Telegram Web Link
Bugun shoir Shavkat Rahmon tavallud topgan kun.

Shoirning o'zingiz yoqtirgan she'rlaridan izohlarda ulashing.

@panda_books
– Sening sayyorangda odamlar bir bog‘da mingta atirgul o‘stirishadi… Ammo izlagan narsasiga erisholmaydi…
– Ha to‘g‘ri – tan oldim men.
– Zero, ular izlagan narsasini bir atirguldan ham topa olishlari mumkin. Nega shuni tushunmaydilar?

Antuan de Sent-Ekzyuperi
"Kichkina shahzoda"

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Fyodor Dostoyevskiy — "Jinoyat va jazo"

"…hammasi odamning o‘z qo‘lida, yuraging dov bermagandan keyin burningning tagidagi narsadan quruq qolasan. Qiziq, odamlar hammadan ko‘proq nimadan qo‘rqadilar? Bir yangi ishga jazm qilishdan, bir yangi so‘z aytishdan hammadan ko‘ra ko‘proq qo‘rqadilar…"

Qaysidur mashhur insondan, kimligi esimda yo'q, nega rus tilini o'rganganini so'rashganida, u shunday javob qilgan ekan: "Dostoyevskiyni originalida o'qish uchun!". Men ham azaliy orzularimdan birini amalga oshirdim, ya'ni nihoyat, "Jinoyat va jazo"ni rus tilida o'qib tugatdim.

1865-yillarda yozilgan va hozirgi kunda adabiyot olami gultojlaridan biri hisoblanadigan ushbu ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-falsafiy roman haqida mengacha ham ko'p taqrizlar berilganki, ulardan oshirib nimadur yangilik aytish dargumon. Ammo bu hissiyot, asarda tasvirlangan rutubatli va qayg'uli Peterburg ko'chalarida qashshoq sobiq student Raskolnikov bilan piyoda sang'ishlarni his qilish insonni qanchalar o'ziga tortadi.

Syujet Raskolnikovning qotillikka qo'l urishga jazm etgan lahzalaridan boshlanadi. Muallif bizga uning allaqachon bir qarorga kelgan davridan namoyish qilsa-da, Raskolnikov oxirgi daqiqagacha ikkilanishda edi. Kutilmaganda traktirda yon stolda ofitser bilan gaplashib o'tirgan student o'zaro suhbatida, u o'zi o'ldirmoqchi bo'lgan sudxo'r ayol haqida: "Men bu la’nati kampirni o‘ldirgan va talagan bo‘lardim... hech qanday vijdon azobisiz" deydi. Dostoytevskiyni o'qirkansiz, uning mana shunday tarzda bosh qahramonning "soyalar"ini mohirlik bilan yaratganini ko'rishingiz mumkin. Yana bitta shunday "soya" bu manimcha A. Svidrigaylov personaji. Nazarimda undagi jinoyatga moyillik, shulerlik, yaxshilik va yomonlikni farqlolmaslik kabi hislatlar aynan Raskolnikov shaxsiyati bilan juda o'xshash. Farqlisi shundaki, Svidrigaylov so'nggida qat'iy qaror qabul qilib, o'z joniga qasd qilgan bo'lsa, Raskolnikov bunday qila olmaydi.

Shuningdek, piyanista va sobiq mulozim Marmeladov bilan suhbati kabi voqealar unda qat'iylikni oshiradi. Familiya ham bitta esda qoladi. O'zinign omadsiz karyerasi, uning sil xotini va fohishalikka majburlangan qizi, umuman, shunchalik achchiq qismatiga ironiya qilib Dostoyevskiy ularga shu familiyani qo'ygan bo'lsa ne ajab.

Raskolnikovning sudxo'r kampir va kutilmaganda uyga qaytgan kampirning singlisi Lizavetani bolta bilan urib o'ldirishi sahnasi va undan keyingi qahramonimizning psixologik holati shu darajada aniq va ajoyib tarzda ochib berilganki, badaningizda beixtiyor chumoli o'rmalagandek bo'ladi. Aslida buyuk kitoblarning kuchi ham shunda bo'lsa kerak.

"Jinoyat va jazo" - hayotga buyuk ishlar amalga oshirish uchun yaralganini anglash, ammo unga qodir bo'la olmaganini bilganidan larzaga tushgan inson haqida. Raskolnikov o'zi maqolasida yozganidek, qonunlardan ustun va qonunga bo'ysunivchi tabaqadan birinchisi bo'lishga, Napoleon bo'lishga intildi. Biroq bunga erisha oldimi yoki yo'q, asarni o'qib, o'zingiz xulosa chiqarasiz deb o'ylayman.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nashriyotning hamma kitobi bitta tokchaga sig'madi, afsuski...

@panda_books
Nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda unikal binolardan biri bo'lgan Quyosh Institutida "yevroremont" qilinayotgan ekan.

Tashkent modernism yozishicha, Parkentda joylashgan Quyosh-Fizika instituti binosi demontaj qilinishi natijasida, uning o'ziga xos installatsiyalari ko'chirib olingan va original derazalari buzib tashlangan.

Bu bizdagi kamdan kam katta salohiyatga ega ilmiy turizm bo'yicha maskan ekanini hisobga olsak, bu juda achinarli.

Ma'sullar bunga e'tibor qaratadi degan umiddaman.

@panda_books
#haqida

Ta'lim vs Ish

Oldin maktabni, keyin universitetni tugatasan, magistraturani xorijdagi nufuzli joyda o'qib kelasan va jonajonda ishga kirganingda, baribir birinchi bo'lib shu gapni aytishadi:

"O'qigan hamma narsangni unut!'

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Andrey Platonov — "Xandaq"

"Murodi hosil bo'lgan mo'min odamning saodati chehrasida ham akslanarmikin?"

Absurd falsafasi ibtidochisi Platonovning murakkab tili va yozish uslubi o'laroq, ko'plab adabiyotchilar uni boshqa tillarga tarjima qilish imkonsiz deyishadi. Shu sababdan uning o'zbek tiliga tarjima qilinishidan nafaqat nashriyot, balki o'zbek tili ham baxtlidir. Bugun aynan ushbu kitobni o'qib tugatgach, shu fikrlar hayolimdan o'tdi.

1930-yilda rus tilida "Котлован" deya nomlanuvchi ushbu roman o'zida sotsializmning ilk davrlarini yoritadi. Asar qahramonlari yo'qsil va ishchi sinf vakillari bo'lib, ular Qizil inqilobdan keyin Yerdagi jannat orzusida edilar. Bir guruh ishchilarga tepadan ulkan ko'p qavatli turar joy qurish buyuriladi va qahramonlarimiz qishloqning bir chekkasida, yaydoq dalada xonadonlar uchun xandaq qazishga kirishishadi.

Voqealar rivojida ular qishloqni kolxozlashtirish harakatiga tushgan aktivist va boshqalarga qo'shilib, "burjuylar", "byurokratlar" kabi xavfli unsurlarni uyidan xaydab chiqarishadi. Aslida Platonov bir qarashda kolxozlashtirish va sotsializmni ulug'layotgandek ko'rinsa-da, achchiq sarkazm qilayotganini sezish qiyin emas.

Sotsializmdan juda ayanchli meros qolgan bizga. Masalan, sotsialistik shiorlarni o'qirkansiz yoki eshitarkansiz, uzundan uzoq bu shiorlarning qanchalar absurd va bema'ni ekanligini tushunasiz. Buni xuddi bemor kishining tutqanoq paytidagi alahsirashiga o'xshaydi. "Shonli kelajak yo'lida birlashib daraxt po'stloqlarini shilishda faol harakat qiling!". Bugun hammani po'stloq shilishga, hali bu tugamasdan ertaga kutilmaganda hammani temir to'plashga jalb etish - na iqtisodiy, na siyosiy absurd rejalar va shiorlar edi.

Asarda kolxozlashtirish harakatiga "burjuy"lardan biri shunday javob qiladi: "Butun mamlakatni kolxozga aylantirmoqchisizlar, faqat bir narsani biling — ulkan bir kolxozga aylangan mamlakat oxir-oqibat faqat bir shaxsning mulkiga aylanadi, o'shanda meni eslarsiz". Bu so'zlar xuddi bashorat edi. Aslida bolsheviklar qilgan urush - fuqarolar urushi, bo'libam eng ashaddiysi, sinfiy urush edi. Bu go'yo tanangizdagi jigarning o'pkaga qarshi isyoni kabi noto'g'ri yondashuv, qarash deb hisoblayman men.

Shuningdek, Platonov ishchi va yo'qsillarining xandaq qazishida afsonaviy Bobil minorasi qurilishi allegoriyasi bordek, nazarimda. Faqat farqi shundaki, bunda butun sotsializm mazlumlari uchun boshpana bo'lishi kerak uy hech qachon bitmasligi, korandalar qo'lida belkurakdan boshqa narsa yo'qligi bitmagan minoradanda ayanchli bir hol men sizga aytsam.

Ammo ular sokin zamin bag'rini tilka-pora qilib yana uzoq tuproq qazirdilar. Baayni mana shu xandaq qa'rida sirtdagi tiriklikdan mangu jon saqlashni niyat qilganlar kabi...

@panda_books
​​Tasavvur qiling, universitetning so'nggi, bitiruv bosqichida o'qiyapsiz. Darslarga borib kelib yuribsiz. Kunlardan birida leksiyada odatdagidek kelajagingiz haqida hayol surib o'tirarkansiz, birdan ich-ichingizdan o'zingiz tanlagan soha ortiq o'zizga yoqmay qolganini his qilasiz. Ota-onasining xohishi bilan yurganlardan farqli, siz o'zingiz xohlab kirgansiz-u, lekin oradan o'tgan yillar ta'sirida shuuringiz, dunyoqarashingiz keskin o'zgarganini anglab qoldingiz. Sohangizdan nafratlanasiz emas, shunchaki uni ortiq sevmaysiz, xolos.

Bu, albatta, ko'nglingizga allaqanday qo'rquv ham soladi. Axir, uydagilaringiz sizdan allaqachon bo'lajak yurist, prokuror yoki injenerlarni yaratib bo'lishgan. Sizdan ko'p narsa kutishyapti. Yaqinda diplom bilan qishloqqa qaytganingizda, ularga kelajak rejalaringiz bu taxlit o'zgarganini qanday tushuntirasiz? Buni qanday qabul qilishadi? Tushinishsa xo'p-xo'p, biroq "Istamas ekansan, unda nega o'qiding bolam?!" deya malomat qilishsachi? Xullas, hadik.. qo'rquv.. umidsizlik...

Zero, o'zim ham shunga o'xshash holga tushganman. I feel it. Idealida inson o'zi nima xohlayotganini birdaniga anglolmaydi, ayniqsa, qoni qaynoq yosh paytida. Topgan haqiqatim shuki, yoshlikdagi orzularingizning barchasiyam o'zingizniki bo'lavermaydi. Vaqt o'tib, yuragingiz sizga nima ko'proq yoqishini bildirishga urinib ko'radi, muhimi o'shanda uyg'oq bo'lib, bu "xabarni o'tkazib" yubormasangiz bo'ldi.

"Sevgan ishingiz bilan shug'ullaning - shunda muvaffaqiyatga erishasiz". Istalgan motivator sizga bu gapni ayta oladi. Siyqasi chiqqan bo'lsa-da, bu satrlarda jon bor. Yaqinda "Mahorat" kitobini o'qiganimni aytgandim, unda oldin mutlaqo boshqa sohada ishlab, qaysidur pallada fikrini o'zgartirgan va o'zi istagan sohada omadli insonga aylanganlar haqida o'nlab misollar bor. Men hali o'zi sevmagan ishida muvaffaqiyatga erishgan birorta insonni bilmayman.

Yaponlarning Busido falsafasida esa: "Samurayda maqsad bo'lmaydi, faqat yo'l" deyiladi. Yoki bir paytlar Po'latga aytishganidek: "Oxirini o'ylagan qahramon bo'lolmaydi". Men bu fikrlarga qo'shilgan holda aytaolamanki, rostanam oxirgi maqsadni oldindan bilishni iloji yo'q, faqat qilayotgan ishingiz bo'lgan ishtiyoq va qattiq mehnatdan to'xtamaslik muhim. Deyarli barcha ulkan kompaniyalar avval boshidan shunday katta muvaffaqiyatga erishishlari haqida tasavvur ham qilolmasdilar. Lekin bu ularga harakatdan to'xtashlariga asos bo'lolmagan.

Demoqchi bo'lganim, xoh oxirgi kursdamisiz, xoh ishlayotgangizga 9 yil bo'layaptimi, o'zingiz chin dildan sevgan mashg'ulot bilan band bo'lishingizga aslo kech emas. "Bo'ldi! Hoziroq hammasini tashlab keting!" degan balandparvoz gaplarni aytmoqchi emasman, shunchaki biz taqdir oldimizda nimalar tayyorlab qo'yganini bilmaymiz, xolos. Balki siz yillar davomida kutgan omad, baxt va orzularingiz ro'yobi - aslida o'sha siz chin dildan sevgan narsalar orasida bo'lishi mumkin.

Zero, agar sevgan ishingiz bilan shug'ullanmasangiz, shug'ullanayotgan ishingizni sevishingizga to'g'ri keladi.

Tanlov o'zingizdan.

@panda_books
Bekorga aytishmaydiku, shirin narsalar ham me’yorida bo‘lishi lozim, haddan tashqari ko‘p shira ham me'daga uradi. Sevimli qo‘shiqni ham hadeb tinglayverish yaxshimas, jonga tegadi. Eng yaxshi ko'rgan filmlarni yiliga bir martadan ko‘p ko‘rmaslik kerak. Hatto eng yaqin insonlardan, do‘stlardan ham vaqti-vaqti bilan dam olish foydali.

Nitsshe buni shunday ta’riflagan:

"Agar biz boshqa odam bilan haddan tashqari yaqin yashab qolsak, bu xuddi yaxshi gravyurani doimo barmoqlar bilan ushlab turganimiz kabidir: shunday kun keladiki, qo‘limizda faqat bir parcha yaroqsiz, iflos qog‘oz qoladi. Inson qalbi ham doimiy teginishlardan yemiriladi. Haddan tashqari yaqin munosabatlar tufayli doimo nimanidir yo‘qotasan; ba’zan esa hayotingning eng qimmatli durdonasidan ayrilasan."

@panda_books
Audiokitoblarga munosabatingiz qanday? Qanchalik tez-tez audio kitoblarga murojaat qilasiz?

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#premyera

⚡️Kinopoisk'da “Jinoyat va jazo” filmining ilk treyleri namoyish etildi.

Dostoevskiy klassikasining yangi, zamonaviy versiyasini tomosha qilishni istagida insonlar uchun yaxshi yangilik.

Premyera 26-oktabrda.

@boredpandablog
https://www.tg-me.com/insusambil/4839

Tolkinist emasman-u, lekin O'rta Dunyoga nihoyatda hurmati baland geek'lardan biri sifatida men ham "Silmarillion" o'zbekchada intiqib kutayapman:)

Tolkien asarlari tarjimasini siz ham istaysizmi?

@panda_books
"Taxtlar o'yini" serialida Qirol qo'li qilib tayinlangan Tayvin Lannister o'z nabirasi, qirol Joffrini Kichik Kengashdan chiqarib yuborar ekan, uning "Men Qirolman!" deya hayqirishiga javoban:
- "Men qirolman!" deyishga majbur bo‘lgan har qanday odam, aslida haqiqiy qirol emas - deydi u.

Nimaiki qayta-qayta ta'kidlanaversa va reklama qilinaversa, odatda u – yolg'on bo'lib chiqadi.

@panda_books
#reading
Salom, knyaz Mishkin!
👉 https://youtu.be/fXA0Yk8ZtwU

Bilasiz, Susambil podkastining navbatdagi sonida mehmon bo'lish sharafiga muyassar bo'lganim haqida yozgandim. Bugun o'sha podcast e'tiboringizga havola etilmoqda.

Unda sanʼatshunos va PR boʻyicha mutaxassis Sardor Boboyev, marketolog Mirzo Zominiy hamda podcast asoschisi, geek va katta Tolkinist Nodir aka Nishonov birgalikda professor J.R.R.Tolkin ijodi, Piter Jekson suratga olgan “Uzuklar hukmdori” va “Hobbit” trilogiyalari, Amazon Prime yaratgan “Qudrat uzuklari” va yana koʻplab qiziqarli narsalar haqida koʻp va hoʻp suhbat qurdik. Kuz faslida tinglashli, doʻstona va asosiysi sehr-joduga boy podkast boʻlgan. Izohlarda fikrlaringizni kutamiz.

@panda_books
2024/09/30 22:31:48
Back to Top
HTML Embed Code: