Telegram Web Link
Izoh sizdan:)

@panda_books
​​#reading

Tasavvur qiling: g‘ildirak ixtiro qilinganidan (katta ehtimol Mesopotamiya aholisi tomonidan) to g‘ildirakli ajoyib chamadon paydo bo‘lguniga qadar (Bu haqida o'zim ham oldinroq batafsil post yozgandim) naq olti ming yil o‘tgan! Shu vaqt davomida men kabi sayohatchilar milliardlab soatlar mobaynida o‘z buyumlarini qo‘pol bojxona xodimlari yonidan qo'lda o‘tkazishga, yo‘laklarda ko‘tarib yurishga majbur bo‘lishdi.

Eng yomoni, insonni Oyga jo‘natganimizdan o‘ttiz yil o‘tgandan keyin g‘ildirakli chamadonni ixtiro qildik. Shundan kelib chiqadiki, bu o‘ta murakkab kosmik uskunalarning barchasi hayotimga juda oz ta’sir ko‘rsatgan ekan. Aksincha, mushaklardagi sut kislotasi, bel va bilakdagi og‘riq, uzun yo‘lak bo‘sag‘asida o‘zini ojiz his qilish - bular ancha jiddiyroq masala bo‘lib chiqdi. Biz dunyoga ulkan ta’sir ko‘rsatgan, ammo shu bilan birga juda oddiy, kundalik texnologiya haqida gapiryapmiz.

Afsuski, bu texnologiya hozir bizga oddiy bo‘lib tuyulsa-da, g‘ildirakli chamadon paydo bo‘lgunga qadar unday emas edi. Odatda sochlari to‘zg‘igan, yuzlari g‘ijimlangan bu yorqin zehnli odamlarning barchasi Gyodel-Shmedel, Riman faraziyasi, kvarklar-shmarklarni muhokama qilish uchun uzoq mamlakatlardagi konferensiyalarga borar, bunda shunchalik arzimas transport noqulayligini qanday yengish haqida o‘ylab ham ko‘rmay, aeroport terminallaridan chamadonlarini sudrab o‘tardilar. Garchi bu dohiylarning barchasi o‘zlarining taxminan rivojlangan miyalarini bu yaqqol va oddiy muammoga sarflagan bo‘lsalar ham, ular, chamasi, hech qanday yechimga kela olmagandilar.

Aslida, bu kelajakni qanday tasavvur qilishimiz haqidagi hikoya. Biz, insonlarda, tasavvur yetishmaydi – hattoki ertaga muhim narsalar qanday ko‘rinishda bo‘lishini ham bilmaymiz. Tasodif bizni kashfiyotlar bilan qoshiqlab oziqlantiradi, shuning uchun ham bizga mo‘rtlikka qarshi turuvchi kuch — antimo'rtlik zarur.

@panda_books
😏 Sarkazm, jamiyat va kitoblar – barchasi shu yerda! 📚
Bugun sizlarga o'zim kuzatadigan ajoyib bir kanal — "Qoralama"ni tavsiya qilmoqchiman.

O‘zingiz yashayotgan jamiyatni qanday ko‘rasiz? Kitoblar qanday kuch beradi? Bu kanalda sizni keskin fikrlar, nozik hazillar va o‘zgacha nigoh kutmoqda.

Siz ham qo‘shiling, fikrlarimizni birgalikda boyitaylik! 😉
Obuna bo'ling 👉 @matbuotraisi
#reading

O'qiyotgan kitobim — ""Antimo'rtlik: Xaosdan qanday foyda olish mumkin"dan kuchli fikrlar:

Murosaga kelish - yomonlikka yo‘l ochish demakdir. Men rioya qiladigan yagona zamonaviy hikmatli so‘z Jorj Santayanaga tegishli: "Inson axloqiy jihatdan erkin, agar... u dunyo va boshqa odamlar haqida hech qanday kelishuvga bormay, chin yurakdan fikr yuritsa." Bu shunchaki maqsad emas - bu zimmamizga olingan majburiyatdir.

Mening nazarimda, muvaffaqiyatsiz inson ta’rifi quyidagicha: xato qilganda, u vaziyatni tahlil qilmaydi, o‘z xatosidan saboq chiqarmaydi, dovdirab qoladi va yangi narsa o‘rganganidan quvonish o‘rniga o‘ziga biqinib oladi; oldinga intilish o‘rniga xatosini oqlashga urinadi. Bunday kimsalar ko‘pincha o‘zlarini fitna, yomon rahbariyat yoki noqulay ob-havo qurboni deb hisoblaydilar.

Zamonaviy davrning fojiasi shunday: xuddi o‘z farzandiga haddan tashqari g‘amxo‘rlik qiladigan asabiy ota-onalar kabi, bizni himoya qilishga intilayotgan odamlar aslida bizga eng ko‘p zarar yetkazadi.

@panda_books
"Sherning og'ziga boshni tiqish - bu be'manilik. Sher mening boshimni yemasligiga amin bo'lish esa - bu san'at".

"Fabelmanlar" filmidan

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kutubxonadagi romantika😊

Ha, ssenariy sahnalashtirilgan, ammo samimiy va goʻzal chiqibdi.

@panda_books
Aytgancha, agar muallifning o‘zi kitobini yozish jarayonidan zeriksa, o‘quvchi uni o‘qishdan aniq zerikadi.

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Tara Vestover — "Talaba" (Educated)

"Talaba" asari bu mualif Tara Vestoverning memuari hisoblanadi. Asarda u ta’lim olish uchun yengib o‘tgan qiyinchiliklaridan hikoya qiladi. Kitob uning qattiq e’tiqodli mormon oilasi bilan Aydaxoning tog'lik qishloq hududida o‘tkazgan bolalik davrlaridan boshlanadi. Hukumatga ishonchsizlik bilan qaragan ota-onasi unga va aka-ukalariga davlat maktablariga borishlariga to‘sqinlik qiladi, ammo o'z navbatida uyda muntazam ta’lim berishni ham uddalay olishmaydi va bor-yo'q ta'lim faqat diniy kitoblar o'qib berishdan iborat bo'ladi.

Ularning ishonchsizligi tibbiyot tizimiga ham bog'liq edi. Shu sabab ular professional tibbiy yordamdan ham foydalanishmasdi. Tara oxir-oqibat bunday hayotda charchaydi va akalaridan biri kollejga o‘qishga ketgandan so‘ng, Tara ham uning izidan borishga qaror qiladi. Va anglaganingizdek, u ushbu kitob yaratilish darajasigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tadi.

Kitob memuar bo'lsa-da, o'z-o'zidan insonlarning ta'lim olishi kabi o'tkir ijtimoiy masalani ham o'rtaga tashlaydi. SHu sababli, u menda ikki xil taassurot qoldirdi. Mormonlar va shu kabilar hayotida fanatizm kuchli bo'lishi bor gap, shu bilan birga ularda mantiq ham yo'q emas. Masalan, Taraning hayoti menga "Kapitan Fantastik" filmidagi oilani eslatdi. Idealida ota xuddi filmdagidek bo'lishi kerak edi.

O'zi umuman TA'LIM nima? Aniqrog'i, biz bilgan RASMIY ta'lim qanday bo'lishi kerak? Dunyoda yuz minglab bolalar hozirgi kunga qadar normal ta'lim muassasalariga qatnash imkonidan mahrum. Agar inson rasmiy ta'lim olmasa, bu uning aqliy qobiliyatlarini ro'yobga chiqara olmasligini anglatadimi?

Masalan, meni o'zimda STANDART Ta'lim tizimiga nisbatan juda katta skepsis bor. Maktab, litsey va Universitet darajalarimga qaramasdan, kaminayu kamtarin o'zimni bir xil ma'noda self-study student deb hisoblayman. Ya'ni istaysizmi yo'qmi, istalgan rasmiy ta'limda faqat imtihon uchun o'qitiladi. Demakki, kishi imtihondan o'tish uchun yetadigan darajada o'qisa kifoya. Yana shunisi borki, maktabdagi baholar faqat maktabda qoladi, undagi bilimlarning deyarli barchasi sinf xonalaridan tashqariga chiqmaydi. Hayotda siz olgan "2", "4", "5" baholar mutlaqo hech nimani anglatmaydi. Hozir mening faqat "5" baholarga to'la kundaligim qayerda yotibdi, hatto bilmayman. Va ertaga o'g'lim maktabga chiqsa va "2" olib kelsa, uni urushmaslikka, aksincha buni mukofotlashga va'da beraman. Bolasi maktabda "4" baho olgani uni urushadigan moral jihatdan past ota-onalarniku, mutlaqo tushunmay o'tib ketsam kerak.

Ochig'ini aytish lozimki, shaxsiy mutolaam natijasida, hozirga qadar maktabda o'tilgan fanlar: misol, kimyo, biologiya, tarix, adabiyot, iqtisod va hz.lardagi darsliklardan ko'ra ko'proq narsa olganman. Nafaqat shunday, balki darslikda bizni noto'g'ri o'rgatishlari, mujmallik va propaganda borligini ham sezganman. Masalan tarix yoki iqtisodni faqat darslikdan o'qib "Bor bilim shundan iborat" deb o'yladiganlarga achinaman. Ular davlat programmasiga kirmagan qanchalar ko'p ajoyib narsalar borligini bilishganda edi.

"Talaba"ga qaytadigan bo'lsak, o'zbekcha nomi sizni biroz chalg'itishi mumkin. Originalida u "Educated" deb ataladi va bu o'z-o'zidan biroz boshqacha tarjima qilinadi va "Ta'lim olgan" degan ma'noni bildiradi. Vestoverning shunday g'alati muhitdan chiqib, o'qish va ta'lim olish uchun yangi qiyinchiliklarga uchraganiga qaramasdan, ularni yengib o‘tgani ko'pchilikni ilhomlantirshi aniq.

Bu kitob Amerikadek katta imkoniyatlarga ega joyda yashab ham, uning hayot qaynab turgan markaziga qanday yaqinlashishni bilmasdan katta bo‘lishingiz mumkinligi haqida. Demakki, hammasi o'z qo'lingizda.

@panda_books
#reading

"Antimo'rtlik: Xaosdan qanday foyda olish mumkin" kitobidan menga yoqqan bitta qiziq joyi.

Oddiy kurkani tasavvur qiling. Uning xo'jayini, ya'ni qassob kurkani ming kun davomida boqadi deylik. Agar bu faktni tahlilchilarga bersangiz, ular sizga qassobning kurkalarga bo‘lgan muhabbati "statistik aniqlikda ortib borayotgani" haqida xulosa qilishadi. Ya'ni ma'lumotlarga qarasangiz, hammasi joyida. Bu holat toki Shukrona bayramiga bir necha kun qolgunicha davom etadi deylik.

Shunda qassob kurkaga kutilmagan sovg‘a olib keladi 🔪 🦃 shunda kurka o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladi - eng qizig'i bu aynan qassob kurkani sevishi haqidagi ishonch cho‘qqisiga yetgan va kurkaning hayoti shu zayil tinch-osuda kechishi bashorat qilingan bir paytda sodir bo'ladi. Axir, oxirgi ming kunda qassob unga "mehribonlik" qilayotgandi.

Kurka voqeasidan olinadigan asosiy xulosa shuki, falokat yaqinlashayotganini ko‘rsatuvchi dalillarning yo‘qligi, falokatning sodir bo‘lmasligini anglatmaydi. Bu xatoga ayniqsa ziyolilar yo‘l qo‘yishga moyil.

Dunyoning tobora xavfsizroq bo‘lib borayotganiga ishonish - kurkalarcha soddalikdir. Bu xuddi atom bombalari oddiy bombalardan xavfsizroq, chunki ular kamroq portlaydi, deb da’vo qilish kabidir deydi Taleb.

@panda_books
Toshkent kutubxonalarini aylanib rasmga olib, kitoblar bilan fotosessiya qilishni istaydi koʻngil…
#haqida

Qaysi tilda oʻqiysiz?

Kitobxonlik evolyutsiyasi degan atama mavjud boʻlsa, albatta unda tillarning ahamiyati degan omil boʻlar edi. Bizniki kabi jamiyatlarda ayniqsa bilinadi.

Maktabda kichik sinflarda oʻzbek va qoraqalpoq tillarini oʻrganganman. Ammo ikkinchisida adabiy resurs nihoyatda tanqisligi sababidan unda deyarli adabiyot oʻqimaganman.

Katta sinflarda bizning davrgacha fransuz va nemis tillariga ahamiyat katta edi. Bizdan boshlab ilk ingliz tili fanlari qoʻshila boshlandi. Oʻshanda bu tilda ham kitoblar deyarli yoʻq edi. Kunimizga rus tili (sovet adabiyoti) oro kirgan.

Universitetda rus va ingliz tillari 1-oʻringa chiqdi. Shuningdek, 3 yil koreys tili oʻrgandim. Qozoqchani yaxshi tushunadigan boʻldim. Sara ilmiy va badiiy adabiyotlar asnosida rus tiliga ham koʻnikdim. Boshlanishi juda qiyin boʻldi. Bir varaq betni tarjima qilish azob edi. Bilmagan soʻzlarimni lugʻat tutib yozib ketardim. Film va seriallarni ham tushunmasam ham ruschada koʻra boshladim. Vaqt oʻtibgina, buning samarasi bilina boshladi.

Hozir 50% rus, 50% oʻzbekcha oʻqiyman. Inglizchada oʻqishga miyam erinadi, buni toʻgʻrilashim kerak:) Hozir koʻpchilik yana turk tilida oʻqishini bilaman. Bu ham yaxshi.

Orada yana hamma narsadan vaqt orttira olgan paytlarim yangi til ham oʻrganyapman. Italyan tiliga qiziqishim baland shu kunlarda. Ha, shunaqa - robotman:)

Sizchi, qaysi tillarda mutolaa qilasiz?

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv

1989-yil 21-oktabr. O‘zbek tili uchun kurashganlar.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Байрам муборак Bayram muborak! (#)

P.s: o'zgartirildi.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#tavsiya
"Barcha o'xshashliklar tasodif emas
" (2024)

Tasavvur qiling, yangi kitob o'qiyapsiz. Yetarlicha qiziqarli syujet. Ammo bir necha muddatdan keyin kutilmaganda asar voqealarining sizning hayotingiz bilan nihoyatda o'xshashligini seza boshlaysiz. Bu sizni oldiniga hayratga soladi, so'ngra sizning barchadan yashirgan sirlaringiz oshkor bo'la boshlagach bu shunchaki tasodif emas deb o'ylaysiz. Ustiga-ustak, kitobning ilk sahifasida shunday ogohlantirish (disclaimer) bor edi: "Asardagi qahramonlar va barcha o'xshashliklar tasodif emas"...


"Garri Potter-3" rejissori Alfonso Kuarondan debyut serial. Ilk ishidan yil seriali boʻlishga yaqin. Serialda muvaffaqiyatga erishgan teleradio yozuvchisi boʻlgan ayolga pochtadan kitob keladi. Unda yuqorida tasvirlanga holat yuz beradi. Syujet va operatorlik ishi qiziqarli. Birinchi qismdanoq sizni oʻziga rom etishi aniq.

Hozircha 4 ta qism chiqqan. Qolganlari har haftada. Menga manzur boʻldi, tavsiya qilaman.

@boredpandablog
Talabalaram odammi?!

@panda_books
Tinchgina serial ko'rib o'tirasan va birdan unda oldin sira eshitmagan yozuvching haqida eshitib qolasan. Pause'ni bosib, googledan uni kimligini qidirasan. U kelib chiqishi polshalik bo‘lgan ingliz yozuvchisi, dengiz romani ustasi, eng buyuk ingliz romanchilaridan biri bo'lib chiqadi. Va sen asarlarini qachondir o'qib ko'rish uchun ro'yxatingga tirkab qo'yasan-u, serialni ko'rishda davom etasan:)

Yoqimli hissiyot.

@panda_books
#haqida

Sinf partasi

Vestoverni oʻqigandan keyin, maktab tizimidagi miflar haqida koʻp oʻylay boshladim. Ulardan biri “Oldingi partada a’lochilar, orqa partada - ikkichilar oʻtiradi”. Oʻz-oʻzidan oʻqituvchilarimiz “Kim a’lo baholarga oʻqisa, katta boʻlsa yaxshi yashaydi” deyishardi.

Xoʻsh qiziq, bu qanchalik haqiqat? Bilsangiz, “Uch savdoyi” filmida shunaqa shartlashishadiku?! 10 yildan kim qanday marralarga erishishi bobida.

Keling, biz ham shunday ekperiment qilsak. izohlarda maktabda kim qaysi partada oʻtirgani va hozir qanday muvaffaqiyatga erishgani haqida yozishi mumkin. Shuningdek, doim ikkichi boʻlgan sinfdoshlariz hozir qanaqa ahvolda yoki bilagʻonlar qanday darajada?

@panda_books
#youtube_tavsiya

Shoir va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning umrining so'nggi davrlarida AQSHga jo'nab ketmasidan oldin 2016-yil martda Ezediyor to'yxonasida xalqqa osh bergan ekan. Ushbu tarixiy voqea videotasvirga olingan.

Unda shoir bilan vidolashish uchun o'sha davrning kattakonlari, shoirlar, talabalar - xullas, adabiy va siyosiy davraga aloqador ko'pchilik tashrif buyurgan ekan. Qiziq.

Ushbu Youtube kanalda "Vidolashuv" turkumi ostida 6 ta film tasmaga muhrlangan. Ko'rishingiz mumkin.

https://www.youtube.com/watch?v=9Jl2cRnCekw

@panda_books
#GoT

"Muz va Olov Dunyosi" chop etilgani o‘n yilligi sharafiga bag‘ishlangan ushbu tasvirda Soxta Bahor yilida Harrenxolda o‘tkazilgan turnir aks ettirilgan. Unda Reygar Targaryen g‘olib bo‘lib, Lianna Starkni ko‘k atirgullardan yasalgan toj bilan taqdirlagan. Rassom - Rene Aygner.

Muxlislar biladiki, Soxta bahor yilida lord Uolter Uent tomonidan uyushtirilgan turnir Yetti Qirollikning kelajagi uchun falokatli bo‘ladi. Chunki yuqorida ta'kidlanganidek, taxt vorisi shahzoda Reygar Targariyen turnir davomida o‘z rafiqasi Eliya Martellni e’tibordan chetda qoldirib, Lianna Starkni sevgi va go‘zallik malikasi deb e’lon qiladi. Lianna esa bilasiz Robert Barateonning suyuklisi edi. Shahzodaning ushbu xatti-harakati oxir-oqibat Robert Isyoniga sabab bo‘ladi va Targariyenlar taxtdan qulashi bilan tugaydi.

@panda_books
Chinakam boyliklar

Tinch uyqu, pok vijdon, o‘zaro hurmat, hasad yo'qligi, yaxshi ishtaha, baquvvat mushaklar, jismoniy tetiklik, samimiy kulgi, do‘stlar bilan ovqatlanish, sport zallari va konferens-zallar emas, balki jismoniy mehnat (yoki sevimli mashg‘ulot), sog'lom oshqozon hamda orada kutilmagan qarorlar qabul qilib turish.

@panda_books
2024/11/20 05:45:25
Back to Top
HTML Embed Code: