Telegram Web Link
#sarhisob #noyabr

Oy Sarhisobi.


Noyabr oyi men uchib o'tib ketdi desam ham bo'ladi. Ba'zi ishlarga ulgurdim, ba'zilariga esa yo'q. Lekin kelajak hayotim uchun muhim qarorlarni qabul qildim.

Kitoblarni o'qish davomida olishingiz mumkin bo'lgan eng muhim narsa - tafakkur qilish imkoni. Kitob sizga, dunyoqarashingizga ozgina bo'lsa ham ta'sir qilishi kerak, oldin sezmagan narsalaringizni anglatishi lozim. Filmlar, seriallar bilan ham shunday. Albatta, saviyasi baland kitoblarni nazarda tutayapman. Miya tafakkur qilishdan to'xtasa, tamom qotib qoladi.

Bu yil eng katta ishlarga ulgurgancha ulgurdik, endi dekabr oyiga biroz xotirjamlik va bemalollik bilan kirib boramiz.

O'qilgan kitoblar:
♻️
Aleksandr Baunov “Rejimning intihosi: Yevropaning uchta diktaturasi qanday yakun topdi”
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ "Jadid Kulliyoti" (1-qism)
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Joan K. Rouling — "Antik davrdan hozirgi kungacha bo'lgan Kviddich"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️"Jadid Kulliyoti" (2-qism)
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Joan K. Rouling — "Fantastik maxluqotlar va ular qayerda yashaydi"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉
Yangi Amsterdam
👉
Mehmonxona
👉
Jadid Kulliyoti
👉
Pornografiyaga qarshi diktator
👉
Jadidlar ijodini o'rganishdan maqsadimiz nima?
👉 Ginness Rekordlar kitobi haqida haqiqat
👉
Xavfsizlik illyuziyasi
👉
Ideal asar yozishga intilish
👉
Demokratiya uzoqroq davom etadimi yoki diktatura?
👉
Kitoblarning hayotiyligi
👉
O'qish va Ta'lim
👉
Toshkentdagi yana bir bepul kutubxona
👉
Ayollar interneti, Feminizm, Demokratiya
👉
Zeitgeist
👉
Zamonaviy san'at
👉
Imidj
👉
2024-yilda o'zbekcha tarjimada chiqishi kutilayotgan kitoblar
👉
Kuch - haqiqatda emas

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Bugun Oliy Sud Abdulla Qodiriyni oqlabdi. Buyuk o'zbek adibi 1926-yil 16-iyunda hukumatni obro‘sizlantirishda ayblanib hukm o'qilganidan deyarli 100 yil o‘tib oqlandi.

Bu tasodifmi yo'qmi, Tirilish nashriyoti ham bugun meni va kanal obunachilarini 5-dekabrdagi Qodiriyga bevosita bog'liq tadbirga taklif qildi.

Buyuk Qodiriy bobo eslanadigan kun bo'ldi bugun.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitoblarga bag'ishlangan bayram archasiga nima deysiz?

@panda_books
​​#review #taqriz

🔰"Genzel va Gretel"

Bilaman, allaqachon ertak o'qiydigan yoshdan o'tgansiz, ammo bu ertak e'tibotga molik. Meni doimo qiziqtirib kelardi, qanday yashirin timsol yashirin bu qo'rqinchli ertak zamirida? Gap mashhur nemis xalq ertagi "Genzel va Gretel" haqida.

Unga ko'ra, ochlikdan qiynalayotgan o'tinchi va uning yangi xotini o'z bolalarini ortiq boqa olmaganlari uchun o'rmonga tashlab kelishga qaror qilishadi. Bolalar uyerda juda go'zal marmeladli uychani topib olishadi, ammo u yerda yashaydigan yalmog'iz bolalarni pishirib yeyish maqsadida aldab uychaga taklif qiladi. Genzelni qafasga solib ovqat berib turadi, Gretel esa yalmog'iz uchun ishlashga majburlanadi. Biroq bolalar oxir-oqibat yalmog'izni aldab pechga tiqib yoqib yuborishadi. Uning xazinalarini topib olgan Genzel va Gretel otalariga yoniga qaytishadi. Bu vaqtga kelib o'gay onasi o'lgan edi, natijada ular umrlari oxirlarigacha uzoq va baxtli yashab murod-maqsadlariga yetishibdi.

Atigi bir-ikki sahifalik ushbu qo'rqinchli ertakda Ochlikning barcha dahshatlari tasvirlanadi: ovqatga tashnalik, ota-ona o'limi, faqirlik, bolalarga yomon munosabatda bo'lish, qullik, ochlik, qotillik, bolalarni tashlab ketish va kannibalizm. Uning yuz yillar davomida bolalarga kechasi aytiladigan qo'rqinchlik ertak bo'lib kelgani bejiz emas. Ammo u qandaydir asosga egami?

Genzel va Gretell ertagi nafaqat Germaniya, balki butun Shimoliy Yevropada 1315-1317-yillarda ro'y bergan Buyuk ochlik davrida paydo bo'lgan degan taxminlar bor. 1315-yil to'xtovsiz 155 kun (!) yoqqan yomg'ir barcha hosilni nobud qiladi. 1316-yil bu noodatiy holat yana takrorlanadi. Natijada ochlik natijadai Sh. Yevropaning 25% aholisi qirilib ketadi. O'sha paytlari odamlar ovqat topolmay o'z bolalarini yeganliklari ma'lum.

Ekstremal ochlik insonga yomon ta'sir qiladi. Organizm umuman yeguliksiz hayotga, odamiga qarab o'rtacha 8 haftagacha chidashi mumkin. Ochlik paydo qiladigan kuchli stress sababli organizm tirik qolish instinktini yoqadi. Insonlarda uyat va boshqalarga achinish hissi yo'qoladi, jinoyatchilik oshadi, barcha oziq-ovqat mahsulotlari yoki ovqatga almashtirish mumkin narsalar talon taroj qilinadi.

Tushkunlikka tushgan ota-onalar farzandlarini qullikka berishadi. Ayollar fohishalikka berilishadi, ammo ochlik davrida erkaklarda seksga bo'lgan qiziqish tushib ketadi. O'zini o'zi o'ldirish holatlari ko'payadi, hech kim farzand ko'rmay qo'yadi. Qarilar va yosh bolalar birinchilardan bo'lib nobud bo'lishadi. Ko'pchilik shahardan qishloqqa yoki umuman oziq-ovqat topish mumkin bo'lgan hududlarga qochib ketishadi. Ochlik muntazam sodir bo'ladi, misol uchun XX asrdagi eng katta ochlik 1959-1961-yillarda Mao Szedun davrida Xitoyda bo'lib o'tgan.

Shukrki, hozirga qadar xalqimiz qattiq ochlikni boshidan o'tkazmagan va o'tkazmasin ham. Va bugun shu postni o'qigan har bir inson kamida bir marotaba taomlanganligi shubhasiz. Insoniyat tarixidagi mudhish davrlardan biri haqida hikoya qiluvchi "Genzel va Gretel" ertagi esa bizga har doim ogohlik yo'qotmaslik kerakligini eslatib turadi.

Yoqimli ishtaha!

@panda_books
​​Sherlok Xolmsni yomon ko'rgan Artur Konan Doyl

Britaniyalik tarixchi, biograf va Bi-bi-sidagi tarixiy dasturlarning boshlovchisi Lyusi Uorsli yaqinda buyuk ingliz yozuvchisi Ser Artur Konan Doyl butun umri davomida o'zi yaratgan eng mashhur personajlardan biri Sherlok Xolms xarakterini yoqtirmaganini ta'kidladi. Bunga sabab Sherlok haqidagi roman va hikoyalarning mashhurligi adibning boshqa, o'zi asosiy deb bilgan intellektual tarixiy romanlar muallifi sifatidagi shon-shuhratidan mahrum qilganligi deb ko'rsatilgan.

"Agar Konan Doyl o'limidan deyarli bir asr o'tib yozgan tarixiy romanlari bir chekkada o'qilmasdan qolib ketgan bir paytda detektiv janrdagi "arzon hikoyalar"i bu qadar mashhurligini bilganida "o'zini aslo kechirolmagan bo'lardi", - deydi Uorsli.

Faktlarga yuzlansak, Sherlok Xolms haqidagi birinchi hikoya - ya'ni "Bogemiyadagi janjal" hikoyasi 1891-yilda Strand jurnalida nashr etilgan (shu yerda Agata Kristi va Gerbert Uells ijod namunalari ham nashr etilgan). Nashriyotchilar boshida bu hikoyalarni shunchaki “arzon ilmiy fantastika” deb atashadi, biroq hikoyalar nashri barchani hayratda qoldirib, tezda sotilib ketadi.

Yozuvchi o‘shanda ham Sherlok haqidagi hikoyalariga tayanib qolishni istamagan va tarixiy romanlarini yozish uchun yetarlicha pul topgan zahoti uni "o‘ldirishni" rejalashtirgan. 1893-yilda Konan Doyl "Sherlok Xolmsning so'nggi ishi" hikoyasini yozadi - uning finalida sevimli detektivimiz o'zining ashaddiy dushmani professor Moriarti bilan birga jarlikdan yiqilib vafot etadi.

Oradan 10 yil o'tgach esa yirik amerika nashriyotlardan biri mashhur detektivlar muallifiga murojaat qilib, Sherlok Xolms haqidagi yangi asarlar yozishi uchun $1,6 million dollar taklif qiladi va natijada endi Konan Doyl uni "tiriltirishi"ga majbur bo'ladi. Barcha davrlarning eng mashhur detektivi haqida jami 4 ta roman va 56 ta qissa yozilgan.

10-dekabr kuni BBC "Konan Doyl ishi" hujjatli seriyasini namoyish etadi, unda Uorsli yozuvchi va uning qahramoni o'rtasidagi "munosabatlar" haqida batafsil gapirib berishi aytilmoqda.

@panda_books
#haqida

Yangi Yil shukuhi

O'zi hammada shunaqayu, tan oliylar buyog'iga hech kim Yangi Yilgacha normal ishlamaydi, to'g'rimi?

@panda_books
Panda Books
#haqida Yangi Yil shukuhi O'zi hammada shunaqayu, tan oliylar buyog'iga hech kim Yangi Yilgacha normal ishlamaydi, to'g'rimi? @panda_books
Yangi yil shukuhi — bu yangi archilgan shirali mandarin, shirin olivye salati yoki oila bilan o'tirib archa bezash yo mazali shashlik yeb, issiq choydan xo'plab yaqin qarindoshlar bilan iliq suhbatlashib o'tirish. Jaa bo'lmasa issiq adyolga o'rangancha tashqarida pag'a-pag'a yog'ayotgan qor fonida kitob o'qish yoki film ko'rib yotish.

Aslida inson baxtli bo'lishi uchun ko'p narsa shart emas, Qishning sovuq, lekin toza havosidan o'pkani to'ldirib nafas olish ham bir baxt, yoki sevgilingning paltosini old tugmalarini qadab qo'yish, sharfini to'g'irlashga ko'maklashish, ko'chadagi bolalar bilan birga qorbo'ron o'ynash va hokazo...

Baxt - bu insonlar. Bayram shunchaki bir bahona xolos.

@panda_books
#haqida

Manipulyatsion marketing

Hozir ko'chalarda "Biz Millat najotimiz", "Biz yurtimiz yagona umidimiz", "Vatan uchun" - shu kabi balandparvoz marketing shiorlari ancha ko'payib qoldi. Buni oldiniga ba'zi biznes motivatorlar boshlab berishdi. Qolganlar esa keyin ilib ketishdi va hamma joyda ishlatib yotishibdi.

Lekin bu manipilyatsion gaplardagi haqiqatni bilib olishning yo'li oson. Qayerdaki "Biz" ishlatilgan bo'lsa, o'shaning o'rniga "O'zimiz"ni qo'yib gapni qayta o'qing. "Biz rivojlanamiz" emas, "O'zimiz rivojlanamiz". Shunda hammasi o'z o'rniga tushadi.

Xususiy sektorning eng oliy maqsadi - foyda ko'rish, daromad topish. Ijtimoiy majburiyatlar keyingi o'rinlarda. Va muhimi uni qilishga majbur emas.

Har qanday biznesning asosiy vazifasi - bozordagi xaridor talabidan kelib chiqib, unga sifatli taklif berish va daromad topish.

Agar biznes shuni qilish o'rniga, quruq demagogiya va sizga safsata sotishni boshlasa, u yerdan nari o'tgan ma'qul.

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#meme

2022-yil dekabr:
– Yangi yil o'tgan yildan ko'ra yaxshiroq kelsin!

2023-yil dekabr:
– 2024-yil kelsin...

@panda_books
​​2023-yilda to'liq o'qib tugatgan kitoblarim soni roppa-rosa 30 ta bo'libdi. Hozircha. Son jihatidan oxirgi 2 yilga qaraganda yomon natija. O'zi sanayotganimda, hatto undanam kamroq bo'lsa kerak deb o'ylagandim, hatto. Lekin sifat jihatidan juda yaxshi kitoblarni tanlab o'qidim deya olaman.

Bu yil o'zim istagandek yetarlicha aktiv bo'la olmadim, ishlarim ko'payib ketdi, shuningdek, oilamizdagi kichkintoy mehmonimizga ham vaqt ko'proq ajrata boshladik — xullas, sabablar ko'p.

Lekin bu yil o'zim o'ylagandan ancha ko'proq zo'r postlar yozdim, tarjimalar qildim. Eksklyuziv ravishda "Ukraina frontidagi askarlar hayotidan harbiy qissa"ni o'zbek tiliga tarjima qildim. Men tarjimon emasman, ammo qiziq maqolalarni tarjima qilib kanalga joylaganman, o'zingiz yuqorida ko'rishingiz mumkin.

Xullas, bu kichik sarhisob qilish edi. Xo'sh, sizda nima gaplar? O'zingiz istagan darajada mutolaa qila oldingizmi?

@panda_books
#library
Novosibirsk va Uraldagi chiroyli kutubxonalar

Ruslar ham katta kitobxon millat. Ularda deyarli har bir shahrida sovetcha bo'lsa ham kutubxonalar bor va ular bizdan farqli o'laroq buni saqlab qolishgan.

@panda_books
O'zbekistonni hamma ro'yxatlarda ham birinchi o'rinda ko'rmaysiz, mana Testosteroni yuqori davlatlar reytingida yuqorida ekanmiz!

Endi nimaga ko'proq qiziqsak, o'sha narsa bizda ko'p bo'ladida)

@panda_books
Xavfli demografiya

Umuman olganda, yigitlarning hayoti taxminan quyidagi davrlarga bo'linadi: 13-18 yoshda aqlan oqsoq, 18-25 yoshda tentak va jamiyat uchun xavfli, 26-35 yoshda aqlini tanib olgan va 35-40 yoshda donolikka yetishgan. Shundan so'ng (agar shu yergacha omon yetib kelsang va hammasini to'g'ri bajarsang) sen uchun eng yaxshi yillar kirib keladi.

Eng qiyin davr - 18-25 yosh, ayniqsa, sen kambag'al oiladan va/yoki viloyatdan bo'lsang. Miyang yo'q, puling yo'q, qizlar bermaydi, gormonlaring o'ynab yotibdi, tajovuzkorlik to'lib-toshgan payting. Bu davrda turli guruh, oqim, inqilob, xarizmatik yetakchi yoki siyosiy harakatlarga qo‘shilib ketish - tabiiy jarayon.

Qadim zamonlardan to XIX asrgacha, ming yillar davomida kambag'al yosh yigitlarning muammosi oson hal qilinardi: ularni shunchaki urushlarga "пушечное мясо" sifatida yuborishgan. Bir serb maqolida aytilganidek: "Urushga siyosatchilar qurollarini, boylar pullarini, kambag'allar bolalarini jo'natishadi".

Industrial zamonlarda esa muammoni yangicha yo'l bilan hal qilishga qaror qilishadi - yosh va gormonlarga to'la yigitlarni universitetlarga "haydashadi". Yevropadagi ilk kampuslar shahardan uzoqda, baland panjara va toʻsiqlar bilan o'ralgan monastirlar negizida paydo bo'lgani bejiz emas. Agressiv yosh askarning qo'lidagi endi qilich kitob bilan almashtiriladi.

Biroq, zamonaviy ta'lim tizimining yaqqol bir zaifligi borki, iqtisod va davlat qulashi bilanoq, yoshlar yana zo'ravonlik va o'z-o'zini yo'q qilishga qaytishadi. 1860-yillarda Italiya birlashganidan keyin erkaklar mafiyaga birikkan bo'lsa, AQShdagi Buyuk Depressiyadan so'ng uyushgan jinoyatchilikka kirishishga, SSSR parchalanib ketgan vaqtda, bebosh "Пацаны" turli "районовские движения"larga boshi bilan sho'ng'ib ketishgandi.

Axborot asrida 18-24 yoshli yigitlarning muammosini hal qilish usullari yanada qiziqroq. Endi ularni iste'molchilik, kompyuter o'yinlari, pornografiya, ijtimoiy tarmoqlar, infolo'lilik, feminizm, toksik erkak va patriarxatlik ayblovlari bilan tinchlantirishga harakat qilishmoqda. 2008-yildan beri hatto an'anaviy "erkakcha" ommaviy axborot vositalari - Playboy, GQ, Esquire - yangi, virtual, ayolsifat erkak imidjini yaratishga va ularni Teylor Sviftni tinglashga majbur qilishyapti.

Bularning barchasi qancha vaqt davom etishi noma'lum. DNK darajasida baribir bu demografik holat hali ham smartfondan oldingi sharaf kodi va mahalliy "hududni himoya qilish" ning jismoniy zo'ravonlikka tayangan olamni qo'msayveradi. Shuning uchun bandalarni romantizatsiya qilish madaniyati, "Vestsayd tarixi"dan boshlab "Слово Пацана" gacha hech qachon yo'qolmaydi. Zamonaviy rep va 50 yashar odamlarning 90-yillardagi o'zlarining jasoratlari haqidagi hissiyotlari aynan o'sha ibtidoiy instinktlarga kuch beradi.

Davlat o'yinlar, ashulalar va seriallarni taqiqlash haqida emas, balki o'rtacha daromad va turmush darajasini ko'tarish haqida qayg'urishi kerak. Pul tugashi bilanoq sivilizatsiya darpardasi jamiyat yuzidan osongina uchib ketadi.

– Rashev

@panda_books
#sarhisob

Bugundan Yilning "Eng, eng, eng"larini aniqlashni boshlaymiz...

Izohlarda sizga bu yil yoqqan eng yaxshi asarlarni belgilab ketishingiz mumkin.

@panda_books
Ayni kunlarda bitta binafsharang avtobus butun Toshkent bo‘ylab harakatlanib, bilimga chanqoq maktab o'quvchilarini yurtimizning eng yirik bolalar kutubxonasiga ekskursiyaga olib bormoqda. Uning yon tomonlarida esa ikki tilda ta'sirli so'zlar yozilgan:
"Men Respublika bolalar kutubxonasiga ketyapman" (Я еду в Республиканскую детскую библиотеку).

Tabiiyki, buni ko'rib men darrov qiziqib qoldim. Ma'lum bo'lishicha, avtobus Bolalar kutubxonasi tasarrufiga topshirilgan. Maktab o'quvchilari uchun Ekskursiyalar mutlaqo bepul. Unga navbat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. Maktab direktori faqat ariza topshirsa kifoya. Albatta, hozircha bu faqat Toshkent shahrida joylashgan maktablar uchun amal qiladi. Ammo o'ylaymanki, boshqa tuman va viloyat ma'sul amaldorlari bu xayrli ishdan xabardor bo'lishsa - bu yanada kengroq jug'rofiy hududni qamrab olishiga aminman.

Nazarimda, bu joriy yilda Toshkentda amalga oshirilgan eng ajoyib loyihalardan biri.

@panda_books
#news
Kelasi hafta, 11–12-dekabr kunlari, “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida Mass-media fondi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tarkan.

Tadbir doirasida o‘zbekistonlik hamda chet ellik taniqli olimlar, xususan. Temur Xo‘jao‘g‘li, Adib Xalid, Hisao Komatsu, Zaynobiddin Abdirashidov va dunyo bo‘ylab mashhur tarixiy seriallar muallifi Mehmet Bo‘zdog‘ kabi tarix sohasi vakillari bilan davra suhbati (panel session) o‘tkaziladi va u keng jamoatchilik uchun ham ochiq hisoblanadi.

Batafsil ma’lumotni jadidconf.com saytidan olish, tadbirning ikkinchi kunida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

@panda_books
2024/11/05 18:53:26
Back to Top
HTML Embed Code: