Panda Books
#news "Taxtlar o‘yini" serialida Hodor rolini mahorat ila ijro etgan aktyor Kristian Nern shuhratiga shuhrat qo'shishni istabdi - yaqinda uning serial suratga olish jarayonidagi turli xotiralarini o‘z ichiga olgan kitobi — "Beyond the Throne" memuari chop…
Buni eshitgan Jorj Martin Hodorga qarab:
— "Menga qara, men kitobimni yozishda o‘n ikki yil kechikayotgan bo‘lsam, sen o‘zingnikini yoz faslidayoq yozib tugatdingmi?!"
@panda_books

Shuyerda mening Hodorga bag'ishlangan reelsimni ko'rvoradigan joyi:
👉 Ko'rish
Kim Starklarni sevsa, shu reels tagida layk bossin!:)
@panda_books
👉 Ko'rish
Kim Starklarni sevsa, shu reels tagida layk bossin!:)
@panda_books
Hayotda allaqachonlardan beri qilishni istaydigan orzungiz bormi? Agar bor bo'lsa, nega haligacha uni amalga oshirmagansiz?
@panda_books
@panda_books
#haqida
Ustozlar kuni
Odatda o'qituvchilari qadr topgan mamlakatlarda "O'qituvchilar kuni" nishonlanmaydi.
Shunday bo'lsa ham, bugun avvalo o'z ustozlarimni va ta'limdagi barcha jonkuyar ustozlarni chin dildan tabriklayman. Sog' bo'linglar!

#news
"Bukmeyt" endi "Yandex Kitoblar" deb nomlanibdi
Rebrending faqat vaqt masalasi edi - Yandex uzoq vaqtdan beri platformani kitobxonlar uchun aqlli tavsiyalar va indivuduallashtirish orqali takomillashtirib kelmoqda. Yaqinda xizmat hatto Plyus ekotizimining barcha foydalanuvchilari uchun asosiy obuna doirasida qo'shilgandi.
Yozda ular virtual hikoyachi xizmatini qo‘shishgandi. Menimcha bu rebrendingdan maqsad – kitobxonlarning qurilma va formatlar orasidan muammosiz o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishlari, ya'ni xuddi Apple yoki Google kabi sinxronlashtirishdir.
O'zim Bukmeytdan foydalanaman va ruscha ham o'qiydiganlar uchun juda ajoyib platforma deb bilaman.

Mana rasman 28 yoshga ham qadam qo'ydim. Yangi ibtido boshlanajak shu yerda! - Happy 28th! Here’s to new beginnings🎉 Cheers to the journey ahead!
Layklar bilan, izohlarda va shaxsiyda tabriklagan barcha-barcha ulkan tashakkurlarim! Samimiy tilaklaringizdan boshim osmonga yetdi!
Pandalarim🐼, sizlar bilan faxrlanaman😁
@panda_books
@panda_books
#sarhisob #sentabr
Oy Sarhisobi.
Bu oy endi taqrizdan ko'ra ko'proq post yozdim. Sentabrda deyarli yarim oy dam oldim. Oilam bilan toqqa chiqdik, birga vaqt o'tkazdik, oy oxirida restoranda o'g'limning 2 yoshga to'lganini nishonladik, Yana men Sublimation Festga bordim, atmosfera zo'r bo'ldi. Xullas, shu orada Dostoyevskiyni o'qidim va haliyam o'qiyapman.
Bu oy olgan hayotiy xulosam shuki: "Izlaning, izlanavering, siz qidirgan olmos siz umuman kutmagan joydan chiqib qolishi mumkin".
O'qilgan kitoblar:
♻️Fyodor Dostoyevskiy — "Jinoyat va jazo"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️Andrey Platonov — "Xandaq"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️Shon Baytell - "Kitobdorning kundaligi"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Xudo hamma narsani oqilona yaratgan
👉 Mafkura yoki oila?
👉 Oliy Ta'lim Cargo Culti
👉 Diktatura
👉 Qariyotgan jamiyat
👉 Ta'lim vs Ish
👉 Tasavvur qiling
👉 me’yor
👉 Tanlov yuki 2.0
👉 AES 2.0
👉 Run, run, run!
👉 Sublimation Fest
Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?
@panda_books
Instagram | Youtube | Tiktok

#review #taqriz
📗Fyodor Dostoyevskiy — "Telba"
"Kamolotga erishish uchun oldin ko’p narsalarni tushunmagan bo’lish kerak"
Hozirgi rus adabiyotshunoslari orasida hazilomuz gap yuradi: "Agar Dostoyevskiy bizni davrimizda yashaganda, uni hech bir nashriyot bosib chiqarmasdi, unga hayotni o'rganishni maslahat berishardi". Balki. Dostoyevskiyni fikrlari o'qirkansiz, o'sha davr uchun yangi g'oyalarni olib kirganini ko'rish mumkin. Shundan biri - idiotizm.
Aslida barcha knyaz Mishkinni Telba deb chaqirsa-da, kitobni o'qirkansiz, uning aslo aqli noqis emasligiga ishonch hosil qilib borasiz, aksincha uning bolalardek sof va o'ta rahmdil ekanligidan hayratga tushasiz. Knyaz Mishkin asar boshida Rossiyaga qaytayotgani tasvirlanadi, uning fikrlari pokligi, Xudo va dinga bo'lgan qarashlari natijasida uning Injildan, Iso pag'ambar prototipi ekanini ta'kidlash mumkin. Umuman olganda, romanda personajlarning ma'joziy ma'nosi kengligi hayratlanarli.
Knyaz xuddi lakmus qog‘ozidek, o‘zi duch kelgan shaxslarning qalb holati haqida haqiqatlarni yoritib boradi. Nastasya Fillippovna yoki Aglaya, yo bo'lmasam pulga o'ch Ganya. "Jinoyat va jazo"ni o'qiganimda, undagi syujet deyarli bir xil yuqori tempda ushlab turilgan bo'lsa, bunda muallif har bir bob orasida uzoq dialoglar yoki fikrlar bilan ritmni turlicha tutib turadi.
Mishkin va uning raqibi (ammo Knyaz uni birodarim deb ataydi) Rogojin o'rtasidagi suhbat ham juda ta'sirli. Suhbat din va Xudo mavzusida bo'lib, unda “ Ertalab shaharni aylangani chiqdim. Ichib mast bo‘lib olgan soldat oldimga keldi, egni aftodahol. U “Barin, mana shu kumush xochni ol, sotaman, bir tanga”. Xochni qo‘lida ushlab turibdi, lekin kumush emas, qalay, o‘zi katta, Xochni darrov bo‘ynimga taqdim. Soldat xursand: “Kallasi yo‘q barinni ahmoq qildim,” deb, xochning pulini ichgani qoqvoqxonaga otlandi. O‘zimga–o‘zim, yo‘q, Isoni sotib ichadiganni qoralamay turaman. Ichkilikka mukkasidan ketgan bu sho‘rliklarning yuragida nima bor, yolg‘iz Xudoning o‘ziga ayon”. deydi. Mishkin o'z harakatlari orqali qalblarni qutqarib qola olaman deb o'ylaydi... ammo....
Dostoyevskiy kitob boshida avtobiografik satrlarni ham qo'shgani e'tiborli: so'nggi lahzada otuvdan olib qolingan mahbus — uning o'zi edi. Mishkin 4 yil xorijda bo'ladi, Dostoyevskiy esa shuncha vaqt katorgada hibsda bo'lgandi.
"…inson xatti-harakatlarining sababi odatda keyin biz uni tushuntirganga qaraganda haddan tashqari chigal va rang-barang, juda kamdan-kam hollarda aniq bir belgiga ega bo’ladi". "Telba"da bildirilgan fikrlarning barchasini ham to'liq tushundim deb aytishdan yiroqman. Unda kim nima qidirsa, avvalo shuni topadi. Balki telbalik deganda Dostoyevskiy shuni nazarda tutgandir.
Axir, har birimiz qay darajada telbamiz.

Bugun 4-oktyabr—qaro kun, millat ko‘ksini yerga bosib yig‘laydigan kun. Elning oydinlari otilgan kun.
1938 yil 4-oktyabrdan 16-oktyabrgacha bo‘lgan sayyor yig‘ilishlarida 507 nafar o‘zbekistonlik siyosiy mahbuslar ustidan hukm chiqarilgan.
Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon, Abdurauf Fitrat, Gʻozi Olim Yunus, Otajon Hoshim, Ziyo Said, Xudoybergan Devon kabi millat oydinlari shoshilinch qatl etilgan, bir kundan keyin ularning sudi "sahnalashtirilgan".
Ularning eng koʻzga koʻringanlari jismonan mavh etilgan, qolganlari uchun turli muddatga surgun yoki qamoq jazosi belgilangan. Umuman olganda, 1934–1938-yillari Oʻzbekistonda 40 mingdan ortiq inson qatagʻon qilingan. Shulardan 730 nafari “xalq dushmani” sifatida otib tashlangan.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#youtube_tavsiya
Oralaringizda allaqachon bu ko'rsatuvni ko'rganlar ko'pchilik bo'lsa kerak. Men bamaylixotir ko'raman degunimcha oradan 3 hafta o'tib ketibdi. Lekin bugun ko'rib, juda ta'sirlandim. Gap Subyektiv'ning "Suvsiz O'zbekiston" videosi haqida.
Unda O'zbekistondagi suv muammosi keng va batafsil yoritilgan - kanalizatsiya, isrofgarchilik, Orol, Amudaryo, ichimlik suvi yo'q hududlar, suvning sifati....xullas kompleks ochib berilgan.
Ko'rishni barchaga tavsiya qilaman. Badiiylik va did bilan qilingan katta va mashaqqatli mehnati uchun Suvyektivchilarga alohida tashakkur!

Bugun Diydor Teatriga tushdim. Anchadan beri oʻylab yurgandim. Gabriel Garsiya Markesning asari asosida sahnalashtirilgan “Buzruk haqida afsona” pyesasi qoʻyildi.
Taassurotlarim juda boshqacha, kitobni oʻqish va uning ajoyib sahna namoyishini tomosha qilish - ikkalasi ham goʻzal hislar bagʻshlaydi men sizga aytsam.
Endi tez-tez bu teatrga tushib turishga harakat qilaman va albatta, sizga ham tavsiya qilaman! #diydor_teatri