Telegram Web Link
#haqida

So'z erkinligi

Durovning qamoqqa olinishi munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda so‘z erkinligi haqida ko‘plab pafosli xabarlar va mulohazalarni kuzatdim. Biroq, so‘z erkinligi tushunchasining o‘zi insoniyat tarixida g‘oyat g‘ayrioddiy va nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan hodisa ekanligini ta’kidlashga majburman.

Avval boshidan buyon har qanday zamonda noto‘g‘ri so‘zlari va fikrlari uchun odamlarni qoralash, kaltaklash, qiynash, qamoqqa tashlash va o‘ldirish kabi choralar doimo qo‘llanib kelingan. Ya’ni, senzura (ijtimoiy yoki siyosiy) har qanday sivilizatsiya uchun default holat hisoblanadi. Qandaydir g‘aroyib tarzda "so‘z erkinligi" g‘oyasi dastlab XVIII asr Yevropa faylasuflari fikrlarida paydo bo‘ladi, keyinchalik esa 1791-yilda AQSH Konstitutsiyasining birinchi tuzatishi bilan mustahkamlanadi. Bu g‘oyaning paydo bo‘lganiga atigi 200 yildan sal oshdi, xolos.

Aslida, XX asr ikkinchi yarmigacha o‘zini erkin ifoda etishning rasmiy himoyasi faqat Amerikada mavjud edi. Globallashuv, internet, ijtimoiy tarmoqlar va XXI asrda AQSH imperiyasining kengayishi "so‘z erkinligi" g‘oyasini dunyoning barcha burchaklariga yoydi va hozirda bu g‘oya dunyoning ko‘plab xalqlari tomonidan asosiy qadriyat sifatida qabul qilinmoqda. Biroq, so‘z erkinligi aslida mo‘jiza ekanligini unutmaslik kerak. Bu ajoyib bir chaqnash. Mutlaq anomaliya. Tasodif.

Aytgancha, so‘nggi voqealar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda "o‘rtoq mayor"ning aralashuvisiz haqiqiy axborot erkinligi faqat ikki joyda - Twitter va Telegramda mavjud. Shuni ham aytish kerakki, bu hali-hanuz faqat Amerikaga tegishli. Bahsli fikrni boshqa biror joyda (ayniqsa Yevropada) e’lon qilishga urinib ko‘ring-chi, nafaqat taqiq yoki kenselingga uchrab qolishingiz, balki qamalishingiz ham mumkin. Dunyoning aksariyat mamlakatlarida jamoat tartibini saqlash individuallikni ifodalashga qaraganda ko'proq ustuvorlikka ega.

Qisqasi, agar Durovni qo‘lga olishgan bo‘lsa, demak yaqin orada Mask ham qo‘lga olishadi. Hozirgi kunda bu yigitlarni qo‘llab-quvvatlamaslik erkinlikning so‘nggi uchqunlarini o‘chirishga tengdir. Bitta taniqli yozuvchi bir vaqtlar shunday degan edi: inson ongini ulkan zulmat ichidagi osongina so‘nib qolishi mumkin bo‘lgan kichik shamga o‘xshatish lozim. So‘z erkinligi haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. Biz bu alangani yonib turishini ta’minlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz lozim.

— Rashev

@panda_books
#muqova

O'zbekiston bayrog'i shaklida muqova?!

Bu voqea albatta qachondiram ro‘y berishi kerak edi.

Oldin ham tanishtirganimdek, Oksford Pressning "Very Short Introduction" turkumidagi kitoblar muqovalari an’anaviy tarzda Rotko uslubidagi mavhum san’at bilan bezatiladi. Kitoblar soni hozir 800dan oshib ketgan, shuning uchun ertami-kechmi ulardan birortasi biror davlat bayrog‘iga o‘xshab qolishi tabiiy edi. Bu safar o‘zimizning bayroq chiqib qoldi.


Ammo... mana bu qizil chiziqlarga e’tibor bering, menimcha, bunday tasodif bo‘lishi mumkin emas 🤔

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Nikkolo Makiavelli — "Hukmdor"

"Barcha qal’alarning eng yaxshisi - xalqning nafratiga duchor bo‘lmaslikdir: qanchalik mustahkam qal’alar qurmang, agar xalq sizni yomon ko‘rsa, ular sizni saqlab qololmaydi. Chunki xalq qo‘liga qurol olganida, unga yordamga doimo begona yurtliklar keladi".

"Hukmdor" ("Il Principe") — 1513-yilda italiyalik faylasuf va davlat arbobi Nikkolo Makiavelli tomonidan yozilgan siyosiy risola. Kitob 1532-yilda muallif vafotidan so‘ng nashr etilgan va siyosiy adabiyotlar tarixidagi eng kuchli asarlardan biri hisoblanadi.

Makiavellining o'ziga xosligi shundan iboratki, u o‘sha davrdagi an’anaviy idealistik qarashlardan farqli ravishda siyosatga realistik yondashuv olib kiradi. Hozirgacha uning ismi davlatni boshqarishga sinik va amaliy yondashuvning sinonimi sifatida yuradi. Hokimiyat va axloq haqidagi ochiq-oydin qarashlari tufayli Makiavelli realizm maktabining asoschilaridan biri deyish mumkin.

Makiavelli ta’kidlaydiki, hukmdor uchun eng muhimi — o‘z maqsadlariga erishish. Buning uchun har qanday vosita, hatto axloqsizlaridan ham foydalanishi mumkin. Eng asosiysi - hokimiyatni saqlab qolish va davlat barqarorligini ta’minlash bo'lishi kerak.

Shuningdek, risolada xalq va elita o‘rtasidagi munosabatlar ham tahlil etiladi. U xalqning qo‘llab-quvvatlashi nihoyatda muhimligini ta’kidlaydi, biroq shu bilan birga hukmdor hech kimning sodiqligiga haddan tashqari ishonib ketmasligi lozimligini ham uqtiradi.

U nazariyalarni emas, real siyosatni tahlil etadi, Kuch - eng asosiysi ekanligini uqtiradi. G'oya qanchalik yaxshi bo'lmasin, agar kuch bo'lmasa, muvaffaqiyat qozonib bo'lmasligini yozadi. "Barcha qurollangan payg‘ambarlar g‘alaba qozonishgan, barcha qurolsizlari esa halok bo‘lishgan". - deydi Makiavelli o'z kitobida.

Umuman olganda, "Hukmdor"ni G‘arb siyosiy tafakkurini anglash bobida foydalanish shart bo'lgan asarlar sirasiga kiradi. "Hukmdor" - axloq, hokimiyat, inson tabiati va siyosiy strategiya mavzularidagi murakkab masalalar yuzasidan mulohaza yuritishga undaydi. Shuningdek, kitobdagi hukmdor o'zini qanday tutishi borasidagi tavsiyalarini nafaqat siyosatda, balki biznes va boshqaruv sohalarida ham bemalol qo‘llasa bo'ladi.

Mana asar yozilganiga 500 yildan ortiq vaqt o'tgan bo‘lsa-da, Makiavellining ko‘plab g‘oyalari bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmaga. O'ylaymanki, va hali-beri yo'qotmasayam kerak.

@panda_books
Nechun tuyg'u o'lsa, ochilmas aza,
Nechun o'qilmaydi unga janoza?


Oldin nega Abdulla Oripovni bunchalar sevib o'qimagan ekanman.??...hayronman....

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Uyoqdan topshiriq bo'ldi! Uyoqdan!" — Abdulla Oripov

@panda_books
Balki Oy uzoqda bo'lgani uchungina chiroylidir.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Bolaga haqqingni talab qil deb oʻrgatmanglar” mish(((

Eski noutbukning oʻrniga yana eski noutbuk bergan Samarqand viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi va “bolaga haqqingni talab qil deb oʻrgatmanglar” deb hammaga aql oʻrgatgan boshqarma boʻlim boshligʻi Xurshid Gʻoziyev.

@panda_books
Panda Books
“Bolaga haqqingni talab qil deb oʻrgatmanglar” mish((( Eski noutbukning oʻrniga yana eski noutbuk bergan Samarqand viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi va “bolaga haqqingni talab qil deb oʻrgatmanglar” deb hammaga aql oʻrgatgan boshqarma boʻlim boshligʻi Xurshid…
Har safar nimadur bo'lib, shu voqeani eslasam, jahlim chiqadi. Negadur bolalarni mana shunaqa kimsalar qo'liga topshriib qo'yganimizga achinaman.

"Haq olinur, berilmas" degan jadidlarning avlodimiz axir...
​​#review #taqriz

📗Abdulla Oripov — "Menga xushxabar ayt"

Ba'zi kitoblar yoki shoirlarni zamon va makon o'zgargach, yanada yaxshiroq tushunib borarkansan. Vatan haqida she'rlar musofirda yurganingda, ona haqidagi she'rlar esa onangdan ayro bo'lganingda umuman boshqacha ta'sir qiladi.

Shu kunlarda tuyqus Abdulla Oripov she'rlari oldimdan chiqib qoldi, bilmam, negadur uni she'rlarida o'zimga halovat topa boshladim. Kayfiyatimga mos kelgani uchundir balki.

Menga shu 2009-yil chiqqan she'riy jamlanmasi manzur bo'ldi, unda shoirning keyingi yillarda yangi she'rlari jamlangan ekan (Bilasiz, shoir 2016-yilda Texas (AQSH)da vafot etgan). To'plamdan shuningdek, Italiya safari vaqtida yozilgan she'rlar ham o'rin olgan.

Shoirning hayoti ham juda murakkab va voqealarga boy o'tgan. U haqida yangi film ham chiqdi, lekin undan men qoniqmadim. Shoirning hayotini to'liq, oshkora yaxshiroq ishlash mumkin edi. Uni mansabparastlik, yuzaki ishlash yoki "o'z yorini ismini unutsada, muhim hisobotning so'nggi qismini unutmaydigan"lar ustidan achchiq yozilgan she'rlarini o'qib ham uning qanchalik o'sha davr tizimidan bezigani, undagi muammolarni ko'rsatishga uringani aks etgan.

Yoshlik haqida she'rida "Yomondir seniki bo'lmasa zamon" deydi. Rostanam na imkon, na biror chora topolmay, yoshligini yolg'izlikka mahkum etish...? Qanchalar dahshat, shunday emasmi?

"Tuyg'ular" she'rida esa "Nechun tuyg'u o'lsa, ochilmas aza, Nechun o'qilmaydi unga janoza?" kabi go'zal tashbehlari bir necha kun takrorlab yurdim, she'rni yodlashga harakat qildim.

Menimcha, to'plamdagi eng chiroyli she'rlardan biri "Menga xushxabar ayt" bo'lsa kerak. Undan bir kuplet yozish bilan taqrizni ham tugataman...

Menga xush xabar ayt, yolg’on bo’lsa ham..
Olis muhabbating so’lmagan hamon,
To hanuz unutmay yuribdi degil.
Sarg’aygan daftarin varaqlab pinhon,
U seni tushida ko’ribdi degil.
Menga xush xabar ayt, yolg’on bo’lsa ham..


Abdulla Oripovni o'qing!

@panda_books
#drabbl

Ayriliq

33 ta saqlangan xabarlar, 399 ta foto, 37 ta video, 51 ta fayl, 128 ta audio, 103 ta ulashilgan havolalar, 135 ta ovozli xabar va 59 ta gif...

Endi sening rasming o'rnida bo'shliq, isming o'rnida esa yozuv — "Deleted Account".

last seen a long time ago.

@panda_books
#news

Elon Mask. Daho, milliarder va o‘z qoidalari asosida yashovchi shaxs.

Bugun yaxshi yangilik bo'ldi. Bukmeyt'da "Ilon Mask"ning yangi tarjimayi holi chiqdi. Muallifi zamonamizdagi avtobiografik kitoblar sohasidagi N1 yozuvchi, oldinroq Jobs va Da Vinchi haqida yozgan, kimsan Uolter Ayzekson. U kitob yozayotgani haqida eslasangiz, avvalroq xabar bergandim.

Ayzekson $243 milliard dollar boylikka ega bo‘lgan bu daho bilan naq 730 kun birga bo‘lib, ilgari hech kim eshitmagan faktlar va hikoyalarni to‘plagan. Masalan, bolalarining g‘alati ismlari (bitta o‘g‘lining ismi X Æ A-12) va insoniyatni ko‘p sayyorali turga aylantirish maqsadlari haqida.

Agar siz ham men kabi zamonamizning eng g‘alati daholaridan birining ongiga kirmoqchi bo‘lsangiz, bu kitob albatta o‘qishingiz shart bo‘lgan asardir.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dzyudo bo‘yicha Parij Olimpiadasi bronza medali sohibi Muzaffar To‘raboyev "Sportchi bo‘lish qiyin, ilm-fanni o‘rganish oson" degan fikrni bildiribdi. Ha, bu uning shaxsiy fikri. Bu uning dunyoqarashi.

Lekin idealida unday emas. Har ikkalasi birdek qiyin, birdek muhim. Aslida biz ularni o'zaro solishtirishni so'rayotganimiz ham yo'q, shunchaki taqdirlashga kelganda nega ikki xil munosabat ko'rsatilayotganidan hayronmiz. Bizda sportga (undayam hammasi emas, faqat 1-2 ta sohasi) e'tibor prioritet darajasida. Biz dunyoga shunday tanilishni istaymiz. Tanilish — muhimroq bizga.

Farqi shunda.

@panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#haqida

Mustaqillik kuni

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga bu yil 33 yil to'ldi. 33 yil. Katta muddat. bir chaqaloq allaqachon bir necha farzandning ota-onasi bo'lishga, shaxs sifatida shakllanishga ulgurdi. O'zbekiston ham endi SSSRdan ajralib chiqqan nouneym davlat emas, balki mintaqada, balki butun Yevroosiyoda muhim siyosiy rol o'ynaydigan aktorga aylanib borayotgan mamlakatdir.

O'zbeklar bu 33 yil ichida nimalarni amalga oshirishga ulgurishdi?

Ko'p narsa. Har sohada yaxshi ishlar qilindi. Imkon qadar.

Endichi?

Hozir butun dunyoda nation states tizimi zavolga qarab ketayapti. Achinarlisi, biz endigina 33 yil bo'ldi shu tizimga kirganimizga. Bizni endi qaysi yo'l kutib turibdi?

Yaqinda bo'layotgan voqealar dunyoda yangi Metadunyo shakllanayotgani, Network state yaratilayotganini ko'rsatayapti. Geografik va madaniy chegaralarning ahamiyati tobora pasayib bormoqda. Markazlashgan hokimiyat kuchsizlanmoqda. Milliy valyutalar o‘rnini kriptovalyutalar egallamoqda. Odamlar hamma joyda — Amerika Nyu-York shahridagi 15 yashar qiz ham, Toshkent Citydagi 15 yashar qiz ham deyarli bir xil ko‘rinishga ega: bir xil kiyingan va bitta trend ostida yashashmoqda.

Mustaqillikning eng katta kuchi nimada?
Bu shunday kuchki, davlat o'z fuqarolarini rivojlantirib boy va farovon mamlakatga aylantirish imkoniyati — o'z qo'lida. Faqat istak va mehnat qilish kifoya. Shundan foydalanishimiz lozim.

Ekologiyani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirishdan boshlash kerak. Odil sudlov, so'z erkinligi, diniy qarashlar uchun taqiqlanmaslik, tolerantlik, bag'rikenglik va bilimga chorlovlar. Bizneslarni shaffof va bir xil standartlar ostida ishlashiga qo'yib berish. Erkin internet makoni yaratish — har qanday ish beruvchilar uchun qulay, sifatli va ommabop qilish.

Men hozirgi o'zbek yoshlarining aqli va talantiga ishonaman. Ularning qilayotgan ishlari va intilishlaridan shunchaki hayratga tushaman. Ular O'zbekistonni yanada kuchliroq, yanada yaxshiroq qilishlariga aminman.

Keyingi 33 yilda hokimiyatning qilishi kerak bo'lgan yagona ishi — ularga xalal bermaslikdir.

@panda_books
#sarhisob #avgust

Oy Sarhisobi.


Avgust oyi men uchun sermahsul o'tdi. Ko'p bitmagan ishlarimni bitirdim, tugatilmay yotgan kitoblarimni tugatdim. Xudoga shukr!

Sizlarga katta bir ishlarni boshlab qo'yganim, hali sentabrda yaxshi xabarlar kelsa, ularni sizlar bilan ham bo'lishishimni aytib qo'ymoqchiman.

Xullas, shunday ekan, biz bilan qoling! Hali ko'p parvozlar bizni kutib turibdi. Quyidagi an'anaviy sarhisoblarim:

O'qilgan kitoblar:
♻️
Sandra Nyuman — "1984: Juliya"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Markiz de Sad — "Les 120 journées de Sodome"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Robert Grin — "Mahorat"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Frenk Gerbert — "Dyuna"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Ketrin Paterson — "Terabitiya mamlakati sari"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Nikkolo Makiavelli — "Hukmdor"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Abdulla Oripov — "Menga xushxabar ayt"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Shaharlar va ambitsiyalar
👉 Avgust oyida mutolaa qilish uchun 8 ta kitob
👉 Sport vs Siyosat
👉
Xotirjam so'radi Dambldor
👉
"Xalqaro kitobsevarlar kuni"!
👉
Matritsada yashashimiz yoxud soxta tarix
👉
AES
👉
Alen Delon, moda va stil
👉
Asosiy tamoyillar
👉
So'z erkinligi
👉 Mustaqillik kuni

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#newbook #yangikitob

Bugun bayram munosabati bilan o'zimga-o'zim yangi kitoblar sovg'a qildim. Bular:

Asli Sanjar - "Haram"
Romand kanizak Didanur va istanbullik xonim Jamila taqdiri misolida Usmonli ayollari hayoti haqida hikoya qilinadi.

Bahodir Yenishehirlio'g'li - "Antikvarchi"
Unda antiqa buyumlar sotuvchisi Jamilbey va uning achchiq qismati to'g'risida so'z boradi. Kitob armon bo'lgan kelajak va iztirobli o'tmish so'zlaydi deyilgan annotatsiyada.

E'tiborlisi, bu har ikki yangi kitobning tarjimoni do'stimiz Ilhom Salimov. Bir tomondan uning ushbu endigina tandirdan uzilgan tarjimalaridan ham bahramand bo'lamiz.

Hali ularni o'qidingizmi?

@panda_books
#muqova

"Ulug' saltanat" - Muhammad Ali

BookUzda yangi seriyali qotil kitoblarni ko'rib qoldim. Hali nima haqidaligini uncha tushunmadimu, lekin muqovasi menga yaxshi ko'rindi. Yaxshi seriya bo'libdi. Narxini so'ramabman.

O'qiganlar bormi?

@panda_books
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Ishni boshlashdan oldin, universitetga kelgan yangi domlalarga bir haftacha oriyentatsiya tadbirlari boʻlib oʻtadi. Universitetni har xil boʻlimlari va maʼmuriyatni har xil qismlaridan universitet haqida, uni falsafasi, talabalari va boshqa narsalari haqida maʼmuriyat, talabalar va anchadan beri ishlayotgan domlalar gapirib berishadi. Oʻsha haftada kunlar odatda yangi kelgan professorlar bilan birga nonushta qilib deyarli soat 5-6gacha birga kun oʻtkazishdan iborat boʻldi. Haftani oxiriga kelib, bir adabiyot professori bilan tanishib qoldim, bir necha yil bu yerda ishlagan, endi esa toʻlaqonli ishni boshlayotgan ekan (visiting boʻlgan, bu yildan esa “full time”), asosan sher yozishi va shoir ekani haqida suhbatlashdik. Oʻzi shu tadbirlarda 5-6ta stol boʻlib, har kuni har xil professorlar bilan oʻtkazishdi, yaʼni nonushta va obedni har xil odamlar bilan qilish maqsadida va fakultetlardagi domlalar bir birini yaxshi tanib olishi uchun qilingan edi bu. Keyin tadbirlar tugagach oʻsha yangi hamkasbim haqida koʻproq bilish uchun google qilsam — u sherlari uchun 2015 yilda Pulitzer sovrindori boʻlgan ekan, ismi Gregori Pardlo. Gregori oʻzi bilan birga Abdulrazak Gurnah ham adabiyot fakultetiga professor boʻlib qoʻshilayotganini aytib oʻtdi. Aytganida, menga bu ism tanish tuyulmaganini sezdi shekilli, keyin men aytdim, toʻgʻrisi Gurnahni oʻqimagan ekanman va kelajakda albatta oʻqiyman dedim, bosh ustiga bir kampusdagi hamkasbim ekan, keyin bilsam u adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori ekan.

Bugun ertalab NYU prezidenti domlalarga xat yozibdi, unda maʼmuriyatdagi yangiliklar va rejalar ulashgan, va Abu Dabi kampusiga yangi kelgan domlalar haqida ham qismi bor ekan: “NYU Abu Dabi safiga ikkita hurmatli olimlar qoʻshildi: Tunisda plyuralistik demokratiyani yaratishdagi xizmati uchun 2015 yilgi Tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan Tunis Milliy Muloqot Kvartetining arbobi Ouided Bouchamaui va 2021-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotini sovrindori jahon adabiyotining taniqli ovozi Abdulrazzak Gurnah. Ular adabiyot giganti, inson huquqlari va ijtimoiy adolat kurashchisi, Nobel mukofoti sovrindori Vole Soyinkaga qoʻshilishdi”. Men shu bir haftalik oriyentatsiyada bir Pulitzer mukofoti sovrindori va ikki Nobel mukofoti sovrindori bilan boʻlgan ekanman va ularni bu yutuqlari haqida bilmay qolibman (adabiyotdan uzoqligim ham pand berdi albatta, oʻzimni aybim), oʻzlari ham shuncha kun ichida mundoq biror marta aytishmabdi ham. Tanishtirganda: “men ismim palonchi, falon masalalarga qiziqaman, falon fanlardan dars berish rejam bor” deb aytishdi xolos. Universitet prezidenti vaqtliroq xat yozganda bilar edimmi deb oʻyladim. Eh mayli.
Bilishimcha, endi adabiyot fakultetida toʻlaqonli ishlaydigan ikki Nobel mukofoti sovrindori va bir Pulitzer sovrindori bor. Toʻgʻrisi, talabalarga havasim keldi, NYU Abu Dhabida haqiqiy “liberal arts” darajasi beriladi. Yaʼni hamma talaba ham adabiyotni ham aniq fanlarni olishi kerak, juda keng maʼnoda har xil fanlar va sohalarni oʻrgatadigan bir joy ekan. Manimcha, Nyu Yorkdagi kampusdan aynan shunisi bilan ajralib turadi. Sinflar kichikligi va har tomonlama keng beriladigan liberal arts darajasi. Sinfni kichikligi esa, domlalar va talabalar orasidagi interaksiyani ancha erkinlashtiradi.

Meni bu yerdagi ikkinchi haftam boshlanyapti. Hayolga shular keldi.

Aytmoqchi, bu yerda 19 ta Oʻzbekistonlik talaba ham tahsil olishar ekan. Kecha birga mustaqillik bayramini nishonladik — kechki ovqatga meni taklif qilishdi. Juda faxrlandim toʻgʻrisi. Juda yorqin talabalar.
2024/09/28 06:12:59
Back to Top
HTML Embed Code: