Telegram Web Link
Instagramga kirsam nuqul 15-16 yoshgacha hayotdan adashib, 17 yoshida o‘z biznesini boshlab, 19 yoshida mashina, 21 yoshida uy olib hozirda mazza qilib yashayotganlarning o‘zi haqida olgan videolari relslarimda chiqib kelayapti. Men bo‘lsa 25 yoshimda ularga layk bosib o‘tiribman.

👉@Shunchaki_haqiqat
Aytgancha ora-orada, dastlab oliy ta'limda o‘qib keyin adashganini his qilgan va target, SMM, mobilografiya, kopirayterlik yoki zapusk sohasida 5 yillik tajribasi orqali kurs sotayotganlar ham chiqib turadi.

👉@Shunchaki_haqiqat
Qiziq savol bor nega yuqoridagi kabi kurs sotuvchilar qilgan ishlarini ko‘rsatish o‘rniga kamerasi xira telefonda olingan eski rasmi bilan sifatli kamerada tiniqroq olingan rasmini solishtirish yoki ijaraga olgan biror qimmatroq mashinani ko‘z-ko‘z qilish, juda bo‘lmasa boring ana birorta tur paket sotib olib, o‘sha yerda olgan videolarini qo‘yish orqali o‘zlarini qanchalik tajribali ekanligini isbotlashga urinishadi?
Masalan menga kurs sotib o‘zi qanday o‘zgargani emas, balki uni sotib olgan megamiyalarimizning qilgan natijalari qiziqroq. Sizgachi?)
Umuman olganda kurs sotib olishda nimalarga e'tibor berish kerak. Aldanib qolmaslik uchun nimalar qilish lozim. Kurslarning soxtasini oldindan qanday bilish mumkin? Bular sizga qiziqmi? Men shu haqida kichik bir videodan iborat kurs tayyorladim. Narxi qimmat emas atigi 99$. Kimga kerak bo‘lsa izohlarda "Aldanmayman" jumlasini yozib qoldiring. O‘zim aloqaga chiqaman.
"Men loxman" jumlasini yozib yuborsanglar ham bo‘ladi.
Blin, shunaqangi charchadim hatto uxlashga erinayapman.
Tanishlarimga 5 yil oldingi rasmimni ko‘rsatsam, menligimga ishonishmayapti. Atigi 20 kg farq bor xolos.
"Better Call Saul" serialini ko‘rishni boshladim. Chunki qanaqadir krugda shu serialni muhokama qilishsa, men ham o‘zimni ko‘rgandek tutishdan charchadim. Har safar zo‘r serial, ko‘rganman deganimda vijdonim qiynalayapti.
Ko‘rgan kinolarimni ko‘rmaganman desam ham bu vijdon qiynalayveradi. Nima qilish kerak hayronman.
Hammaning qiyin vaziyatga tushganda qo‘ng‘iroq qiladigan Sol Gudmani bor.
Fursatdan foydalanib barcha o‘qituvchilar, murabbiylar va ustozlarni kelayotgan bayram bilan chin qalbdan tabriklayman. Sizlarning mashaqqatli mehnatlariz qanchalik og‘irligini ich-ichimdan his qilaman. Albatta, O‘zbekiston kutayotgan BUYUK KELAJAKDA sizlarning ham katta ulushlaringiz bo‘ladi. Doimo sizdan o‘rganayotganlarga to‘g‘ri tarbiya, mustahkam bilim berishlaringizni tilab qolaman va bu yo‘lda sizlarga metin iroda, kuchli sabr hamda omad tilayman. Yana bir bor bayram muborak bo‘lsin!
Bayram munosabati bilan donat qilmoqchi bo‘lganlar uchun:
👉 9860350108078709
Bugun to‘yim bor deb oq ko‘ylak kiyib chiqqandim.
Shuncha muammo kamdek endi bu haqidayam bosh qotirishim kerak. Nega bugun twitterga kirdim o‘zi?
Bugun erta uxlayman deb, uxlash oldidan qancha mb qolganini tekshirmoqchi edim.
Nega Toshkentda zig‘ir yog‘i topish muammo ekanligini aytmagansilar.
Aniq nimanidir o‘zgartirish kerak.
Oldinlari loyqa ariqqa boshimiz bilan sho‘ng‘irdik. Hozir ham deyarli shu holat. Faqat ariqlar ishga o‘zgardi xolos.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tig‘iz vaqtlarda har 1,5 daqiqada metro keladi deyishgandi) Aytgancha har na vaqtni qaytadan boshlagani ko‘ngilga taskin berib turadi.
Bitta kichkinagina bannerchani mustahkam qurol.........
2024/11/14 15:29:08
Back to Top
HTML Embed Code: