Telegram Web Link
#news

Bugundan Jorj Martinning mashhur "Taxtlar o'yini" fentezi romani o'zbek tilida sotuvi boshlandi.

GoTchilar kitob qulluq bo'lsin!

@panda_books
Panda Books
#news Bugundan Jorj Martinning mashhur "Taxtlar o'yini" fentezi romani o'zbek tilida sotuvi boshlandi. GoTchilar kitob qulluq bo'lsin! @panda_books
#news

Bugundan Jorj Martinning "Taxtlar o'yini" fentezi romani o'zbek tilida sotuvi boshlandi.

GoTchilar kitob qulluq bo'lsin!

P.s: Zabarjad Media nashriyotidagi tadbir ajoyib o'tdi👍

@panda_books
"Taxtlar o'yini"dagi eng yoqtirgan qahramoningiz qaysi?

@panda_books
Qanchalar hammani baxtli qilishga va barchaga yoqishga harakat qilganing sari – o'zing azoblanib yuraverasan xolos.

@panda_books
#maqola

"Jorj R.R. Martinning "Muz va olov qo'shig'i" turkumi va undagi kitoblarni o'qish tartibi haqida batafsil" — Panda Books

Valar Morgulis! Va nihoyat "Taxtlar o'yini" o'zbek tilida chop etildi. Shu munosabat bilan ushbu seriyadagi kitoblar va ularning mutolaa tartibi haqida ashaddiy GoTchi va Martinist sifatida o'z qo'llanmamni yozib qo'ydim.

Batafsil👉 Shu yerni bosing

Westerosda uchrashish uchun layk va share qilish esdan chiqmasin:)

@panda_books
#tavsiya

Enni Yakobsen — "Yadro urushi: Ehtimoliy ssenariy"


Hozirda juda mashhur bo'lgan kitob, umuman olganda, bu kitob bizning kelajagimiz aslida naqadar nozik va hech qanday yadro urushidan kafolatlanmaganigini ko'rsatadi.

Yakobsen (Jeykobsen)ning kitobi 1950-1991-yillarda odamlarga tinimsiz hamroh bo'lgan dahshatli tush - yadro urushi haqida hikoya qiladi. Muallif bo'lajak yadro urushi ssenariylaridan birini bizga taqdim etadi. Unda urush boshlansa AQSh, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar qayerga hujum qilishi va qanday strategiyalar tayyorlab qo'ygani asoslangan.

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shimoliy Koreya davlat televideniyesida Kim Chen In madh etilgan “Do‘stona ota” klipi namoyish etilibdi.

Kompozitsiya Pxenyanda yangi turar-joy majmuasining ochilishi munosabati bilan tayyorlangan.

Qarang, qanday baxtli odamlar, shunday odamlari kulib yurgan yurtda yashaging keladiya...:)

@panda_books
Panda Books
Shimoliy Koreya davlat televideniyesida Kim Chen In madh etilgan “Do‘stona ota” klipi namoyish etilibdi. Kompozitsiya Pxenyanda yangi turar-joy majmuasining ochilishi munosabati bilan tayyorlangan. Qarang, qanday baxtli odamlar, shunday odamlari kulib yurgan…
Shimoliy Koreya - dunyodagi eng yopiq va totalitar davlatlardan biri hisoblanadi. Xalqi esa mana nechi yillardan beri birinchi rahbari Kim Ir Sen tomonidan ishlab chiqilgan Shimoliy Koreya milliy kommunistik davlat mafkurasi - Chuchxe orqali boshqariladi. Hozirgi mamlkat rahbari Kim Chen In esa uning nabirasi hisoblanadi.

Shunchaki o'ylab qoldim, agar qachondir nimadur bo'lib, shunday yopiq joylarga borib qolsam ham, oilamizda bu mamlakatga borgan birinchi emas, balki 2-odam bo'larkanman. Otamdan keyin. Qizig'a..

p.s: qo'shiq top, boyadan beri repeatda:)

@panda_books
Bugun "Mutolaa" loyihasi taqdimotiga taklif qilishdi. Loyihadan umidim katta, taqdimotda ko'rishguncha!

@panda_books
— Anu yerda bitta qizni yigiti tashlab ketdi! Kimdadir Paolo Koelodan iqtibos bormi, tezroq!!
— Ba'zan Xudo sening hayotingdan kumushni olib qo'yadi, o'rniga oltin hadya qilish uchun.
— Rahmat, u ancha yaxshi.

@panda_books
#offtop

Ochig'ini aytsam, o'zimni majburlab biror kitobga taqriz yozolmayman. Birov aytgani, iltimos qilgani yoki majburlagani uchun yozmaganman hech qachon. Bu prinsip deyolmaymanu, prosta ilhomim kelmaydi.

Hamma qatori, men ham bitta asarni o'qishim uchun u meni qiziqtirishi kerak. Bu eng muhimi men uchun. Baxtingizga, mening qiziqish doiram keng - ba'zan Konteynerlar qayerdan kelib chiqqani haqida o'qisam, goh XX asr diktatorlari obedga nima yegani haqida bilgim keladi, goh doim maqtalgan Lolazor men uchun qiziq tuyuladi. Siyosatni adabiyotdan, adabiyotni jamiyatdan ajratib o'rganishni istamayman. Hammasi oz-ozdan bo'lsin.

Bu degani men faqat shunday yo'l tutaman degani emas. Boshqalar nima o'qiyotgani, menga qilingan tavsiya kitoblar men uchun qiziq. Ularni qidirib ko'raman. Menga chiroyli ta'rif berishgan yoki hadya qilingan kitoblarni doim varaqlab chiqaman. Ilk 50 sahifasidan keyin ham meni o'ziga tortolmasa, kitobni javonga qaytarib qo'yaman: chunki yo vaqtimas, yo qiziqtira olmagan bo'ladi.

Tabiatan pozitivlikka yaqinroq va biroz dangasa bo'lganim sabab, ko'proq faqat yoqtirib o'qigan yoki jamiyatga foydasi ko'proq kitoblarga taqriz yozgim keladi. Yo'qsa, kanal to'la tanqidiy taqrizlar bo'lib ketardi.

Kitobni o'zini reklama qilish va uni maqtab taqriz yozib berish - boshqa boshqa narsalar men uchun. Shu sababli, menga barcha nashriyot va kitob do'konlari bilan ishlash yoqadi. Auditoriyam esa mendan o'qilgan kitoblar haqida "chestniy" va subyektiv taqriz oladi. Hozir adashmasam, kanaldagi kitoblarga yozilgan taqrizlar soni 200 ga yaqinlashib qoldi. Barchasi mehr bilan kayf qilib yozganlarim. Ular ideal bo'lmasligi mumkin, ammo muhimi it is my style.

Hali qiziqib o'qib chiqqan, lekin taqriz yozilmagan ancha-muncha kitoblarim javonda taxlanib turibdi. Shunday ekan, bundan keyin ham Panda Books taqrizlari to'xtamaydi.

Sizlarga oz bo'lsa-da foydasi tegmoqda degan umiddaman.

@panda_books
​​Mendan nima qolar:
Ikki misra sheʼr,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni oʻylayman
Oʻzimdan koʻproq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq
!

Bugun shoir Muhammad Yusuf tavallud topgan kun. Yoqtirgan she'rlaringiz bilan izohlarda bo'lishing.

@panda_books
Seni harakat/omad/muvaffaqiyatdan ushlab turgan narsalar:

Qo'rquv
Mag'rurlik/ego
Harakatsizlik
O'yin-kulgu
Perfektsionizm
Comfort zonasi
Noaniq maqsadlar
Hammaga yoqish istagi
Qiziqish va self-study yetishmasligi
Qat'iyat va iroda yetishmasligi
O'tmishdagi xatolar haqida o'ylayverish
Sog'liqqa e'tibor bermaslik
Boshlash uchun munosib vaqtni/lahzani kutish

Bularni qo'yib yubor.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Panda Books
Video message
#feedback
Mutolaa taqdimoti ajoyib o'tdi. Jonli spektakl tarzida namoyish etilgani ayniqsa ta'sirli chiqdi.

Umuman hammasi yaxshi o'ylangan. Keyin odatiy tarzda rasmiylar tadbirni ochib berishdi. Keyin Mutolaa loyihasining rahbari so'z olib, loyiha maqsadi va kelajakdagi vazifalari bilan o'rtoqlashdi.

Oxirida Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romani asosida Erkin Bozorov tomonidan suratga olingan filmni taqdimotini tomosha qildik. Juda tas'irli va sifatli chiqibdi. Qisqa metrajli bo'lsa ham, kitobning muhim joylarini ochib bera olgan nazarimda.

Umuman, ushbu jamoaning motivatsiyasi balandligi, bilim olishga imkoniyat yaratishga intilayotgani, ayniqsa jamoaning asosan yoshlardan iborat ekanligini menga juda yoqdi.

Loyiha va uning faoliyati haqida bir qancha feedbacklar tayyorlab qo'ygandim, qachondir bu haqida ham gaplashib olishga vaqt bo'ladi va loyiha hali ko'plab yoshlarning sevimli ilovasiga aylanadi degan umiddaman!

@panda_books
#youtube_tavsiya
"Qo'rqma" chiqqanida mazza qilib o'qiganman. U haqida taqriz ham yozgandim. Ammo doim "Bu kitob qachon kino qilinarkan?" deb o'ylardim.

Mana, nihoyat roman asosida ajoyib mini-film yaratilibdi. Menimcha, taqdimotda ishtirok etganlar orasida haligacha ushbu kitobni o'qimaganlar, bu kinoni ko'rganidan so'ng, albatta, unga qiziqib qolishgani aniq.

Film uchun ijodkorlarga alohida tashakkur! U bugun Youtube tarmog'iga ham joylanibdi.

Kechki tomosha uchun eng munosib tanlov! Oilaviy ko'rish tavsiya etiladi.
👉 https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ

@panda_books
Bugun argentinalik rassom Fabian Perezni o'zim uchun kashf etdim.

Birinchi kartina "Salom", ikkinchisi esa "Xayr" deb nomlanarkan. Nazarimda, rassom tomonidan ushbu hissiyotlar g'oyat aniq ifoda qilingan.

Bugun sizning kayfiyatingiz qanaqa?

@panda_books
2024/10/02 10:25:14
Back to Top
HTML Embed Code: