Telegram Web Link
KunUzda bir xabar o'qidim. Unda shunday deyilgandi:
"Endi xususiy OTMlarga litsenziya berish to‘xtatiladi. Bunga O‘zbekistonda ishsiz oliy ma’lumotlilar ko‘payib ketayotgani sabab bo‘lgan."

**

Qiziq. Xo'sh, bunga kim aybdor? Oliy ma'lumotlilarmi yoki ish yaratuvchi bozormi (davlat/xususiy)? Gap sondami yo sifatda?

Hayotda yaxshi yashash uchun yaxshi pul topish kerak. Yaxshi pul topish uchun esa yaxshi ish kerak. Yaxshi ishga kirishda esa oliy ma'lumot so'raydi. Diplom uchun o'qishga kirasan. Uni bitirib chiqsang, endi ish yo'q. Borib ishsiz oliy ma’lumotlilar safiga qo'shilasan. Ustiga ustak, senga o'xshab 4 yil o'qimasdan, o'shanda bozorga chiqqan yoki hunar o'rgangan o'rtog'ing o'zini yangi moshinasida yoningdan o'tib ketadi. Qani bu yerda mantiq yoki aytiladigandek adolat?

Bilingki, bunaqa sharoitdagi odamga hech qanaqa propaganda ta'sir qilmaydi. Unga "Kitob o'qi" degan gap endi bekor. Ming qiynalib olgan diplomini bor-yo'g'i stol qimirlamasligi uchun tagiga qo'yib qo'ygan odamda bilim olishga bo'lgan hafsala, afsuski, butun umrga o'ladi.

Bunga yo'l qo'ymaslik kerak.

@panda_books
Amerikaning "Bantam" nashriyot uyi dunyodagi eng mashhur tugallanmagan sikl "Muz va olov qo'shig'i" turkumi uchun yangi dizaynni taqdim etdi. Kitoblar alohida qutilarda bo'lib, oktabrdan sotuvga chiqishi rejalashtirilgan.

Dizaynga o'zingiz baho bering.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bayden NATO sammitida Ukraina prezidentini adashib Putin deb tanishtirdi

Amerika xalqi o'z prezidentining esi kirdi-chiqdi bo'lib qolgani uchun "Ispancha uyat" his qilsa kerak.

Qiziq, endiyam butun boshli imperiyani shu odam boshqaryotganiga kim ishonarkin?

@panda_books
​​Men o'qigan kitoblarimdadir dengiz...

Hozir o'ylab qarasam, bolaligimda dengiz sarguzashtlari haqidagi kitoblar jon-u dilim edi.

Nimaligini bilmadimu, lekin negadir menga yelkanli kemalarda uzoq sayohatlarga chiqqan insonlar taqdiri haqida o'qish juda manzur bo'lardi. Xayolan ular bilan birga dengizlarni kezar, zarrabindan ufqqa termular, maftunkor ekzotik portlarda go'zal xonimlarga xushomad qilardim. Yozuvchi Fenimor Kuperning bitta kitobida amerikalik hindular oldiga daryo bo'ylab suzib borgan bo'lsam, Jyul Vernning "Suv ostida 80 ming km" kitobida kapitan Nemoning "Nauitilus" suvosti kemasida mehmon bo'lardim. Yoki "Odam-amfibiya" bilan marvarid oviga chiqardik..."O'n besh yoshli kapitan" bilan do'st edik...Va hozir eslolmayotganim yana o'nlab boshqa kitoblar bor.

Masalan, menga ayniqsa rus yozuvchisi Andrey Nekrasovning "Kapitan Vrungel sayohatlari" nomli yumoristik qissasi juda yoqardi. Unda "Xatar" deb atalmish kemada dunyo bo'ylab sayohatga chiqqan ajoyib uchovlon to'g'risida hikoya qilinardi. Ayniqsa, kitob so'ngidagi kemadagi anjomlar ro'yxati yodlab olgandim, o'zimcha yelkanlarni qachon ko'tarish lozimu, kompasdan qanday foydalanish bo'yicha bilimlarimni oshirardim. Eng yaqin dengizdan juda olis, minglab kilometr uzoq masofada yashaydigan bolakay uchun juda g'alati ermak, nima dedingiz?

Katta bo'lganimda ham dengiz sayohatlari haqida o'qishdan to'xtamadim. Endi ilmiy-ommabop asarlar ham ro'yxatga qo'shildi. Oxirgi o'qiganim esa Yann Martellning "Pi hayoti" romani bo'lgandi. Ko'pchilik u asosida olingan filmni ko'rgandur.

Xullas, hamon dengizlar meni o'ziga chorlaydi. Ammo endi faqat kitoblar o'qish bilan cheklanmoqchi emasman. Niyat qildimki, dengizlarni o'z ko'zim bilan ko'raman. O'sha qumloq sohillarda uzoq-uzoqdagi ufqqa termulaman. Dengiz to'lqinlari nihoyat oyoqlarimni yuvib turadi. Shunda ko'zimni yumaman va nihoyat o'sha tuyg'uni chinakamiga his qilaman. Bolalikdan menda yashaydigan ajib tuyg'uni. Baxtni. Erkinlikni. Shavqni. Yaqin kelajakda, o'zi nasib aylasa...

@panda_books
Forwarded from Bookerberg
"Non-Fiction" loyihasining birinchi soni chiqdi!

Loyihamizning dastlabki soni Jeyms Robinson va Daren Ajemog’luning “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi haqida.

Do'stlar, kanalga obuna bo'linglar, like bosinglar va izohlarda o'z fikrlaringizni yozib qoldiringlar.

📌 https://youtu.be/2qk1FPsAHOU

@Bookerberg
Sevimli ingliz yozuvchi(lar)ingiz qaysi?

@panda_books
Panda Books
Sevimli ingliz yozuvchi(lar)ingiz qaysi? @panda_books
Ehhe! Sizlarning shunaqa savollarimga javoblaringizni sevamanda:)

Demak, sevimli ingliz yozuvchilari Bulgakov, Hoshimov, Martin Iden, Chingiz Aytmatov....)
Эта Life - в Кайф!

Bugun ikkinchi o'g'lim 1 oylik bo'ldi. Va bu ba'zi narsalar haqida o'ylashga majbur qildi deyish mumkin.

Dunyoda hech narsa vaqt o'tishini farzanding ulg'ayotganini ko'rishdek aniq ko'rsata olmaydi. Bu esa o'z-o'zidan miya hujayralaringda nimadurlarni chaqnashiga olib keladi.

Kelgan asosiy xulosalarimdan biri shuki, hayot davom etaveradi. Sen uni mazmunli yoki mazmunsiz o'tkazishingdan qat'i nazar, vaqt bir xilda o'taveradi. Uni qanday o'tkazish esa o'zingni qo'lingda.

Nimagadur erishishni maqsad qildingmi, hozir boshla. Hech nimani kutma, o'ylama, hisoblama - shunchaki boshla. Mayda-chuyda narsalarga parvo qilma, seniki deb o'yladingmi, o'shanga erish!

Dunyo sen o'ylagandan go'zalroq, ulkanroq va ajoyibroq. Vaqtni mazmunli va foydali o'tkazish uchun doimo mashg'ulot topiladi.

Bu hayot xuddi Zivertning ashulasidagi so'zlar kabidir:

Эта Life — в кайф!
Когда ты сделал выбор сам.
И по пустякам не ищешь повода в глазах.
Когда в ожогах ток, ведь для тебя это урок.
Куда-то унесло, и вот ты вновь сыграл в любовь.

@panda_books
Shu brat allaqachon o'n uchinchi kitobini yozib tugatibdi.

Sen esa ulardan hali birortasini o'qimagansan!

@panda_books
Osmondan berilgan mandat

Sof estetik nuqtai nazardan, shunchaki ushbu fotosuratlarga boqing. Bu hatto kech Uyg'onish davrining kartinalari yoki Delakrua polotnolari emas, bu go'yo Bibliyadan keltirilgan lavha.

Qonli yuzga tushayotgan farishta misol quyosh nuri. Nishondan atigi bir necha millimetr masofadan uchib o'tibk ketgan o'q. Bayroq fonida baland ko'tarilgan musht. Moviy, qizil va oq. Jasorat timsoli. Erkinlik timsoli. Osmondan berilgan mandat shunday ko'rinadi.

Siz Trampni Yer yuzidagi eng baxtli yaramas, deya atashingiz mumkin, lekin menimcha, bu odamni Xudo himoya qilgani aniq. U allaqachon g'alaba qozondi. Aftidan, uzoq vaqtdan beri birinchi marta biz Ukrainadagi qon to‘kilishi to‘xtatilishiga umid qilishimiz mumkin.

- rashev

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#haqida

Siyosiy qotilliklar

Biz yashayotgan XXI asrda zumer avlodi uchun tarixdagi siyosiy qotilliklar hech qanday emotsiya uyg'otmaydi. Ular hatto yaqin davrda bo'lib o'tganlardan ham bexabar. Masalan, Yuliy Sezarga qilingan suiqasd bizlarga uzoq o'tmish bo'lib tuyulsa, Boris Nemsovga qilingan suiqasd biz uchun unday emas. Ammo negadur Zumerlar tarixda Putinga qarshi siyosiy opponentlar faqat Navalniydan boshlangan deb bilishadi. Mayli, bunga qaytamiz.

Siyosiy raqiblarni jismonan yo'q qilish - insoniyat tarixining eng qadimgi qurollaridan biridir. Hozirgi avlod ancha tinch davrda yashayotgani uchun Navalniy yoki Sinzdyo Abe o'limidan qattiq shok tushib qolishgandi. Ammo biz bilgan tinch davr allaqachon ortda qoldi.

Aynan, Amerikani o'ziga keladigan bo'lsak, ulardagi prezidentlarga qilinadigan suiqasdlar bo'yicha bemalol alohida fan tashkil qilsa bo'ladi. Ehhe, Gamiltondan tortib, Linkoln, Kennedi va Reygangacha.... Har bir davrda bu eski usul hech qayerga yo'q bo'lib ketmadi. Va mana biz yana o'sha an'analarga qaytishayotganini ko'rib turibmiz.

Trampga qilingan suiqasd - bu jiddiy chaqiriq, raqiblar endi hech narsadan qaytmasligiga ishora.

Uning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi esa aksincha Trampning saylovlarda yanada ko'proq ovoz olishiga imkon.

Ha, Tramp qaytadi, kuchliroq bo'lib qaytadi.

@boredpandablog
Shu kitobni shunchaki muqovasi uchun sotib olishni istaydi bu ko'ngil.

Mazmuni ham juda qiziqarli ekan lekin..

@panda_books
‼️E'lon

Bugun soat 20-00da, Mening Yurtim 5 (MY5) kanalida "Gapiring" tok-shousida Kitobxonlik haqida suhbat beriladi.

Panda Books sifatida men ham intervyu berganman, kuzatib borasiz degan umiddaman.

@panda_books
2024/09/30 18:24:15
Back to Top
HTML Embed Code: