Telegram Web Link
Gabriel Garsiya Markes va uning rafiqasi Mersedes. Kolumbiya, 1967-yil

"Yolg‘izlikning yuz yili" romanini yozishga Markesga 18 oy vaqt ketadi. Biroq asarini yakunlash va ochlikdan o‘lmaslik uchun, yozuvchi muzlatkichini sotishga hamda xotinining soch quritgichi va mikserini garovga qo‘yishga majbur bo‘ladi. Mersedes oʻz eriga oxirigacha ishonadi va buning evaziga Markes dunyoga mashhur yozuvchilardan biriga aylanadi.

@panda_books
Shunaqa gaplar.

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Uolter Ayzekson – “Elon Mask”

Zamonamizning eng zoʻr avtobiografiyanavislari ichra “qirol” hisoblangan Ayzeksondan yana bir ijod namunasi - texnomagnat, milliarder, geniy, playboy Elon Mask haqida…

Men oʻzi Eshli Vens kitobi orqaliyam u haqida koʻp narsa oʻqigandim. Shundanmi Ayzekson ham uning asosan soʻnggi ishlariga koʻproq e’tibor qaratgan. Masalan, Twitterning sotib olinishi tafsilotlari batafsil berilgan boʻlsa, Tesla va SpaceX boshqaruvi toʻgʻrisidayam ancha narsa mavjud. Shuningdek, uning siyosiy va ijtimoiy muammolarga qarashi haqidayam bilib olishimiz mumkin.

Elon Mask - kapitalist, texnomagnat. Har narsadan soqqa koʻzlaydi. Lekin shu bilan birga u ajoyib xayolparast hamdir. Misol, bolaligida “Galaktika boʻylab avtostop” kitobi unga shunchalik yoqqanki, uning koʻnglida Marsga sayohat fikri uygʻongan. Yoki butun dunyoni internet bilan ta’minlash, robottaksilar, inson miyasiga chip qoʻyish orqali uni sogʻaytirish, sun’iy intellekt va hokazo… Mask bir vaqtning shunchalik koʻp kompaniyani boshqaradiki, bu orada qanday 10 ta bolali boʻlisjga ulgurganiga odam hayron:)

Uni men daho deb bilaman. Hurmatim baland. Lekin shu bilan birga uning salbiy jihatlati ham kam emas. Masalan, unda insonlar oʻrtasida boʻladigan ruhiy emotsiyalar yaxshi shakllanmagan, hissiz, ya’ni dardingizga sherik boʻla oladigan odam emasligi aniq. Yana ishda oʻta talabchan, nereal muddatlar qoʻyadigan, suvingizni siqib ishlatishga tayyor zolim rahbar ham. Ustiga-ustak dramalar uyushtirishni sevadigan jizzakiroq inson. Egoist.

Lekin men nima uchun bu shaxsga qiziqamanki, u hozirgi davrda Insoniyatning olis kelajakda oʻzini saqlab qolishi haqida qaygʻurayotgan oʻta kam sonli Donishmandlardan biridir. Yana u 70-yillarda rivojlanib, keyin orqaga ketgan kosmik sanoatni yana oyoqqa turgʻizgan, insonlarda yana koinotga qiziqish uygʻota olgan Ilhomlantiruvchi hamdir.

Mask qilayotgan ishlar koʻlami keng, lekin kitobni nafaqat unga qiziquvchilar, balki yosh rahbarlar ham oʻqishini maslahat beraman. Mask oʻlik jonlarni turgʻizib, yangi bir sohada rahbarlik qobiliyatlarini yaratishga usta kishi. Foydasi tegishiga aminman.

Kitob hozircha oʻzbek tilida mavjud emas.

@panda_books
#tavsiya

Yurisprudensiya janrida yaxshi kitoblar

Bugun adolatli sudlov, umuman, sud huquq tizimiga oid badiiy va reallikka asoslangan kitoblarni tavsiya qilaman.

1. Nabijon Boqiy - “Qatlnoma“ Hujjatli qissani yozish jarayonida muallif oʻsha davrdagi Oʻzbek Nozirlar Kengashi huzuridagi Davlat Xavfsizlk qoʻmitasi (KGB)dagi arxiv hujjatlarini hamda uning Matbuot guruhi taqdim etgan bir qancha manbalarni chuqur oʻrganib chiqadi. Ayniqsa, sovet davridagi nohaqliklar va huquqiy tizimning zaifligi, adolatsiz sud jarayonlari haqida so‘z boradi. Qodiriyga va boshqa ziyolilarga nisbatan bo‘lgan qatag‘onlar, ularga tuhmat qilish, soxta ayblovlar qo‘yish orqali ijodiy va erkin fikrlash imkoniyatlaridan mahrum etish holatlari keng yoritiladi.

2. Daniel Kiz "Billi Milliganning sirli tarixi"
AQShda bir nechta o‘g‘irlik va zo‘ravonlikda ayblanган Uilyam Stenli Milligan haqidagi real voqea. Advokatlar uning ruhiy kasalligini isbotlab, oqlashga erishadilar, chunki u dissotsiativ shaxsiyat buzilishidan aziyat chekkan edi. Unda turli jins, ma’lumot darajasi, yosh va millatga mansub naq 24 ta shaxsiyat mavjud edi: ingliz ziyolisi, uch yoshli bola, ortodoksal yahudiy, yugoslaviyalik kommunist va boshqa ko‘plab shaxslar uning ichida yashardi.

3. Shukrullo - “Kafansiz Koʻmilganlar”
Bu avtobiografik asar boʻlib, unda muallif Stalin davrida quloqqa uchragan oʻzbek ziyolilari qatorida sovuq oʻlkalarga badargʻa qilinadi. Unda xalq dushmaniga aylangan insonlarning taqdiri, sudlovdagi nohaqliklar va qamoqdagi qiynoqlar nihoyatda ta’sirli tasvirlanadi.

3. Xarper Li "Mazaxchini o‘ldirish"
Buyuk depressiya. AQSH janubidagi kichik shaharcha. Otasi oq tanli qizga nisbatan zo‘ravonlikda ayblangan qora tanli yigitni himoya qilayotgan sakkiz yoshli qizning hayoti. Bu irqiy kamsitish, jaholat va insoniy shafqatsizlik muammolariga bag‘ishlangan chuqur ijtimoiy drama, shuningdek, odil sudlovga boshqacha qarashga imkon beruvchi qiziqarli sud trilleri hisoblanadi.

4. Maykl Konnelli "Advokat uchun Linkoln"
Los-Anjeleslik jinoiy ishlar bo‘yicha surbet advokat Mikki Xoller haqidagi hikoya qiluvchi bu asar, uning qonunlarni va odamlar psixologiyasini bilishi, savdolashish qobiliyati muvaffaqiyatga erishishni koʻrsatadi. Shu orada yosh rieltor Rule ishi uning qo‘liga tushib qoladi. Uni fohishani zo‘rlashga uringanlikda ayblashadi. Ayblanuvchi esa oʻzini podstava qilishganligiga ishonmaslik uchun hech qanday sabab yo‘qdek tuyuladi, lekin... Kitob ekranlashtirilgan, Mettyu Makkonaxi Mikki Xoller rolini ajoyib tarzda ijro etgan.

@panda_books
Servant olaymi yoki kitob javoni olaymi deganlar uchun maxsus taklif yaratishibdi:)

@panda_books
Panda Books
2025-yildan nima kutayapsiz? @panda_books
#haqida

Erkinlik

Mana shu videoyimni TikTok oʻchirib tashlabdi, masalan. Qaysidur rasm taqiqda demak. Qiziq.
#haqida

Talabalar kuni

Aziz talabalar! deb rasmiy tarzda boshlavoraymi:) Sizlarni bugungi bayramingiz bilan tabriklayman! Bugun oʻqish haqida nimadurlar aytgim keldi.

Chunki hozir qilishingiz mumkin bo'lgan eng muhim ish - bu o'qishdir.
Imkon qadar ko'proq.
Imkon qadar tezroq.
Imkon qadar yaxshiroq.
Qolgani u qadar ahamiyatli emas.

Bitta narsani aytishim mumkinki, ertaga o'qishni tugatganizdan keyin, o'z ustingizda ishlash uchun vaqt topish oson bo'lmaydi. Har narsaning oʻz vaqti bor deganlaridek. Bir narsa aniqki, uzoq kutilgan imkoniyat seni kutib turmaydi. Bunga tayyor boʻlish lozim.

Aslida hozir ta'lim olayitganizning oʻziyoq katta yutuq. Bu ham barchaga nasib etavermaydi.

Maslahatim, hayotda hech qachon har qanday holatdayam ko'ngilni cho'ktirmang. Hali hammasi oldinda. Lahzadan zavq ola biling. Vaqtdan unumli foydalaning. Kimdur yo nimadur uchun o'qimang. O’zingiz sevgan sohani oʻrganing.

Unutmangki, barchangiz kelajkda albatta oʻz sohangizda eng TOP bo'lasizlar! Bundoq qarasa, hoziram Topsizlar, axir bekorga Panda Booksni o'qimaysizlarku:)

Omad!

@panda_books
Second hand books.

@panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kanalda oʻzi oxirgi paytlar reklamalar qiziqro boʻlayapti a:)?
Gʻalati garov

Xeminguey nafaqat buyuk yozuvchi, balki hayotga oʻzgacha nazar bilan qaraydigan hazilkash inson ham edi. Bir kuni u do‘stlari bilan garov o‘ynab qoladi. U dunyodagi eng qisqa hikoyani yozib, uni o‘qigan har kimni hayajonga solishini aytadi. Do‘stlari bunga ishonmay, garov tikishadi.

Xeminguey bir qog‘oz olib, atigi olti so‘z yozadi:

“Bolalar poyabzali sotiladi: kiyilmagan.”

Bu jumlani o‘qigan do‘stlari sukutga cho‘madi. Hikoya haqiqatdan ham qisqa, lekin unda butun bir hayotning fojiasi yashiringandi. Xeminguey garovni yutadi va bu voqea adabiyot tarixida eng qisqa va ta’sirchan hikoya sifatida qoldi.

Keling, bugun siz ham shunday ta’sirli bir jumla yozishga harakat qilib ko‘ring!

@panda_books
#haqida

Ustoz qadri

Oldingi davrda muallimlarni yetarlicha hukumat qo'llab-quvvatlamasa-da, ammo xalqni orasida obro'si bor edi. Bolalar o‘qituvchisidan shikoyat qilsa, yo o'yinqaroqligi uchun gap eshitib kelib, ota-onasiga aytsa "Ayb o‘zingda o‘qimagansanda!" deyishardi. Ota-ona maktab ishlariga araslashmasdi.

Hozirchi? Bir yoqda ustozlarni o'sha byurokratiya ezsa, endi ayrim jamiyatimiz vakillari ham ulardan qolishmayapti.

Bugun ham maktabda bolamni nega urasan deya bitta ona muallimani kaltablabdi. Kim aybdor, nima bo'lgan bu hech kimga qiziqmas, hamma kuchiga ishonadigan jamiyatda yashayapmiz. Yana o'g'lini qo'liga telefon berib, videoga oldirgan, orada o'quvchi ham oyisiga qo'shilib, ustoziga qo'l ko'targan...

Xullas, xulosam yo'q, o'zingiz tushunib olarsiz.

@panda_books
Bugun, 18-noyabr O'zbekiston bayrog'i kuni!

Ushbu munosabat bilan yaxshi rolik olishibdi.

@panda_books
​​#haqida

Kulgu

Siz bilan bizning bugungi uchrashuvimizdan 2000 yil oldin Rim shoiri Goratsiy juda yaxshi ritorik savolni o‘rtaga tashlagan edi: Kulayotgan odamga haqiqatni aytishiga nima to‘sqinlik qila olardi?

Mening nazarimda, ustimizdan dunyo va taqdirning barcha masxaralashlariga kulgidanda kuchliroq javob yo‘q. Faylasuf Aleksandr Gersen kulgu haqida yozar ekan, u inson odatda kulmaydigan holatlarni sanab o‘tadi. Odam kulmaydi: ibodatxonada, saroyda, front chizig‘ida, departament boshlig‘i oldida, o'lim oldida. Ko‘ryapsizmi, u nima qilyapti? U haqiqatni qo‘riqlash uchun tayinlangan odamlarni sanab o‘tmoqda. Bunday mustahkam, an’anaviy haqiqatni bilasiz. Uni bugungi kunda odatda Vatan, Ona yurt, Xalq so‘zlari bilan almashtiradilar. Bu shunday haqiqatki, u uchun albatta hayot qurbon qilish kerak, yanayam afzali o‘zingizniki emas, balki boshqa birovning hayotini. Agar sen xalq yoki vatanni juda sevadigan bo‘lsang, hatto ko‘proq jonni ham qurbon qilishing mumkin. Kulgi-chi, nima qiladi? Kulgu bu o‘ta jiddiylikka masxaraboz qalpog‘ini kiydiradi. Kulgi hech qachon odamlarni gulxanga jo‘natmaydi. Kulgi dogmalar yaratmaydi.

Men kulguda taqiq va cheklovlar yo‘qligini his qilaman, chunki kulgu bunday to‘siqlarni yaratmaydi. Zo‘ravonlik va zulm hech qachon kulgu tilida so‘zlamaydi. Kulgu bizni qo‘rquvimizdan ozod qiladi, axir, kulayotgan odamga haqiqatni aytishga nima to‘sqinlik qila olardi?

@panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#newbook #yangikitob

Asaxiyda Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Abdurazzoq Gurnaning – “Jannat” romani chop etilibdi.

Unda inglizlar mustamlaka Afrikada aholini o‘z yeridan haydab chiqarayotgan va nemislar qit'a bo'ylab temiryo‘l qurishni rejalashtirayotgan davr hayoti asosida yozilgan.

Romanda voqealar bosh qahramon, 12 yoshida otasining qarzi uchun qullikka berib yuborilgan afrikalik bolakay - Yusufning tilidan hikoya qilinadi.

@panda_books
2024/11/19 20:18:23
Back to Top
HTML Embed Code: