📜 Orangizda Paulo Koeloning "Alkimyogar"ini o'qiganlar bormi? Bugun ushbu asardagi "Maktub"dan ilhomlanib ochilgan yangi kanalga barchangizni taklif qilaman.
Tarixiy ma'lumotlar, ilm-fan sohasidagi eng qiziqarli yangiliklar va adabiyotdan bir shingildan jamlangan kanal. Xullas, aslo zerikmaysiz!
Obuna bo'ling👇
🖋 @makt_ub_uz - Haqiqatni birga kashf etamiz!

Telegram
Maktub
Maktub: Moziy rivoyatlaridan kelajakka qarashlar
@m_kh_1_995
@m_kh_1_995
#tarjima
Kimdir institutni 22 yoshida tugatib, uch yil ish qidirgan.
Kimdir 25 yoshida muvaffaqiyatli rahbarga aylangan-u, lekin 50 yoshida vafot etgan.
Yana kimdir 50 yoshida rahbar bo‘lib, 90 yoshgacha umr ko‘rgan.
Ba’zilar 32 yoshida hamon yolg‘iz, boshqalar esa 26 yoshida oilali. Ba'zilar yosh holiga ajrashishga tayyorlanyapti, ba'zilar kech turmush qurib, tinch-osoyishta umr ko'ryapti.
Makron 39 yoshida prezident bo‘lgandi, Robert Mugabe esa 63 yoshida shu lavozimga erishdi. Shumaher 25 yoshida chempion bo‘lgandi, Nino Farino esa 44 yoshida ilk bor poygalarda g‘alaba qozondi.
Uorren Baffet 56 yoshida, Sukerberg esa 23 yoshida milliarder bo‘lgan. Kayli Jenner 21-bahorida eng yosh ayol milliarderga aylangan. Mashhur irlandiyalik pivopaz Artur Ginnes 56 yoshida 21 nafar farzandli edi, Jorj Kluni esa 55 ga to'lganida birinchi marta otalik baxtiga muyassar bo‘ldi.
Demoqchi bo'lganim, dunyoda har kim o‘z poygasini o‘z yo‘lida, o‘z vaqtida o‘tkazadi. Hayot ko‘p qirrali va murakkab.
Vaqt - bu farqdir.
O‘ylab ko‘rsangiz, dunyodagi hamma narsaning o‘z vaqti bor. Do‘stlaringiz balki sizdan oldindadur, yana kimlardir esa sizdan orqada. Bu tabiiy. Har kimning o‘z vaqti, o‘z yo‘li bor. Kimgadur hasad qilish yoki taqqoslashning hojati yo‘q, ular o‘z zamonida, siz esa o‘z zamoningizdasiz.
Siz kechikayotganingiz yo‘q.
Siz erta ham emassiz.
Siz aynan o‘z vaqtingizda ketyapsiz.
@panda_books

#sarhisob #oktabr
Oy Sarhisobi.
Bu oy tug'ilgan kunim bilan boshlandi. Oy ham mutolaaga boy bo'ldi, ishlarimni ham tartibga solib oldim.
Shuningdek, El yurt Umidi Jamg'armasi Stipendiati bo'ldim. Endi biroz tanaffusdan keyin o'qishlarni davom ettirishga bel bog'layapman.
Xullas, bu oy samarali va omadli o'tdi. Umid qilamanki, barchangizda shunday bo'lgan.
O'qilgan kitoblar:
♻️ Fyodor Dostoyevskiy — "Telba"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️ Byung-Chul Han — "The Burnout Society"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️ Tara Vestover — "Talaba"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️ Xulio Kortasar — "Ishg'ol qilingan uy"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️ Nikolas Nassim Taleb — "Antimo'rtlik: Xaosdan qanday foyda olish mumkin"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Ustozlar kuni
👉 ChatGPT va o'lik shoirlar jamiyati
👉 Albatros
👉 Oʻzbek qachon Nobel oladi?
👉 Jamg'arma Stipendiati
👉 Kitob o'qishga qiziqishim qachon boshlangan?
👉 Chinakam boyliklar
👉 Boshi bilan javob berish
Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?
@panda_books
Instagram | Youtube | Tiktok

#reading
Hozir Uolter Ayzeksonning “Elon Mask” kitobini oʻqiyapman. Unda bitta qiziq joyi bor.
Elon Mask SpaceX raketalarini qurayotganida, injenerlari uni oldiga kelib, bo'lajak raketalarning dvigatellari tannarxi bir necha million dollar bo'lishini aytishadi. U esa nega buncha qimmat ekanini so'raydi. Shunda injenerlar xavfsizlik va boshqa turli faktorlar tufayli bu reglamentda berilgan deya javob berishadi. Mask bu reglamentni kim tuzgan deb so'raydi, Bunga javoban, injenerlar "NASA va harbiylar" deyishadi. Elon esa aniq kim tuzgani, familiyasi va qaysi bilimiga tayanib bunday katta reglament qilinganini surishtirishni buyuradi.
Bir qarashda, Mask qilayotgan ish bema'nidek tuyuladi, Lekin unday emas, chunki Mask shunchaki yaxshi tadbirkor edi. Shu paytgacha davlat qaramog'ida bo'lgan kosmik sanoat faqat zarariga ishlagan va ulkan byurokratik to'siqlar girdobida bo'lib, turli xil reglamentlar va qoidalarga to'la edi. Mask dvigatellar uchun qo'yilgan talablar asnosida ushbu Reglamentdan qancha qismi aslida kerak yo yo'qligini isbotlashni aynan uni tuzganlardan talab qiladi. "Qoida kiritdingmi, uni isbotla!". Yaqinda Xamurappi qonunlari haqida yozgandim, Mask ham mazmunan shuni talab qiladi. Ma'lum bo'ladiki, raketalatrni ancha arzonga va sifati undan kam bo'lmgan holda qursa bo'larkan.
Oxir-oqibat, Elon Mask shunday deydi: "Reglamentlar bu shunchaki tavsiya, biz buza olmaydigan yagona qonun — bu fizika qonunlari xolos". Natijada SpaceX raketalari dunyodagi eng arzon va yengil, shu bilan birga o'ta mustahkam va ishonchli raketalarga aylanishadi. Mask shunchaki bu sohani xususiylashtirmaydi, u sohada nechi yillardan beri eskirib ketgan qoida va tartiblarni soddalashtiradi, yangilaydi va keraksizidan voz kechadi.
Endi kimdur sizga qaysidur davlat monopoliyasi bo'lgan va samarasiz ishlayotgan soha haqida "uni xususiylashtirish, sog'lom raqobat yaratish ham vaziyatni o'zgartira olmaydi" desa, u holda siz unga bemalol Elon Mask va uning SpaceX kompaniyasini misol ketirishingiz mumkin.

#haqida
My MBTI
Izohlarda so'rashdi: sizning Myers–Briggs Type Indicator qanday deb. Men bu nima ekanligini bilmasdim. Qiziqib, gugl qildim. www.16personalities.com saytidan bepul test qildim.
Mana bu mening xulosalarim. Demak, mening shaxsiyatim — Commander (ENTJ-A) ekan. Lider - boshqa nima ham bo'lishi mumkin edi:)
Extravertroq ekanman) Intuitiv, qat'iy va hz. Saytda yana sizning kuchli va zaif tomonlaringizni ko'rsatib berarkan. Pullik xizmatni yoqsangiz, tahlil yanada batafsil bo'larmish. Men unday qilib o'tirmadim.
Lekin baribir bunday testlarga nisbatan skeptik qarashda qolaveraman.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya
O'zga sayyoralikka qaysi kitobni tavsiya qilgan bo'lardingiz?
Armen Zaxaryan Dudga bergan intervyusida o‘zga sayyoraliklarga insoniyatni yaxshi tushunishlari va insoniylikni ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jahon adabiyotining eng sara 10 ta kitobini taklif qilibdi. Bu kitoblar ichida sizga tanishlari bormi?
Xo'sh, agar sizdan shunday ro'yxat so'rashganda, qaysi kitoblarni tavsiya qilardingiz?

#review #taqriz
📗Renee Knight — "Disclaimer"
"G‘azabning kuchingizga qanchalik ko‘p kuch qo‘shishi hayratlanarli..."
Yaqinda shu kitob asosida suratga olingan serial ko'rayotganim haqida yozgandim. Serialning oxiri shunchalik qiziqitirib qo'ydiki, so'nggi qismni kutmasdan kitobni topib o'qib chiqdim.
Britaniyalik adiba Reni Nayt tomonidan yozilgan ushbu kitob ham detektiv, ham drama janrlarini o'z ichiga oladi. Yozuvchiga butun hurmat bilan shuni aytishga majburmanki, kitob "belletristika" yoxud ommaviy adabiyotga taaluqli ekan. Yengil, tez o'qiladi va shunday yengil hazm bo'ladi, odatda bunday asarlar asosidagi filmlar ham yaxshi chiqqani hisobiga sotuvi ham oshadi.
Kitob oilaviy munosabatlar, bola tarbiyasidagi kamchiliklar salbiy oqibati va er-xotin o'rtasida sir bo'lishi qanchalik dahshatli voqealarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida.
Ispaniya plyajlarida ta'til o'tkazayotgan Robert, Ketrin va ularning 5 yashar o'g'li Nikolas. Kutilmaganda Robert xotini va 5 yashar bolasini tashlab Londonga qaytishga majbur bo'ladi. Uch kundan keyin ular ham qaytishadi. Ammo oradan 20 yil o'tib, Robert o'z ishxonasida pochtadan "Ideal begona" nomli kitobcha va xotinining 20 yil oldingi yalang'och va erotik holda tushgan rasmlarini qabul qilib oladi. U rasmdagi xonadan bu voqea 20 yil oldin u ketgan mehmonxonada bo'lganini anglaydi. Kitob esa o'sha vaqtda Nikolasni cho'kib ketishdan qutqarib qolgan holda o'zi halok bo'lgan Jonatan haqida edi. Xuddi shu kitobdan Ketrinning o'zi va yaqinlari ham qabul qilib olishadi. Endi sirlar yuzaga qalqib chiqadigan vaqt keladi.
Albatta, yakunda hammasi umuman bosqacha, haqiqat oshkor bo'ladi, menimcha bu juda kech. Shu bilan birga, final borasida ham muallif bilan tortishgan bo'lardim.
Masalan, Jonatan nega cho'kib ketdi? Axir u sog‘lom, yosh va baquvvat yigit edi-ku. Nega unga hech kim yordam bermadi, qirg‘oqda boshqa odamlar ham bor edi-ku? Ketrin nega yordamga chaqirmadi, Jonatan o'limida vijdoni qiynaladimi?
Nensi (Jonatanning onasi) o‘g‘liga bo‘lgan ko‘r-ko‘rona onalik mehri ham kishini hayratga soladi. O'g'lini haddan ortiq yaxshi ko'rishi natijasida, o'zi bilmagan holda o'z o'g'li hayotini buzib qo'yadi. Bu bizda ham begona bo'lmagan holat. Natijada faqat o'z xayollariga asoslanib yozgan kitobi ortidan aybdor bo‘lmagan insonlar hayotini buzilib ketadi.
Xullas, kitobning aytarli o'ziga tortadigan narsasi yo'q. Agar voqealarga qattiq qiziqb qolgan bo'lsangiz, kitob asosida olingan serialni ko'rib qo'ysangiz bo'ladi.

Bugun tarjimon, bookbloger va ijodkor Ilhom Salimovning @salimov_blogi tug'ilgan kuni ekan. Happy birthday!
p.s: ushbu munosabat bilan "yopiq davrlar" tugab, kanalda nihoyat izohlar qismi ochilibdi. Nima ham deymiz, welcome to club:)

Forwarded from Panda Books
Hayot va yetti odam haqida hikoya
Bir kuni bir necha odamlar Hayotga shunday savol berishibdi: "Nega meni yashashim bunday?"
Birinchi odam so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Tez-tez kasalman, muvaffaqiyatsizliklar doimo menga hamroh... Xuddi men har xil muammolar uchun magnitman...
Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki sen QASDMA QASDIGA yashaysan. Butun dunyodan xafasan, g'azab va nafrat tuzog'iga tushgansan. Hayotda esa XURSANDCHILIK bilan yashash kerak. O'zinga, atrofingdagilarga, Xudoga. Shunda baxtli bo'lasan.
Ikkinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Kimdir yoki nimadir bilan doimiy kurashdaman... Hammasi noto'g'ri...
Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki sen QARSHI yashaysan. Hammaga va barcha narsaga. Sen xuddi voyaga yetmagan o'smirga o'xshaysan, hali ham isyonkorsan, aslo to'xtay olmayapsan. Shuning uchun senda shunday qarama-qarshi hayot bor. Hayotda MINNATDORCHILIK bilan yashash kerak. O'shanda baxtli bo'lasan.
Uchinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Doimo boshqalarning fikriga qarab ish tutaman, o'zimga ishonmayman...
Hayot unga javob qilibdi:
— Sen boshqalar senga HASAD qilishlari uchun yashaysan. Aslida shunday yashash kerakki, boshqalar sendan ILHOMLANSIN. O'shanda baxtli bo'lasan.
To'rtinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Ayt-chi, nega meni yashashim bunday? Doimo stress va asabiy tarang yuraman...
Hayot unga javob qilibdi:
— Sen kimgadir nimanidir ISBOTLASH uchun yashaysan. Sening hayoting doimiy teoremalardan iborat, ular doimo "isbotlanishi kerak". Lekin bu hech kimga kerak emas. Hech kimga hech narsani isbotlashing shart emas. Sen bunga juda ko'p vaqting va kuchingni sarflaysan: dalillarga, boshingdagi qaynab yotgan fikrlarga. Sen BAXT AKSIOMASIda yashashing kerak. Shunda xalovat topasan.
Beshinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Hayot men uchun to'la ko'ngilsizlik...
Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki sen KO'Z-KO'Z uchun yashaysan. Haqiqiy o'zing qayerda? Asling kabi KO'RIN yoki ko'ringaning kabi BO'L. O'shanda baxtli bo'lasan.
Oltinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Zerikarli, qiziq emas...
Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki Hayot SENi YONINGDAN O'TIB BORYAPTI. Sen undan yashiringansan. Aslida shunday yashash kerakki, Hayot qiziqqanidan to'xtab qolsin, yoningdan o'tib ketmasin va shu yerda qolsin... Shunda baxtli bo'lasan.
Va yettinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Hech nima menga quvonch keltirmaydi...
Va Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki sen O'Z HAYOTING bilan yashamayapsan. Bu quvonchlar seniki emas. O'zingni, tuyg'ularingni, istaklaringni, orzularingni, maqsadlaringni, so'zlaringni, hissiyotlaringni, kitoblaringni, filmlaringni, qo'shiqlaringni, muloqot doirangni top... O'Z HAYOTINGNI TOP! Ana shunda baxtli bo'lasan.

Fransua Rable (1494-1553, Fransiya) - “Gargantyua va Pantagryuel”
Bu asar besh kitobdan iborat va ikki asosiy qahramon — dev Gargantyua va uning o‘g‘li Pantagryuelning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. U hajv orqali o‘quvchilarni ijtimoiy adolat, diniy erkinlik va ta’limning ahamiyatini anglashga undaydi. Rable o‘z asarida o‘sha davrda hukmron bo‘lgan urf-odatlar, soxta diniy qarashlar va ilmiy bilimlarning yetishmasligini tanqid qiladi.
Ushbu asar ko'pgina adabiyot olami vakillari tomonidan jahon adabiyotining eng sara durdonasi hisoblanadi.
Hajman katta bo'lsa-da, sekin-sekin mutolaa qilmoqchiman...

Panda Books
#newbook #yangikitob Yaqin insonimdan ham bayram munosabati bilan kitob hadya oldim😊 Jey Di Vensning "Hillbilly Elegy: A Memoir of a Family and Culture in Crisis", o'zbek tilida "Hillbillining mungli qo'shig'i". Bu odam hozir Trampning vitse-prezidenti…
👆Aytganimdek, endi bu kitob Donald Trampning vitse-prezidentiga aylangan odamning kitobiga aylandi:)
@panda_books
@panda_books
#tavsiya
Migel Anxel Asturias - gvatemalalik yozuvchi va diplomat, 1967-yilda Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori va sehrli realizm yo‘nalishining asoschisi.
Uning eng mashhur asarlaridan biri - "Senyor Prezident" 1933-yilda yozilgan bo'lsa-da, biroq oradan 13 yil o'tibgina nashrdan chiqadi. Unda diktator Kabrera va uning davrida gvatemalaliklarning hayoti hikoya qilinadi. Mamlakatni qamrab olgan qo‘rquv muhiti va shunchaki omon qolish uchun olib borilgan kurash haqida so‘z yuritiladi.
Asturias biroz unutilgan yozuvchi. Rus tilida ham kitoblari 70-yillarda chop etilgancha, deyarli qayta nashrdan chiqmagan ekan. Afsuski, bizda o'zbekchasi bormi yo'qmi buni bilolmadim. Xullas, bugun shu kitob mutolaasini ham boshladim. Lotin Amerikasi adabiyoti borgan sari menga yoqa boshlayapti.
UPD: O'zbekchasi bor ekan😊 lekin kitob koʻrinishida boʻlmasa kerak.