Пятикнижие Достоевского
Bu Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiyning ijodiy cho‘qqisi deb hisoblangan beshta asosiy romanining shartli nomi hisoblanadi. Ushbu asarlar inson tabiati, axloq, din va falsafa kabi murakkab mavzularni yoritadi. Asarlar markazida chuqur azob chekayotgan va hayot ma’nosini izlayotgan qahramonlar turadi. Bu kitoblarning har birini Dostoyevskiy ruhiy tushkunlik va og‘ir kechinmalar davrida yaratilgani uchun ham ularning har birida yozuvchi hayotining bir parchasi qolgan deyish mumkin.
Bular quyidagilar:
"Jinoyat va jazo." (1866)
"Telba" (1869)
"Iblislar" (1872)
"O‘smir" (1875)
"Aka-uka Karamazovlar" (1880)
@panda_books

Ertaga, 10-oktyabr kuni, butun dunyo adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotining yangi sohibi ismini bilib oladi. Nomzodlar ro‘yxati odatdagidek sir saqlanmoqda, biroq bukmekerlar allaqachon garov o‘ynashni boshlab yuborishgan.
Akademiya qarorini oldindan bilish imkonsiz, lekin menimcha, bu yil yevropalik erkakka nasib qilmaydi, chunki o'tgan yil norveg Yun Fosse olgandi. Balki amerikan, balki osiyo adabiyoti vakili bo'lar. Rus adabiyoti bo'lsa ham hayron qolmayman.
Meningtahminim istagimdagi nomzodlar:
Xaruki Murakami. Unga nihoyat shu mukofotni berishsin:)
Yoki Stiven King?! Yoki Kanada adabiyotidan Margaret Etvud?! shu bahona uning "The Handmaid's Tale" o'qib chiqishga o'zimda kuch toparman...
Xullas, men bilmayman kim yutishini. SIzningchachi?
@panda_books
Akademiya qarorini oldindan bilish imkonsiz, lekin menimcha, bu yil yevropalik erkakka nasib qilmaydi, chunki o'tgan yil norveg Yun Fosse olgandi. Balki amerikan, balki osiyo adabiyoti vakili bo'lar. Rus adabiyoti bo'lsa ham hayron qolmayman.
Mening
Xaruki Murakami. Unga nihoyat shu mukofotni berishsin:)
Yoki Stiven King?! Yoki Kanada adabiyotidan Margaret Etvud?! shu bahona uning "The Handmaid's Tale" o'qib chiqishga o'zimda kuch toparman...
Xullas, men bilmayman kim yutishini. SIzningchachi?
@panda_books
Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti topshirilgandan keyin bukblogerlarga beriladigan birinchi savol:)
@panda_books
@panda_books
#haqida
Albatros
Fransuz shoiri Sharl Bodlerning mashhur bir she’ri bor. U ilk bor "Zulmat gullari" (Les Fleurs du Mal) to‘plamida nashr etilgan. Bu she’rida Bodler albatros qushi obrazi orqali insonning jamiyatdagi holati va ijodkorning og‘ir taqdiri haqida fikr yuritadi.
She’r mazmuniga ko'ra, uzoq safarga chiqqa dengizchilar vaqt o'tkazish uchun uchib yurgan hamroh albatroslarni qo'lga olishadi va kemaga olib tushishadi. Okean uzra erkin va kuchli parvoz qiladigan qushlar kemada yurishga moslashishlari qiyin bo'ladi, og'ir qanotlari osilib qoladi, ularni no‘noq qilib ko‘rsatadi. Bodler bu orqali ijodkor yoki shoirning holatini tasvirlaydi: u ruhan erkin va buyuk fikrlarga ega bo‘lishi mumkin, ammo jamiyatda o‘zini begona va noqulay his qiladi.
Buyuk ijodkorning ko'pi hamisha jamiyat tomonidan tushunilmagan, belgilangan me’yorlarga moslasholmagan. Natijada oddiy odamlar ularni telba yoki dovdirga chiqarishgan holatlar juda ko'p uchraydi.
Bu normal. Muhimi ruhni cho'ktirmaslik. Esingizda bo'lsin:
Yuksak parvoz qilish uchun yaratilganlar, yerda yurishga qiynaladilar.

Forwarded from Qisqa satrlar
#reading
Jiddiy kitoblar mutolaasida davom etamiz, doʻstlar… juda koʻp muhokama va tanqidlarga sabab boʻlgan kitob.
@panda_books
Jiddiy kitoblar mutolaasida davom etamiz, doʻstlar… juda koʻp muhokama va tanqidlarga sabab boʻlgan kitob.
@panda_books
#haqida
Oʻzbek qachon Nobel oladi?
Eng avvalo, keng tarqalgan bitta mifni yo'q qilsam: Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti- bu jahon chempionati emas, bu yerda poyga yo'q. Ta'sischilar asosan har doim dunyo e'tiborini yangi ufqlarga qaratishga intiladi. Masalan, Xan Kann Nobel olgan BIRINCHI Janubiy Koreyalik yozuvchi/shoira bo'ldi. Bu bilan o'sib borayotgan koreys adabiyotini rag'batlantirish va xilma-xillik ko'zlangan.
Biz oʻzbeklar ham anchadan buyon bunday natijaga erishishni orzu qilishimiz sir emas. Lekin boshqalar bunga hech qanday uyushmalarsiz, qo'mitalarsiz erishgan boʻlishsa, bizda esa xoh ishoning, xoh ishonmang Nobel qoʻmitasi ham bor. Albatta, uning funksiyalari biroz boshqacha, ammo nimani nazarda tutayotganimni tushundingiz. Biz hamma narsaga davlat turtkisi yoki “yuqoridan” topshiriq olgandan keyin harakat qilishga oʻrganganmiz. Ammo bunday tamoyil odatda har qanday erkin fikrni boʻgʻishi mumkin. Erkin va haqqoniy ijodgina qalbga yaqin boʻladi, dunyo e’tiborini qozonadi.
Bizda adabiy mukofotlar deyarli yoʻq, borlaridan biri ham bizning ishga qanday yondashishimizni koʻrsatib beradi. Masalan, qizlar uchun mukofot - Zulfiyani olaylik. Bugun men ham tashabbus qilib, kimningdir nomiga bag'ishlab adabiy mukofot ta'sis qildim. Nima o'zgaradi. Hech nima. Ya'ni gap Zulfiya nomida emas, gap uning ahamiyatida.
Menga shu mukofot jamiyatda ayollarni ta'lim tizimida, hayotda bir normaga soladigan, nazorat qiladigan richag va shu bilan birga gʻoliblar uchun shaxsiy imtiyozlarga ega boʻlish vositasidek koʻrinadi. Nega bunday deyapman?
Avvalo qizlarni o'ziga jalb qilish uchun juda katta imtiyoz va mukofotlar va'da qilingan. Ammo unda yutadigan qizlar qat'iy shablonlarga bo'ysundirilgan. Siz Zulfiyachi qizlarni ko'rganmisiz? Deyarli barchasi xuddi konveyerdan chiqqandek bir xil. U chiroyli boʻlishi, she'r yozishi va muhimi bir xil fikrlashi lozim. Hatto she'rlar ham mazmunan deyarli bir xil.
Boshqacha fikrlovchi, jamiyatdagi sterotiplarni buzib tashlovchi, chinakam erkinlikka intiluvchi qizlar esa hech qachon Zulfiyadan umid qilmasa ham bo'ladi. Chunki ular tizimdagi ortiqcha qism, ba'zilar fikricha esa hatto buzg'unchi hisoblanadi.
Aytmoqchi bo'lganim shu, bu yerda Zulfiyachilarni ayblashdan yiroqman, ular ham shunchaki boshqachasiga yutib boʻlmasligini bilishadi. Qat’iy kriteriyalar esa erkin ijodni xushlamaydi. Bular mayli, eng alamlisi, mukofotni olganlarning deyarli barchasi keyinchalik adabiyot maydonida koʻrinmaydu, dalshe nimadurlar qilmaydi.
Balki qachondir bizdan ham Nobel oladigan inson chiqar, u jamiyatimizdagi noto'g'ri qarashlarga ochiq tanqid qila olgan, avvalo oʻzini keyin boshqalarni oʻzgartira oladigan shaxs boʻlar.
Qachondir hammasi erkinlik, xilma-xillik va odillikdan boshlanishini tushunib yetishar...

Ulg'ayganimizni yana bir belgisi: endi ota-onalarimiz bizga o‘z muammolarini aytishadi, biz esa o‘zimiznikini yashiramiz...
@panda_books
@panda_books
#tavsiya
Oktabr muhitida o'qishga eng mos kitob izlayotib, shuni topib oldim. Amerikalik yozuvchi Nil Geymanning "Amerika ma'budlari" asari.
Nil Geyman hurmati ikrom bilan negadur menga overestimated yozuvchidek ko'rinadi. Unga odil baho berish uchunam uning eng mashhur kitoblaridan birini o'qib ko'ramiz.

Panda Books
#reading Kitob qilib chop etilmasa-da, qidirib topib o'qiladigan qissalar bo'lgan bizda oldin. Demak, shulardan birini boshlaymiz. @panda_books
3 oy oldin Erkin akaning shu qissasini jurnaldan qidirib topib o'qigandim. Shunday asar nega kitob qilinmaydeb yozgan ekanman.
Va yaxshi yangilik endi tez orada Erkin A'zamning ushbu qissasi nomidagi kitob nashrdan chiqar ekan.
Masonlar shòttami:)
@panda_books
Va yaxshi yangilik endi tez orada Erkin A'zamning ushbu qissasi nomidagi kitob nashrdan chiqar ekan.
@panda_books
#Nobel2024
Daron Ajemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jeyms A. Robinson iqtisodiyot yo‘nalishida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi.

Sizlarga hozir o'tgan yil tahminan shu paytlarda boshlangan voqeani aytib bermoqchiman.
O'shanda hayotimni sarhisob qilarkanman, kunlarimning birin-ketin bir xilda o'tib borayotganligini anglay boshladim. Uy-ish,ish-uy, bola-chaqa...Orada blogerlik qilishim yaxshi, biroq u ham go'yo bir tekisga tushib qolgandek bo'ldi. Xullas, o'zimga chellenjlar qilmay qo'yganimni tushundim. Buni ko'plar comfort zone deydi. Bu esa sizni ortiq o'stirmay qo'yadi.
O'ylab qaradimki, fikrlarim boshida unday emasdi. Diplomatiyani tugatganimda qo'limda IELTS 7.0, yaxshi baholarga to'la diplom, xorij universitetidan olingan offer bor edi... Lekin shu bilan birga, karyera qilish niyatim ham ustunlik qilardi. Bakalavr nazariya, hayot esa amaliyot o'rgatadi. Shu sababli o'qishni davom ettirmadim. Ishga kirdim. Yaxshi ish topdim. Keyin shaxsiy hayotimni tartibga keltira boshladim. Yaxshi inson bilan tanishdim. To'y. Oila boshlig'i. Farzandli bo'ldim. Bular men xohlagan yo'l edi. Ulkan baxt va katta orzularga erishdim. Shu paytagacha qilgan birorta qarorimdan sira afsuslanmayman.
Lekin bo'ladiku, kunlardan bir kuni eski uyingizga borasiz va chordoqning chetidan qachonlardir siz uchun qadrli bo'lgan buyumlaringizni saqlab qo'ygan sandiqchangizni topib olasiz. Nostalji. Yoqimli xotiralar. Men ham sandiqchamdan ilmiy faoliyatimni davom ettirish istagini topib oldim. To'g'ri oradan biroz vaqt o'tdi. Nima bo'pti? Nega hozir emas?
Xullas, o'qishni chet eldai davom ettirishga qaror qildim. Lekin duch kelgan emas, balki nufuzli joyda. Bir paytlar orzu qilgan maskanlarimda. Harakat boshlandi. IELTSga qayta tayyorlandim. Buyog'i hamma biladigan narsalar. Application process. Kutish. Javob keldi. Unconditional offer. From Glasgow, Reading va Swansea University. Lekin kontraktga pul yo'q:)
Shunda yaxshi niyat bilan El-yurt Umidiga hujjat topshirmoqchi bo'ldim. Lekin uniyam ancha kutdim, bu yil topshirganlar biladi. Nihoyat tanlov iyunda ochildi. Keyin bir oydan keyin test, avgustda suhbat. Yana 2 oy javobini kutish. Ozmuncha vaqt o'tmadi.
Bugun esa yomg'irli Toshkent havosida ko'chada edim. Ertalabdan smartfonimda ozgina zaryad qolgan. Birdan qo'ng'iroq bo'ldi. O'rtoqlarim: "Tabriklayman!". Boshida nimaga va negaligini tushunolmadim. Esimdan chiqayozgan narsa edi, rosti. Ammo bu haqiqat bo'lib chiqdi.
Shunday qilib, kamina "El-yurt Umidi" fondining 2024-yilgi "Jamg'arma Stipendiati" bo'lib topilibman. Bugungi xushxabar shu edi. Shuncha voqealar rivoji. Yana bir muhim dovondan o'tibman:) Hali bundan ham muhim dovonlar bizni kutib turibdi...
Bir paytlar do'stlarim va tanishlarim grant yutishganda ularga chin dildan havas qilardim va bir kun o'zim shunday bosqichga chiqishni orzu qilardim. Alloh shu kunlarga ham mana yetkazdi. Ishonch va harakat orqali yetishsa bo'larkan. Xudoga behisob shukr!
Men bugun xursandman😊

#news
"Taxt o‘yinlari" serialidagi Temir Taxt sotildi
Kecha ushbu mashhur serialda foydalanilgan rekvizit Dallasdagi Heritage Auctions kim oshdi savdosida olti daqiqalik qizg‘in savdolardan so‘ng naq $1,49 million dollarga sotildi. U plastikdan tayyorlangan, metall bo‘yoq bilan qoplangan va toshlar bilan bezatilgan.
Bilasiz, ushbu Temir Taxt serialning markaziy elementi hisoblanib, u o'zida hokimiyat va taxt uchun kurashni aks ettiradi.

Kitob o'qishga qiziqishim qachon boshlangan?
Bunga aniq javob berish qiyin, lekin yoshlikdan mutolaaga qiziqishim bo'lganini eslayman. Hovlimiz katta, amakimlar bizga qo'shni edi, kichkinaligimda ularni uyida jurnallar ko'p bo'lardi, o'qishni bilmasam ham rasmlarga termulib o'tirishni yaxshi ko'rardim. Oyim va buvim uyda bo'lgani uchun bog'chaga chiqmaganman, shu sababli uyda vaqtim ko'p bo'lar, o'yinlardan zerikkanda, yoki sovuq qish kunlari zerikkandan ham kitoblarga sho'ng'ib ketardim.
Hozir eslayman, allaqachon maktabga chiqqan paytlarim qo'limga eski, qalin bir kitob tushib qolgandi. Otamdan qolgan kitoblar. Uydagilar mehmonga boradigan bo'lishdi, men esa uyda qolib kun bo'yi ayvonchada yotib o'sha kitobni o'qiganman. Kechasi fonar yoki lampa yoqib, chiroq o'chganda sham yorug'ida kitoblar o'qirdim. Tanlash imkonim katta bo'lmagani uchun qo'limga nima ilinsa o'qib ketaverardim.
O'qish chanqoqig'a qonmasdi mening miyam.
Maktab payti do'stim bilan kutubxonada o'tirib o'qishni yaxshi ko'rardik, keyin abituriyentlikka yetib kelgach, ko'proq ilmiy va testda tushadigan narsalarni o'qishga odatlandim. Albatta, ko'p va to'g'ri o'qimaslik ko'zlarimda o'z izini qoldirgan, mana yosh holimga ko'zoynak taqaman:)
Maktabda uydagilar telefon olib berishmagan. U paytlar Motorola, Nokia urfda edi, hozirgi kitobxonlar ular haqida eshitmagandur hatto. O'zim ham telefonga qiziqmaganman. Litseyda o'qiyotganimda oddiygina Samsung tutardim. Mana hozir eng yaxshi Iphone qo'limda. Lekin baribir o'sha telefonsiz davrlarim boshqacha edi.
Oddiy botanik bola bo'lganman ekan hozir o'ylab qarasam. Turli intellektual o'yinlarga qiziqadigan, kitob qurti bo'lgan bolakay.
Baribir kitobga mehr yoshlikdan qo'yilsa yaxshi. Kitob beradigan emotsiyalarni boshqa narsalardan, hatto filmda ham olib bo'lmaydi. Bu hissiyot juda boshqacha. Yoqimli va samimiy.
Bu o'zingiz bilan yolg'iz qolishning kamdan-kam ajoyib imkonidir.
Kitob o'qing, do'stlar, kitob o'qing!