Telegram Web Link
#iqtibos

Ammo 2018-yilda global elitada bu turdagi urushlar o'tmishda qolib ketganiga ishonish uchun yaxshi asoslar bor. Albatta, ba'zi uchinchi dunyo diktatorlari va nodavlat aktorlar hali ham urushlardan foyda ko'rishadi, ammo yirik davlatlar bu mahoratni "yo'qotganga o'xshaydi".

Isroil haqida ham shunday deyish mumkin. Mamlakat oxirgi muvaffaqiyatli urushini 1967-yilda olib bordi. Bundan keyin Isroil ko'p urushlar tufayli emas, balki ulardan qochib gullab-yashnadi. Bosib olingan hududlarning aksariyati mamlakat uchun og'ir iqtisodiy yuk bo'lib chiqdi va unga imkonsizs siyosiy majburiyatlarni yukladi. Eron kabi Isroil ham so‘nggi paytlarda urushda g‘alaba qozonish orqali emas, balki harbiy avantyurlardan voz kechish orqali o‘zining geosiyosiy mavqeini yaxshiladi.

Isroilning eng ashaddiy dushmanlari Iroq, Suriya va Liviyada urush olib borishdi, biroq Isroil sovuqqonlikni saqladi. Netanyaxuning asosiy siyosiy yutug‘i (2018 yil mart oyi holatiga ko‘ra) u mamlakatni Suriyadagi fuqarolar urushiga jalb qilishga yo‘l qo‘ymadi. Agar xohlasa, Isroil Mudofaa kuchlari Damashqni bir hafta ichida egallab olishlari mumkin edi, lekin nimaga kerak? Isroil armiyasi uchun G'azo sektorini qo'lga kiritish va XAMAS rejimini ag'darish yanada oson bo'lardi, biroq Isroil bu qadamni qo'yishni bir necha bor rad etgan.

Harbiy qudrati va tajovuzkor siyosatchilarning qat'iy ritorikasiga qaramay, Isroil urush orqali hech narsaga erishmasligini yaxshi biladi. AQSh, Xitoy, Germaniya, Yaponiya va Eron kabi Isroil ham 21-asrdagi eng muvaffaqiyatli strategiya - bu kutish va boshqalarga sizning manfaatlaringiz uchun kurashishga manipulyatsiya qilish ekanligini biladi.

Harari, "XXI asr uchun 21 ta saboq"

@panda_books
Panda Books
#iqtibos Ammo 2018-yilda global elitada bu turdagi urushlar o'tmishda qolib ketganiga ishonish uchun yaxshi asoslar bor. Albatta, ba'zi uchinchi dunyo diktatorlari va nodavlat aktorlar hali ham urushlardan foyda ko'rishadi, ammo yirik davlatlar bu mahoratni…
Ehh, Harari, Harari, oxirgi fikrlaring borasida oradan 6 yil o'tib qanchalik yanglishding. Netanyaxu siyosiy portretiga to'g'ri baho bera olmading.

Aslida bu ham Yaqin Sharqda uzoq yillik aniq siyosiy prognozlar qilish imkonsizligini bildiradi, xolos.
#newbook #yangikitob

Asaxiy Booksdan yangi premyera yetib keldi.

Robert Grin kitobxonlarimizga ancha tanish yozuvchi hisoblanadi. Uning yangi kitobi – "Mahorat" chinakam professionalga aylanish uchun qanday ko'nikmalar zarurligini tushuntirib beradi. Iste'dodini o'z vaqtida va to'g'ri yo'naltirgan, boyita olganlarda mohirlar safidan joy olish imkoni ko'proq bo'ladi.

Kitobni, albatta, o'qib chiqamiz.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Yillar kesimida abituriyentlar soni (oxirgi 6 yil)

2019-yil
— 1 mln 66 ming 925 nafar;
2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
2021-yil — 948 ming 211 nafar;
2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;

2024-yil — 894 ming 279 nafar🧐🧐

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
She said "Yes!"

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov jiyani Lazat uchun xalqdan uzr so‘rabdi. Gap shundaki, yaqinda Japarovning bo‘lajak kuyovi "Marry me"ni dabdabali tashkillagan, bu uchun xatto Favqulodda vaziyatlar vazirligining vertolyotini ijaraga olgan.

Bu, albatta, jamoatchilik tarafidan katta e'tirozlar sabab bo'ldi. Chunki Sadir Japarov bot-bot ortiqcha dabdababozlikka chek qo'yish haqida gapirib kelardi.

“Mamlakat rahbariyatining yaqinlari boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Men isrofgarchilikni to‘xtatishga harakat qilaman. Hech bo‘lmaganda bo‘lajak kuyov bu haqda o‘ylab, tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi kerak edi", dedi Prezident.

Xullas:

President said "No!".

@panda_books
Baxtli hayotga erishish haqida o'rgatadigan ajoyib bir kitob topib oldim.

Muqaddima:
"Tavakkal qiling, ammo ehtiyotkorlik bilan!
Reja tuzing va baxtga erishing".

Kitobning ilk satri esa shunday boshlanadi:
"Meni ota-onamning samolyoti bor edi..."

Baxtli hayotga erishish formulasini topgandek bo'ldim: Boy oilada tug'ilish kerak...:)

P.s: Aytgancha, bu kitob o'zbek tilidayam chiqqan, kimdir tanigan bo'lsa ajab emas.


@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yig'lamayman, yig'lamayman ne qilsang, qil, ey olchoq dunyo!

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Lumos!

J.K. Rouling
ning "Garri Potter" turkumidagi ilk 3 ta kitob alohida "hadya edition"da chiqibdi. Har qanday Pottermanning qalbidan joy oladigan san'at asari bo'pti.

Juda go'zal, men sizga aytsam:)

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jorj Oruellning "1984" va ushbu dunyodagi ayollar hayoti haqida yozilgan yangi "Juliya:1984" kitoblari haqida.

@panda_books
Bu oy bitta kitob tugatibman, xolos.

@panda_books
Hech qachon insonlarning ahmoqligiga past baho bermang.

Ular siz o'ylagandanda ahmoqonaroq ishlar qilishi mumkin.

@panda_books
Aytgancha, bugungi Yoshlar kuni bayrami bilan barcha yoshlar va "ko'ngli yoshlar"ni tabrikliman!

@panda_books
Yoz oylarida men:
(#)

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayotning achchiq haqiqatlaridan biri shuki, ashaddiy kitobxon odamlar odatda boy-badavlat yashashmaydi. Afsuski.

Mana bu Gruziyadagi eski, qulab tushay deb turgan uy balkonida kitoblarini sotayotgan insonni ko'rib, ichimdan turli hissiyot o'tdi. Gaplari samimiy, ohangi dardli...

"Arslon terisini yopingan pahlavon" esa haqiqatda klassika!

@panda_books
#haqida

Milliy valyuta

Kim hozir shu kupyuralarni eslaydi? 1lik, 3lik, 5lik, 10 so'mlik ham bo'lardi oldin:)

So'm muomalaga chiqqaniga 30 yil bo'libdi. Lekin afsuski, bu kupyuralardan birortasiyam bugungacha yetib kelmadi.

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz iflos vijdon bilan g'olibsiz,
Men sof vijdon bilan mag'lubman. Lekin men kulaman, chunki vijdon rohatda, yurakda ishq!

@panda_books
Telegram'ning o'zbekzabon segmentidagi adabiyot, kitoblar, san'at, ilm-fan va boshqa sohalaridagi eng faol blogerlarning sahifalarini bir joyga saralab to'pladik. Siz bu sahifalardan yangi bilimlar, qiziqarli faktlar va kitob haqida qiziqarli tahlillarni topishingiz mumkin.

Ro'yxatdagi barcha sahifalar bitta havolaga jamlangan. Uni bosib, istaganingizga yoki barcha sahifalarga a'zo bo'lishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqt o'tkazsangiz, bu sahifalar sizning vaqtingizni foydali, mazmunli va samarali o'tishiga yordam beradi.

https://www.tg-me.com/addlist/LNJ9I8bQEeFlYTdi
2024/07/01 16:45:07
Back to Top
HTML Embed Code: