Telegram Web Link
Panda Books
Bugun tanlovning oxirgi kuni. Tanlov gʻoliblari soat 22-00dan keyin e’lon qilinadi.

Tanlov natijalari e’lon qilingunga qadar sovgʻaga qoʻyilgan 5 ta kitobdan birini yutib olishingiz mumkin. Shoshiling:)
#haqida

Originalida nimani o'qish kerak?

Har yili mutolaa qilish mobaynida nimanidur anglab borasan, bu seni o'sishingga yordam beradi. Ba'zi fikrlar noto'g'ri ekanini tushunasan.

Masalan, men bu yil Fyodor Dostoyevskiyni asliyatida o'qishga harakat qilib ko'rmoqchi, "Buyuk Beshlikni" ruschada o'qimoqchi edim. "Telba" va "Jinoyat va Jazo"ni mutolaa qildim ham. Va biroz adashganimni angladim.

"Rus tilini nega o'rgangansan?" desa "Dostoyevskiyni originalida o'qish uchun!" deyilgan narsa ko'proq mif ekan. Nega bunday desangiz, Dostoyevskiy ko'proq g'oyaviy adib, uning fikrlari qanchalik teran bo'lmasin, tarjima qilinganda mag'zini saqlab qolish mumkin.

Yana bir ustunligimiz, bizda Ibrohim aka G'ofurov uni maromiga yetkazib tarjima qilganlar. Men har ikkala tilda o'qiganimda ham deyarli bir xil kuchli hissiyot oldim, shuning uchun Dostoyevskiyni originalida o'qishga ayniqsa biz o'zbeklarda unchalik ham hojat yo'q, albatta, siz adabiyotshunoslikda o'qimasangiz:)

Xulosa shuki, originalida prozaiklarni emas, balki ko'proq shoirlarni o'qigan afzal ekan. Ularni tarjima qilishda ko'p narsa yo'qotilishi mumkin.

@panda_books
Panda Books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diqqat, tanlov g'oliblarini e'lon qilamiz! 🎉

Tanlovda to'fg'risi, men kutganda ko'proq inson ishtirok etishdi. Lekin eng ko'p faol bo'lganlar g'alaba qozonishdi. Demak, 5 ta kitobning 5 ta egalari quyidagilar.

Demak, g'oliblar:
Жангабаев Нодирбек - 191 ta inson taklif qilgan.
Abdualiyev Asilbek - 160
Xurshida - 51
Abdusharifova Ruhshona - 28
Abdusharifova Farangiz - 18


G'oliblarni tabriklayman va barcha qatnashuvchilarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, keyingi safarlarda yana yangicha tartibda tanlov o'tkazishga harakata qilamiz.

G'oliblar iltimos kanal boti @pandapochtabot yozishingiz so'raladi.

Barchaga rahmat!

@panda_books
Under white clouds,
cielo di Pisa.
Out of all this beaty
Something must come.

Ezra Pound

@panda_books
​​#tarjima
Aholimizning 90 foizdan ortig‘i savodxondir. Radio, televideniye, kino va kundalik gazetalar barchaga birdek ochiqdir.

Ammo ommaviy axborot vositalari o‘tmish va hozirgi zamonning sara adabiy va musiqiy asarlari bilan tanishtirish o‘rniga, reklamaga qo‘shimcha ravishda odamlarning ongini eng tuban, voqelikdan yiroq va vahshiyona fantaziyalarga to‘la axlat bilan to‘ldirib yubormoqda. Bu kabi past saviyali narsalar bilan hatto eng oddiy madaniyatli inson ham bo‘sh vaqtini o‘tkazishni xohlamaydi. Ammo katta-kichik odamlarning bu ommaviy buzuqligi sodir bo‘layotgan bir davrda, biz faqatgina ekranlarga "axloqsiz" hech narsa tushmasligini qat’iy nazorat qilishda davom etamiz.

Hukumat tomonidan odamlarni o‘qitadigan, rivojlantiradigan kinofilmlar va radio dasturlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish haqidagi har qanday taklif ham erkinlik va ideallar sababli norozilik va e'tirozlarga sabab bo‘ladi. Biz ish soatlarini yuz yil oldingi vaqtga nisbatan deyarli ikki baravar qisqartirdik. Bugungi kundagi bo‘sh vaqtimiz darajasi haqida ota-bobolarimiz hatto orzu qilishgayam botina olmasdilar, Xo‘sh, natija qanday? Afsuski, biz yaqinda qo‘lga kiritgan bu bo‘sh vaqtimizdan qanday foydalanishni bilmaymiz: uni behuda o‘tkazishga intilamiz va navbatdagi kun tugaganidan quvonchga to‘lamiz.

Erix Fromm

@panda_books
​​Inson o'z chegaralarini yengib o'tishi – bu uning ruhiy o'sishi demakdir. San'at, adabiyot, mifologiya, din, falsafa va asketik fanlar – bularning hammasi insonga o'zining cheklangan chegaralarini yorib o'tib, cheksiz bilim olamiga qadam qo'yishga yordam beruvchi vositalardir. Ostonadan ichkariga, qadamma-qadam yo'lda uchraydigan "ajdaholar"ni mag'lub etib borarkan inson butun Borliqni Yaratganning buyukligini tushunadi. Insonning chegaralari faqatgina uning ezgu orzulari orqali unib-o'sadi, tarqaladi va nihoyat kosmik masshtablarga ega bo'ladi. Bizning tafakkurimiz hattoki ulkan koinotning chegaralangan doirasini kesib o'tib, muqarrar bo'shliqni anglashgacha moddiyatning barcha in'ikoslaridan - barcha belgilardanda ulkanroq bir kuchga egadir.

@panda_books
Aslida sevgining ziddi nafrat emas, befarqlik. Go'zallikning ziddi xunuklik emas, befarqlik. E'tiqodning ziddi dahriylik emas, befarqlikdir. Shuningdek, hayotning ham ziddi o'lim emas, balki hayotga ham, ajalga ham birdek befarqlikdur. Befarqlikdan inson ertaroq o'lib bo'ladi.

— Eli Vizel, Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti laureati.

@panda_books
Hayron qolayotganlar uchun, bu Yandex Partner doirasida reklama. Ya'ni men Yandex bilan shartnoma tuzdim va u orqali reklama olaman, matn va kontent ular tomonidan tanlanadi. 48 soatdan keyin o'chiriladi.

Aslida kanal mavzusiga oid reklamalar berishiga kelishilgan edi. Orada chiqib qolarkan.

Xullas, tirikchilik buyog'i:)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dud intervyusidagi mehmon Armen Zaharyanning odatiy "Kuch nimada?" degan savolga "Kulgida"da deb javob berdi.O'sha joyini kesib olib keldi.

Ayniqsa, monologning oxirgi qismi - Aleksandr Gersen va uning kulgi haqidagi fiklari juda go'zal chiqqan. Ko'p kitob o'qiydigan va rus bukblogeri orasida alohida ajralib turishi bejiz emas. Eshitamiz.

@panda_books
Simone de Bovuar va Jan-Pol Sartr Rimda, 1963-yil

Feminizm g‘oyasining ideologi va mashhur ekzistensializm faylasufi o‘ziga xos munosabatda bo‘lganlar. Sorbonnani tugatishi bilanoq, Sartr Bovuarga "Muhabbat manifesti"ni imzolashni taklif qilgan. Bu manifestga ko‘ra, ular bir-birlariga intellektual sodiqlikni saqlab qolgan holda, boshqa barcha sohalarda erkin va mustaqil bo‘lishga kelishib olganlar.

@panda_books
Biror dono odam yo‘qki, yoshligida aytgan so‘zlari yoki qilgan ishlari haqidagi xotiralari keyinchalik o‘ziga yoqimsiz tuyulmagan va ularni hayotidan o‘chirib tashlashni istamagan bo'lsin.

Ammo u bundan afsuslanishi kerak emas, chunki bularni boshdan kechirmaganida donolikka erishganiga ishonch hosil qila olmasdi. Donishmandlikni tayyor holda qo‘lga kiritib bo‘lmaydi, uni faqat o‘zing kashf etasan - sen uchun hech kim bosib o‘ta olmaydigan, seni hech kim ozod qila olmaydigan yo‘lni bosib o‘tib. Chunki donishmandlik - bu narsalarga o‘zingning nuqtai nazaringdir.

Marsel Prust

@panda_books
#nazm

Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo‘r etding.
Ko‘zimga oyni berkitding,
Yurak, sensan ishqibozim.

Senga tor keldi bu ko‘krak,
Sevinching toshdi qirg‘oqdan.
Tilim charchar, ajab, gohi
Seni tarjima qilmoqdan...

...Itoat et! Agar sendan
Vatan rozi emas bo‘lsa,
Yoril, chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli tamom o‘lsam!..


Bugun sehri bilan yosh qalblarga nur bo‘lib kirgan Usmon Nosirning tug'ilgan kuni.

@panda_books
#haqida

Tarix qiziq.

O‘rta asrlarda Yevropada kitob bosish uskunasi ixtiro qilingach, intellektual qatlamning aksariyati “O-o, ana endi ilmiy revolyutsiya bo‘ladi, Bruno va Kopernik asarlari qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketadi” deb o‘ylaydi. Qayerda! G‘irt uydirmadan iborat “Jodugarlar bolg‘asi” kitobi davrning bestselleriga aylanadi.

@panda_books
#tavsiya

O‘tgan asrning 70–80-yillarida yarim million (!) adadga ega bo‘lgan “Fan va turmush” jurnali hozir uch oyda bir, atigi 600 (?!) nusxada chiqadi. Jurnal sayti ham bamisoli fillar qabristoniga o‘xshaydi: olis 2020-yilda joylashtirilgan “To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha “Poytaxt” radiosidan maslahatlar” bilan sayt ustiga qora tuproq tortilgan.

(statistik ma’lumotlarni qaradim, 1976-1982-yillarda "Fan va Turmush" mamlakat jurnalxonlar jon boshiga to‘g‘ri kelishi jihatidan sobiq Ittifoqda birinchi o‘rinni egallagan – respublikaning har 19 nafar jurnalxoniga bittadan «Fan va turmush» to‘g‘ri kelgan. O‘sha yillarda O‘rta Osiyodagi qo‘shni respublikalardan tashqari uzoq xorijning 26 mamlakatidagi vatandoshlarimiz ham «Fan va turmush» ni muntazam o‘qib turishgan).


Taqqoslash uchun: Amerika Fanlarni rivojlantirish assosiatsiyasi muassisligidagi Science jurnali saytiga bir kunda 1,1 mln foydalanuvchi tashrif buyuradi, materiallari bir oyda 34 mln martadan ko‘proq ko‘riladi....


Daryo nashrida Mediamakonimiz va ilm-fan targ'iboti haqida yaxshi maqola chiqibdi...Tavsiya qilaman.

@panda_books
Sun’iy intellekt men haqimda bilgan bilimlari orqali shunday tasvirladi. Kitob javonim va ish stolimni toʻgʻri topibdi:)

@panda_books
#haqida

Kulgu

Aleksandr Gersen "O‘tmish va o‘ylar" asarida chor Rossiyasidagi muhitni va o‘sha davr odamlari duch kelgan qiyinchiliklarni batafsil tahlil qiladi. U o‘z xotiralari va falsafiy mulohazalarida jamiyat qanday qilib qayg‘uli va umidsiz muhitga botib, quvonch va kulgi qobiliyatini yo‘qotayotganini tasvirlaydi. Gersen ijtimoiy zulm va siyosiy qatag‘onlar sharoitida kulgi yo‘qolib, kamyob hodisaga aylanib qolishini alohida ta’kidlaydi.

Gertsen kulish qobiliyatining yo‘qligini umidsizlik tuyg‘usi va insonni ezib turuvchi tizim bosimi bilan bog‘laydi. U kulgini qarshilik ko‘rsatish shakli va hayotiy quvvatning ifodasi sifatida ko‘radi, bu esa doimiy qo‘rquv va zulm sharoitida yo‘qolib boradi. Bu fikrlar ijtimoiy va siyosiy sharoitlar odamlarning ruhiy holatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, ularni hayotning oddiy quvonchlaridan mahrum etishining falsafiy tushunchasini ochib beradi.

Gersen insonning to‘laqonli hayoti uchun erkinlik va qadr-qimmatning muhimligini ta’kidlash maqsadida bunday tasvirlardan foydalanadi. Bu uning Rossiyadagi ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar zarurligi haqidagi kengroq mulohazalarining bir qismi hisoblanadi.

@panda_books
Oʻgʻlimga Pandani rasmini koʻrsatib tanitdik. Endi koʻrganda nomini aytyapti. Toʻgʻri hozircha birinchi A’ni choʻzibroq “Pada” deyaptiyu, lekin xursandman😁
2024/11/19 23:21:57
Back to Top
HTML Embed Code: