Telegram Web Link
Forwarded from Bored Panda
#haqida

Siyosiy qotilliklar

Biz yashayotgan XXI asrda zumer avlodi uchun tarixdagi siyosiy qotilliklar hech qanday emotsiya uyg'otmaydi. Ular hatto yaqin davrda bo'lib o'tganlardan ham bexabar. Masalan, Yuliy Sezarga qilingan suiqasd bizlarga uzoq o'tmish bo'lib tuyulsa, Boris Nemsovga qilingan suiqasd biz uchun unday emas. Ammo negadur Zumerlar tarixda Putinga qarshi siyosiy opponentlar faqat Navalniydan boshlangan deb bilishadi. Mayli, bunga qaytamiz.

Siyosiy raqiblarni jismonan yo'q qilish - insoniyat tarixining eng qadimgi qurollaridan biridir. Hozirgi avlod ancha tinch davrda yashayotgani uchun Navalniy yoki Sinzdyo Abe o'limidan qattiq shok tushib qolishgandi. Ammo biz bilgan tinch davr allaqachon ortda qoldi.

Aynan, Amerikani o'ziga keladigan bo'lsak, ulardagi prezidentlarga qilinadigan suiqasdlar bo'yicha bemalol alohida fan tashkil qilsa bo'ladi. Ehhe, Gamiltondan tortib, Linkoln, Kennedi va Reygangacha.... Har bir davrda bu eski usul hech qayerga yo'q bo'lib ketmadi. Va mana biz yana o'sha an'analarga qaytishayotganini ko'rib turibmiz.

Trampga qilingan suiqasd - bu jiddiy chaqiriq, raqiblar endi hech narsadan qaytmasligiga ishora.

Uning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi esa aksincha Trampning saylovlarda yanada ko'proq ovoz olishiga imkon.

Ha, Tramp qaytadi, kuchliroq bo'lib qaytadi.

@boredpandablog
Shu kitobni shunchaki muqovasi uchun sotib olishni istaydi bu ko'ngil.

Mazmuni ham juda qiziqarli ekan lekin..

@panda_books
‼️E'lon

Bugun soat 20-00da, Mening Yurtim 5 (MY5) kanalida "Gapiring" tok-shousida Kitobxonlik haqida suhbat beriladi.

Panda Books sifatida men ham intervyu berganman, kuzatib borasiz degan umiddaman.

@panda_books
Forwarded from The Stranger
Bukblogerlar bugungi kunda adabiyotshunoslar va ijodkorlarning oʻrnini egalladimi?

Havas-havasga boshlangan bukbloging endilikda yaxshigina auditoriya yigʻib qoʻydi. Solishtiradigan boʻlsak, blog yuritadigan hech bir adabiyotshunos yoki ijodkorda oʻrtacha bukblogerniki kabi auditoriya yoʻq.

Biror yillar oldin, adabiy tanqidchilik haqida yozganimda "Falon universitetda falon mutaxassis" bor deb eʼtiroz bildirishgandi. Xoʻsh, mutaxassisning mutaxassisligi nima bilan oʻlchanadi bu sohada? 82.7 ball bilan oʻqishga zoʻrgʻa kirgan talabalarga dars berishi yoki ilmbozlik yoʻlida itam oʻqimaydigan jurnal va konferensiyalarda chiqargan maqolalari bilanmi?

Adabiyotshunoslar ham, ijodkorlar ham jamiyatning adabiy didini belgilab berishi kerak. Kerak boʻlsa har bir yangi va eski nashrlarga munosabat bildirishi kerak (imkon darajasida albatta). Oʻquvchi jurnal oʻqiyaptimi, jurnalda, gazeta oʻqiyaptimi, gazetada, televizor koʻryaptimi, televizorda fikr-mulohazalarini berib borishi kerak.

Zamonamiz ijodkorlariga qarasam, ular faqat oʻz ijodi bilan band. Ular boshqalarni oʻqimaydi yoki kamida shunday taassurot qoldiradi. Oʻtgan asrning adabiyotimiz gullagan davrlariga qarasak esa, ijodkorlar yozish bilan birga faol oʻqishgan. Ularning jahon adabiyoti va zamondoshlari haqidagi fikr-mulohazalarini hoziram bemalol topishimiz mumkin.

Aytmoqchimanki, bugun bukblogerlar adabiyotshunoslar va ijodkorlarning vazifasini bajaryapti. Ular ancha boyib borayotgan kitob bozorini muntazam kuzatmoqda, tahlil qilmoqda, nashriyotlar bilan doimiy aloqa qilmoqda, barcha kitob taqdimotlarida qatnashmoqda va tinimsiz mutolaa qilmoqda, xulosalarini boʻlishmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, bugungi oʻquvchi nima oʻqishini belgilamoqda.

Tanish bukblogerlarning umumiy auditoriyasi nari-berisi bilan ellik ming atrofida. Aholimiz soniga nisbatan kam, ammo kitob oʻquvchilar ham kam, ularning soniga qiyosan bu sezilarli son. Ya'ni kimdir men hech bir bukblogerni kuzatmayman va ularning tavsiyasiga koʻra oʻqimayman desa adashadi. Bozorga nima kirishini eng koʻp xarid qiladigan faol xaridorlarning xaridi va fikri belgilaydi. Shunday ekan, kitobxonlarning katta qismi bevosita yoki bilvosita bizning taʼsirimiz ostida.

Nega bu masalaga toʻxtalib qoldim? Chunki oxirgi vaqtlarda oliy oʻquv yurtlaridagi oʻqituvchilar va havaskor ijodkorlar tomonidan bukblogerlarga nisbatan har xil fikrlar aytilayotganini eshitdim. Bu fikrlar zamirida qandaydir hasad, alam uchqunlari seziladi. Sizlar kitob oʻqimasangiz kimdir oʻqiydi, sizlar ergashtirmasangiz kimdir ergashtiradi.

Yuqoridagi barcha fikrlarni qisqa tezis shaklida yozdim. Eʼtiroz bildirish uchun boʻsh nuqtalarni topish mumkin, chunki har birini alohida kengaytma shaklida tushuntirish kerak aslida. Texnik imkoniyatlar yoʻl bermagani bois, fikrlarimning uzviy davomini tushunishni har bir kishining oʻziga havola qilaman.

@salimov_blogi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eski bukinistik kitoblar qanday restavratsiya qilinadi? Ko'ramiz.

@panda_books
#tungihayollar

Shu manga qachon o'zbek tiliga tarjima qilinarkin?

@panda_books
Panda Books
Bukblogerlar bugungi kunda adabiyotshunoslar va ijodkorlarning oʻrnini egalladimi? Havas-havasga boshlangan bukbloging endilikda yaxshigina auditoriya yigʻib qoʻydi. Solishtiradigan boʻlsak, blog yuritadigan hech bir adabiyotshunos yoki ijodkorda oʻrtacha…
Eng alamlisi, kechagi "MY5" ga bergan intervyumda bookbloger va adabiyotshunoslar o'rtasidagi farq va o'xshashliklar haqida rosa gapirgandim.

Kesib tashlashibdi. Bugun esa shu mavzu aktual. Endi aytganlarimni qayta yozishga erinyapman.

Taqdir shunaqa xazil qiladi.
"Menga yangi heyterlar kerak. Chunki eskilari mening muxlisimga aylanishdi".

© Bukblogerlar

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mashhur strimer IShowSpeed Bolgariyaga tashrif buyuribdi va mahalliy aholidan "Kitob" so'zi bolgarchada nima deyilishini so'rabdi. Javob esa...:)

К-ниггаа mother,father!!!😂

@panda_books
Shu kunlarda Jeyms Vansning "Hillbilly Elegy: A Memoir of a Family and Culture in Crisis" (2020) nomli kitobiga qattiq qiziqdim. O'zbekchaga kitob nomi tahminan "Hillbillining mungli qo'shig'i: Inqirozdagi oila va madaniyat xotiralari" deya tarjima qilinadi.

Hillbilly deb AQShdagi ma'lum bir hududida yashovchi qishloq aholisini atasharkan. Kitobda o'sha yerda umr kechirayotgan 3 avlodning hayoti tasvirlanadi.

Nega bu kitobni o'qimoqchiman?
1️⃣Muallif Jey Vens - bu odam meni so'nggi kunlar rosa qiziqtirayapti.
2️⃣Hayot qiyinchiliklarini yengish haqida real voqealarga asoslangan hikoya.
3️⃣Kitob Donald Trampning saylovlarda g‘alaba qozonishi fenomeni va depressiyaga uchragan mintaqalarda (nafaqat AQShda)gi kechayotgan jarayonlarni tushunishga yordam beradi.
4️⃣Amerika orzusiga yangi xolis qarash va uning orqasida nima borligi haqida. USA'da bu to'g'risida har kuni ham yozishmaydi.
5️⃣Netflixda 2020-yilda ushbu kitob asosida olingan film ham suratga olingan.

@panda_books
Bugun Van Gog galereyasini tomosha qildim. Ochig'i, sevimli rassomimning deyarli barcha ijod namunalaridan bahramand bo'lib mazza qildim😊

Sizga ham tavsiya qilaman, vaqt topib boringlar!

@panda_books
Panda Books
Photo
Ko'proq rasmlar Instagram sahifamda! Aytgancha, a'zo ham bo'ling😊

👉 Jasurbek Bazarbaeff

Qayerda bo'layotganini ham shu yerda aytganman:)

@panda_books
#haqida

Van Gog

Aytgancha, kechagi ko'rgazma davomida Van Gog hayoti haqida oldin e'tibor bermagan bir faktni o'qib qoldim.

Bilasiz, Vinsent Van Gog 1853-yilda Niderlandiyadagi qishloqlarning birida tug'iladi. Unda yoshlikdan san'atga katta qiziqish bor esa-da, afsuski, uning hayot yo'li ancha og'ir va egri-bugri kechadi. Rassomchilik galereyasiga kelishdan oldin u o'qituvchi va missioner bo'lib ishlaydi. Va nihoyat 27 yoshga kelibgina, hamma ishni tashlab faqat tasviriy san'at bilan jiddiy shug'ullanishga ahd qiladi va ilk asarlarini yaratishni boshlaydi. Boshida tund va realistik kartinalardan sekin-asta yorqin, ekspressiv rasmlar chiza boshlaydi. Uning energiyasi uning kartinalarida yaqqol ko'rinib turadi.

U davrda odamlar bizdagidek uzoq umr ko'rishmagani va ta'limning uzviyligi kamroqligini hisobga olsak, Van Gog deyarli o'rtayosh paytida hayotida keskin burilish qilgan bo'lib chiqyapti. Beixtiyor ich-ichimda Vinsentga nisbatan hayrixohlik va tushunish his qildim. I feel it.

Hozir men ham aynan 27 yoshdaman va bunday qarasam, chorak asr yashab qo'yibman. Hayotini deyarli yarmi o'tib bo'lganingda, qalbingning tub-tubida bekinib yotgan va butun umr talpinganing mashg'ulot bilan shug'ullanishni boshlash osonmas. Biz eng shafqatsiz qotillarmiz. Eng birinchi ichimizdagi orzulari osmon bolakayni o'ldirishdan boshlaymiz.

Bu yana bir tomondan motivatsiya ham beradi. Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q, Sening hayoting faqat seniki. Uni qanday o'tkazish o'zingga bog'liq.

Kim bilsin, balki sening ichingdagi mitti bolakay ham buyuk dahodir?! Faqat sendan iltimos!!...

Uni o'ldirib qo'yma.

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitobxonlardan "Nima kitob o'qiymiz?" deb so'raganimda, ular: 😁

👉 https://www.instagram.com/reel/C9mdlWzIEJw/
Yangi reelslarni, Instagram sahifamizga obuna bo'lgan holda kuzatib boring!

@panda_books
2024/09/28 18:15:03
Back to Top
HTML Embed Code: