Telegram Web Link
Oramizda tarix, etnografiya va sotsiologiya qiziquvchilar ko'p deb o'ylayman. Sizlar uchun bu sohalarga oid qiziqarli postlar joylab boradigan kanal — "Piramida"ni tavsiya qilmoqchiman.

Bu kanalda siz:

🛋 Tarix
🌐 Siyosat
🗺 Geografiya
🎥 Kino
🎧 Musiqa
🍷Adabiyot
📚 Kitoblar
🎨 Suratlarda aks etgan tarix
📝 Atamalarga


oid ko'plab foydali va manfaatli ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Kanalga a'zo bo'ling👇
https://www.tg-me.com/PiramidaScience
#tavsiya

Zamonaviy xalqaro siyosatga qiziqadiganlar uchun — Anna Arutyunyan va Mark Galeotti tomonidan uzoq kutilgan kitob "Qulash" (Downfall) nashrdan chiqibdi. Unda "Vagner CHVK" rahbari Yevgeniy Prigojin to'liq tarjimai holi keltirilgan. Kitob nomi va muqovadagi Putinning tasviri ko'p narsaga ishora qiladi, albatta:)

Xullas, Rossiyaning siyosiy hayoti haqida ingliz tilida. Qiziqqanlar uchun.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shrift

Har kuni yozishni sevadigan insonlar uchun matndan kelib chiqib tanlangan shriftlar uning mazmunini yaxshi anglatishda muhim omil hisoblanadi.

Tasavvur qiling, mashhur shriftlar inson bo'lganida, ularning look'i qanday bo'lardi? Qaysi shrift yoqdi?

manba
@panda_books
Мир
Гио Пика & MIRAVI
Словно сошла ко мне с ясного неба
Стала оберегом, Альфа Омега
Вышла на гору одна из ковчега
Чернобровая, сама белее снега


@pandas_playlist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Harbiy jinoyatlar tergovchisi va stendap.

Telba-teskari dunyoda yashayapmiz, xullas😢

@panda_books
#iqtibos

"Narkom (Xalq komissari o'sha paytda Timoshenko) menga I.V.Stalinga qo'ng'iroq qilishni buyurdi. Men qo'ng'iroq qilyapman. Telefonga hech kim javob bermaydi. Men uzluksiz qo'ng'iroq qilaverdim. Nihoyat, navbatchi qorovul generalining uyqusiragan ovozini eshitaman. "-Kim gapiryapti?" "-Bosh shtab boshlig'i Jukov. Meni zudlik bilan o'rtoq Stalin bilan bog'lang!" "-Nima? Hozirmi? - xavfsizlik boshlig'i hayratda qoldi. - O'rtoq Stalin uxlab yotibdi" "- Darhol uyg'oting, nemislar shaharlarimizni bombardimon qilmoqda!".


Marshal G.K. Jukovning "Xotiralar"idan

1941-yil 22-iyun soat tonggi 3 da bo'lib o'tgan ushbu voqea keyinchalik butun insoniyat tarixiga o'chmas iz bo'lib kiradigan urushni debochasi edi.

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Manipulyatsiya va SSSRdagi "Panorama effekti" haqida.

@panda_books
Hozir qaysi asar(lar) mutolaasi bilan bandsiz?

@panda_books
#haqida

Zamonaviy terrorizm

IQ darajasi 80dan oshmaydigan va istalgan davlatda yashirinib yotgan bir to'da zombilardan tashkil topgan "Mudroq hujralar" (Спящие ячейки) ma'lum bir vaqtda Darknet tarmog'i orqali harakatga o'tish haqidagi signal oladi. Lekin bu signalni kim yubordi, qayerdan keldi, asosiy buyurtmachi kim, ularni kim yolladi - hech kim bilmaydi, jin urgur bu zanjir nihoyatda uzun va chigal.

Biror bir aniq talab, siyosiy dastur yoki yagona tuzilmaning yo'qligi — zamonaviy terrorizmni qandaydir ma'nosiz, oddiy "qonli hammom"ga aylantirib qo'ydi. Bu yerda endi na buyurtmachini, na uning ko'zlagan maqsadini aniqlashning imkoni bor.

Eng kulgilisi, keyin bir vaqtning o‘zida bir nechta "mas’uliyatli" terroristik tashkilotlar go'yo "Buni biz uyushtirgandik!", "Yo'q-yo'q, bu biz edik!" deya bir-biri bilan teraktni kim amalga oshirgani ustidan tortishisb o'tiradi...(

Xullas, biz bilgan xalqaro munosabatlardagi — mustahkam siyosiy harakatlarga asoslangan, kuchli ichki ierarxiyaga ega va terrordan faqat o'z qat'iy talablari vositasi sifatida foydalanilgan Terrorizm, endilikda shunchaki bir guruh noma'lum kuchlarning “terrorizm” brendi ostidagi "otishma o'yini"ga aylanib ketdi.

@panda_books
#haqida

Ideal imperializm

Shu kunlarda Mo'g'uliston prezidenti yurtimizda mehmon bo'lib turibdi. Bu voqea munosabati bilan bitta post esimga tushib qoldi.

So'nggi yillarda ba'zi bir siyosatchilar negadur o'zlarining qadimgi imperiyalarini tiklashni "qo'msab qolishdi". Keling, tiklasak, yaxshisi Mo'g'ullar imperiyasini qayta tiklaylik:)

Xazil-xazil bilan-u, lekin imperiyaning tarixiy chegaralariga qaytishini shunchaki tasavvur qiling:

Bunda G'arb va Sharq o'zaro birlashadi — qadimda Sariq dengizidan to Adriatika dengiziga qadar nihoyatda ulkan sarhadlar mo'g'ullar qo'l ostida bo'lgan. Ushbu imperiya bo'ylab erkin sayohat qilish mumkin edi. Keng hudud, samarali soliq tizimi, savdo-sotiq, mahalliy hokimiyatlarning saylanishi va Chingizxon ilg'or qonunlari ostida yashash..

Eng asosiysi, har kim xohlaganicha yashaydi, xohlaganicha kiyinadi, xohlagan tilida gapiradi va xohlagan diniga e'tiqod qiladi. Muhimi, o'lpon to'lasangiz bas.

Yashasin Mo'g'ul liberalizmi:)!

@panda_books
#iqtibos

Qadim zamonlardan beri Ossuriyadan Xitoy Sin imperiyasigacha bo'lgan buyuk davlatlar urushlar sabab yaralgan. 1914-yilda mavjud bo'lgan barcha buyuk davlatlar ham muvaffaqiyatli urushlar natijasida o'z maqomiga ega bo'lgan edilar.

Hatto Qo'shma Shtatlar ham nafaqat iqtisodiy tadbirkorlik, balki harbiy harakatlar tufayli ham buyuk davlat maqomiga erishdi. 1846-yilda AQSh qo'shinlari Meksikaga bostirib kirdi va Kaliforniya, Nevada, Yuta, Arizona, Nyu-Meksiko, Kolorado, Kanzas, Vayoming va Oklaxoma shtatlarining bir qismini egallab oldi. Tinchlik shartnomasi orqali esa Texasning anneksiya qilinishini ham muhrladi. Ushbu urushda 13 mingga yaqin amerikalik askarlar halok bo'ldi va mamlakat o'z hududini 2,3 million kvadrat kilometrga oshirdi (bu Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya va Italiyaning umumiy maydonidan ko'proq). Bu ming yillikning kelishuvi edi.

Harari, "XXI asr uchun 21 ta saboq"

@panda_books
#iqtibos

Ammo 2018-yilda global elitada bu turdagi urushlar o'tmishda qolib ketganiga ishonish uchun yaxshi asoslar bor. Albatta, ba'zi uchinchi dunyo diktatorlari va nodavlat aktorlar hali ham urushlardan foyda ko'rishadi, ammo yirik davlatlar bu mahoratni "yo'qotganga o'xshaydi".

Isroil haqida ham shunday deyish mumkin. Mamlakat oxirgi muvaffaqiyatli urushini 1967-yilda olib bordi. Bundan keyin Isroil ko'p urushlar tufayli emas, balki ulardan qochib gullab-yashnadi. Bosib olingan hududlarning aksariyati mamlakat uchun og'ir iqtisodiy yuk bo'lib chiqdi va unga imkonsizs siyosiy majburiyatlarni yukladi. Eron kabi Isroil ham so‘nggi paytlarda urushda g‘alaba qozonish orqali emas, balki harbiy avantyurlardan voz kechish orqali o‘zining geosiyosiy mavqeini yaxshiladi.

Isroilning eng ashaddiy dushmanlari Iroq, Suriya va Liviyada urush olib borishdi, biroq Isroil sovuqqonlikni saqladi. Netanyaxuning asosiy siyosiy yutug‘i (2018 yil mart oyi holatiga ko‘ra) u mamlakatni Suriyadagi fuqarolar urushiga jalb qilishga yo‘l qo‘ymadi. Agar xohlasa, Isroil Mudofaa kuchlari Damashqni bir hafta ichida egallab olishlari mumkin edi, lekin nimaga kerak? Isroil armiyasi uchun G'azo sektorini qo'lga kiritish va XAMAS rejimini ag'darish yanada oson bo'lardi, biroq Isroil bu qadamni qo'yishni bir necha bor rad etgan.

Harbiy qudrati va tajovuzkor siyosatchilarning qat'iy ritorikasiga qaramay, Isroil urush orqali hech narsaga erishmasligini yaxshi biladi. AQSh, Xitoy, Germaniya, Yaponiya va Eron kabi Isroil ham 21-asrdagi eng muvaffaqiyatli strategiya - bu kutish va boshqalarga sizning manfaatlaringiz uchun kurashishga manipulyatsiya qilish ekanligini biladi.

Harari, "XXI asr uchun 21 ta saboq"

@panda_books
Panda Books
#iqtibos Ammo 2018-yilda global elitada bu turdagi urushlar o'tmishda qolib ketganiga ishonish uchun yaxshi asoslar bor. Albatta, ba'zi uchinchi dunyo diktatorlari va nodavlat aktorlar hali ham urushlardan foyda ko'rishadi, ammo yirik davlatlar bu mahoratni…
Ehh, Harari, Harari, oxirgi fikrlaring borasida oradan 6 yil o'tib qanchalik yanglishding. Netanyaxu siyosiy portretiga to'g'ri baho bera olmading.

Aslida bu ham Yaqin Sharqda uzoq yillik aniq siyosiy prognozlar qilish imkonsizligini bildiradi, xolos.
#newbook #yangikitob

Asaxiy Booksdan yangi premyera yetib keldi.

Robert Grin kitobxonlarimizga ancha tanish yozuvchi hisoblanadi. Uning yangi kitobi – "Mahorat" chinakam professionalga aylanish uchun qanday ko'nikmalar zarurligini tushuntirib beradi. Iste'dodini o'z vaqtida va to'g'ri yo'naltirgan, boyita olganlarda mohirlar safidan joy olish imkoni ko'proq bo'ladi.

Kitobni, albatta, o'qib chiqamiz.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Yillar kesimida abituriyentlar soni (oxirgi 6 yil)

2019-yil
— 1 mln 66 ming 925 nafar;
2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
2021-yil — 948 ming 211 nafar;
2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;

2024-yil — 894 ming 279 nafar🧐🧐

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
She said "Yes!"

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov jiyani Lazat uchun xalqdan uzr so‘rabdi. Gap shundaki, yaqinda Japarovning bo‘lajak kuyovi "Marry me"ni dabdabali tashkillagan, bu uchun xatto Favqulodda vaziyatlar vazirligining vertolyotini ijaraga olgan.

Bu, albatta, jamoatchilik tarafidan katta e'tirozlar sabab bo'ldi. Chunki Sadir Japarov bot-bot ortiqcha dabdababozlikka chek qo'yish haqida gapirib kelardi.

“Mamlakat rahbariyatining yaqinlari boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Men isrofgarchilikni to‘xtatishga harakat qilaman. Hech bo‘lmaganda bo‘lajak kuyov bu haqda o‘ylab, tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi kerak edi", dedi Prezident.

Xullas:

President said "No!".

@panda_books
Baxtli hayotga erishish haqida o'rgatadigan ajoyib bir kitob topib oldim.

Muqaddima:
"Tavakkal qiling, ammo ehtiyotkorlik bilan!
Reja tuzing va baxtga erishing".

Kitobning ilk satri esa shunday boshlanadi:
"Meni ota-onamning samolyoti bor edi..."

Baxtli hayotga erishish formulasini topgandek bo'ldim: Boy oilada tug'ilish kerak...:)

P.s: Aytgancha, bu kitob o'zbek tilidayam chiqqan, kimdir tanigan bo'lsa ajab emas.


@panda_books
2024/06/26 18:42:46
Back to Top
HTML Embed Code: