Telegram Web Link
#haqida

Cambridge Learning Center rahbarining videosi haqidagi twitim rekka chiqib, 7,5K o'qilibdi. Har kim har xil fikr bildirgan.

Videoni o'zizam ko'rishiz mumkin. Unda Wien kafesida ishlayotgan bola, ularda o'qib 7 olgan ekan. Center rahbari "Bizni o'quvchi shu yerda ishlashidan xursandman", degan. Bunday qaraganda hammasi OK. Lekin?

Agar yigit haqqatda ingliz tili muhim faktor sanalgan joyda ishlaganida (Axir unda 7.0 ekan) shunda maqtansa yarashardi deb o'ylayman.

Shu yerda bu holatni men arzon piar deb o'ylayman, hattoki antireklama. Axir, Cambridgeda o'qish narxi ham arzon emas.

Lekin yana bir narsa+ Tarmoqda katta o'quv markazlarini tanqid qilib yozish, qiyin bo'lib qolibdi.

IMHO

@panda_books
#haqida

Aniq ifodala!

Tepadagi va umuman, butun ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlar, so'rovnomalar yoki munozaralarga qarab shunga amin bo'ldimki, o'zini fikrlovchi deya ataydigan har bir inson ega bo'lishi shart bo'lgan eng muhim xususiyat - bu Fikrini aniq ifodalay bilishdir.

Aniq va to'g'ri formula qilingan fikr - 90% nutq tayyor degani. Bunda uning uzunligi ahamiyatga ega emas. Biror mavzuda 15 daqiqa gapirib ham hech narsani tushuntirolmaslik mumkin. Bir og'iz jumla bilan ham mavzuga chiroyli tushuntirish berish mumkin.

Katta auditoriyaga nimadur demoqchimisiz, avvalo, fikringiz ikki xil ma'noda tushunib qolishmasligi, nima nazarda tutayotganingizni tomoshabinlar aniq anglayotganiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Har bir so'zning qo'llanishi muhim. Bu esa o'z navbatida sizdan ozroq e'tibor va ma'suliyat talab qiladi.

Shopengauer aytganidek: "Kim aniq fikrlasa, o'sha aniq ifoda qila oladi".

@panda_books
#haqida

Xeminguey

Bundan roppa-rosa 125 yil oldin buyuk ijodkorlardan biri Ernest Xeminguey dunyoga kelgan edi.

Yaqinda Asaxiy Books yozuvchining yana bir kitobini o'zbek tilida nashr qildi. O"sha nashr muqovasi esa meni diqqatimni tortdi. Chunki men bu rasmni oldin ham ko'rganman. 1957-yilda olingan ushbu portretni 60-yillarda har bir sovet ziyolilsining devorida osilgan holda topishingiz mumkin edi.

Brutal qiyofali, sviter kiygan, soqolli erkak tasviri. Qizig'i, o'sha oltmishinchi yillarda sovet ziyolisi uchun noma'lum bo'lgan ushbu sviter mashhur Christian Dior brendiga tegishlidir. Bir so'z bilan aytganda: Go'zal kadr!

Urushda qatnashgan, frontni ko'rgan, oldin muxbirlik, keyin esa yozuvchi sifatida shedevr asarlar yozib, dunyo adabiyoti javonidan munosib o'rin egallagan insonni yod etaylik!

Happy birthday, bro!

@panda_books
Panda Books
#haqida Xeminguey Bundan roppa-rosa 125 yil oldin buyuk ijodkorlardan biri Ernest Xeminguey dunyoga kelgan edi. Yaqinda Asaxiy Books yozuvchining yana bir kitobini o'zbek tilida nashr qildi. O"sha nashr muqovasi esa meni diqqatimni tortdi. Chunki men…
Gap, Ernest haqida ketgan paytlari, ba'zan o'ylab qolaman: "Blin, Xeminguey o'zini otib o'ldirmaganida nima bo'lardi?"

Buyuk yozuvchi, urush qahramoni, haqiqiy erkaklik timsoli...va hokazo. Ammo oxiri bunday noxush yakun...

Balki shunday bo'lishi kerakdir. Charlz Bukovski aytganidek, Xeminguey o'q uzib miyasini devorga chaplagani ham stil edi. Xuddi butun umr yashagani kabi...

@panda_books
Book hangover

"Hangover" ingliz tilidan "mastlikdan keyingi boshog'riq"ni bildiradi. "Book hangover" esa kitob mutolaasidan keyin sodir bo'ladigan shu kabi holatni ifodalaydi.

Bu odatda qandadir hayajonli asarni o'qib tugatgach, undagi ajoyib dunyodan yana o'sha zerikarli reallikda yashashga ko'nikolmaganingda yuz beradi. Masalan, bir-biridan qiziqarli voqealar, ajdaholar yoki epik janglar, romantika yo ajoyib detektiv sarguzashtlar - bularning hammasi asar yakunidan so'ng, kitob sahifalarida qoladi, sen esa yana o'zingning oddiy "magl hayoting"da yashay boshlaysan. U yerda kurash - faqat do'kondagi oxirgi non, qo'shnilarning o'zaro parkovka uchun joy talashishi yoki doktor qabuliga navbat uchun bo'ladi, xolos.

Agar juda ta'sirchan bo'lsangiz, bu holat bir necha kun yoki hatto biror hafta davom etishi mumkin. Misol, ba'zilarimiz haligacha Hogwartsdan xat olishni orzu qilamiz, garchi endilikda farzandlarimiz maktab yoshiga yetib qolgan bo'lsada..

Sizchi? Qaysi kitobdan keyin o'zingizga kelishingiz qiyin bo'lgan? Izohlarda qoldiring.

@panda_books
Bookbloger o'rtoqlar yig'ilib, kundalik hayotdagi montaj qilinmaydigan, yengil va qiziqarli fikrlarini berib boradigan "takoy yengil" loyiha boshladik – @kitobdoira
Bugun "Jadidlar"ga bag'ishlangan ajoyib media ko'rgazmaga tashrif buyurdim.

5 ta bo'limning har biri alohida mavzularga bag'ishlangan. Oxirida istasangiz xat qoldirishingiz mumkin va xatlarning eng yaxshilari gazetada chop etilarkan.

Ular haqida vizual ma'lumot olishingiz uchun ajoyib imkoniyat!

Videolarni odatdagidek Instagramda ulashaman

@panda_books
Kecha tomosha qilgan serialimdagi quyidagi parcha hayolimga mixlanib qoldi:

"Sendan nafratlanishimga majburlama, seni sevishning o'zi yetarlicha og'riqli..."

@panda_books
Yomon kitoblarni o'qish uchun hayot judayam qisqalik qiladi.

@panda_books
Xorijiy nashriyotlarning birida "Reading the City" nomli chiroyli bir turkum bor ekan. Adashmasam, har bir kitob o'sha shahar haqida qisqacha ma'lumot beradi.

Meni quvontirgani Ramalla va G'azo haqida ham alohida kitoblar bor ekan.

Qachondir bizda ham bo'lar.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
Chellenj

• Men: Jasurbek
• Ovqat: Moshxo'rda
• Qo‘shiq: Lana Del Rey - Video Games (ayni kunlarda)
• Ichimlik: Suv (yoki Coca-Cola)
• Hayvon: Panda
• Rang: Qora
• Multfilm: Spirit: Stallion of the Cimarron
• Hobbi: PlayStation
• Film: Aytishim imkonsiz

Davom ettirishingiz mumkin.

@boredpandablog
Nadomat

"Garri Potter va Olov Kubogi" filmidagi bal sahnasi hammaning yodida bo'lsa kerak. Unda butun semestr davomida yonidagi shunday go'zal qizni payqamasdan, ustiga-ustak uni oxirgi daqiqagacha balga taklif qilishga o'zida jur'at topa olmagan Ron obrazini ham eslasangiz kerak. Natijada maftunkor Germionani Durmstranglar sardori Viktor Kram taklif qiladi, Ron esa ilojsiz hind kursdosh qizi bilan birga tashrif buyuradi.

Xullas, film ilk variantida Ronning Germionaga ushbu ta'sirli qarashi bo'lgan ekan, ammo keyinchalik negadir bu sahna filmdan kesib tashlangan. Menga esa bu lavha juda yoqdi.

Orqa fonda o'z orzusidagi qizdan quruq qolgan Ronning nadomat chekkan holati bu yurakka ancha yaqin.

P.s: Filmni tomosha qilib keldim. Bu sahna "Garri Potter va Ajal tuhfalari-1" filmidan kesilgan ekan. Lekin yuqoridagi fikrlarimga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#haqida

Paris 2024: Opening Ceremony

Fransiya o'zining boy madaniy merosiga va qadim tarixga ega mamlakat. Fransuz klassik adabiyoti esa butun dunyoda sevib o'qiladi. Moda, san'at va shu kabi sohalardagi eng kreativ va ijodkor qatlamning aksariyati ham aynan Fransiyada yashaydi.

Va ularga o'z national identify va madaniyatini butun dunyoga ko'rsatish imkoni berildi. Olimpiya o'yinlarini qabul qilish va Ochilish marosimining tub maqsadi ham aynan shu - siz kim ekanlingiz va tarixda kim bo'lganligingizni ko'rsatish. Yana ular shu bilan o'zlarining tarixiy raqiblari bo'lmish inglizlarning London-2012dagi ajoyib performansidanda yaxshiroq narsa qila olishlari mumkin edi. Masalan, Napoleon, Dyuma, Bastiliya... ammo bulardan faqatgina Senani ko'ra oldik, xolos.

Ular shuncha narsa qolib, satanizm va Transgenderlar targ'ibotini tanlashdi. Ha, ayol qiyofasidagi bahaybat soqolli erkak juda bir Fransiyaga mosmasda. Ya'ni eng alam qiladigani, hatto shu g'oyayam o'zlariniki emas, balki bu hammasi AQSh propagandasi va wokeism siyosatini to'g'ridan-to'g'ri yoyish shunchaki.

Xullas, Fransiyadek davlat o'z milliy an'analari va madaniyatiga xos elementlarni yo'qotgani achinarli. Juda achinarli.

@boredpandablog
Mazza qilib kitob o'qiyman deganingda, bugun O'zbekiston termasining o'yini borligini bilib qolganingda:

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz Rim Imperiyasi haqida qanchalik tez-tez o'ylaysiz?

Kitob nomi Meri Bird - "S.P.Q.R." Rim Imperiyasi tarixi haqida eng ajoyib kitoblardan biri.

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Sandra Nyuman – "1984: Juliya"

"Tanlov yo'q, ammo go'yo u bordek yashashing kerak".

Jorj Oruell daho. U "1984" romani orqali unikal bir dunyo yaratadi, antiutopiya darajasini yana bir pog'onaga ko'tarib ketadi. Keyinchalik unga tamsil etganlar ko'p bo'ldi. Bugun shundaylardan biri, aniqrog'i yozuvchi Sandra Nyuman qalamiga mansub "1984" romanining feministik varianti – "Juliya"ni tugatdim.

Sandra Nyuman o'z ishiga mualliflik huquqini Oruellning o'g'lidan oladi. Uning fikricha, Oruell o'z asarida Katta Og'a olamidagi ayollar obraziga, umuman, ularning hayotiga yetarlicha e'tibor qaratmagan. Juliya obrazi ham to'liq ochilmagan deb hisoblaydi. Shu sabab Sandra o'z kitobida "1984" olamidagi feministik hayot to'g'risida ma'lumot berishga qaror qiladi.

Aytish lozimki, Nyuman asarining deyarli seks mavzusida aylangan. Bilamiz, Katta og'a va partiya xalqqa jinsiy hayot erkinligini cheklab qo'ygan edi. Bu uchun hatto "Aksiljinsiy Ittifoq" nomli tashkilot ham tuzilgan, shuningdek, Muhabbat Vazirligi ham bu borada sergak edi. Natijada, ayollar pana-pastqamlarda bu ish bilan shug'ullanishga majbur bo'lishadi. Oila institutini o'ziga dushman deb bilgan partiya farzand ko'rishni ham cheklaydi, xohlovchilar faqat sun'iy urug'lantirish orqali homilador bo'lishi mumkin edi, xolos. Juliya ham Uinston Smit bilan shunday pinhona ko'rishishlardan birida tanishib qoladi. Voqeaning so'nggi ko'pchilikka ma'lum albatta.

Kitob allaqachon bizga tanish bo'lgan dunyoni yanada kengaytirgan, biz uchun ochiq qolgan joylarni to'ldirishga uringan bo'lsa-da, ammo baribir unga Oruell darajasida yondashilgan deya olmayman. Albatta, hammayam o'z sevimli kitobi davom etishini istaydi, lekin voqealar qayta hikoya qilinganidan unchalik katta ma'noyam yo'q.

Shunday bo'lsa ham, ayol-qizlar uchun bu kitob qiziq bo'lishiga aminman, totalitar tuzum ayollarga qanday zarar yetkazishi mumkinligini biroz bo'lsa ham tushunib olish imkoni mavjud.

Yillar o'tib, ko'plab yaxshi filmlar remake qilingani kabi, yaxshi asarlarga o'xshatib kitoblar yozish mumkin. Sandra Nyuman shunga jur'at qilibdi. Yomonmas. Lekin endilikda unga ham o'z shaxsiy "1984" dunyosini yaratishni tilab qolamiz.

Make Orwell Great Again!

@panda_books
Sevimli fransuz yozuvchi(lar)ingiz qaysi?

@panda_books
2024/09/28 16:20:36
Back to Top
HTML Embed Code: