
Oyning eng yomon kuni oylik tugagan kun.
Kuz ob-havoga umuman ishonib bo‘lmaydigan fasl. Ertalab qalin kiyimda chiqasan va kun bo‘yi isib ketasan. Yoki aksincha.
Hozirgina Saidpo‘lat do‘stim telegramda yangi akkunt ochdi va glavnisiga "Hayot sohta dostlarga tula" degan yozuvli rasm qo‘yib qo‘ydi. Lekin gapi to‘g‘ri, mening hech qachon Saidpo‘lat degan do‘stim bo‘lmagan.
Iltimos ustimdagi paltoni kimdir olsin
Taksi yaxshi, lekin kechki vaqtda deyarli bo‘sh avtobusda ketish baribir boshqacha
O‘zim haqimda kichkina bir sirni aytaman. Oppoq narsa kiygan kunim albatta ustimga nimadir to‘kilib ketadi.
Sizningcha ertangi saylov natijasiga ko‘ra kim g‘olib bo‘ladi?
Anonymous Poll
80%
Tramp tog‘a
20%
Xarris opa
Anchadan beri zakovat quizga kelmayotgan edin. Bugun iltimosga ko‘ra boshqa tasodifiy yangi jamoada o‘ynab ko‘rdim. Qiziq bo‘ldi.
Bugun juda sovuq
Noyabr oyi boshida ikta narsani juda orziqib kutdim. Oyligim va 17-avtobus. Afsus ikkalasi ham o‘tib ketdi.
Baxt tushunchasi juda nisbiy tushuncha. Masalan ijarada turganingda shaxsiy uyi borlarga havas qilasan. Kasal bo‘lsang sog‘lom yurganlarga. Demak hamma narsadan baxt yasasa bo‘ladi. Xuddi shunday baxtsizlik ham.
Bu ko‘chalarda yillarim o‘tgan.
Metroda eskolatordan tushayotganda yurmasdan bemalol tushadiganlar faqat o‘ng tarafda tursa shoshayotganlarga yo‘l ochilardi ham tirbandlik kamayardi. Aytgancha men Yaponiya yoki Yevropaning qaysidir davlatida emasman-ku)
Uy olish uchun kredit foizlari va ularning to‘lovlari bilan qiziqib ko‘rdim. Imkoniyatlarim faqat qiziqib ko‘rishga yetarkan.
Bugun 5 para dars o‘tdim.
Charchoqlarni chiqarish uchun quizga borayapman. Foyda beradimi yo‘qmi ko‘ramiz.
Har safar metro yoki avtobusga minganimda Patrik Zyuskindning "Parfyumer" asari esimga tushadi. Hidlar shunchalik turfa xilki Jan-Batist Grenuy ham ojiz qolardi.
2024/11/14 02:46:35
Back to Top
HTML Embed Code: