Panda Books
Ishni boshlashdan oldin, universitetga kelgan yangi domlalarga bir haftacha oriyentatsiya tadbirlari boʻlib oʻtadi. Universitetni har xil boʻlimlari va maʼmuriyatni har xil qismlaridan universitet haqida, uni falsafasi, talabalari va boshqa narsalari haqida…
Panda, nimaga haliyam NYU Abu-Dhabi Kampusiga o'qishga topshirmayapsan😳😢
#newbook #yangikitob
Uni uzoq vaqt kutdim. Tarjima qilinishidan. Chop etilishidan. Sovg'a qilishlarini kutdim. Hammadan. Yaqinlarimdan, do'stlarimdan, tanishlarimdan, mahallamdagi Qosim akadan.
Ammo bo'lmadi. Oxir-oqibat o'zim borib sotib oldim.
@panda_books

Xudo hamma narsani oqilona yaratgan. U yo‘lda bo‘lish vaqtini chekladi, ammo yo‘lning o‘zini emas. Hayotimiz chegaralangan, biroq yashash istagi cheksizdir.
Imkoniyatlar bepoyon, jon esa abadiydir. Bor va izla! Shuni ham yodda qo‘y: maqsadga erishish ma’nosizdir. Chunki u yo‘l nihoyasini anglatadi. Maqsad sari intilishning o‘zi — hayotdir.
Bu havo xalaqit beryaptimi — boshqasidan nafas ol. Bu odamlar yoqmayaptimi — unda yaxshilarini ko‘paytir. Mexanizm ishlamayaptimi — unda otni qo‘sh, oting yo‘q bo‘lsa — o‘zing qo‘shil. Aravani xursandlik bilan tort. Zarur va yaxshi narsalarni ol — og‘irlik qilmaydi.
Maqsading tomon intil. Ammo unga yetib borma. Hech bo‘lmaganda yana bir yil. Hech bo‘lmaganda bir kun...
— Yuriy Rost

Andrey Platonovni ilk bor bundan bir necha yil avval "Jon" romanini o'qiganimda yoqtirib qolgandim. Juda murakkab tilda yozilgan yana bir kitobi “Xandaq” ilk bor o'zbek tilida taqdim etilgandi. U janr jihatidan ham falsafiy, ham antiutopik romandir. Va albatta, o'zining zarbdor fikrlari va og'irgina muhiti bilan allaqachon meni qiziqtirib qo'ydi.
Bahonada asta-sekin mening kutubxonamda ham "akadem-nasr" turkumi to'planib boryapti.

Turgenev men uchun barcha zamonlarning eng buyuk adibidir. U eng ulug' kitoblarni yozmagan bo‘lsa-da, eng buyuk yozuvchi edi. Albatta, bu mening shaxsiy fikrim. Uning "Стучит!" hikoyasini o‘qiganmisan? Bu "Ovchining maktublari"ning ikkinchi jildidan. "Urush va tinchlik" men bilgan eng yaxshi asar, ammo uni Turgenev yozganida qanday bo‘lishini tasavvur qil. Chexov oltita yaxshi hikoyasi bor, ammo u havaskor yozuvchi edi. Tolstoy esa payg‘ambar edi. Mopassan ham, Balzak ham professional yozuvchi, Turgenev esa rassom edi.
— Ernest Xeminguey
@panda_books
— Ernest Xeminguey
@panda_books
#newbook #yangikitob
Doktor Adham Bakar - "Iroda tarbiyasi"
Aslida hamishayam faqat o'zimga kitob olavermayman. Masalan, rafiqam yaqinda shu kitobni olib berishimni so'ragandi. Hadyamdan juda xursand bo'ldi. Keyin o'zim ham ozroq varaqlasam, yaxshiga o'xshayapti. Balki undan so'ng men ham mutolaa qilarman.
O'qiganmisiz?

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Farengeyt bo‘yicha qanchadur daraja," - deb javob berdi bloger qiz sevimli kitobi haqidagi savolga.
Izohlarda esa haqiqiy tresh boshlangan va unda barcha kitoblarga o‘z nomlarini o‘ylab topishgan.
Menga yoqqanlari: "Sasha Grey portreti", Oruellning "Qaysidir yillari":)

#haqida
Oliy Ta'lim Cargo Culti
Bobil Mirzohid yaxshi gaplar yozibdi https://www.tg-me.com/bobil_kutubxonasi/6440
Nazarimda esa bu u aytganidek shunchaki soqqa qilish yoki diplom sotishdan ham kattaroq narsaga aylanib ulgurgan. Bu Oliy Ta'limni xususiyga berayotganlardan tortib, uni ochayotganlar hamma hammasi ichiga oladi. Bu ham bo'lsa – Oliy Ta'lim Cargo Culti!
Cargo Cult degan tushuncha bor, Oliy ta'limni esa unga men qo'shdim. Chunki har ikkalasida bog'liqlik bor. Cargo cult nimaligi haqida oldin ham ko'p yozganman.
Cargo cult sabab aborigenlar o'zlari bir paytlar amerikaliklar bazasida ko'rgani kabi samolyotlar va aerodrom nusxasini yasasak va ularga sig'insak, natijada osmondan Uchar ma'bud bizga ne'matlarini yog'diradi deb ishonishgan. Ya'ni biror bir holatni imitatsiya qilishgan va real natija kutishgan.
Biz ham imitatsiya qilayapmiz. Agar binolar qursak, uni chet eldagi kabi inglizcha nomlasak, sayt ochsak, darslar qo'ysak - bu bizni haqiqiy universitet qiladi degan ishonch bor ko'pchiligida. Ulkan universitet qurgan ta'sischisining o'zi ilm-fan haqida qiziqmaydigan biznesmen ekani va o'z og'zi bilan "men kitob o'qimayman" deyishi ham aslida o'sha imitatsiyaga misol. Ular qanday universitet ochishni bilishadi, unda qanday ilm qilishni yoki kuchli ta'lim berishni emas.
Bu xuddi uyingizda katta kutubxona yaratib, ammo birorta kitob o'qimaslikka o'xshaydi. O'qilmaydigan kitoblardan esa hech bir naf yo'q.
Ha, yana bir gap: katta kutubxonang bor bo'lsa ham, agar sen uni darvozaxonaga qo'ygan bo'lsang, bu seni kitobxon ekaningga shubha uyg'otadi.
Sen bor-yo'g'i kitobxonlikni imitatsiya qilayapsan, xolos.

Telegram
Bobil Kutubxonasi
Kecha bir tanishim uchun xususiy universitetlarni bir o'rganib chiqishimga to'g'ri keldi. Ta'lim sifati yo boshqa narsa haqida gapirmayman. Bu haqida mening o'rnimga ularning nomlari gapiradi.
Mayli, natijada bu muassasalar pul uchun ochilgan, ichida o'qiydigan…
Mayli, natijada bu muassasalar pul uchun ochilgan, ichida o'qiydigan…
Panda Books
#haqida Oliy Ta'lim Cargo Culti Bobil Mirzohid yaxshi gaplar yozibdi https://www.tg-me.com/bobil_kutubxonasi/6440 Nazarimda esa bu u aytganidek shunchaki soqqa qilish yoki diplom sotishdan ham kattaroq narsaga aylanib ulgurgan. Bu Oliy Ta'limni xususiyga berayotganlardan…
Aytgancha, masalan, mening ona shaharchamda oxirgi yillarda 2 ta "University" ochildi.
Biroq ularning campusi yaqinida na bir yangi kitob do'koni ochildi, na shaharchada eskilari (o'zi sanoqli) kengaydi. Jamoat kutubxonasi yo'qligini aytmay qo'yaveray.
Qiziq, shunday emasmi?..

Eron podshohlik davrida (1979-yilgacha) Isroil va AQSh bilan juda yaqin aloqada bo'lgan.
Shoh Muhammad Rizo Pahlaviy o'z vaqtida Xumayniy inqilobiga yetarlicha baho berolmagan va kayf safodan bo'shamagan. 16-yanvar kuni esa yurtining bir siqim tuprog'ini olib mamlakatdan qochgan.
"Vaqtincha shoh" vazifasidagi Shapur Baxtiyor esa MOSSADdan Xumayniyni o'ldirishni iltimos qilgan(!).
Isroil taraf o'z navbatida hali Xumayniy shaxsiga yetarlicha baho berib ulgurmagani sababidan rad qilgan.
Siyosat va tarix juda qiziq narsa.

#mutolaa #reading
Bukmeytda ushbu ajoyib kitobni boshladim. Shon Baytell - bu britaniyalik (shotland aniqrog'i) bukinistik kitobdor va o'z kitobida kitob savdosi davomida yuritgan kundaligini keyinchalik kitob holida chop qilgan.

Lev Tolstoy umrining so'nggida islom dini va uning payg'ambari Muhammad (s.a.v.) shaxsiyatiga qiziqqani sir emas.
Men uning "Iqrornoma"sini maktab paytimda o'qigandim, ilk marta, endi yaxshiroq tushunish uchun qayta o'qimoqchiman. Unda Tolstoy o'zining falsafiy, diniy va ruhiy qarashlarini juda ta'sirli bir tarzda ochiq bayon etgan.
Kitob hajman kichkina, bir kunda tugatish mumkin, shu bilan birga aqlan va man'an boy ozuqa olishingizga aminman.

Agar "angliyskiy"ga shu kitobdan tayyorlanmagan bo'lsang, sen bilan gaplashadigan gapimiz yo'q:)
@panda_books
@panda_books