Telegram Web Link
Fransiyadagi Pireney tog'laridan unchalik uzoq bo'lmagan joyda atigi 800 kishi istiqomat qiladigan kichkina va go'zal Montolieu qishlog'i joylashgan. Eng qizig'i, shu mo'jazgina qishloqning o'zida 15 ta kitob do‘koni bor ekan (Lekin birorta ham bankomat yo‘q). Shunda tahminan har 50 nafar aholiga bittadan kitob do‘koni to‘g‘ri keladi.

Albatta, kitob do'konlari nafaqat mahalliy aholiga, balki sayyohlarga ham xizmat qiladi - mahalliy aholidan ko'ra ko'proq sayyohlarga desak to'g'riroq bo'ladi. Sababi Montolieu — Fransiyaning noyob kitob shaharlaridan (qishloqlaridan) biri hisoblanadi. Uning o'ziga xos xususiyati bor: kitob shaharlarining o'ziga xosligi asosan kitoblar savdosiga asoslansa, Montolieu o'ziga xosligi ularning yaratilishi atrofida shakllanadi.

Bu yerda muntazam ravishda seminarlar, mahorat darslari va konferensiyalar o'tkaziladi. Muqovachilar, xattotlar, marmar qog‘oz ishlab chiqaruvchilar o‘z mahoratlarini namoyish etadilar. QIshloq yaqinida 19-asrda o'nga yaqin qog'oz fabrikasi bo'lgan Brousse kommunasi joylashgan.

Ushbu BBC materialidan Montolieu haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

@panda_books
#muqova

"Lolita"

Nabokov 1899-yilda SSSRda tug'ilgan. Unga eng ko'p taqiqlar va janjallar olib kelgan romani (1955) ham mana shu.

Ammo bunday roman uchun muqovani qanday tanlash kerak? Muallifning o'zi unda hech qanday kapalak yoki qizlar bo'lmasligini talab qilgan. Kitobning birinchi nashri qat'iy yam-yashil muqova bilan nashr etilgan.

Keyin dizaynerlar baribir bilganidan qolishmadi. Qizlar, kapalaklar, filmdan kadrlar va hokazo.

Bugun men agar "Lolita" o'zbekchaga o'girilsa (shunday insayd yuribdi) qaysi muqova chiroyli chiqardi deb qidirib, shular orasidan buni topdim. U 2012-yilda Londonlik dizayner Jeymi Kinan tomonidan yaratilgan. O'zingiz baho bering.

@panda_books
Ha do'stim, lekin biz Ultontozni u bastard bo'lgani uchun emas, balki qo'rqoq, xoin, ayyor va taxtparast bo'lgani uchun yomon ko'ramiz...

Har holda men shunday o'ylayman.

@panda_books
#mutolaa

Bu Olamda bizni o‘rab turgan hamma narsada yashirin naqsh bor. Unda simmetriya, nafislik, oliymaqomlik... durdona asarning barcha belgilari mujassam. Fasllar o‘zgarishiga, qiyalikdan oqib tushatotgan qum donalariga, Keyin uning barglariga. Biz bu naqshlarni hayotimizda, jamiyatda takrorlashga harakat qilamiz, bizga taskin beradigan ritmlarni, raqslarni topishga harakat qilamiz.

— Frenk Gerbert, "Dyuna"

@panda_books
#news

Eng mashhur yapon mangalaridan biri bo'lmish – "Death Note" o'zbek tilida chop etiladi

Bu haqida yangi tashkil topgan nashriyotlardan biri "Massaget" o'z kanalida ma'lum qildi.

Manga haqida yozgan taqrizim shu yerda.

@panda_books
Sharof Boshbekov yozuvchilarning “Do‘rmon” ijod uyida Shukrullo domla bilan ustoz Said Ahmad suhbatlashib o‘tirishgani oldidan chiqib qoladi. Shukrullo domla qaysidir sahna asari haqida gazetada chiqqan tanqidiy maqoladan jig‘ibiyron bo‘lib turgan ekan. Domlani yupatib, ko‘nglini ko‘tarmoqchi bo‘lib, debdi:

– Parvo qilmang, domla, o‘zi hamma buyuk ijodkorlarning ismi “Sh”dan boshlanadi. Masalan, Shekspir, Shiller, Shuman, Shubert, Shtraus… Shostakovich, Sholoxov, Shukshin… Shayxzoda, Shukur Burxonov, Shukrullo, Shukur Xolmirzayev…

– Sharof Boshbekov… – deydi domla uning hazillashayoiganini tushunib.
– Kaneshno! – deydi Sharof Boshbekov yasama viqor bilan.

Ustoz Said Ahmad sanoqni davom ettiradi:
– Shaid Ahmad…

@panda_books
#nazm

Yevropa

Muhabbat atalgan bir his bor edi,
Uni deb qavmlar bir birin yegan.
Juletta ismli bir qiz bor edi,
Bir yigit bor edi Romeo degan.

Bor edi muhabbat atalmish qo‘rg‘on,
Uchib kirolmasdi chivin ham hatto.
Sovg‘asin Yagoning qo‘lida ko‘rgan,
Bo‘g‘ib qo‘ya qolgan juftin Otello.

Endi bu yurtlarda dunyo teskari,
Muhabbat hislari badar ketganlar
Jannatni madh etib yurganlar bari,
Jahannam komiga borib yetganlar.

Xo‘roz xo‘roz bilan o‘tkazsa to‘yin,
Buqalar buqa deb ipini uzsa.
Bu qanday tomosho, bu qanday o‘yin,
Sigirlar sigirga ko‘zini suzsa…

Inson mukarramdir unutma aslo,
Sha’niga yomon gap to‘qima, bolam.
Bu she’rni bir o‘zing o‘qiding, ammo
O‘qima birovga, o‘qima, bolam…

Abdulla Oripov

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Robert Grin — "Mahorat"

"Har bir inson doim turli ehtimoliy shaxsiyatlari ichidan asl va haqiqiy o'zligini topadi".
— Xose Ortega i Gasset


Bir tomondan ne baxtki, Asaxiy Booksning ushbu premyerasi aynan shunday motivatsiyaga muhtoj bo'lib turgan paytimda qo'limga tushdi. Hayotda ba'zan borayotgan yo'lingdan to'xtab, ortga qaragan holda hayotingni bir kichik sarhisob qilib olmoq ham xayrlidir. Grin bu borada menga yordam berdi deb o'ylayman.

Uning yoqqan yana bir jihati, mahoratga erishish haqida bir necha mashhur insonlar misoli bilan cheklanmagani, deyarli har 2-3 varaqda yangi qahramonlar va ulardan olingan saboqlar haqida yozilgani - kitobni yanada qiziqarli va tushunarli qiladi.

O'zi mahorat nima? O'zingiz sevgan ish bilan shug'ullanishmi yoki tez boyishga intilish afzalmi? Ko'pchiligimiz yaxshi ko'rgan ishimiz bilan shug'ullanish o'rniga mo'may daromad keltiradigan ishlarga o'zimizni uramiz. Natijada pul topish ilinjida taqdirimiz yo'lidan tobora uzoqlashib boramiz. Moddiy ehtiyojingiz qondirilishi mumkin, ammo ichingizda baribir bo'shliq his etaverasiz. Uni istagan narsa bilan to'ldirishga urinmang, foydasi yo'q, Ba'zilar katta qurbonliklar bilan ortga qaytishga muvaffaq bo'ladi, ba'zilar esa yo'q.

Hamma narsaga hozir erishib bo'lmaydi. Kitobda bu haqida zo'r gaplar aytiladi. Mahorat sari yo'l sabrni talab qiladi. Siz kutgan natija balki 5 yilda, balki 10 yilda sodir bo'lar, siz mehnatlaringiz mevasiga e'tibor qaratishingiz kerak. Kimdur aytgandi: "Natija emas, unga olib boruvchi yo'l muhimroq" deb.

Chinakam boylik va muvaffaqiyat ularga erishishni ko'zlaganlarga emas, balki e'tiborini o'z sevgan ishida mahoratga erishish va biror narsani o'z hayotiy maqsadi etib belgilagan insonlarga nasib etadi. Buni unutmang.

Kitobni hayotda o'z yo'lini topishga harakat qilayotganlar, o'zining hozirgi qilib turgan ishidan ko'ngli to'lmayotganlarga tavsiya qilaman. Zero, uni mutolaasi davomida biror muhim xulosaga kelarsiz.

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Frenk Gerbert — "Dyuna"

"Olam mantiqiy bo‘lishi kerak, degan fikr odamlar ongiga chuqur singib ketgan. Ammo voqelik bizni har doim mantiq chegarasidan bir qadam chetga olib chiqadi".

Uzoq kelajak. Arrakis sayyorasi. Ulkan qum tepaliklar (inglizcha "Dune")dan iborat bir qarashda o'likdek tuyuladigan ushbu sayyorada "Ziravor" deb nomlanadigan kuchli yerosti boyligi mavjud. Va tabiiyki, butun Galaktikada g'oyat yuqori narxlanadigan bu ziravor ustidan hukmronlik masalasi orqali ushbu kitob voqealari boshlanadi.

Imperator Shaddam IV ushbu sayyorani oldin Buyuk Xonadonlar ligasi — Lansraad a'zosi baron Vladimir Xarkonnenga, keyinchalik Kaladan sayyorasi hukmdorlari bo'lmish Atreydeslar Xonadoni yetakchisi graf Leto Atreydesga beradi. Kitobda biz ushbu oilalar o'rtasidagi azaliy dushmanlik guvohiga aylanamiz. Voqealar markazida esa graf Letoning o'g'li Pol Atreydes va grafning xotini Polning onasi ledi Jessika turadi.

Kitob hajmi juda katta. Buni his qilishingiz uchun yaqinda katta ekranlarga chiqqan rejissor Deni Vilnyovning "Dune-1" va "Dune-2" filmlari aynan shu bitta kitobga tayanib ishlangan. Kino, albatta, Dyunaning mazmunini to'liq ochib bera olmagandur, zero, kitob va kino o'rtasida yaxshigina tafovutlar ham mavjud. Lekin bunga to'xtalib o'tishga hojat yo'q.

Nufuzli Xyugo mukofotini qo'lga kiritgan ushbu kitob orqali “Dyuna xronikasi” boshlanadi. Frenk Gerbert o'zi 6 tasini yozib tugatadi. U saratonga chalinib 1986-yilda vafot etganindan so'ng, farzandi Brayan Gerbert otasining ishini davom ettiradi. Qoralamalardan foydalanib, u Kevin Anderson bilan birgalikda bu olam haqida naq 13 ta asar yozishadi.

Asar o'zida fantastika janrini jamlagan bo'lsa-da, joyi kelganda uning falsafiy romang xos elementlarini ham e'tirof etish lozim. Roman katta bo'lsa-da, oson o'qiladi, undagi teran fikrlar o'ziga xos so'zlashuv tili orqali kitobxonga ta'sirli tarzda yetib boradi. Roman qahramonlari, ayniqsa Polning hissiyotlari juda batafsil ochib berilgan, qahramonlar harakati ishonarli va samimiy chiqqan.

Gerbertning dahosi shundaki, u G'arbda deyarli hammadan oldin Sharq, aniqrog'i, arab madaniyatiga murojaat qilib, Dyunani tabiatini, neft va badaviylar timsolini, shuningdek, islom dinining ba'zi ahkomlarini o'z asariga mohirlik ila ko'chira olgan.

Dyunadagi siyosiy o'yinlar "Taxtlar o'yini"dan qolishmaydi. U yerda Rohibalar ordeni — "Bene Gesserit" super josuslar tashkiloti bo'lib, ular dinlar va payg'ambarona inson siymosini yaratish orqali insonlarni nazorat qilishga urinishadi. Shuningdek, mashinalarga qarshi urushdan keyin Mentat deya nomlanuvchi inson-kompyuterlar yaratiladi va kuchli miyaga ega mentatlar hukmdorlarning yaqinlariga aylanishadi. Shu bilan birga, imperatorning qudratli shaxsiy armiyasi - sardaukarlar, Dyuna tub aholisi Fremenlar, Sahroda kezadigan ulkan Chuvalchanglar, Gildiya, navigatorlar, doktor Sukklar haqida bilib olishingiz mumkin.

Kitob haqida ko'p gapirish mumkin, ammo hozircha shuni ayta olamanki, yaqin orada biz "Dyuna"ni o'zbek tilida ko'rishga muvaffaq bo'lsak, uning mutolaasidan arzirli narsa ola bilishingizga aminman.

Qachondir sahro aro imperiya sardaukarlaridan qochib, Shay-Xulud chuvalchanglardan panalab borarkansiz, qum barhanlari ortidan uzun qora yopinchiqqa burkangan, moviy ko'zlari bilan sizga donishmand qiyofada boqib turgan insonni uchratsangiz bilingkki, siz katta ehtimol Arrakis sayyorasi grafi, Lisan-al Gaib, Kvisats Xaderax, Pol Muad'Dib Atreydes qarshisida turibsiz..

Shu payta unga mening salomimni yetkazishni unutmang...

@panda_books
#muqova

"Eksmo" nashriyotidan klassik asarlarga nihoyatda minimalistik muqovalar.

Menga uncha o'tirmadi, ochig'i. Sizning fikringiz?

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Panda Books
Video message
Tan olish kerak, Zumerlar avlodi (2001-2015 tug'ilganlar) qanday dam olishni biladi:)

Hammasi modniy kiyingan, erkin va yana yaxshi qomatga ham ega. Deyarli ichishmaydi, chekish juda kam ko'rdim. Pozitiv.

Va bu juda yaxshi.

@panda_books
Afsuski, kunni shumxabar o'qishdan boshladim:

"Pavel Durov hibsga olindi. U terrorizmda ayblanmoqda".

👉 Batafsil.

@panda_books
Mabodo Telegram yopilsa (unday bo'lmasin ishqilib) meni qayerdan topishingiz mumkin?

Instagram: instagram.com/jasurbek.bazarbaeff
Instagram: instagram.com/pandabooksuz/
Tiktok: tiktok.com/@jasurbek.bazarbaeff
Twitter: twitter.com/PandaBooksUz
YouTube: youtube.com/@pandabooksuz

Zamon nozik, G'arbning demokratiyasigayam ishonib bo‘lmay qoldi.

Obuna bo'lib qo'yinglar!
Asosiy tamoyillar

Pasha Durov va Ilon Mask dahosi shundaki, ular "birinchi tamoyillar" deb ataluvchi narsalar haqida o'ylashadi. Empedokl tabiatning 4 asosiy elementini ilgari surganidek, ular har qanday muvaffaqiyatli ijtimoiy tarmoqning asosi faqat ikkita omil: so'z erkinligi va erkin matnligini tushunishadi.

Fotolar emas. Rasmlar emas. Video emas. Reels emas. Storieslar emas. Audio yoki podkastlar emas. Kulgili smayliklarmas. Metaolam yoki VR emas. Bularning barchasi vaqtinchalik, borib-borib xotiradan o'chadi va cheksiz bo'shliqdagi gigabaytlarga aylanadi. O'n yillar davomida ko'rilgan millionlab videolarni hech kim eslamaydi.

Faqat matn. Bo'libam faqat erkin (senzura yoki cancel culture orqali taqiqlanmagan) matn. Bu xotirangizda muhrlanadi, hamma narsadanda ko'proq hayratga soladi, hayotingizni o'zgartiradi va umringizning oxirigacha siz bilan qoladi. Miloddan avvalgi 21-asrda ham shunday bo'lgan, bizning 21-asrda ham shunday bo'ladi.

Aytgancha, Facebook 2016-yilgacha bo'lgan oltin davrida shunday edi, ammo ochko'z Sukerberg o'zining algoritmlari bilan hamma narsani buzdi - avval so'z erkinligidan (Amerika razvedka xizmatlari va liberal woke-kun tartibi bilan), keyin esa TikTok va Instagramga intilib matndan ayrildi.

Shunday ekan, hozir istalgan ozmi-koʻpmi fikrlashga qodir inson faqat ikkita ijtimoiy tarmoq: Twitter va Telegramga intiladi. Ilon Mask allaqachon xuddi o'zini Etna tog'idagi kraterga tashlab, ma'budga aylanishga harakat qilgan Empedokl kabi, tarixda Buyuk Inson bo'lib qoldi.

Pavel Durovda esa bunga erishish uchun hali barcha imkoniyatlar mavjud.

— Rashev

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Ketrin Paterson — "Terabitiya mamlakati sari"

"U hayotida birinchi marta har tong uyg‘onarkan, o‘zini qandaydir arzigulik narsa kutayotganiga ishonardi".

Ketrin Paterson ushbu kitobda oddiy amerikalik oilani tasvirlaydi. Biz kinolarda ko'rib o'rgangan badavlat yuristlar yoki biznesmenlarni emas, balki Kolumbiya okrugida yashovchi, oylikdan oylikka arang kun ko‘rayotgan fermerlar oilasini.

Jess - 5-sinfga o'tgan bolakay, U oz-moz iste’dodli, lekin judayam ziyoli bo‘lmagan oddiy bola. Uning orzusi ham oddiy - sinfda eng chopqir o'quvchi bo‘lish. Yosh muallima qizga oshiq bo‘lish ham oddiy hol. Opa-singillar bilan odatiy janjallar va kichik singlisiga g‘amxo‘rlik qilishlari. Uy. O‘qish. Yana uy.

Kutilmaganda bolakayning tinch hayotiga Lesli Byork ismli qiz "bostirib kiradi". Boshqa muhitda katta bo'lgan Leslilar oilasi kambag‘allik tufayli emas, balki "oddiy hayot" izlab bu xilvat joylarga ko‘chib kelishgandi. Ular oldiniga raqib, keyin esa yaqin do'stlarga aylanishadi. Bu do'stlik Jessning hayotini o'zgartirib yuboradi deyish mumkin, hatto ular birgalikda o'zlarining xayoliy qirolligi -Terabitiyaga asos soladilar. Va, albatta, bu faqat ikkovi o'rtasida yashirin sir edi.

Xo'sh, nega bu kitob muhim? Birinchidan, muallif o'z asarida o'smirlarni xayoliy emas, balki real muammolari bilan birga tasvirlashga harakat qiladi. Ota-onasining kambag'alligi, maktabdagi bullinglar va boshqa-boshqa muammolardan bezigan yoshlar o'zlari uchun ideal bexavotir va tashvishsiz "maskan" izlashga urinadilar. Jon Tolkin o'z vaqtida zo'r gap aytgandi: "Agar bu dunyodan qochgingiz kelsa, demak, u uy emas, balki qamoqxonadir".

Ikkinchidan, kitobda yana bir abadiy mavzu - O'lim ham ko'tariladi. Negadur bugungi sivilizatsiya o‘limdan qo‘rqadi. Bolalarga odatda o'lim nima ekanligi aniq anglatilmaydi. Shu sababli, o‘limni tushunishga qaratilgan bu kabi bolalar qissasi bizga hayratlanarli tuyuladi. Chunki hammamiz bolalikdanoq baxtli yakun ko'rishga o'rganib qolganmiz. Patersonning kitobi shu uchun ham o'ziga xoski, u G'arbda bolalar uchun nozik deya hisoblangan mavzuga jasorat bilan qo'l uradi.

Asliyatida kitob nomi "Bridge to Terabithia" deb nomlanadi. Lekin syujetga ko'ra, Lesli va Jess o'z mamlakatlariga ko'prikda emas, balki arqonga osilgan holda irmoqdan sakrab o'tib, "yetib olardilar". Faqatgina asar so'nggiga kelib, endi bir o'zi qolgan Jess Leslining otasidan biroz taxtalar so'rab oladi va "O'z qasrlari tomon" ko'prik qurishga kirishadi. Qizig'i, lotin tilida ko'prik quruvchi - "Pontificus" deb atalarkan. Xristian dinida shunday nomlanuvchi rohiblar ham mavjud. Muallif bu orqali o'smirlar hayotidagi dinning o'rni va ba'zi diniy qarashlarni ko'rsatib berishga uringandek tuyuldi menga.

Ushbu kitob asosida 2006-yilda film ham suratga olingan, u o'zbek tilida ham mavjud. Qiziqsangiz, oldin filmni tomosha qiling. Agar ma'qul bo'lsa, keyin kitobini o'qib chiqishingiz mumkin. Kitob hozircha o'zbek tiliga tarjima qilinmagan, ajabmas yaqin yillarda Patersonning ushbu ijod namunasini kitob do'konlarimizda ham ko'rib qolsak.

Kitob menga juda ma'qul bo'ldi. Hatto, uni o'smirlik davrlarimda o'qimaganimdan ozgina afsuslandim.

Sad reading!

@panda_books
💠 Ketayotganni to'xtatmang, kelayotganni qaytarmang.

💠 Hech nima qilmagan odamgina xato qilmaydi.

💠 Tez - bu sekin, ammo to'xtovsiz harakat degani.

💠 Doimo nodonlar va jinnilarga yo'l bering.

💠 Yomon odam do'sti bo'lgandan ko'ra, yaxshi odamning dushmani bo'lish afzalroqdir.

💠 Oddiy odamlarsiz buyuklar bo'lmaydi.

💠 Yuqoriga chiqishni istagan dono inson oldin zinapoyani ko'zdan kechiradi.

💠 Er-xotin qo'l va ko'z kabi bo'lmog'i lozim: qo'l kasal bo'lganida - ko'z yig'laydi, ko'z yig'laganda - qo'llar ko'z yoshlarini artib turadi.

💠 Quyosh odamlarni yaxshi va yomonga ajratmaydi. Quyosh hech narsa ta'ma qilmasdan hammaga birdek nur sochadi. O'zini topgan kishi ham xuddi quyoshga o'xshaydi.

💠 Dengiz shuning uchun ham kengdirki, chunki u mayda daryolarni o'zidan ajratmaydi.

@panda_books
2024/11/16 11:36:38
Back to Top
HTML Embed Code: