Telegram Web Link
O'ylamasdan javob tezda javob bering: "Liberalizm" so'zini (tushunchasi) qanday qabul qilasiz?
Anonymous Poll
43%
Ijobiy ma'noda
15%
Salbiy ma'noda
25%
Neytral ma'noda
16%
Bilmadim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozir yana bir fikr kelib qoldi. Balki yaqin orada yuqoridagi kabi qiziqarli mavzular bo'yicha YouTube'da alohida-alohida videomatnlar tayyorlarman. Sifatli ishlasak, keyinchalik ularni bemalol videodarslik sifatida ham qo'llash mumkin bo'ladi.

Albatta, bu uchun biroz vaqt, kuch va eng muhimi- sizning qo'llab-quvvatlashingiz kerak bo'ladi.

@panda_books
​​#review #taqriz

🔰Joan K. Rouling — "Fantastik maxluqotlar va ular qayerda yashaydi"

Sizlardan kelgan talablarga muvofiq, Garri Potter olamiga qo'shimcha kitoblar sanalmish — "Bidl Bard ertaklari" yoki "Antik davrdan hozirgi kungacha bo'lgan Kviddich" va "Fantastik maxluqotlar va ular qayerda yashaydi" kitoblariga taqriz yozyapman. Birinchi ikkitasi allaqachon kanalda bor, biz esa 3-kitobga to'xtalamiz.

Original nomi "Fantastic Beasts and Where to Find Them by Newt Scamander" bo'lgan ushbu kitob J.K.Rouling tomonidan ashaddiy Potterianlar uchun yozilgan. Aniqrog'i, biz endi shaxsan Garri Potter o'qigan darslik nusxasini o'qishimiz mumkin bo'ladi. Kitobga Garri. Ron, Germiona tomonidan turli bitiklar qoldirgan, xuddi ishlatilgan darslikni qo'lga olgandek bo'lasiz. Bu juda yoqimli tuy'gu, albatta/

Boshidan sizlarni ranjitsa-da shuni aytib qo'yay - kitobda hech qanday syujet liniyalari yo'q. Shunday ekan, siz shu nomdagi filmlarni tomosha qilgan bo'lsangiz, kitobda ularni uchratmaysiz. Aytganimdek, u 70 tacha fantastik maxluqotlar haqida qisqacha hikoya qiladiga magiyzoologiya darsligi xolos. Hajman kichik kitobcha.

Bu kitob Garrining sarguzashtlari va mashg'ulotlari paytida uchragan barcha noodatiy hayvonlar haqida hikoya qiladi. Unda barcha hayoliy va sehrli hayvonlarning batafsil tasnifi keltirilgan. Ushbu kitob sizga yana bir bor Hogwarts muhitiga sho'ng'ish, Garri Potter bilan yaqindan tanishish va sevimli qahramoningiz haqida ko'proq bilish imkonini beradi. Bunday darslik nafaqat sehrgarlar oilasida, balki siz kabi magllar qo'lida bo'lishi ham bir baxt aslida:)

Kitobni kimga tavsiya qilaman?
Yuqorida ta'kidlaganimdek, bu shaxsan Garri qo'lida tutgan darslikning nusxasi hisoblanadi.xuddi Kviddich o'yini tarixi kitobchasi kabi.

Kitob o'zbek tilida mavjud emas. Kitobni ashaddiy Potterianlar mutolaa yoki kimgadur ajoyib hadya sifatida sotib olishlari mumkin. Ayniqsa, yosh bolalar yoki o'smirlar uchun munosib sovg'a bo'la oladi.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til muddati 2023-yilning 25 dekabridan 2024 yilning 7-yanvariga qadar etib belgilanibdi.

Buni eshitgan talabalar:

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tiktokda oldimdan Kati Lelning 20 yil oldin chiqqan ‘Мармеладный’ ashulasi sadolari ostida go'zal va modniy eronlik talaba yigit-qizlar chiqib qoldi.

Fors -go'zal va sirli davlat, u yerda yoshlar qanday hayot kechirishini bilish menga hardoim qiziq bo'lib kelgan.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

"Klassika o'qib turinglar" degan gapni tez-tez takrorlashdan charchamayman. Yoshligimda o'qigan qalin kitoblarimni zavqini haligacha yaxshi eslayman. Juda kitobini o'qiy olmasangiz, hech yo'q uning filmlarini tomosha qilsangiz bo'ladi.

Masalan, Aleksandr Dyumaning "If qal'asi mahbusi" romani asosida sovet ijodkorlari tomonidan suratga olingan mini-serial, ayniqsa o'zimizning o'ta go'zal dublyajimizda Graf Monte-Kristo o'zgacha bir melanxolik kayfiyat ulashadi.

@panda_books
Aziz do'stlar! Panda Booksning rasmiy Instagram sahifasi nomi o'zgardi. Endilikda u:

pandabooks2020 🔄 pandabooksuz

Haligacha a'zo bo'lmaganlar esa safimizga qo'shilishga shoshiling!


👉 a'zo bo'lish

@panda_books
2024-yilda o'zingiz sevib o'qigan yoki o'qishni istagan qaysi kitobni o'zbek tilidagi tarjimasi chiqishini istaysiz?

Hozir qadar e'lon qilinganlaridan tashqari.

@panda_books
Shahar markazidan yiroqqa

Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti va Toshkent Moliya instituti kampuslari shahar markazidan Sergeli tumaniga ko‘chirilishi mumkin.

@panda_books
Panda Books
2024-yilda o'zingiz sevib o'qigan yoki o'qishni istagan qaysi kitobni o'zbek tilidagi tarjimasi chiqishini istaysiz? Hozir qadar e'lon qilinganlaridan tashqari. @panda_books
Izohlarda yaxshi taklfilar berilibdi. Deyarli hammasi menga manzur bo'ldi. Va albatta ularni yaqinda tarjima qilishlari uchun tavsiya qilib boraman.

Va yana shuni aytishim mumkinki, nasib qilsa "Narrow corridor" tarjimasiga 2024-yilda jiddiy kirishaman.

@panda_books
2024-yilda o'zbekcha tarjimada chiqishi kutilayotgan kitoblar

Demak, oldin xabar berganimdek, 2024-yilda amerikalik adib Jorj Martinning fentezi janridagi mashhur "Taxtlar o'yini" romani Zabarjad Media nashriyoti tomonidan o'zbekchada chop etiladi.

Shuningdek, kelgusi yilda ushbu nashriyot tomonidan:
Jon Tolkienning “Uzuklar Hukmdori” trilogiyasi;
J.K. Roulingning “Harry Potter” romanlar turkumi;
kabi fentezi kitoblarni ham o'zbek tilida o'qishingiz mumkin. Tarjimon esa mohir tarjimon do'stim Mirzohid Muzaffar.

Ayni paytda boshqa nashriyotlar ham qo'l qovushtirib turishgani yo'q. Kelasi yil "Asaxiy Books" tomonidan Mey Mask (Ilon Maskning onasi)ning "A Woman Makes a Plan" kitobi nashrdan chiqishi kutilyapti.

Qo'shimchasiga, Prezident farmoni bilan “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasida 2024-yil davomida 50 ta eng sara yoshlarbop kitoblar chop etish ko'zda tutilgan ekan.

Xullas, 2024-yil kitobxonlar uchun nihoyatda yoqimli kechishini tahmin qilish mumkin.

@panda_books
"Bir kuni menga Toldiqo‘rg‘onga borish nasib etdi. An'anaga ko‘ra, davlat rahbari hududlarga amaliy tashrifi chog‘ida samolyot trapi oldida gullar bilan kutib olinadi. Ma’lumki, bunday marosimda ishtirok etish uchun eng go‘zal mahalliy qizlar tanlab olinadi. Bu biz uzoq vaqtdan beri o‘rganib qolgan chiroyli marosim.

Aeroportda menga gul sovg‘a qilgan qiz hayratlanarli darajada go‘zal edi. U uzoq vaqt xotiramdan o‘chmadi va keyin tez-tez uning yorqin yuzida yonib turgan ko‘zlari va nafis, chizilgan qomatini esladim.

Kunlar o‘tdi. Toldiqo‘rg‘on aeroportida meni kutib olgan o‘sha go‘zal qizning siymosi xotiramda qayta-qayta jonlanaverdi. Bir kuni uni topish uchun to‘satdan sabab paydo bo‘ldi. Matbuotni ko‘zdan kechirayotgan edim, bir gazetadagi surat meni “uyg‘otib” yubordi: Ostonada “Miss Qozog‘iston” go‘zallik tanlovi o‘tkazilibdi, unda o‘sha qiz (ismi Asel ekan) Gran-prini qo‘lga kiritibdi. Endi uni topish qiyin emasdi.

Tanishuvimiz o‘zaro iliqlikka, iliqlik esa yaqinlashishga aylandi. Asta-sekin uchrasha boshladik. Aselning tashqi ko‘rinishida ham, fikr-mulohazalarida ham men izlagan ko‘plab fazilatlar bor edi. Va eng muhimi, men yillar davomida davom etgan ruhiy yolg‘izlikdan xalos bo‘ldim
.

Otalik quvonchi, chaqalog‘imni o‘pish baxti 65 yoshimda yana qaytdi. Chaqaloqlarimning ilk qadamlari, birinchi so‘zlari va bolalarcha ajoyib nutqi, ularni quchog‘imda ko‘tarib yurish, o‘yinchoqlarining sehrli olami, birinchi sinfga borishi, o‘qigan va yozgan ilk harflarining zavqi, ishdan uyga qaytganimda menga qarab qiqirlab yugurishi... – bularning barchasi poytaxt qurilishi davridagi mashaqqatlarni yengillashtirgandek edi.

O‘sha kunlarni, yillarni mehr bilan yodga olaman. Umuman olganda, hayotdagi eng muhim narsa, eng chinakam va abadiy baxt insonga faqat bola tomonidan va faqat ota-ona bo‘lish sharafi bilan berilishi mumkin".

Nasabing uzilmasa, umiding uzilmaydi. Hozir ikki o‘g‘lim katta bo‘ldi. Ular bizni xursand qilyapti, yaxshi yigitlar bo‘lib ulg‘ayishdi. Farzandlarni mehr va g‘amxo‘rlik bilan tarbiyalash inson umrini uzaytiradi.

Bo‘ldi, do‘stlar. Men sizning oldingizga butun haqiqatni aytdim. Bunga nima deyish sizga bog‘liq. Bu hayot!

Inkor etib bo‘lmaydigan bir haqiqat bor. Haqiqat shundaki, siz yuragingizga buyruq bera olmaysiz
".

***
Nursulton Nazarboyev “Mening hayotim” nomli xotiralar kitobini yozibdi. U yaqinda kitob do‘konlarida sotuvga chiqariladi, hozircha ilk nusxalari siyosatchilar, ekspertlar va jurnalistlar tomonidan qabul qilingan.

Nursulton Nazarboyev 60dan oshganida o‘zidan ancha kichik model qiz bilan turmush qurgan va undan ikki o'g'il ko‘rgan.

Islom Karimovga o'xshab, unda ham rasmiy turmushidan faqat qiz farzandlari (3 ta) bor edi. Yana ikkalasida ham ommaga oshkor qilinmagan o'g'illari bor ekan.

Ehh, muhabbat, muhabbat... nelarga majbur aylamaydi insonni...

@panda_books
Panda Books
"Bir kuni menga Toldiqo‘rg‘onga borish nasib etdi. An'anaga ko‘ra, davlat rahbari hududlarga amaliy tashrifi chog‘ida samolyot trapi oldida gullar bilan kutib olinadi. Ma’lumki, bunday marosimda ishtirok etish uchun eng go‘zal mahalliy qizlar tanlab olinadi.…
#haqida

Kuch - haqiqatda emas.

Agar shunday bo'lganda, antik davrdan tortib hozirgi birorta siyosatchi hokimiyatga kela olmasdi. Ko'rib turgangizdek, agar kuch haqiqatda bo'lganida Nazarboyev 👆bu yashirin sirini pensiyaga chiqib, issiq uyida issiq adyolni ustiga o'rab olib, navbatdagi biografik kitobiga emas, ayni hokimiyat tepasidalik payti, xalq undan o'zgarishlar kutayotganida aytgan bo'lardi. Haqiqat yashiriladi, Hammadan. Hamisha. Buni unutmang.

Kuch - adolatda ham emas.

Menimcha kim Amir Temurdan deb keltiradigan shu iqtibosni ommalashtirgan bo'lsa, o'sha butun boshli avlodni miyasini zaharlagan. Kuch hech qachon adolatda bo'lmaydi. Inson boshqa bir inson o'rtasidagi adolatni tiklay olmaydi, chunki adolat tenglikni talab qiladi, biz esa tabiatan bir-birimizga teng emasmiz. Biz faqat Xudo oldidagina tengmiz, xolos. Zero, bu bizning qo'limizdagi kuch emas.

Unda kuch nimada?

Kuch - go'zallikda. Menimcha shu eng to'g'ri javob shu. Makiavelli: "Siyosatchi aqlli bo'lishi shart emas, u aqlli kabi ko'rinsa kifoya" deganida haq edi. Biz chiroyliroq so'zlaydigan, chiroyli ko'rinadigan, chiroyli yashaydigan insonlarga ergashamiz.

Hech kim haqiqatni betiga aytishimizni xohlamaydi. "To'g'ri gap tuqqaningga yoqmaydi". Odamlarga haqiqat kerakmas, ularga go'zal farzandlar, go'zal hayot, go'zal kelajak kerak.

Biz shunchaki doimo go'zallikka intilib yashaydigan mavjudotlarmiz, xolos.

@panda_books
Panda Books
​​#review #taqriz 🔰Genri Kissinjer – "Dunyo tartibi" (World Order) Bugun, 27-may kuni siyosatshunoslik daholaridan biri, amerikalik Genri Kissinjer 100 yoshga to‘ldi. Ayni damda jahonda hech kim xalqaro munosabatlarda, XX asr diplomatiyasida Amerikaning…
Bugun siyosatshunoslikka oid bir qator bestsellerlar, jumladan, yuqoridagi "World Order" kitobini yozgan, 1973-1977 yillarda Amerika tashqi siyosat departamentini boshqargan va AQSH sobiq davlat kotibi bo'lgan Genri Kissinjer 100 yoshida vafot etibdi.

1973-yilda Kissinjer tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Vazifasini tark etgach, u xalqaro maslahatchi, yozuvchi va lektorlik qilgan. U AQShning zamonaviy tashqi siyosatiga mustahkam tamal toshini qo'ygan geopolitiklardan biri edi.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bored Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bored Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bored Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bayrammuborak

Aziz vatandoshlar❤️

Bugungi tarixiy sana, ya'ni “Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun”ning 3️⃣4️⃣ yilligi bilan barcha qoraqalpoqlarni va Qoraqalpog‘iston xalqini chin qalbimdan tabriklayman!

O'zbek-qoraqalpoq birodarligi abadiy bo'lsin!


Әзийз ўатанласлар❤️

Бәрше қарақалпақларды ҳәм қарақалпақстанлыларды бүгинги тарийхый сәне "Қарақалпақ тилине мәмлекетлик тил бийлиги берилген күни"не 3️⃣4️⃣ жыл толыўы байрамы менен шын жүректен қутлықлайман!

@panda_books
2024/10/01 02:25:52
Back to Top
HTML Embed Code: