Telegram Web Link
#tashrif

Oʻzbekistonning eng yirik muzeylardan biri - Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga tashrif buyurdim.

Aynan shu yerda oʻzbek xalqining adabiy merosi yodgorliklari saqlanadi. Muzey fondi mingdan ortiq eksponatlar - kitoblar, haykallar, hujjatlar va filmlardan iborat. Bir necha soatda toʻliq aylanib chiqishigiz mumkin.

Kirish pullik: narxi 10,000 soʻm. Tashrif buyuruvchilar kam. Muzeyning holati ham ancha eskiribdi. Lekin qiziqarli.

Ko'proq rasm va videolar Instagram sahifamizda

@panda_books
Oʻgʻlimga ‘kitob’ deyishni oʻrgataman deb “kitob, kitap” deb oʻrgatgandim.

Endi esa baribir ‘kitob’ deya olmasdan “tapu” deb tokchadan bitta-bitta kitoblarimni olib qoʻlimga berayapti.

@panda_books
#haqida

Boshi bilan javob berish

Bundan taxminan 3800 yil avval yaratilgan Xammurappi qonunlari shunday deyiladi:

"Agar quruvchi biror kishiga uy qurib, ishini puxta bajarmagani sababli, qurilgan uy qulab tushib, uy egasining o‘limiga sabab bo‘lsa, quruvchining jazosi o'lim. Agar qulash oqibatida uy egasining o‘g‘li halok bo'lgan bo‘lsa, unda quruvchining o‘g‘li qatl qilinadi. Agar u uy egasining qulini o‘ldirgan bo‘lsa, quruvchi uy egasiga qul o‘rniga qul berishi shart".

Ko‘rinib turibdiki, 3800 yil avval odamlar bugungi kungagida ko‘ra donishmandaroq bo‘lishgan.

Ushbu qat'iy qonunlarning mazmuni shundaki, aslida quruvchi xavfsizlik bo‘yicha har qanday nazoratchilar-u, qurilish inspeksiyalaridan ko‘ra yuz barobar yaxshiroq biladi, bu uy yoki uning poydevori qanday materiallardan qurilganini. Agar u o'z boshini tikib, uy qursa hech qachon sifatsiz va xaltura ish bajarmaydi.

Bu barcha zamonlar uchun riskni boshqarishning eng yaxshi qoidasi, chunki yomon poydevorga qurilgan bino bir kunmas bir kun aniq qulab tushadi. Xammurapi va uning maslahatchilari kichik ehtimolliklar haqida chuqur bilimga ega bo'lishgan.

Ko'pchilik Xamurappi qonunlarini shafqatsiz deb biladi, bu biroz noto'g'ri. Vayron bo‘lgan uylar uchun jazo belgilash orqali birovga zarar yetkazishdan qochishga undash ko'zlangan.

Formula oddiy: Istalgan sohada qaror qabul qiluvchi har bir shaxs, agar uning fikri yoki amaliyoti noto‘g‘ri bo‘lib chiqsa, yetkaziladigan zararni baham ko‘rish uchun "o‘z boshi bilan javob berishi" kerak. Bundan tashqari, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy muhim masalalar yuzasidan prognoz yoki tahlil o‘tkazadigan kishilar ham, agar ularning farazlari xato bo‘lsa, albatta biror narsani yo‘qotishlari shart.

@panda_books
#newbook #yangikitob

“Kirka”ni boshlaymizmi?

@panda_books
Lolazorni ko'rdim.
Usmon Azimdek zamonamizdagi eng yaxshi shoirlardan biri, katta ijodiy meros qoldirgan inson bilan adabiyotimiz, uning o'tmishi, buguni va kelajagi to'g'risida shunchalik ko'p gaplashish mumkin edi. Mazza qilib tinglagan bo'lardim.

Ammo 4 ta bloger undan faqat Karimov qanaqa edi, u odam qanaqa edi deya faqat siyosiy savollardan nariga o'tishmadi🤦🏼‍♂️ Ha, Murod Muhammad Do'st bilan o'xshagan narsa bundayam o'xshaydi degan bo'lishsa kerak.

Afsus.. hammaga siyosat, hayp qiziq..

@panda_books
#newbook #yangikitob

Shams Tabriziy – “Ishqning 41 qoidasi”
Book.uzdan ajoyib sovgʻa. Tabriziy
fors shoiri, tasavvuf olimi va buyuk mutafakkir hisoblanadi. U ko‘pincha buyuk shoir va mutasavvuf Jaloliddin Rumiy bilan bog‘lanadi, chunki uning hayotiga va ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Tabriziy oʻqishga yaxshi imkon.

Pol Oster – “Nyu-York trilogiyasi”
Zabarjad Medianing bu oygi katta premyeralaridan yana birini xarid qildim. Adashmasam, Oster haligacha bizning adabiy olamimizga tarjimalar orqali tanish emasdi. Ochigʻi, uni mutolaa qilishga oshiqyapman.

@panda_books
Brat xafa boʻptilar tanqiddan. Mayli nima deymiz.
#tavsiya

Ijtimoiy tarmoqda 350 dan ortiq kitob o‘qigan kitob blogeri fikriga ko‘ra eng qiziqarli romanlar roʻyxatini tuzibdi.

1. Ayn Rend. "Atlas yelkasini rostladi"

2. Margaret Mitchell. "Shamollarda qolgan hislarim"

3. Richard Bax. "Xayollar"

4. Jon Streleki. "Dunyoning chekkasidagi qahvaxona"

5. Gi de Mopassan. "Hayot"

6. Erix Mariya Remark. "Qarzga olingan umr”

7. Fredrik Bakman. "Britt-Mari shu yerda bo‘lgan"

8. Fredrik Bakman. "Uvening ikkinchi hayoti"

9. Itaf Ram. "Ayol erkak emas"

10. Erix Mariya Remark. "G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q"

11. Erix Mariya Remark. "Hayot uchquni"

Siz qaysini oʻqigansiz?

@panda_books
#reading

Boya “Kirka”ni oʻqishni boshlagandim. Kitob Qadimgi yunon mifologiyasi haqida ekan. Aniqrog’i ma’budlar (Helios, Zevs) toʻgʻrisida. Yomonmas.

30 betcha oʻqigach, ochig'i ozgina charchadim va biroz chalgʻish uchun Netflixga kirdim. Oldimdan bir qator seriallar tavsiyasi chiqdi. Ular orasidan “Kaos” degani menga qiziqroq tuyuldi. Tomosha qilishni boshladim. Va bilasizmi, serial nima haqida ekan?!

Ha, ha, qadimgi yunon mifologiyasi toʻgʻrisida:) jin ursin😅

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Xulio Kortasar
"Ishg'ol qilingan uy"

"Agar ko'ngil qo'yishga arzigulik nimadur bo'lsa, o'sha nimadur yolg'izlikda yaratilgan va zulmat bilan kurashib, tortib olingan"

Bu Kortasar ijodi bilan ilk tanishuv bo'lsa-da, uni o'qirkanman xuddi anchadan beri taniydigandek his qildim o'zimni. Kortasarda men ko'pdan beri izlaganim - tasavvur erkinligini topgandek bo'ldim.

Ushbu kitob yozuvchining sara hikoyalaridan tashkil topgan bo'lib, kitobga nom bo'lgan va shu bilan birga ilk hikoyasi hisoblanmish "Ishg'ol qilingan uy" odatiy hikoyalardan farq qiladi. Unda reallik va fantaziya unsurlari o'ta go'zal qorishib ketgan. Syujetga ko'ra, ota-onasidan qolgan uyda yashaydigan, yoshlar 40ga borib qolgan aka-singil hayhotdek xonadonda bir o'zlari yashashadi. Ammo kutilmaganda uy noma'lum kuchlar tomonidan birin-ketin zabt etila boshlanadi. Ularning shakli yoki boshqa tarifi keltirilmaydi, faqat ozgina shovqin. Hikoya so'nggida aka-singil nihoyat uyni tark etishga majbur bo'lishadi. Ko'pchilik buni har xil tushunar ekan. Ba'zilar buni o'sha davr Argentinasidagi siyosiy rejim desa, kimdurlar buni yolg'izlik deb ta'riflashadi. Meni o'zimga esa ko'proq ikkinchi variant ma'qul, rosti yolg'izlikning insonga beradigan qo'rquvini o'ta ta'sirli ta'riflagan deb o'ylayman.

Shuningdek, boshqa hikoyalar ham o'ziga xosligi bilan ajralib turadi, Masalan, o'zimga ko'proq "Aksolotl", "Janubiy shosse", O'tayotgan bog'lar", "Hissasiz qissa"lari o'zgacha manzur bo'ldi. Ularning har birida hayotiydek tuyulgan voqealar kutilmaganda shunday burilishga uchraydiki, siz har qancha o'ylab ham voqealarning bunday tus olishini oldindan ayta olmasligingiz aniq. Bekorga Kortasarni xayollar va tasavvurlar o'yinchisi deb atashmas ekan.

Lekin baribir uning ijodiy uslubi hayoti bilan chambarchas bog'liqdir. Misol uchun, adib Argentinadagi siyosiy rejim sabab Yevropaga jo'nab ketishga majbur bo'ladi. O'zi aynan shunday insonni nochor holatlarga solib qo'yadigan haqsizliklar yozuvchi rivojida asosiy omil deya ta'kidlaydi.

O'zi bu haqida: "Men yozuvchini nafrat dunyoga keltiradi deb o'ylayman. Har qanday nafrat emas, milliy ozodlik, shaxs hurligi, inson sha'ni uchun paydo bo'lgan nafrat ijodkorni tarbiyalaydi. Yozuvchining adolatsizlik va qullikka bosh egishga haqqi yo'q. Agar u bosh egsa, bu iste'dodning tanazzulidan darak beradi. Adabiyot — haqsizlikka va qullikka qarshi isyon degani..."

Xullas, Kortasarni o'qing, ishoning, bu shunga arziydi.

@panda_books
#tarjima
Erkaklar ko‘pincha ayollarda eng muhimini ko‘rmaydilar. Ularni chiroyli va jozibador deb hisoblashadi. Maftunkor va xavfli. Bu to‘g‘ri, ammo chuqurroq qarasalar, ularda mitti qizaloqlarni ko‘rishadi. Tashqi go‘zallik - bu sun’iy. Ichida yumshoq va nozik tuyg‘ular. U yerda qizaloq yashaydi. Yillar o‘tsa-da, ularning ichki dunyosi o‘zgarmaydi. Hayot davomida xulq-atvori qattiqlashar, lekin bularning barchasi faqat himoya vositasi, xolos. Buni anglaganingizdan so‘ng, uni o‘zingizga qanday rom etishni tushunasiz. Uni yosh bola kabi zabt etish kerak. Buning siri oddiy. Unga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish. Doimiy e’tibor. Kichik narsalarga ham ahamiyat berish. Masalan: ertalab xayrli kun tilash, u o‘zini qanday his qilayotganini so‘rash, ovqatlangani yoki ochligini bilish, sovuq havoda issiqroq kiyinganmi-yo‘qmi tekshirish, uni tinglash yoki shunchaki quchoqlash. Uning muammolarini hal qila olish qobiliyati. U yonida oʻzini xavfsiz sezadigan insonga aylanish. G‘amxo‘rlik va ishonchlilik tuyg‘usini uyg‘otish. Munosabatlardagi bunday mayda-chuydalar hamma narsani hal qiladi. Ulardan ishonch paydo bo‘ladi. Ayollar buni doimo qadrlaydilar. Mana shu oddiy haqiqat.

Dmitriy Brilov
@panda_books
#newbook #yangikitob

Yaqinda Toshkentda ulugʻ adib Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”ini ingliz tiliga tarjima qilgan tarjimon Mark Riz taqdimot oʻtkazgandi. Ming afsuski, oʻzim ishtirok etolmagandim. Bugun doʻstimiz Shohrux Usmonov @usmonosphere uning salomini bizga ham yetkazibdi. Endi Qodiriyni ingliz tilida ham oʻqishingiz mumkin!

Toʻgʻrsi, kutmagandim. Juda xursand boʻldim. Oʻzbek madaniyatini dunyoga yoyishda nihoyatda muhim qadam deb hisoblayman bu ishlarni. Doʻstlarimizga boshlagan ishlarida omadlar tilab qolaman!

@panda_books
2024/11/20 11:44:30
Back to Top
HTML Embed Code: