Telegram Web Link
#sarhisob

Yil sarhisobi - 2023

"Yilning eng yaxshi badiiy kitobi"Sabohiddin Ali "Mo'yna mantoli Madonna"

"Hayot bu faqat bir marta o'naladigan qimor, uni ikkinchi marta o'ynay olmaysan"

Badiiy kitob kam o'qiydigan bo'lgandim, ayniqsa shu yilda. Lekin ushbu go'zal adabiyot oldidan jim o'tib keta olmadim. Go'zal ish qissasi (taqrizim shu yerda) madh etilgan Sabohiddin Ali romani ta'sirida hali ancha yursam ajabmas.

"Mazaxchini o'ldirish" va "Bir Kun" romanlari ham bu nomga mos kurashishdi.

@panda_books
#sarhisob

Yil sarhisobi - 2023

"Yilning eng yaxshi ilmiy kitobi"Daren Ajemog'lu, Jeyms Robinson "Narrow corridor: States, Societies, and the Fate of Liberty"

"Mamlakatlar tanazzuli sabablari" mualliflaridan yana bitta kuchli kitob, unda ba'zi mamlakatlar qanday qilib rivojlanib, fuqarolarga erkinlik yashashi, boshqalari esa despotizm yoki qonunsizlikka domiga tushib qolishi sabablari o'rganiladi. Juda qiziqarli va foydali siyosiy-iqtisodiy asar.

Men uchun juda qiyin nominatsiya, ayniqsa, bu borada bir qator Asaxiy Booksning yangi kitoblari ham munosib bo'la olardi. Ayniqsa, "Kod Buzar" romani juda yaxshi chiqdi bu yil.

@panda_books
Baxtimga, mana bu istab yurgan kitobim👆 Yandex Bookmate'da bor ekan. Endi sotib olishim shartmas:)

Yandeksning audiokitoblari Top. Faqat ruschani tushunsangiz kifoya. Ancha arzon.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#haqida

Madhiyamiz tarixi

Aytgancha, kecha O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun edi.

Yoshlikdan yod bo'lib ketgan kuy. Soat 12 bo'lishi bilan barcha davlat telekanallaridan baravariga boshlanadigan madhiyani yod olmagan inson yo'qdir. Lekin yaqinda shuni bildimki, bizga madhiyaning kelib chiqishi to'g'risidagi barcha haqiqatlarni hech qachon aytishmagan. Tarix esa juda qiziq.

Qizig'i shundaki, bizning madhiya bevosita 1947—1992 yillarda ishlatilgan Oʻzbekiston SSR madhiyasining to'g'ridan-to'g'ri avlodi hisoblanadi. Gimn musiqasini kompozitor Mutal Burhonov bastalagan. Lekin ko'pchilik o'ylagan 1992-yilda emas, balki olis 1947-yilda. O'sha paytdagi gimn she'ri mualliflari esa shoirlar Turob To'la va Temur Fattoh bo'lgan.

Boshida original madhiyamizda biz hatto Stalinni madh etganmiz. Keyinchalik, aniqrog'i 1956-yilda Nikita Xrushchyovning ommaviy tanqididan keyin bu jumlalar olib tashlanib, matn biroz o'zgartirilgan. Hozirgi biz bilgan so'zlarimizni esa 1992-yilda shoir Abdulla Oripov yozgan. "Serquyosh o'lka" jumlasini esa u oldingi hamkasblaridan o'z matniga ko'chirgan. Musiqa esa aytganimdek o'zgarishsiz qoldirilgan. Yana biz madhiya aytilish uslubini ham meros qilib olganmiz va qanday bo'lsa shunday kuylaymiz.

Qizig'i, Sobiq SSSR davlatiaridan 4 tasida madhiya musiqasini o'zgarishsiz qoldirilgan. Bular bizdan tashqari: Tojikiston, Rossiya va Belorus madhiyalari.

Yana bir fakt shundan iboratki, sobiq SSSR davlatlari madhiyalaridan 3 tasida rus xalqi "Buyuk og'a" deb keltiriladi. Bular — Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston madhiyalari.

O'shandagi gimnimiz shunday kupletlar bilan boshlanardi:

Assalom, rus xalqi, buyuk og‘amiz,
Barhayot dohiymiz Lenin, jonajon,
Ozodlik yo‘lini Siz ko‘rsatdingiz,
Sovetlar yurtida o‘zbek topdi shon!


👉 To'liq eshitish uchun

Endi esa bemalol madhiyamizni tabriklab postlar qo'ysangiz bo'laveradi.

@boredpandablog
#haqida

I.E.L.T.S

Kecha instagramda bir IELTS teacheri (kanalimni tavsiya qilgan, o'shandan kuzataman) aytyapti, bizda IELTSdan eng yuqori ball olishni hayotiy mazmuni qilib qo'yganlar bor ekan. Unaqa qilmanglar, men IELTS mentor bo'lib soqqa qilsam ham buni oqlamayman, dedi. Va U haq. Albatta, har kimning hayotda maqsadi har xil. Buni ayblab bo'lmaydi. Omadini bersin. Lekin rostanam 8.0 yoki 9.0 ballni bittada ololmasangiz, nima bo'ladi?

Avvalo, IELTS bu "surish" uchun vositalardan biri xolos. Asosan ta'lim sohasi uchun kerak bo'ladi. Biroq bitta muhim jihat shuki, xorijiy o'qishga kirishda uning balandligining ahamiyati yo'q. Har bir universitetda Minimum requirement'ga yetsa bo'ldi siz to'plagan score. IELTS 8/9 ball to'plash shart emas.

Ikkinchidan, agar aniq maqsad bo'lmasa, IELTSning keragi ham yo'q, aslida. Masalan, o'zim ham vaqtida 7.0 olganman, lekin keyinchalik maqsadlarim o'zgargani tufayli undan deyarli foydalanmadim ham. O'sha ustidagi jildidan tashqarigayam chiqmadiyov. Lekin kuyib ketganiga achinmayman. Vaqt o'tib maqsadlar ham o'zgaradi. Bu normal. Siz ich-ichingizdan nimanidur rostan xohlayapsizmi, yoki kimdur IELTS olib chetga ketgani uchungina harakat qilayapsizmi? Qayerda o'zingizni ko'rishni istaysiz? Oldin shularni aniqlashtiring.

Yana yuqori ball - bu yuqori intellekt degani ham emas. Biznikilar hamma narsani maksimallashtirishga harakat qilishadi. Hatto shu IELTS ham poygaga o'xshaydi bizda..

@panda_books
#tavsiya

Mustafo Cho'qayning xati

Jadidlar davrida eski o‘zbek alifbosida chop etilgan va bir asrdan beri tabdilini kutib yotgan sakkiz to‘plam 2023-yil oktyabrida «Zabarjad media» nashriyoti tomonidan «Jadid kulliyoti» turkumida lotin yozuvida chop etilgani haqida kanalda ko'p va xo'p yozdim.

Ko'pchilik hali o'qishga ulgurmagandir, shunday kitobxonlar uchun yaxshi yangilik: bugundan boshlab Gazeta.uz sayti nashriyot ruxsati bilan hafta davomida kulliyotdan parchalar e’lon qilarkan.

Bugungi maqola to‘plamdagi «Ulug‘ Turkiston»dan olingan. «Ulug‘ Turkiston» 1917-yil 25-apreldan 1918-yil noyabrga qadar o‘zbek va tatar ziyolilari tomonidan chiqarilgan shu nomli gazetada e’lon qilingan materiallar va ularning izohli bibliografiyasidan iborat bir to‘plamdir.

«Ulug‘ Turkiston» gazetasining 1918-yil 26-mart sonida e’lon qilingan va «Jadid kulliyoti»ga ham kiritilgan Mustafo Cho‘qayning xati Turkiston muxtoriyatiga 106 yil to‘lgan shu kunlarda ayniqsa e’tiborga molik ko‘riladi. Turkiston muxtoriyati hukumatining rahbari hisoblangan Mustafo Cho‘qay o‘z xatida muxtoriyat tugatilishiga doir ayrim tafsilotlarni bayon qilish bilan birga quvg‘inlikning dastlabki kunlarida qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirgani, ikki bor qanday qilib o‘limdan omon qolgani haqida hikoya qiladi.

O'qib chiqishni tavsiya qilaman, eksklyuziv va o'ta qiziqarli tarixiy hikoya.

👉 https://www.gazeta.uz/uz/2023/12/11/ulug-turkiston/

@panda_books
#newbook #yangikitob

Ko'chada izg'irin. Hamma yoqni qor qoplagan. Dekabrning shunday kunlaridan birida ofisda siqilib o'tirasan. Va shu payt kutilmaganda senga kitob yetib keladi. Kayfiyating ko'tariladi.

Asaxiy Booksdan yangi premyera - sevimli yozuvchim Ernest Xemingueyning ajoyib "To'qchilik va yo'qchilik" kitobini jo'natishibdi. Did bilan ishlangan "oformleniya"gayam gap yo'q!Ichida shokolad bo'lsa kerak deb o'ylaysiz:)

Asaxiyga yoqimli syurpriz uchun tashakkur, menga esa yoqimli mutolaa!

@panda_books
#haqida

Insoniyatning ushalmas orzusi va Sun'iy intellekt

Og'ir mehnat uchun yaralmagan inson doimo o'z hayotini yengillashtirish uchun harakat qilib kelgan. Tarixga nazar solsangiz, buni o'zingiz ham yaxshi tushunib yetasiz.

Aslini olganda, eng birinchi fantast yozuvchilar-u Jyul Verndan tortib 1960-yillarda yashagan utopistlar, siyosatchilar va texnologlarning barchasi kelajakda yaratiladigan har qanday shakldagi Sun'iy intellektlardan faqat bitta narsani — biz, Homo Sapienslarni zavod va fabrikalardagi ko'p asrlik og'ir, zerikarli va ma'nosiz ishlardan ozod qilishiga yordam beradi deb orzu qilishgan. Buning natijasida paydo bo'ladigan bo'sh vaqtimizni esa o'zimizga ajratishimiz, masalan, diniy barkamollikka erishish yoki tamomila ijodga - she'riyat, musiqa, kino, dizayn, adabiyot yoki ruhiy komillikka sarflaymiz deb o'ylashgan.

Ammo agar so'nggi ro'y berayotgan yangiliklar yoki sho'ring qurg'ur Hararining har uchala kitobida yozilganlaridan prognoz qiladigan bo'lsak, aslida "Insoniyatning xaloskor yordamchisi bo'ladi" deb niyat qilingan Sun'iy intellekt o'ylaganlarimizning aynan teskarisini qilayapti. U biz uchun kino olmoqchi, rasm chizmoqchi, kitob yozmoqchi va hatto bizning o'rnimizga fikrlamoqchi bo'layapti.

Bu vaqtda esa biz negadir yana tutunga to'lgan shaharlardagi beton va shishadan qurilgan diqqinafas ofislarimizga qaytib, o'sha-o'sha og'ir, zerikarli va ma'nosiz ishlarimiz bilan mashg'ul bo'layapmiz. Afsuski.

@panda_books
#haqida

Siyrat

Yuqoridagi tarixiy fotosuratda siz SSSR va AQShning Birinchi xonimlari - Nina Xrushcheva va Jaklin Kennedini ko'rib turibsiz.

Ikki xonim orasidagi kontrast hayratlanarli darajada.

Ulardan biri besh tilda bemalol gaplasha olgan, kimsan Devid Rokfellerni iqtisodiyot to'g'risidagi bilimi bilan hayratda qoldirgan va diplomatik odob-axloq qoidalarini mukammal egallagan.

Ikkinchisi esa shunchaki Jaklin Kennedi.

@panda_books
#nazm

Nasimamga deganim

Yo’q, hali hammasi o’tganmas,
Ko’p hali hayotdan nasibam.
Silligim bezarar, hech gapmas,
Borini ko’raman, Nasimam,
Yo’q, hali hammasi o’tganmas!

Oldimda kutadir imtihon –
Men og’ir janglarda bo’larman.
Nasima! Bu kungi issiq qon,
O, balki to’kilur… o’larman…
Oldimda kutadir imtihon!

O’ylanib ko’zingga qarasam,
Ikkita dengizday ko’rinur…
Nasima! Ichaman rost qasam,
Olovdek lovullab dil yonur,
Baxtliman janglarga yarasam!


Usmon Nosir, 1935

@panda_books
#news

Uinston Grumning "Forrest Gamp" romani o'zbek tilida chop etiladi

"Amerika orzusi" va shu bilan birga 20-asrning ikkinchi yarmidagi Amerika jamiyatida sodir bo'lgan muhim ijtimoiy-siyosiy voqealar keskin satira ostiga olingan dramatik roman. Asar protoganisti aqli noqis bo'lsada, ammo qalbi mehr-muhabbatga to'la samimiy inson Forrest Gampdir. Ushbu roman asosida olingan ajoyib filmni esa ko'pchilik sevib tomosha qilgan bo'lsa kerak.

2023-yilda tarjimon Nodirabegim ushbu asarni muvaffaqiyatli ravishda o'zbek tiliga o'giribdi. Katta ehtimol bilan kitobni kelasi yilda "Yangi asr avlodi" nashriyotidan kutishimiz mumkin.

@panda_books
​​#review #taqriz

🔰Herman Hesse - "Siddhartha"

"Men anglagan haqiqatlardan biri shundaki, donishmandlikni birovga oʻrgatib boʻlmaydi. Donishmandning boshqalarni dono qilish uchun aytayotgan soʻzi ahmoqlikka aylanadi"

Oldiniga bu asarni Budda - Siddhartha Gautama haqida bo'lsa kerak deb o'ylagandim. Ammo u Budda davridagi uning adashi haqida bo'lib chiqdi. Ammo falsasiy roman Herman Hesse aynan buddizm va umuman Sharqiy tafakkurni tilga olib o'tadi.

Qisqacha aytganda, asar samanlik (darveshlik) yo'liga kirib, dunyoni va u orqali o'zini anglashga bel bog'lab yo'lga chiqqan ikki do'st - Siddhartha va Govinda haqida hikoya qiladi. Bu ayniqsa Jozef Kempbellning monomif ta'limotiga mos keladi. Siddhartha bu foniy dunyo boyliklaridan voz kechib shaharma-shahar kezadigan samanga aylanadi, orada yo'lida Buddani ham uchratadi, ammo u bilan qolmay o'zini izlashda davom etadi. Hayotiy boyliklar va maishatdan boshida ustun turgan Siddhartha baribir yo'ldan ozadi, umrini sarf qiladi, keyin barini anglaganda esa qariyaga aylanib bo'lgan edi.

Herman Hesse inson hayotini o'zlikni anglashdan iborat deb aytadi. Menga kitobdagi yoqqan jihati shu bo'ldiki, har bir inson donishmand bo'lishi uchun avvalo o'sha yo'lni bosib o'tishi lozim. Ya'ni ilm va donishmandlik boshqa boshqa narsalar ekanini anglatadi. Masalan, kimgadur Ilm berish mumkin, biroq donishmandlikni hech qachon berib boʻlmaydi. Uni topish, u bilan yashash, uni hayot yelkaniga aylantirish, u ila moʻjizalar yaratish mumkin, lekin uni pand-nasihat bilan oʻrgatib, taʼlim berib boʻlmaydi. Chunki inson oldin o'sha yo'lni bosib o'tishi lozim.

Mana nima uchun yoshlar haqiqiy biznes-treninglarga qatnashsa ham, ko'pchiligi undan hech qanday foyda ololmaydi. Mana nima uchun odamlar bir-ikkita kitob o'qigani bilan aqlli bo'lib qolmaydi. Menimcha, nima demoqchi bo'lganimni tushundingiz.

Kitob hajman kichik, jahd qilsangiz, bir o'tirishda tugatsa bo'ladi. Tavsiya.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#СловоПацана

"Слово Пацана"
serialini ko'rayotganlar bormi?

Agar ha bo'lsa, chaqmoqni bosing qo'ying. Yaqinda bitta yaxshi post joylayman. Serial tugagach, "Bored Panda Podcast"da discussion qilishimizni istaysizmi?

P.s: hozircha 7 ta qism chiqdi, final ya'ni 8-qism esa keyingi hafta chiqadi.

@boredpandablog
​​​​#reading

Ovqatlanish kulti

Bilasizmi yo'qmi, lekin Jek Londonning "Hayotga muhabbat" degan hikoyasi bor. Real voqealarga asoslangan ushbu hikoya ovloq joyda och-nahor va yaralangan tarzda qolib ketgan insonning tirik qolish uchun kurashini tasvirlaydi. Uning finalida qahramon uzoq vaqt ochlikdan qiynalib, qutqarilganidan keyin unda g'alati odat paydo bo'ladi. U mutlaqo hojati bo'lmasa ham o'z kayutasida ovqat g'amlab qo'yishni boshlaydi.

Kecha Endryu Doygning "Memento mori" kitobini o'qirkanman unda qiziq bir tadqiqot haqida yozilganini o'qib qoldim.

Xullas, 1944-yilda Minnesota universitetida amerikalik fiziolog Anselya Kisa boshchiligida qiziq tajriba o'tkaziladi. Yuqori jismoniy va ruhiy sog'liqqa ega 36 ta erkak ochlik bilan sinaladi.

Birinchi 3 oyda ular normal ovqatlar bilan boqiladi, keyin 6 oyda esa ratsion keskin pasaytiriladi, lekin ulardan aktiv hayot kechirish talab qilinadi. Natijada tiklangan sog'liqdan keyin erkaklar hayot tarzida qiziq o'zgarishlar yuz beradi.

Ko'ngillilarda ovqatga tiyiqsiz qiziqish paydo bo'ladi. Bu tabiiy deyishingiz mumkin. Erkaklar ovqat haqida o'ylamay tura olishmaydi. Suhbatlarning asosiy mavzusi ovqat bo'lib qoladi. Ovqatlanish vaqti uzayadi, tez-tez yamlamay yutish odat tusiga kiradi. Kulinar mavzusidagi kitoblar, menyu va qishloq xo'jaligi haqidagi maqolalar sevimli mutolaa janriga aylanadi. Eng katta ko'ngilochar narsa, boshqalar qanday ovqatlanishini kuzatish edi. Choy, kofe va jevachka chaynash hajmi keskin ortib ketadi.

Ular sinov davridan keyin kuniga 8000 - 10000 kaloriya taomlana boshlashadi, bu normadan 3 baravar ko'p edi. Natijada ba'zilar bo'kib qolishdan azob chekishadi, qolganlar esa qancha ko'p yemasin, to'yganini bilolmas, hatto 5 ming kaloriyadan keyin ham doimiy ochlikni his qilishardi. Faqatgina 3-4 oydan keyingina ular normal hayot tarziga qaytishga muvaffaq bo'lishadi.


Hozir shukrki, biz ochlik emas, hamma joyda to'qlik. Lekin ovqatlanishga bo'lgan qiziqish juda yuqoridek tuyuladi menga. Masalan, instagramda food yoki gastronomik blogging sferasi juda aktiv tomosha qilinyapti. Deyarli barcha restoran va oshxona o'z ijtimoiy tarmoqlarida ovqatlanish kultini shiddat bilan olib borayapti. Telegram gruppalarda choyxona va yangi ovqatlarni yeyish mavzusi trendda. Ko'pchilik semirishdan azob chekayapti.

Menga mana shu paradoks qiziq tuyuldi. Bu haqida o'ylab ko'rishga arziydi.

@panda_books
Forwarded from a vida de Ifeekkhan
Dars qilgani kelsak hamma dars qilish bilan ovvora😍

#🎈
Panda Books
Dars qilgani kelsak hamma dars qilish bilan ovvora😍 #🎈
Hozir mashi kutubxonaga borib, samovardan issiq-issiq choy ichib, mazzza qip kitob o'qib o'tirishdi istaydi bu ko'ngil...

@panda_books
2024/11/05 23:06:05
Back to Top
HTML Embed Code: