Telegram Web Link
https://www.tg-me.com/insusambil/4839

Tolkinist emasman-u, lekin O'rta Dunyoga nihoyatda hurmati baland geek'lardan biri sifatida men ham "Silmarillion" o'zbekchada intiqib kutayapman:)

Tolkien asarlari tarjimasini siz ham istaysizmi?

@panda_books
"Taxtlar o'yini" serialida Qirol qo'li qilib tayinlangan Tayvin Lannister o'z nabirasi, qirol Joffrini Kichik Kengashdan chiqarib yuborar ekan, uning "Men Qirolman!" deya hayqirishiga javoban:
- "Men qirolman!" deyishga majbur bo‘lgan har qanday odam, aslida haqiqiy qirol emas - deydi u.

Nimaiki qayta-qayta ta'kidlanaversa va reklama qilinaversa, odatda u – yolg'on bo'lib chiqadi.

@panda_books
#reading
Salom, knyaz Mishkin!
👉 https://youtu.be/fXA0Yk8ZtwU

Bilasiz, Susambil podkastining navbatdagi sonida mehmon bo'lish sharafiga muyassar bo'lganim haqida yozgandim. Bugun o'sha podcast e'tiboringizga havola etilmoqda.

Unda sanʼatshunos va PR boʻyicha mutaxassis Sardor Boboyev, marketolog Mirzo Zominiy hamda podcast asoschisi, geek va katta Tolkinist Nodir aka Nishonov birgalikda professor J.R.R.Tolkin ijodi, Piter Jekson suratga olgan “Uzuklar hukmdori” va “Hobbit” trilogiyalari, Amazon Prime yaratgan “Qudrat uzuklari” va yana koʻplab qiziqarli narsalar haqida koʻp va hoʻp suhbat qurdik. Kuz faslida tinglashli, doʻstona va asosiysi sehr-joduga boy podkast boʻlgan. Izohlarda fikrlaringizni kutamiz.

@panda_books
#PandaBooksSale

💯Azizlar, diqqat e'lon!

Panda kutubxonasi boyigan sari, menda bitta "yoqimli muammo" paydo bo'ldi😏: ba'zi kitoblar endi menda ikkitadan yoki qachondir olingan, ammo o'qilmagan va yaqin orada o'qilmaydi. Kutubxonamda yangi kitoblarga joy va resursim cheklangan😔

Shu sababli, ilk marotaba o'zimdagi bir qator kitoblarni📚 sotishga qaror qildim🙏 Yaxshi kitoblar uchun yaxshi insonlar qidiryapman endi:)

"Nega sovg'a qilmaysiz?" desangiz, bu kitoblarni kanalda olishni istaydiganlar ko'p👥, men esa hech kimni xafa qilmoqchi emasman😉 Tanlov ham qilib ko'rganman, shu sabab endi "rostanam o'qiyman" deydiganlarga sotish – eng ma'quli bo'lsa kerak😇

🔰Kitoblar holati: juda yaxshi. Yangi. Ko'pchiligi hali hatto ochilmagan.

Muhimi‼️
Men kitoblarga hozir onlayn marketpleysda sotilayotgan bahosidan kelib chiqib, 15% chegirma qilishga ham qaror qildim💰

Kitoblar katalogi, ularning rasmini va narxini shu post ostida qoldiraman. (Har bitta kitob 1⃣ nusxada, faqat "Ichimizdagi shayton" 2 ta nusxada sotiladi)

‼️Dostavka yo'q. Toshkentda bo'lsangiz Yandex orqali, viloyatda bo'lsangiz pochta orqali berib yuboraman, pulini to'lab olib qolasiz. Odatda kitob sotmayman, shu uchun xafa bo'lmaysiz.

Xarid uchun @pandapochtabot ga murojaat qiling!😊 hammaga rahmat!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haqida

Tanlov yuki
2.0

Yaqinda insonlar o'zi sevgan ishini tanlashi naqadar qiyinligi haqida yozgandim. Va allaqachon ishlayotgan kishilar to'g'risidagi eng muhim faktorni aytish yodimdan ko'tarilibdi. Bu ham bo'lsa - maosh.

Ko'pchilik o'z sevgan ishi yoki ijod bilan shug'ullanolmasligining asosiy sababi - undan boshida yaxshi daromad ololmasligidir. Keyin boshqa ish qilasan, u yerda yaxshi to'lashadi, natijada uni tashlab ketishga jur'at qilolmaysan, ayniqsa, oilali yoki harajatli bo'lsang.

Ishing o'zingga yoqmaydi, ammo pul deb undan ketolmaysan... Buni o'zing ham yaxshi bilasan, bu esa seni battar siqadi.

I feel it.

@panda_books
#nazm

Bu foniy jahonga ko‘ngil berganlar
Ishin barbod aylab, o‘tib boradir.
Qarang, Qur’on ochib, talay nodonlar
Iqbolni bir pulga sotib boradir.

Jafosi ko‘p, foniy, bu yolg‘on jahon,
Mard ko‘nglida tutar bo‘ldi ul makon,
Iyso eslab, Luqmon qilmas dard ehson,
Ko‘z yumib, tush kabi o‘tib boradir.

Kimlar bu jahonda bemalol yotmish,
Kimlar osmon uchib, kim loyga botmish,
Kimlardir molini baqoga otmish,
Kimlar hirsi dunyo tutib boradir.

G’avg‘odan tinmadi qanchaning boshi,
Kimi yoqar bo‘ldi padar, qardoshin,
Kimsalar har joyda tayyorlab oshin,
Kimsalar dong qotib yotib boradir.

Kimlar toju taxtda farmon jo‘natib,
Kimlar saman minib, surar sakratib,
Kimlar padarini, elni xor etib,
Gunoh zindoniga botib boradir.


Maxtumqulining "Bu foniy jahonga ko‘ngil berganlar" she'ri (davomi ham bor)ni Jahongir Otajonov ashula qilibdi. Unga olingan klip ham, so'zlari ham menga juda ma'qul bo'ldi.

Maxtumqulini o'qib turish kerak.

@panda_books
Telegram platforma qoidalarini buzgan foydalanuvchilarning IP-manzillari va telefon raqamlarini huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etishni boshlaydi - bu haqda Pavel Durov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bu choralar jinoyatchilarni cho‘chitishi lozim. U yana shuni qo‘shimcha qildiki, messenjerning "kuchli" qidiruv tizimi aslida faqat do‘stlar va yangiliklarni topish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, odamlarga noqonuniy tovarlarni sotish kanallarini topish imkoniyatini bergan ekan.

Shunaqa gaplar.

@panda_books
#muqova

Xabaringiz bor, yozuvchi Madlen Millerning mashhur "Kirka" asari o'zbek tilida chop etilmoqda. Va bugun nashriyot tomonidan kitob ushbu muqova ostida chiqishi e'lon qilindi.

@panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sandiqdek-sandiqdek kitoblarni o'qishning oqibati shu.

@panda_books
Panda Books
#haqida AES Nazarimda, Markaziy Osiyoda bizdan oldinroq Qozog'iston o'z janubida AES qurishga kirishadi shekilli. Har holda qozoq matbuoti bugun shuni muhokama qilayapti. Qozog'iston hukumati bu borada aholi orasida ommaviy tinglov bo'lishini, uning ortidan…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haqida

AES 2.0

Yaqinda Qozog'istonda AES qurish bo'yicha umumxalq referendumi o'tkaziladi. Qozoq hukumati bu munosabat bilan propaganda videosi tayyorlabdi.

Unda agar AES qurilmasa, yillar o'tib, davlat energetik krizisdan chiqolmasligi va "svet" tugashi ko'rsatilgan. Ochig'i, bu menga juda ham kulgili targ‘ibot rolik tuyuldi. Unda atom elektr stansiyasini qurish haqidagi qaror ochiqchasiga singdirilmoqda. Referendum esa shunchaki shu qarorni "qonuniylashtirish" maqsadida qilinayotgandek.

Umuman olganda, men energetik krizis xavfi mavjudligini inkor qilmayman, ammo bu AES orqali hal qilinishiga ishonmayman va qarshiman. Nega bunday fikrda ekanligimni esa yuqoridagi postda batafsil izohlaganman.

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Shon Baytell - "Kitobdorning kundaligi"

"Kutubxonangiz – sizdan keyin xuddi genetik kodingiz kabi siz haqingizda ma'lumot bera oladigan xotiradir"

Shotlandiyadagi ikkinchi eng katta bukinistik kitoblar do‘koni egasi bo'lmish Shon Baytell o‘zining kundalik mehnat hayoti haqida kundalik yozib boradi. Kunlardan bir kuni uni kitob shaklida chop qilishga qaror qiladi va u dunyoda katta mashhurlikka erishadi. Uning do‘koni joylashgan Uigtaun ham oddiy shaharcha emas: bu yeedagi aholi nufusi atigi mingga yaqin bo'lsa-da, har yuzta odamga bitta kitob do‘koni to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Uigtaun butun Birlashgan Qirollikda "Kitoblar shahri" sifatida tanilgan. U yerda har yili o‘tkaziladigan adabiy festivali vaqtida shaharga turistlar oqib keladi.

Shon o'ziga yarasha harakterga ega va biroz sinik odam. U ashaddiy kitobxonlarga kitob savdosining parda ortidagi haqiqatlarini ko'rsatishga harakat qiladi. Masalan, bukinist sifatida u vafot etgan insonlarning kutubxonalarini sotib olishga boradi, qarindoshlari uzoq vaqt sotmay turishsa-da, bir kun kelib ular bunga qaror qilishga to'g'ri keladi. Yana u yiliga umumiy hisobda 15 tonnaga yaqin kitob tashishini yozadi. Shon hech kutilmaganda "temiryo'llar haqida" kitoblar tezda sotilishi, ba'zi mashhur kitoblarni esa yaxshisi onlayn sotish lozimligini ta'kidlaydi.

Kitobxonlar ichida o'z kitob do'koni bo'lishini orzu qilmaganlar bo'lmasa kerak. Lekin bukinistik kitoblar bilan ishlash ham mashaqqatli mehnat, uni ustiga katta daromad haqida unutsangiz ham bo'laveradi. Ustiga-ustak turli tuman xaridorlarning qiliqlari, injiqliklari va g'alati savollariga chidashingizga to'g'ri keladi. Shon shunday qiziq holatlarni aytadiki, bir kulasiz, bir o'ychan bo'lib qolasiz.

Asar sizni kitob savdosining g'aroyib olamiga sayohat qildiradi, kitob sotuvchisi bo'lishni istaganlar uchun esa kichik qo'llanmadir. "Kitobdorning kundaligi" kitoblar haqida kitob o'qishni istaganlar uchun qiziqarli manba bo'lishiga aminman.

Yaqin vaqtlarda Shon Baytellning turkum kitoblarini davom ettiramiz, bu orada uning o'zbek tiliga tarjima qilinishini tilab qolaman.

@panda_books
Hozir qaysi asar(lar) mutolaasi bilan bandsiz?

@panda_books
#haqida

Run, run, run!

Amerikalik yozuvchi Mark Tven shunday degan edi: "Sog'lom bo'lish uchun 3 ta ishni qilish lozim.
Bular: yoqtirmagan narsangni yeyish, yoqtirmagan narsangni ichish va yoqtirmagan ishingni qilish." Postni Otabek Mahkamovga o'xshab iqtibosdan boshlaganim uchun uzr, lekin Mark tog'a men aytmoqchi fikrlarni lo'nda ifodalab bo'lgan. Va bu formula deyarli barcha sohaga tushadi.

Universitetga tayyorlanib yurgan abituriyent paytimda eng yomon ko'rgan ishim - test yechish edi. Ingliz yoki rus tili o'rganayotganimda eng yomon ko'rganim - yangi so'zlarni yodlash bo'lardi. Futbol o'ymash yoqadi, ammo yugurish yoqmaydi. Ammo mana oxirgi oylar har hafta muttasil o'yinlarni yo'lga qo'ygach, yugurish oldingidek yoqimsiz emas, balki sevimli bo'lib borayapti, o'pkam ham bunga moslashayotganini sezayapman. Bu juda yoqimli men sizga aytsam.

Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, har qanday kasbda muvaffaqiyatga erishish uchun inson bitta joyini ozgina qiynashi kerak. Nega shunaqa? Men bilmayman. "Oson yo'li yo'qmi?" "Bordur.." Ongostida shunga ishonamiz. Natijada "2 oyda ingliz tilini to'liq o'rgatamiz, 3 oyda kosmonavt qilamiz yoki 2 haftalik kursimdan keyin psixologik muammongizni qolmaydi"... kabi reklamalar shuning uchun ham tez sotilar.

Mayk Taysondan "Muvaffaqiyatingiz siri nimada?" deb so'rashganida, "Ertalab soat 5da turib yugurish" deb javob bergan, keyin eng yoqtirmaydigan ishingiz nima deyishganda esa "Ertalab soat 5da turib yugurish" degan edi.

Oxirgi paytlar aynan shu narsani ko'proq anglab borayapman. Shuning uchun, o'zim yoqtirmaydigan, ammo foydali bo'lgan ishlarni qilishga odatlanishga harakat qilayapman.

Va sizga ham shuni maslahat beraman, kim bilsin, balki muvaffaqiyatingiz kaliti shuning ortida yashirindur.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
​​#haqida

Professor MakGonagall

Minerva MakGonagall. "Xogvarts" Sehrgarlik va Afsungarlik maktabi direktorining o‘rinbosari, Griffindor fakulteti dekani, Transfiguratsiya fani o‘qituvchisi, keyinchalik "Xogvars" direktori. Bugun ushbu ayolni rolini qoyilmaqom ijro etgan aktrisa Meggi Smit 90 yoshida vafot etibdi.

Har birimiz yoshligimizda u kabi qattiqqo'l, lekin adolatli ustozimiz bo'lishi istaganmiz. Shu bilan birga u ezgulik yo'lida qoidalarni istisno qilishi ham mumkin, masalan, Garrining supurgida ruxsatsiz uchgani uchun jazolash o'rniga, uning talantidan to'g'ri foydalanib, Quidditch jamoasiga qo'shib qo'yadi. Ammo doim ham emas, misol 3-qismda Garrining Hogsmitga borishi uchun ruxsat bermaydi. Lekin baribir biz uni yaxshi ko'raveramiz. U kabi mehribon dekan kamdan-kam uchraydi.

Qachondir orzuyimiz ushalib, Hogwarts maktabi darvozalaridan kirib borarkanmiz, oldingizga qora cho'qqi shlyapa kiygan, qora ko'ylakka burkangan xushqomat ayol chiqsa bilingki, u Professor MakGonagall bo'ladi. U baland ovoz bilan shunday deydi:

"Xogvars"ga xush kelibsiz!
Yaqinda o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan ziyofat boshlanadi, lekin siz stolga o‘tirmasingizdan oldin, sizlar 4 ta fakultetga bo‘linasiz. Tanlov - juda jiddiy jarayon, chunki bugundan boshlab maktabni bitirgunga qadar fakultetingiz siz uchun ikkinchi oilaga aylanadi. Siz birgalikda o‘qiysiz, bir yotoqxonada uxlaysiz va bo‘sh vaqtingizni fakultetingiz uchun maxsus ajratilgan xonada o‘tkazasiz. Hammasi tushunarlimi?"

@boredpandablog
Forwarded from Bored Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Panda Books
Video message
#haqida

Sublimation Fest


Toshkentdagi Aviasozlar Saroyi haqida eshitganmisiz? Tashlandiq, xaroba bino. Shunchalik ko'p vaqtdan beri tashlandiqki, tiriklardan hech kim hali u yerda konsert bermagan:) biroz bo'rttirdim, lekin bu saroy haqida oldin kam ma'lumotga ega edim.

Sublimation so'zi - o'zgarish degan ma'noda ham keladi. Tashkilotchilar yangi lokatsiya yaratib, o'zlarining avangard musiqalarini shu joyda berishining o'ziyoq katta ish bo'ldi. Xuddi Binoning oldida tasvirlangan ulkan Ikar misol biz ham Quyoshga uchdik!

Saroyga to'xtalsak, u Futuristik va Modernistik uslubdagi manimcha dunyodagi eng go'zal Uslubni o'zida aks ettirgan. Bunday go'zallikni shunchaki so'zlar bilan ta'riflab bera olmayman. Xuddi kosmik kema ichida yurgandek sezasiz o'zingizni, har bir details alohida ishlangan, e'tiborga olingan. Hozir bunaqa bino boshqa qura olishmaydi. Xazina.

Tashkilotchilikka kelsak, Ijodkorlar tarkibi Super: Sabina Mustaeva, Konsta, Hayriniso, Simfonik orkestr, Do'ppi Twins va ko'plab Dj! Qizig'i, saroyda na elektr bor, na suv. Lekin tualetgacha tayyorlanibdi hammasi. Yana Xavfsizlik hodimlari ham hammasini nazoratda ushlashdi. 3 qavatda uchta alohida Sahnalar, o'rtada Fud-kort, saroyning go'zal dizayni - barcha-barchasi ajoyib atmosfera yaratdi.

Tashrif buyuruvchilar ichida rusiyzabonlar juda ko'p. E'tiborlisi, Festivalni Kunduziy va Teacher Azamlar kabi o'zbek auditoriyasi katta blogerlar reklama qilgan bo'lsa ham, biznikilardan reaksiya bo'lmapti deyarli. Ijodkor, ziyoli va madaniyatga qiziquvchi yoshlar juda ko'p. Do'stlar yig'ilib, vaqtini ajoyib o'tkazish uchun kelishibdi. Men esa o'rtoqlarimni 200 ming so'mni bunga sarflashga, hatto tekin bo'lsa ham ko'ndirolmasdim😢 lekin bunaqa narxga Yevropa darajasidagi bunaqa tadbirni boshqa mamlakatda ham topolmaysiz.

Xullas, deyarli 4 soat davomida vaqtimni xush o'tkazdim. Tadbir men ketganimda ham davom etayotgan, (oxirida chiqqan Konsta o'tkazvordim xolos) edi.

Bizga bunday madaniy festivallar kerak. Milliardlarsiz ham, hatto elektrdan uzilgan tashlandiq saroyda ham shunaqa o'ta yuqori klassdagi tadbir qilsa bo'larkan.

#sublimationfest respect!

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qarasam, obunachilardan hech biri meni edit qimayapti, keyin eng ashaddiy muxlisim, ya'ni o'zimdan iltimos qildim:)

👉 To'liq podcastni
ko'rish

@panda_books
#news

"Taxtlar o‘yini" serialida Hodor rolini mahorat ila ijro etgan aktyor Kristian Nern shuhratiga shuhrat qo'shishni istabdi - yaqinda uning serial suratga olish jarayonidagi turli xotiralarini o‘z ichiga olgan kitobi — "Beyond the Throne" memuari chop etilibdi.

— Hodor!

@panda_books
2024/11/16 12:48:32
Back to Top
HTML Embed Code: