Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Urush haqiqatlari haqidagi serb maqoli...

@panda_books
#sarhisob #iyun

Oy Sarhisobi.


Bu oy oilamiz uchun nihoyatda voqealarga boy bo'ldi. Ikkinchi marta ota bo'ldim. Ko'pgina loyihalar boshlab qo'ydim. Ish faoliyatimda o'sish va muhim sinovlar kuzatildi.

Shu bois kam o'qidim, ko'proq o'yladim, reja tuzdim, Endi oylardan ularning ijrosiga kirishaman. Menda iyun shunday o'tdi.

O'qilgan kitoblar:
♻️
Lyu Sizin – "Death's End"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 O'smirlarga yozgi mutolaa uchun TOP 7 kitob tavsiya
👉 Aktivizm
👉 Lakoniya
👉 Zamonaviy terrorizm

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1993-yil. Skverdagi Amir Temur haykalining tantanali ochilish marosimidan lavha.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Panda Books
Video message
O'zimga kitob sotvolishga ruxsat yo'q😂
#haqida

4-iyulga bag'ishlanadi.

Men Bayden va Tramp o'rtasidagi "debatlar"ni ko'rib, ular menga nimani eslatib yuborayotgani haqida uzoq o'yladim. Ushbu sochiga oq oralagan, zaif va zo'rg'a gapirayotgan qariyalarning zerikarli nomenklatura nutqlari. Ushbu xalq haqidagi hech kim ishonmaydigan quruq vatanparvarlik shiorlari. Misr mumiyolarining naftalinlik turlari. Keyin tushundim. Albatta. Men tug'ilgan vaqtlar. 80-yillari o'rtalaridagi Sovet Ittifoqi.

Brejnev vafot etganida 78 yoshda edi (hozirgi Tramp kabi). Andropov atigi 68 yoshda. Chernenko 72da. 82 yoshli Bayden bilan solishtirganda ular shunchaki bolalar. Biroq (sovet davrinimg so'nggidagidek) amerikaliklar Prezidenti uchun uyalishadi va bu gapirayotgan gapini chalkashtirib yuboradigan cholning imperiyani boshqarishga qodir emasligi aniq. Unda mamlakatni kim boshqaradi? KPSS MK Siyosiy byurosi va KGB. Ya'ni, AQSh Demokratik partiyasi va razvedka xizmatlari yoki hozirgi terminda aytganda "Deep state".

Afsuski, o'xshashliklar shu bilan tugamaydi. Men "cancel culture", woke qo'mita va tobora ko'proq "Komsomolskaya pravda" gazetasi eslatib yuborayotgan The New York Times haqida yozib o'tirmayman. Ammo boshqa ko'plab o'xshashliklar mavjud: qisqarayotgan iqtisodiyot, infratuzilmaviy kollaps, katta davlat qarzi, oshib ketgan harbiy byudjet, Afg'onistondagi muvaffaqiyatsizlik, Yaqin Sharq va Ukrainadagi proksi-nizolar, Tayvan ko'rinishidagi o'z Kubasi va hatto Covid-19 ko'rinishidagi o'z Chernobili ham hukmron elita va muassasalarning xalqdan uzilib qolgani va qobiliyatsizlik ekanligini fosh qildi.

Men hali ham qandaydir umumiy tushkunlikni his qilyapman. SSSRda 80-yillarning oxirida televizorda Lenin, "glasnost", qayta qurish va yorqin kommunistik kelajak haqida gapirilganda, hamma umidsizlikdan ichkilikka berilganini eslayman. Televizorda inklyuzivlik, kamalak bayrog'i va transgender odamlar haqida gapirilayotganda amerikaliklar hozir boshdan kechirayotgan semirish, narkotik va antidepresantlardan o'limlar ko'payotgani o'sha yolg'on va syurreal davrlarni eslatadi.

Tarixiy drama qoidalariga ko'ra, Bayden endi sekin-asta olib tashlanishi va uning o'rniga yanada baquvvat va yoshroq odam keltirilishi kerak. Amerikalik "Gorbachev" sahnaga chiqish arafasida. Kaliforniya gubernatori Gavin Nyusomning bu yetakchiga aylanishi ehtimoli katta. Bu yomon tanlov - Kaliforniya uning prezidentligi davrida yashash uchun yaroqsiz axlatxonaga aylandi. Ammo u Siyosiy byuroni qoniqtiradi va bu asosiysi. Bu Qo'shma Shtatlardagi "demokratiya"ning oxiri bo'ladi. O'ynab bo'ldik, yetadi.

Darvoqe, men bu satrlarni Amerikada o‘qib, ishlagan, Amerikani sevadigan va Buyuk Amerika imperiyasi yana 1000 yil davom etishini istagan inson sifatida yozyapman. Aytish mumkinki, men eng katta va eng sodiq muxlis sifatida yozyapman. Ammo dejavyu tuyg'usi va so'nggi sovet davrining chiriyotgan tebranishlari juda kuchli. Men amerikaliklar bizning davrimizda boshdan kechirgan narsalarni boshdan kechirishlarini xohlamayman, biz esa dahshatli mag'lubiyat, qashshoqlik va xo'rlikni boshdan kechirdik.

Make America Great Again!

- Rashev

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#obunachilardan

Panda va Panda Books uchrashganda😊
(Xitoy, Chendu)


@panda_books
Yaqinda bo'lib o'tgan Britaniya parlament saylovi natijalaridagi bitta qiziq fakt e'tiborimni tortdi.

Parlamentga saylangan 650 nafar deputatdan kamida 38 nafari (jami deputatlarning 6%i) janubiy osiyolik (Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Lanka) ildizlarga ega. 7 ta deputat (jumladan, Rishi Sunak) konservatorlardan saylangan, biri mustaqil, biri Lib-dem, qolganlari esa leyboristlardir.

20 nafar parlamentariy hindu va sikxlar, 13 nafari musulmonlar, 3 nafari xristianlar, ikki nafari esa sal murakkab – millatlararo nikohdan tashkil topgan.

@panda_books
Hanbal = Gannibal

Sunniylikning 4 fiqhiy mazhablaridan biri bo'lmish Hanbaliya mazhabi asoschisini bilsangiz kerak - Ahmad ibn Hanbal.

Shuningdek, Karfagen va Rim o'rtasidagi Puni urushlarida qatnashgan sarkarda Gannibal haqida ham eshitgandursiz.

Eldar akaning fikricha, Hanbal va Karfagenlik mashhur tarixiy sarkarda Gannibal ismlari aslida bitta o'zakka ega ekan. Rostan ingliz tilida Hannibal deb yoziladi.

Qiziq nazariya.

@panda_books
Yuval Hararining "XXI asr uchun 21 ta saboqlar" kitobini qayta o'qib chiqdim. Ba'zi kitoblarni qayta o'qib turish nihoyatda foydali. Bu tartib bo'yicha "Sapiens" va "Homo Deus"dan keyingi 3-kitob.

Bu kitobni jamiyatimozda ko'pchilik tushunib o'qib chiqishi va tafakkur yuritishini istardim. Ayniqsa, yoshlar.

Biroq o'zbek tiliga tarjima qilinmagan. Afsus, hali-beri kutilmayaptiyam. Balki o'zim tarjima qilgan bo'lardim, vaqt va ozgina tajriba masalasi bor.

Mundarijasini o'qib chiqing va shulardan birorta bo'limi sizni qiziqtirsa, unda kitob siz uchun.

@panda_books
#tavsiya

Yozgi mutolaa uchun Top-10 Eng yaxshi fantastikalar

Men ushbu janrni yoshligimda nihoyatda miriqib o'qirdim. Katta bo'lgan sari fenteziga deyarli vaqt topa olmayapman. Shunga qaramasdan, fantast janrida men mutolaa qilgan eng yaxshi kitoblarni sizlar bilan bo'lishmoqchiman.

Demak, Panda Books tavsiya etadi:

1. "Odam-amfibiya", Aleksandr Belyayev
Argentinalik doktor va jarroh Salvator oʻgʻli Ixtiandr umrini saqlab qolish uchun unga akula jabrasini beradi. Tajriba muvaffaqiyatli yakunlanadi, ammo Ixtiandr endi okeandan tashqarida uzoq payt yura olmaydi, aksar vaqtini suvda oʻtkazishga majbur boʻladi. Marvarid ovchisi Pedro Zurita esa Ixtiandr haqida bilib qoladi va uning gʻayriinsoniy qobiliyatlaridan foydalanmoqchi boʻladi.

2. "Timeless: Rubin kitobi", Gir Kristen
Londonda yashaydigan 16 yoshli Gvendolin Sheppard ismli qiz tasodifan o'zining katta buvisidan meros qolgan noyob vaqt aro sayohatchi geniga ega ekanligini aniqlaydi. Endi qiz har kuni o'tmishga sayohat qila oladi va sirlarni oshkor qiladi.

3. "Fantastik mavjudotlar va ular qayerda oziqlanadi", Joanna Rouling
Bu taniqli sehrgar zoolog Nyut Skamander tomonidan yozilgan va o'zimizning Garri Potter foydalangan kitobning nusxasi. Unda Garri bu kitobni o'qib, unda qiziqarli qaydlar qoldirib ketgan.

4. "Suv ostida 80 ming kilometr", Jyul Vern
1866-yil bir necha davlat kemalari nomaʼlum dengiz maxluqini uchratishganini aytishadi. AQSHning Nyu-York shahrida maxluqni topib, yoʻq qilish uchun ekspeditsiya uyushtiriladi. Roman hikoyachisi Professor Pyer Aronaks ham ekspeditsiyaga taklif qilinadi. Unga kanadalik garpunchi Ned Land va Aronaksning xizmatkori Konsel ham qoʻshiladi.

5. "Doktor Moro oroli", Gerbert Uells
Roman bosh qahramon Eduard Prendik tilidan hikoya qilinib, unda Prendik kema halokatiga uchrashi va sirli orolga tushib qolishi bilan bog'liq tafsilotlar keltiriladi. Orolda o'zining g'ayri-insoniy tibbiy tajribalari bilan dong taratgan doktor Moro qo'nim topgan. Romanda azob, shafqatsizlik, axloqiy mas'uliyat, inson o'zligi hamda insonning tabiiy jarayonlarga aralashuvi kabilar mahorat bilan ochib berilgan.

6. "Omen", Devid Zeltser
U 6-oyning 6-kuni soat 6 da tug'ilgan. Vahiy kitobida bashorat qilinganidek, dunyoning oxiri, yaxshilik va yomonlik kuchlari o'rtasidagi so'nggi to'qnashuv keladi va uning boshlanishi shayton o'g'lining inson qiyofasida tug'ilishi bo'ladi.

7. "Oxirzamon nishonalari", Chingiz Aytmatov
Roman voqeasi oʻta shiddatli psixologik mojarolar va toʻqnashuvlar zaminiga qurilgan. Yer kurrasi axloqiy muammolar sinab koʻriladigan poligonga aylangan. Insoniyat halokat yoqasiga borib qolgan. Bu halokat tashqaridan kelgan emas, balki bani odamning xatti-harakatlari, munofiqligi, xudbinligi, axloqsizligi oqibatida yuzaga kelgandir. Dunyo bedavo dardga chalingan, agar insoniyat ijtimoiy xastaliklardan forigʻ boʻlmas ekan, intiqom muqarrardir.

8. "Koinot oqimlari", Ayzek Azimov
Unda bir xalqning ikkinchi xalq ustiga bostirib kelib, uni yoppasiga qulga aylantirib ishlatib, ushbu mehnat natijasidan faqat oʻzi “non va yogʻ”ga ega boʻlishini ko'rsatadi. Bunday mustamlakachilik oxir-oqibatda halokatga olib kelishini, harbiy jihatdan ojizroq mamlakat aholisi ham baxtli va toʻkin hayotga haqli ekanligini isbotlaydi.

9. "Raqamli qal'a", Den Braun
Milliy xavfsizlik agentligi eng sirli agentliklardan biri boʻlib, uning vazifasi fuqarolarni kuzatib borishdir. Unda "Raqamli qal'a" deba ataluvchi o'ta maxfiy dastur bo'lib, uning yaratuvchisi vafotidan so'ng, unga kirish paroli ham izsiz g'oyib bo'ladi. Endi MXA chetdan yordam olishga majbur bo'lishadi. Asar insonlarning elektron xavfsizligi haqida hikoya qiladi.

10. "Ko'milgan dev", Kazuo Ishiguro
O'rta asr. Angliya, qirol Arturdan keyingi davr. Keksa juftlik - Aksel va Beatris - ko'p yillar davomida ko'rmagan o'g'lini izlash uchun yo'lga otlanishadi. Ular yashaydigan qishloqni qandaydir sirli tuman qoplagan, natijada aholi o'tmishini unutishadi va hatto bir soat oldin ularga nima bo'lganini ham eslay olishmaydi. Ammo ular qalban o'g'illari borligini his qilib turishadi.

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Men hargiz yomonlik tilab, yaxshilik qilguvchi kuchning bir qismi...

"Faust"dan.
(Eksperimental video)

@panda_books
#newbook #yangikitob

Xulio Kortasar ijodi juda boy va qiziqarli. Bugun uning "Ishg'ol qilingan uy" asarini xarid qildim. Umid qilamanki, bu nihoyatda ajoyib mutolaa bo'ladi.

Sizchi, Kortasar ijodi bilan tanishmisiz?

@panda_books
Panda Books
Yuval Hararining "XXI asr uchun 21 ta saboqlar" kitobini qayta o'qib chiqdim. Ba'zi kitoblarni qayta o'qib turish nihoyatda foydali. Bu tartib bo'yicha "Sapiens" va "Homo Deus"dan keyingi 3-kitob. Bu kitobni jamiyatimozda ko'pchilik tushunib o'qib chiqishi…
#haqida

Geosentrizm yoki hali-hamon ma'bud Odinni eslab turishimiz haqida

Qadimgi rim va yunon olimlari Koinotning tuzilishi haqidagi g'oyalarni, uning markazida Yer turadi degan qarashga bog'lashgan. Bu keyinchalik rad qilingan bo'lsa-da, hali-hamon uning ta'sirida yashayapmiz. Aniqrog'i Ptolemey Sistemasida.

Misol uchun, hafta kunlari lotinda quyidagicha:
Dies Solis(Yakshanba) Quyosh kuni;
Dies Lunae (Dushanba) Oy kuni;
Dies Martis (Seshanba) Mars kuni;
Dies Mercurĭi(Chorshanba) Merkuriy kuni;
Dies Jovis(Payshanba) Yupiter kuni;
Dies Veneris(Juma) Venera kuni;
Dies Saturni(Shanba) Saturn kuni.

Qadimgi germanlar rimliklar tizimini o'zlashtirishadi, lekin Rim va yunon xudolari o'rniga o'z xudolarini qo'yishadi.

Endi ularning zamonaviy davomchilari hisoblanmish inglizlar orqali biz biladigan hafta kunlariga e'tibor bering.

Sunday(yakshanba) Quyosh kuni;
Monday (dushanba) Oy kuni;
Tuesday(seshanba) Rimliklar urush xudosini o'z urush xudosi Tyuskoga almashtirishadi;
Wednesday(chorshanba) qadimgi skandinavlarning Oliy xudosi Odin sharafiga;
Thursday (payshanba) Odinning o'g'li momaqaldiroq ma'budi Tor;
Friday(juma) Odinning xotini Freyya yo Frigga sharafiga;
Saturday(shanba) Saturn ma'budini shunday qoldirishgan;

Xullas, tarix va astronomiya juda qiziqarli narsada.

@panda_books
- Happy or sad?
- Sad.
- Ok. But I warn you, I will break your heart.
- Already broken..

@panda_books
#haqida

Demografik muammoga to'g'ri qarash

Ko'pchilik kuchli iqtisodchi olimlarning asarlarini o'qisangiz, ularning demografik o'sishning pasayishi hodisasini kelajakda insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammo sifatida ko'rsatishini ko'rish mumkin. Lekin bu yerda shunday kichik nyuans borki, bunga e'tiborga bermay iloj yo'q. U ham bo'lsa, demografik o'sishga iqtisodiy nuqtai nazardan qarash oxir-oqibat yaxshi natija olib kelmasligi mumkin. Tushuntiraman.

Tug'ilishga irratsional tarafdan emas, ratsional prizma orqali qarashingiz bilanoq — istalgan mamlakatda tug'ilish darajasi darhol pasayishni boshlaydi. Nega?

Agar o'ylab koradigan bo'lsak, tug'ilajak farzandga baxtli va tashvishsiz bolalik yaratishni, keyin uning munosib ta'lim olishi, tarbiyasi va hayoti davomida maksimal qo'llab-quvvatlashni istagini amalga oshrish oson narsa emas, Ya'ni farzandga go'yo loyiha sifatida ratsional qarasak — ma'lum bo'ladiki, bu apriori ziyoniga tushadigan, ko'p riskka ega loyihaki, hech bir aqli raso odam bunday tavakkalga qo'l urmagan bo'lardi. Yaqinda ikkinchi farzandi tug'ilgan ota sifatida men tanamda qilib aytyapman buni.

Shu sababdan ham ko'plab zamonaviy jamiyatlar hozir demografik jarlik yoqasida turibdi. Bundan qutulishng chorasi esa farzandli bo'lishga irratsional tarafdan qarashdir. Masalan, din bunda katta yordam berishi mumkin. Chunki din insonlarni oilali bo'lishga va ko'p farzand ko'rishga chaqiradi.

Aslida bizning sevgi-muhabbatimiz, boshqalarga g'amxo'rlik qilishimiz - barcha-barchasi irratsional holatdir. Avval-boshidan farzandli bo'lishga Project sifatida qaramaslik kerak. Ba'zilar avvalo farzandim ertaga meni boqadi deya farzandli bo'ladi. Bunday dunyoqarash egoizmdan o'zga narsa emas.

Ota-ona bo'lish — juda katta baxt va buni sizga ratsional tarzda izohlab bera olmayman. Buni iloji yo'q.

O'ylaymanki, bu bizning fitratimizdagi eng sof va buyuk ne'matlardan biri.

@panda_books
#news
Yuval Hararining yangi "Nexus" kitobi chiqyapti ekan. Sentabrdan sotuvda bo'ladigan bu kitob - insoniyatni oldida turgan asosiy masala Sun'iy Intellekt haqida hikoya qiladi.

@panda_books
2024/09/30 16:30:26
Back to Top
HTML Embed Code: